TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Back to channels
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot avatar

TGINSIGHT CHAT

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

@hetmuloqot

Business and startups

"HUDUDIY ELЕKTR TARMOQLARI" AJ Toshkent sh, Osiyo kо‘chasi, 8 Ishonch telefoni: 71 207 23 76 E-mail: [email protected] Murojaat uchun @HET_admin Call center: 1154 Facebook: facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari Sayt: het.uz

Subscribers9.0万Current channel subscribers
Tracked posts1,004Indexed post count
Recent reach163,420Sum of recent post views
Recent posts

Recent posts

Page 47 of 84 · 1,004 posts

Posted Dec 19

📌 📌 📌 📌 📌 📌 HUDUDLARDA ELEKTR TA’MINOTI BILAN BOG‘LIQ VAZIYAT BO‘YICHA RASMIY MUNOSABAT Bugun ayrim ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda bir qator hududlarda elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilayotgani haqida xabarlar e’lon qilindi. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mazkur holatlar yuzasidan quyidagilarni bildiradi. Ayni kunlarda havo haroratining keskin pasayishi natijasida aholi va ijtimoiy soha obektlarining elektr energiyasiga bo‘lgan talabining ortishi natijasida tarmoqlarga tushayotgan yuklamalar sezilarli darajada oshmoqda. Ayrim hududlarda mavjud elektr tarmoqlari yuqori yuklamaga yaqin ishlamoqda. Shu bois, elektr uskunalari va taqsimlash punktlarida avariya holatlari yuzaga kelmasligi hamda tarmoqlarning barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida zarur texnik va profilaktik chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ushbu choralar mavjud infratuzilmani saqlab qolish va xavfsiz ishlashni ta’minlashga qaratilgan. Shu bilan bir qatorda, respublikamizning turli hududlarida yog‘ib o‘tgan qor natijasida elektr tarmoqlarida kuzatilgan nosozliklar tufayli avariyaviy hodisаlar kuzatildi. Taqsimlash tarmoqlardada yuzaga kelgan avariyaviy holatlar tezkor chiqish brigadalari tomonidan noqulay ob-havo sharoitiga qarmasdan bartaraf etildi. Shuningdek, yurtimizning bir qator hududlarida ob-havo sharoiti yuzaga keltirgan turli noqulay sharoit tufayli (qalin qor, yuqori namgarchilik) ta’mirlash va tiklash ishlari bugun ham davom ettirildi. Shu о‘rinda ijtimoiy tarmoqlarda iste’molchilar tomonidan yuborilgan murojaatlar asosida e’lon qilgan xabarda keltirilganidek, hududlarda sutkalab elektr tarmog‘ida uzilishlar haqidagi xabarlar kelib tushmagan. Ijtimoiy tarmoqlarga yuborilgan mazkur xabarlardagi manzillar yuzasidan qо‘shimcha surishtiruv о‘tkazilishini ma’lum qilamiz. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ yuzaga kelgan kelgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raydi va barcha murojaatlar tezkor hal etilayotganini, muammoli hududlarda nosozliklarni bartaraf etish bo‘yicha barcha zarur choralar ko‘rilayotganini ma’lum qiladi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

26,000 views

Posted Dec 19

HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI! Yashash hududingizdagi elektr energiyasi ta’minotiga oid xabarlar, noqonuniy ulanishlar hamda elektr energiyasida rejalashtirilgan o‘chirishlar haqidagi tezkor e’lonlar va shu kabi sohaga oid boshqa zarur ma’lumotlarni kuzatib borish imkoni mavjud. Quyida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tizimidagi hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining rasmiy telegram kanallari havolalari keltirilgan. «HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI» AJ QORAQALPOQ HUDUDIY FILIALI «HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI» AJ ANDIJON HUDUDIY FILIALI «BUXORO HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI KORXONASI» AJ «HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI» AJ JIZZAX HUDUDIY FILIALI «HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI» AJ QASHQADARYO HUDUDIY FILIALI «HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI KORXONASI» AJ NAVOIY HUDUDIY FILIALI «HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI» AJ NAMANGAN HUDUDIY FILIALI «HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI» AJ SAMARQAND HUDUDIY FILIALI «HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI» AJ SURXONDARYO HUDUDIY FILIALI «HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI» AJ SIRDARYO HUDUDIY FILIALI «TOSHKENT SHAHAR ELEKTR TARMOQLARI» MCHJ «HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI» AJ TOSHKENT HUDUDIY FILIALI «FARG`ONA HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI KORXONASI» AJ «HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI» AJ XORAZM HUDUDIY FILIALI Shuningdek, elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq muammolar yoki shu sohaga oid o‘z taklif va mulohazalaringizni "Hududiy elektr tarmoqlari" AJning Telegram messenjeridagi "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot kanali orqali yo‘llashingiz mumkin. Murojaat uchun: @HET_admin 📞 1154 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

18,700 views

Posted Dec 19

#rasmiy_xabar Qadrli iste’molchilar, so‘nggi kunlarda elektr ta’minotidagi uzilishlar va ular bo‘yicha yetarlicha tezkor va ochiq axborot berilmayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda kelib tushgan e’tirozlarni inobatga olgan holda, Energetika vazirligining shu yo‘nalishi bo‘yicha mas’uli sifatida uzr so‘rayman. Haqiqatdan ham, ob-havoning keskin o‘zgarishi, yog‘ingarchilik va kunlarning sovushi natijasida infratuzilmada bir qator nosozlik holatlari qayd etildi. Ammo qanday sharoit bo‘lishidan qat’i nazar, aholini o‘z vaqtida xabardor qilish — bizning bevosita vazifamiz. Mas’uliyatni olib, Telegram tarmog‘idagi kanalimda rejali uzilishlar, rejadan tashqari avariya holatlari, tiklash jarayoni, qisqa vaqt ichida berilgan choralarni rasmiy va tezkor tarzda e’lon qilib borilishini ma’lum qilaman. Kanaldagi ma’lumotlar dispetcherlik xizmati va 24/7 operativ shtab bilan sinxron bo‘ladi. Shikoyat va murojaatlar uchun ikki tomonlama kommunikatsiya yo‘li ochiladi. Elektr energiyasi — bu hayotimizdagi muhim resurs, xavfsizlik, issiqlik, bolalarimiz salomatligi, tadbirkorlar, umuman barchamizning kundalik zaruriy ehtiyojimiz. Shunday ekan, aholining e’tirozi — haqli. Energetika tizimida xizmat qilayotgan minglab mutaxassislar o‘z vazifasini sovuq ob-havoda bajarayotgani albatta muhim, ammo aholini xabardor qilish — ish jarayonida fidoyilik bilan birga yuradigan kommunikatsiya mas’uliyatidir. Biz tanqidni eshitdik, xulosa chiqarib bor imkoniyatlarimizni ishga solamiz. Energetika vazirining matbuot kotibi Kanalimizga aʼzo bo‘ling👇 @minenergy_uz

9,020 views

Posted Dec 19

📌 📌 📌 📌 📌 📌 Andijon shahar elektr ta’minoti xodimlari tomonidan “Islomobod” MFY hududida joylashgan nosoz transformator punkti o‘rniga zahiradagi transformator punkti tezkorlik bilan o‘rnatildi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida hududdagi elektr energiyasi ta’minoti tezkor barqaror holatga keltirildi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

10,500 views

Posted Dec 19

📌 📌 📌 📌 📌 📌 #XALQ_XIZMATIDA “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Sirdaryo hududiy filiali tasarrufidagi tuman va shahar elektr ta’minoti korxonalari xodimlari iste’molchilarga barqaror va sifatli elektr energiyasini yetkazib berish yo‘lida fidokorona xizmat qilmoqdalar. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

10,000 views

Posted Dec 19

📌 📌 📌 📌 📌 📌 Kuni kecha yurtimizda kuzatilgan yog‘ingarchiliklar oqibatida ayrim hududlarda elektr uzatish tarmoqlarida texnik nosozliklar yuzaga kelib, vaqtinchalik elektr ta’minotida uzilishlar qayd etildi. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning hududiy filial va korxonalari tomonidan taqsimlash tarmoqlarida yuzaga kelgan nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borildi. Ayni paytda tuman shahar ellektr ta’minoti korxonarining tezkor brigadalari tomonidan hududlar kesimida nazorat tadbirlari olib borilmoqda. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

10,400 views

Posted Dec 19

📌 📌 📌 📌 📌 📌 ANDIJON VILOYATIDA 2,2 MLRD SO‘MLIK ELEKTR ENERGIYASIDAN NOQONUNIY FOYDALANISH HOLATI ANIQLANDI Avval xabar berganimizdek, hududlarda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat xizmati (bo‘limi) va Elektr energiyasi oqimlari va yo'qotishlarni hisobga olish, hududlar bilan ishlash departamenti mutasaddilari ishtirokida energiya resurslarini talon-toroj qilish holatlarini aniqlash yuzasidan reyd tadbirlari davom etmoqda. O‘tkazilayotgan tadbirlar davomida iste’molchilar tomonidan elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini mensimasdan davlat mulkidan o‘zboshimchalik bilan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanmoqda. Xususan, Andijon viloyati Andijon shahrida o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida "A" MCHJ elektr energiyasidan shartnoma rasmiylashtirmasdan noqonuniy holatda foydalanib qelganligi aniqlandi. Moddiy zararni aniqlash bo‘yicha qayta hisob-kitob natijalariga ko‘ra, fuqaro tomonidan davlat manfaatlariga jami 2,2 mlrd. so‘m so‘m zarar yetkazganligi aniqlanib, tegishli tartibda to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

10,000 views

Posted Dec 19

📌 📌 📌 📌 📌 📌 #Qonunchilikdagi_yangiliklar ELEKTR ENERGIYASINI SAQLASH TIZIMINI QURISH ORQALI ENERGETIKA XAVFSIZLIGI TA'MINLANADI “Toshkent viloyati Zangiota tumanida quvvati 150 MVt (300 MVt soat) bo'lgan elektr energiyasini saqlash tizimini qurish” investisiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–381-son, 17.12.2025-y.) qabul qilindi. “EAGLERISE DEVELOPMENT HK COMPANY LIMITED” (XXR) kompaniyasi tomonidan “Toshkent viloyati Zangiota tumanida quvvati 150 MVt (300 MVt soat) bo'lgan elektr energiyasini saqlash tizimini qurish” investisiya loyihasi doirasida “Mega Energy Power TECH” MCHJ (Loyiha kompaniyasi) ta'sis etilgan. – Qarorga ko'ra, Loyiha kompaniyasi o'z zimmasiga elektr energiyasini saqlash tizimi foydalanishga kafolatlangan tarzda tayyor turishini ta'minlash majburiyatini oladi. – Loyiha kompaniyasi Loyiha doirasida elektr stansiyasini yagona elektr energiyasi tarmog'iga ulash uchun elektr uzatish tarmoqlari va podstansiya quradi hamda ishga tushirilgandan so'ng ularni “O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga topshiradi. – Elektr energiyasini saqlash tizimini qurish bilan bog'liq qurilish va yer ishlarini bajarish, bino va inshootlar poydevorlarini loyihalashtirish normalari va qoidalari Bitimlarga muvofiq xalqaro standartlar bilan tartibga solinadi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

10,400 views

Posted Dec 19

📌 📌 📌 📌 📌 📌 ELEKTR JIHOZLARIDAN FOYDALANISHDA XAVFSIZLIK QOIDALARIGA RIOYA QILING 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

12,800 views

Posted Dec 19

📌 📌 📌 📌 📌 📌 Hurmatli davlat xizmatchilari, haftaning har juma kuni taqdim etilayotgan siyosiy ma'rifat soatining bu galgi sonini taqdim etmoqdamiz. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

13,100 views

Posted Dec 18

#DIQQAT_ELON HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTEʼMOLCHILARI Joriy yilning, 19-23-dekabr kunlari Olmazor tumanining ayrim hududlarida elektr energiyasida zarur holatlarda vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin. Olmazor tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi 110/35/10 kV kuchlanishli «Sag'bon» podstansiyasida modernizatsiya dasturi doirasida 110-35-10 kVli yangi oʻrnatilgan elektr qurilmalarini ishga tushirish, sinov-sozlash ishlarini xavfsiz olib borish hamda yuklamani teng taqsimlash maqsadida, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli elektr ta'minotida uzilishlar kuzatiladi. Xususan, tumanning«Ahil», «Bo'stonobod», «Gʻalaba», «Gulsaroy», «Islom ota», «Istiqbol», «Moyariq», «Oltinsoy», «Paxta», «Qichqiriq», «Tabassum», «Tepaguzar», «Umid», «Yangi Toshkent», «Yoshlik» hamda «Elparvar» MFYlarining ayrim hududlarida. O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz. «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

20,800 views

Hashtags

Posted Dec 18

📌 📌 📌 📌 📌 📌 Qamashi tumani, Maydanak. "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Qashqadaryo hududiy filiali xodimlari har qanday sharoitda isteʼmolchilarga barqaror elektr energiyasi yetkazib berishga shay. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

11,700 views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••454647484950•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384