TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Back to channels
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot avatar

TGINSIGHT CHAT

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

@hetmuloqot

Business and startups

"HUDUDIY ELЕKTR TARMOQLARI" AJ Toshkent sh, Osiyo kо‘chasi, 8 Ishonch telefoni: 71 207 23 76 E-mail: [email protected] Murojaat uchun @HET_admin Call center: 1154 Facebook: facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari Sayt: het.uz

Subscribers9.0万Current channel subscribers
Tracked posts1,004Indexed post count
Recent reach127,410Sum of recent post views
Recent posts

Recent posts

Page 7 of 84 · 1,004 posts

Posted Mar 30

📌 📌 📌 📌 📌 📌 TEPAQO‘RG‘ON MAHALLASIDA MUAMMOLAR IJOBIY HAL ETILMOQDA Namangan viloyati Namangan tumani Tepaqo‘rg‘on mahallasida istiqomat qiluvchi bir guruh aholi vakillari tomonidan yo‘llangan murojaatlar e’tiborsiz qoldirilmadi. Mazkur murojaatlar asosida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Namangan hududiy filiali tuman elektr taʼminoti mas’ullari zudlik bilan hududga chiqib, mavjud muammolarni o‘rganib chiqildi hamda elektr tarmoqlarini qurish ishlari boshlab yuborildi. Bu kabi amaliy ishlar hudud aholisi uchun yanada qulay sharoit yaratish, elektr ta’minoti sifatini yaxshilash hamda infratuzilmani rivojlantirishga xizmat qiladi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

9,300 views

Posted Mar 28

📌 📌 📌 📌 📌 📌 “Bir xatoning ming jafosi” kitobidan energetiklar uchun eng muhim va ibratli parchalarni audio shaklida muntazam ravishda taqdim etib boramiz. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

12,400 views

Posted Mar 28

📌 📌 📌 📌 📌 📌 “BIR XATONING MING JAFOSI”: ENERGETIKLAR UCHUN HAYOTIY SABOQLAR Energetika tizimida 47 yillik tajribaga ega bo‘lgan faxriy energetik Ro‘ziqul Rayimovning“Bir xatoning ming jafosi” kitobi soha xodimlari uchun muhim qo‘llanma hisoblanadi. Muallif uzoq yillik faoliyati davomida guvohi bo‘lgan, texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida yuz bergan jonli voqea-hodisalarni kitobga jamlagan. Ushbu asar nafaqat mashaqqatli kasb egalarining mehnatini, balki bir soniyalik eʼtiborsizlik qanday baxtsiz hodisalarga sabab bo‘lishini hikoya qiladi. Energetika vazirligining tegishli buyrug‘iga muvofiq, tizimda xodimlarning mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida “Vazirlikda kitob o‘qish soati” loyihasi yo‘lga qo‘yildi. Biz ushbu kitobdagi eng muhim va ibratli parchalarni sizlarga taqdim etib boramiz. Kanalimizni kuzatib boring 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

12,400 views

Posted Mar 28

📌 📌 📌 📌 📌 📌 ENERGETIKLAR MALAKASI OSHIRILMOQDA Energetika vazirligi “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati huzurida tashkil etilgan “Xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi” soha mutaxassislarining kasbiy ko‘nikmalarini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. O‘tgan 2025-yil davomida mazkur markazda xavfsizlik texnikasi, texnik oʻqitish, quyosh fotoelektr stansiyalari va quyosh kollektorlarini loyihalash, o‘rnatish hamda xizmat ko‘rsatish, shuningdek, mehnatni muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi yo‘nalishlarida jami 1 256 nafar xodim malaka oshirdi. Joriy 2026-yilda esa bu ko‘rsatkichni qariyb 2 000 nafarga yetkazish rejalashtirilgan. Joriy yilning mart oyida markaz tomonidan tuman va shahar elektr ta’minoti korxonalari dispetcherlari, elektr energiyasi hisobini nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi bo‘limi boshliqlari hamda muhandis-texniklardan iborat 30 dan ortiq xodim uchun ikki haftalik malaka oshirish kurslari tashkil etildi. Tinglovchilar o‘quv jarayonida yoqilg‘i-energiya resurslarini iqtisod qilish, muqobil energiya manbalaridan samarali foydalanish, tarmoqlardagi yo‘qotishlarni kamaytirish choralarini ko‘rish, yuqori kuchlanishli podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish kabi dolzarb yo‘nalishlarda o‘z bilimlarini boyitdilar. Kurs yakunida xodimlarning malakasi baholanib, ularga maxsus sertifikatlar topshirildi. Soha xodimlarini o‘qitish ko‘lamini hududlar kesimida yanada kengaytirish maqsadida, joriy yilning aprel oyida “Xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi”ning Samarqand viloyati filiali ochilishi kutilmoqda. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

12,700 views

Posted Mar 27

📌 📌 📌 📌 📌 📌 “Media haftalik”: mamlakatimizda yilning eng yirik media loyihasi start olmoqda Global axborot makonidagi shiddatli o‘zgarishlar, ijtimoiy tarmoqlar va sun’iy intellektning rivojlanishi, feyk xabarlar oqimi media sohasi vakillaridan mutlaqo yangicha yondashuvlarni talab etmoqda. Shu maqsadda respublikamizda yilning eng yirik va muhim ta’limiy-amaliy loyihasi — jurnalistlar, blogerlar va matbuot kotiblarini yagona platformada birlashtiruvchi “Media haftalik” o‘zishini boshladi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

10,200 views

Posted Mar 27

📌 📌 📌 📌 📌 📌 Navoiy viloyatida energiya ta’minoti barqarorligi bо‘yicha о‘rganishlar о‘tkazildi 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱het.uz

10,700 views

Posted Mar 27

📌 📌 📌 📌 📌 📌 AHOLI MUROJAATLARI E’TIBORDA Prezidentimiz rahbarligida oʻtkazilgan yigʻilishda aholi murojaatlariga tezkor va samarali javob berish masalasiga alohida eʼtibor qaratildi. Ushbu yoʻnalishda joylarda murojaatlar bilan ishlash yanada kuchaytirildi. Xususan, "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Toshkent hududiy filiali tasarrufidagi Oqqo‘rg‘on tuman elektr ta’minoti bo‘limi tomonidan tumanning “Guliston” va “Istiqlol” MFYlarida elektr ta’minoti sifatini yaxshilash maqsadida tiste’molchilardan kelib tushgan murojaatlar o‘z vaqtida o‘rganilib, amaliy yechim topdi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

10,900 views

Posted Mar 27

📌 📌 📌 📌 📌 📌 SURXONDARYODA YOSH ENERGETIKLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI ​Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizda har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” etib belgilangani yosh avlod bilan tizimli muloqot o‘rnatish va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashda muhim platformaga aylandi. Mazkur an’ana doirasida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Surxondaryo hududiy filiali direktori Ma'rufjon Shamsiddinov tizimda faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. ​Uchrashuv davomida energetika sohasining ertangi kuni bo‘lgan yosh xodimlarning kasbiy salohiyatini yuksaltirish, ularni zamonaviy bilim va ko‘nikmalar bilan qurollantirish masalalari diqqat markazida bo‘ldi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

11,400 views

Posted Mar 27

📌 📌 📌 📌 📌 📌 CHEKKA HUDUD AHOLISINING MUROJAATI IJOBIY YECHIM TOPDI Navoiy viloyatining markazidan ancha olis, cho‘l hududida joylashgan Tomdi tumaninng “Qulimbet” ovulidan O‘zbekiston Respublikasi Prezident virtual qabulxonasiga kelib tushgan murojaat asosida elektr ta’minoti infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar olib borildi. Murojaat asosida hududga kelgan 10 kVli elektr tarmog‘ida keng ko‘lamli qurilish-montaj ishlari bajarildi. Xususan, yillar davomida foydalanib kelingan eski yog‘och ustunlar o‘rniga 120 dona yangi temir-beton tayanchlar o‘rnatildi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ushbu yangilanishlar elektr uzatish tarmoqlarining ishonchliligini oshirib, turli nosozliklar va uzilishlarning oldini olishga xizmat qiladi. Natijada hudud aholisi endilikda barqaror va sifatli elektr ta’minotidan foydalanish imkoniga ega bo‘ldi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

9,540 views

Posted Mar 26

📌 📌 📌 📌 📌 📌 #yoshlar_uchrashuv “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Boshqaruv raisining yoshlar bilan navbatdagi ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan muloqot davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, sohadagi islohotlar, kasbiy rivojlanish, innovatsiyalarni joriy etish hamda ishlab chiqarish jarayonlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha taklif va mulohazalarini bildirdilar Muloqot chog‘ida Boshqaruv raisi yoshlar va mas’ullarning savollariga batafsil javob berib, ular bilan fikr almashdi. Bildirilgan takliflarni o‘rganish va amaliyotga joriy etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

9,270 views

Posted Mar 26

📌 📌 📌 📌 📌 📌 Koʻksaroy qarorgohida mamlakatimizga davlat tashrifi bilan kelgan Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonni tantanali kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

8,680 views

Posted Mar 26

📌 📌 📌 📌 📌 📌 #yoshlar_uchrashuv Ayni daqiqalarda "Hududiy elektr tarmoqlari” AJda Boshqaruv raisining tizimda faoliyat yuritayotgan yoshlar bilan navbatdagi ochiq muloqoti bo‘lib o‘tmoqda. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

9,920 views
12•••5678910•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384