TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Back to channels
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot avatar

TGINSIGHT CHAT

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

@hetmuloqot

Business and startups

"HUDUDIY ELЕKTR TARMOQLARI" AJ Toshkent sh, Osiyo kо‘chasi, 8 Ishonch telefoni: 71 207 23 76 E-mail: [email protected] Murojaat uchun @HET_admin Call center: 1154 Facebook: facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari Sayt: het.uz

Subscribers9.0万Current channel subscribers
Tracked posts1,004Indexed post count
Recent reach125,380Sum of recent post views
Recent posts

Recent posts

Page 9 of 84 · 1,004 posts

Posted Mar 24

📌 📌 📌 📌 📌 📌 "VAZIR VA YOSHLAR" UCHRASHUVI OʻTKAZILDI Energetika vazirining Samarqand viloyatidagi energetika korxonalarida faoliyat yuritayotgan yoshlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida yoshlar energetika sohasidagi yangilanishlar, ish jarayonlarida uchrayotgan masalalar, kasbiy rivojlanish imkoniyatlari hamda innovatsion g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etish yuzasidan o‘z fikr va tashabbuslari bilan o‘rtoqlashdilar. Vazir tomonidan ishtirokchilarning savollariga batafsil javoblar berilib, ilgari surilgan takliflarni amalga oshirish imkoniyatlari yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi. Jarayonlar haqida batafsil — viloyat telekanalining “Samarqand yangiliklari” axborot dasturida. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

11,300 views

Posted Mar 21

📌 📌 📌 📌 📌 📌 "Hududiy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati jamoasi yurtdoshlarimizni yasharish va yangilanish ayyomi - Navro‘z bayrami bilan samimiy muborakbod etadi! Sharqona yangi yil har bir xonadonga tinchlik-xotirjamlik, sogʻlik-omonlik, baxtu saodat hamda fayzu baraka olib kelsin! Yangilanish va yasharish ramzi boʻlgan Navroʻz ayyomi hammamizga muborak boʻlsin! 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

16,700 views

Posted Mar 20

📌 📌 📌 📌 📌 📌 AZIZ VATANDOSHLAR! "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ jamoasi barchangizni mehr-oqibat, ezgulik va saxovat ayyomi — Ramazon hayiti bilan samimiy muborakbod etadi! Ushbu ulug‘ kunda Sizlarga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga fayzu baraka tilaymiz. Mohi Ramazonda qilingan barcha ezgu niyat va duolar ijobat bo‘lsin! Yurtimiz tinch va osmonimiz musaffo bo‘lsin, jonajon O‘zbekistonimiz gullab-yashnasin! Ramazon hayiti muborak bo‘lsin! 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

17,100 views

Posted Mar 19

📌 📌 📌 📌 📌 📌 #IjtimoiyYordam RAMAZON — MEHR VA HAMJIHATLIK OYI: ZOMINDA QUVONCHLI TUHFALAR ULASHILDI Muborak Ramazon oyi — bu qalbimizdagi eng ezgu fazilatlar uyg‘onadigan, o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlik rishtalari yanada mustahkamlanadigan g‘animat palladir. Ana shunday fayzli kunlarda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Boshqaruv raisi tashabbusi bilan Jizzax viloyatining Zomin tumanidagi bir qator xonadonlarda bayram shukuhi yanada yaqqol namoyon bo‘ldi. Tizim rahbariyati tomonidan Zomin tumanining to‘rtta mahallasida istiqomat qiluvchi yurtdoshlarimiz holidan xabar olinib, ularga maxsus Ramazon tuhfalari yetkazildi. Ushbu xayrli tadbirning asosiy maqsadi — oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush farovonligini oshirish hamda xonadonlariga chinakam bayram kayfiyatini ulashishdan iborat. Xususan, mazkur mahallalardagi uchta xonadonga uy sharoitida hunarmandchilik bilan shug‘ullanish, tikuvchilik sirlarini o‘rganib, oilaviy daromadlarini ko‘paytirishlari uchun zamonaviy elektron tikuv mashinalari sovg‘a qilindi. Shuningdek, yana bir xonadonning uzog‘ini yaqin, og‘irini yengil qilish maqsadida, ro‘zg‘or ishlarida va yuk tashishda katta ko‘makchi bo‘ladigan, zamonaviy elektroskuter (yuk tashiydigan) topshirildi. Bunday samimiy e’tibor va kutilmagan sovg‘alar har bir oila a’zosining chehrasida tabassum uyg‘otdi. Ramazonning muborak kunlarida ko‘rsatilgan ushbu ehtirom uchun xonadon egalari chuqur minnatdorchilik bildirib, yurtimiz tinchligi va barcha ezgu ishlar bardavom bo‘lishini niyat qilib duoga qo‘l ochdilar. Zero, inson qadrini ulug‘lash va har bir yurtdoshimizning quvonchiga sherik bo‘lish — faoliyatimizning eng oliy maqsadidir. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

15,400 views

Posted Mar 19

📌 📌 📌 📌 📌 📌 Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqiga Ramazon hayiti tabrigi Qadrli vatandoshlar! Siz, azizlarni, butun xalqimizni ezgulik, mehr-oqibat va saxovat ayyomi – muqaddas Ramazon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Batafsil 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

8,460 views

Posted Mar 19

📌 📌 📌 📌 📌 📌 #IjtimoiyYordam SAXOVAT VA E’TIBOR – RAMAZON OYINING EZGU AN’ANASI Muqaddas Ramazon oyi insonlarni mehr-oqibat, saxovat va bag‘rikenglikka chorlaydigan, jamiyatda o‘zaro hurmat va hamjihatlikni mustahkamlovchi ulug‘ davr hisoblanadi. Ushbu muborak oy va Ramazon hayiti munosabati bilan “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari” AJda ham ezgu an’analar izchil davom ettirilmoqda. Korxona rahbariyati hamda kasaba uyushma qo‘mitasi tashabbusi bilan ijtimoiy himoyaga muhtoj, shuningdek, oilaviy sharoiti yoki turli marosimlar sabab qo‘shimcha e’tiborga ehtiyoji mavjud bo‘lgan ishchi-xodimlarga amaliy yordam ko‘rsatildi. Xususan, 100 nafardan ortiq xodimlar uchun oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmalari tayyorlanib, manzilli ravishda topshirildi. Mazkur xayriya tadbiri nafaqat moddiy qo‘llab-quvvatlash, balki jamoada mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlash, xodimlar o‘rtasida o‘zaro birdamlikni kuchaytirishga xizmat qilmoqda. Ayniqsa, bunday e’tibor va g‘amxo‘rlik Ramazon oyining asl mohiyati – saxovat va insonparvarlik qadriyatlarini amalda namoyon etadi. Korxona jamoasi tomonidan amalga oshirilayotgan bunday ezgu ishlar kelgusida ham izchil davom ettirilib, xodimlarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lib qoladi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱het.uz

8,880 views

Posted Mar 19

📌 📌 📌 📌 📌 📌 TADBIRKORLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mas’ullari ishtirokida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad tadbirkorlik subyektlari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ularning muammolarini o‘rganish hamda amaliy yechimlar ishlab chiqishdan iborat bo‘ldi. Muloqot davomida loyihalashtirish, qurilish-montaj va elektr qurilmalariga texnik xizmat ko‘rsatish kabi shartnomaviy xizmatlar haqida tushuntirish berildi. Eng muhimi, tadbirkorlarning bugungi kundagi muammolarining qonuniy yechimlari yuzasidan tushunchalar berildi. Mazkur ochiq muloqot tadbirkorlar bilan o‘zaro ishonchli hamkorlikni mustahkamlash, sohada yuzaga kelayotgan masalalarni o‘z vaqtida hal etish hamda xizmatlar sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

9,730 views

Posted Mar 19

📌 📌 📌 📌 📌 📌 #IjtimoiyYordam OG‘IR TOIFADAGI YOSHLAR RAHBAR E’TIBORIDA Prezidentimiz tashabbusi bilan haftaning har payshanba kuni “Yoshlar kuni” deb e’lon qilingan. Shu munosab bilan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Sirdaryo hududiy filiali rahbari Yodgor Dexkanov o‘ziga biriktirilgan Boyovut tumanidagi mahallada og‘ir toifaga kiritilgan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarning muammolarini o‘rganish, ularni hal etish hamda bandligini ta’minlashdan iborat. Uchrashuv davomida rahbar yoshlar bilan samimiy muloqot olib borib, ularning muammo va takliflarini diqqat bilan tingladi. Yoshlar tomonidan bandlik, ta’lim olish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash va tikuvchilik faoliyatini kengaytirish kabi masalalar ko‘tarildi. Rahbar tashabbusi bilan tashkil etilayotgan bunday uchrashuvlar yoshlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa o‘z navbatida yoshlarning jamiyatda o‘z o‘rnini topishi va kelajakka ishonch bilan qarashiga xizmat qiladi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

6,730 views

Posted Mar 19

📌 📌 📌 📌 📌 📌 #Aholi_Farovonligi#Murojaatlar Aholini sifatli va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash, shuningdek, iste’molchilardan kelib tushayotgan murojaatlarni о‘z vaqtida va samarali kо‘rib chiqish “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ faoliyatining asosiy ustuvor yо‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Xususan, mazkur lavhada Toshkent shahri Olmazor tumanida yashovchi fuqarolarning elektr ta’minotini yaxshilashga qaratilgan murojaatlari asosida joriy yil boshidan buyon hududlarda yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish bо‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berilmoqda. Aholi turmush darajasini yuksaltirishga xizmat qiluvchi bunday chora-tadbirlar izchil ravishda davom ettirilib, iste’molchilar ishonchini mustahkamlash hamda kо‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirishga qaratilgan. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

7,320 views

Posted Mar 19

📌 📌 📌 📌 📌 📌 Ayni daqiqalarda Energetika vazirining Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan soha yoshlari bilan navbatdagi ochiq muloqoti bo‘lib o‘tmoqda. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

7,190 views

Posted Mar 19

📌 📌 📌 📌 📌 📌 #IjtimoiyYordam MEHR-MURUVVAT – XALQIMIZGA XOS AZALIY QADRIYAT Mehr-oqibat, saxovat va insonparvarlik kabi yuksak fazilatlar о‘zbek xalqining azaliy qadriyatlari hisoblanadi. Azaldan yurtimizda ehtiyojmandlarga yordam berish, nogironligi bо‘lgan insonlar holidan xabar olish, ularga ma’naviy va moddiy kо‘mak kо‘rsatish ezgu an’ana sifatida shakllangan. Bugungi kunda ham bu xayrli ishlar izchil davom ettirilib, jamiyatda о‘zaro hamjihatlik va bag‘rikenglik muhitini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda Jamiyatning Kasaba uyushma qо‘mitasi tomonidan xodimlarni ijtimoiy qо‘llab-quvvatlash, ehtiyojmand va nogironligi bо‘lgan insonlarga g‘amxо‘rlik kо‘rsatish, ularning holidan xabar olishga qaratilgan ezgu tadbirlar doirasida navbatdagi xayriya aksiyasi о‘tkazildi. Xayriya tadbiri davomida moddiy yordamga muhtoj oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari, zaruriy rо‘zg‘or buyumlari va boshqa kо‘maklar yetkazib berildi. Bunday xayrli tashabbuslar nafaqat ehtiyojmand insonlarni qо‘llab-quvvatlash, balki jamiyatda mehr-shafqat, insonparvarlik kabi fazilatlarni keng targ‘ib etishga ham xizmat qiladi. Zero, har bir insonga kо‘rsatilgan e’tibor va g‘amxо‘rlik butun jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta’sir kо‘rsatadi. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan amalga oshirilayotgan bunday ezgu ishlar esa jamiyatda inson qadrini yuksaltirishga xizmat qiladi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

7,770 views

Posted Mar 18

📌 📌 📌 📌 📌 📌 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Muborak Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi Qarori Joriy yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 20-mart - juma kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi O‘zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma’lumot uchun qabul qilinib, mamlakatimizda 2026-yil 20-mart kuni Ramazon hayiti bayrami sifatida keng nishonlansin. Batafsil 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

8,800 views
12•••5•••7891011•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384