TGINSIGHT CHAT
UzCSD | Markaziy depozitariy
@uzcsd
Business and startupsweb: www.uzcsd.uz Facebook: https://www.facebook.com/uzcsd.uz Instagram: https://www.instagram.com/uz.csd/ Youtube: https://www.youtube.com/@uzcsd Murojaat uchun: 📞 +998 (71) 211-09-09 📨 [email protected] Takliflar uchun: @UzCSDask_bot
Dènye pòs
Paj 9 sou 84 · 1,005 pòs
Pibliye Jan 26
✍✍✍✍✍✍✍ 🌐«Sardoba Tekstil»dan kapital bozoridagi debyut chiqarilish 🗣Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning kapital bozori orqali sarmoya jalb qilish ko‘lami kengayib bormoqda. Xususan, «Sardoba Tekstil» mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan ilk korporativ obligatsiyalarning chiqarilishi Qimmatli qog’ozlar Markaziy depozitariysi tomonidan rasman ro‘yxatga olindi. 💻Emissiyaning asosiy ko‘rsatkichlari: ⏺Turi: Korporativ obligatsiyalar. ⏺Umumiy hajm: 7,0 mlrd so‘m. ⏺Nominal qiymati: 5 000 000 so‘m. ⏺Yillik daromadlilik: 27%. ⏺Muomala muddati: 1 095 kun (3 yil). ⏺Joylashtirish usuli: Yopiq obuna. ⏺Kupon daromadi to‘lovi oraliq davri: 91-94 kun (choraklik to‘lov). 🔔Ta’kidlash joizki, ushbu emissiya jamiyat uchun hisob bo‘yicha birinchisi (debyut) hisoblanadi. To‘qimachilik sohasida faoliyat yurituvchi kompaniyaning qimmatli qog‘ozlar bozoriga kirib kelishi, real sektor korxonalari uchun muqobil moliyalashtirish manbalaridan foydalanishda muhim qadamdir. ✅Mazkur chiqarilish bo‘yicha hisob-kitoblar va investorlarning egalik huquqini tasdiqlash Markaziy depozitariy tomonidan kafolatlangan tartibda amalga oshiriladi. Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin
Pibliye Jan 24
Pibliye Jan 24
Pibliye Jan 23
✍️✍️✍️✍️ 🌐TOP-10: O‘ZBEKISTON KAPITAL BOZORINING YETAKCHI INVESTITSIYA VOSITACHILARI 🗣O‘zbekiston kapital bozorida faoliyat yuritayotgan investitsiya vositachilari bugungi kunda 80 emitentning jami 40,8 trln so‘mlik aksiya chiqarilishlariga xizmat ko‘rsatmoqda. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, yuqorida qayd etilgan miqdorning, ya’ni aksiyalar bozorining qariyb 33,5 trln so‘mlik portfeli10 ta investitsiya vositachisi tomonidan boshqarilmoqda. Bu, sohada yuqori darajadagi institutsional jamlanish mavjudligidan dalolat beradi. 🗣Investitsiya vositachilari aktivlarining qariyb 37 foizi reyting peshqadamlari - “Dalal standard” (7,86 trln so‘m) va “Kapital-depozit” (7,51 trln so‘m) kompaniyalari hissasiga to‘g‘ri keladi. 🗣Shuningdek, “Leader Finance Capital” (3,55 trln so‘m), “Portfolio Investments” (2,87 trln so‘m) va “Finance invest brok” (2,76 trln so‘m) kompaniyalari ham bozorda mustahkam poydevorga ega ekanliklarini namoyon etmoqda. 💻Investitsiya vositachilari kapital bozorining muhim bo‘g‘ini hisoblanadi. Ularning portfelidagi o‘sish va bozordagi o‘rni O‘zbekiston kapital bozorining shaffofligi hamda investitsiyaviy jozibadorligini oshirishda drayver bo‘lib xizmat qiladi. Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin
Pibliye Jan 22
✍️✍️✍️✍️ 🌐2025-YILNING ENG YIRIK TOP-5 EMITENTI 🗣O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan aksiyadorlik jamiyatlarining jami emissiya hajmi (nominal qiymati bo'yicha) 265,14 trln so‘mga yetdi. Ushbu ko‘rsatkichning salmoqli qismi mamlakat iqtisodiyotining "tayanch nuqtalari" bo‘lgan quyidagibeshta yirik kompaniya hissasiga to‘g‘ri keladi: 1️⃣“O'zbekiston Respublikasi milliy investitsiya jamg'armasi” AJ — 27,88 trln so‘m. Bozorning mutlaq yetakchisi bo‘lib, jami kapitalning qariyb 10,5% qismini o‘zida jamlagan. 2️⃣ “O'zbekneftgaz” AJ — 22,48 trln so‘m. Energetika sohasidagi eng yirik kapital egasi. 3️⃣“O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ — 17,76 trln so‘m. Bank-moliya sektori bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichga ega emitent. 4️⃣“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ — 15,07 trln so‘m. Sanoat giganti va hududlar kesimida (Navoiy viloyati) eng yirik aksiyadorlik jamiyati. 5️⃣“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ — 13,31 trln so‘m. Elektr energiyasi ishlab chiqarish tarmog‘idagi eng yirik emissiya egasi. Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin
Pibliye Jan 20
#kunraqami 🌐O‘zbekiston kapital bozoriga xorijiy investorlarning qiziqishi yuqori! ⏺Umumiy ulush: 336 ta AJ ustav fondlaridagi xorijiy sarmoya miqdori qariyb 12,3 trln so‘mga yetdi. 2025-yil davomida xorijiy ulush hajmi 24% ga (2,35 trln so‘mga) ortdi. ⏺Obligatsiyalar bozoridagi faollik: Korporativ obligatsiyalardagi xorijiy egalar ulushi yil boshiga nisbatan 14 baravarga yoki 1 433,5% ga o‘sib, 689,5 mlrd so‘mni tashkil etdi. Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin
Hashtags
Pibliye Jan 20
✍✍✍✍✍✍✍ 🌐“Biznes Finans MMT”dan yangi investitsion imkoniyat 🗣Kapital bozorida emitentlar tomonidan qarz mablag‘larini jalb qilish dinamikasi barqaror o‘sib bormoqda. Jumladan, “Biznes Finans mikromoliya tashkiloti” MCHJ tomonidan navbatdagi korporativ obligatsiyalarning chiqarilishi Qimmatli qog’ozlar Markaziy depozitariysi tomonidan ro‘yxatga olindi. 💬Emissiyaning asosiy ko‘rsatkichlari: ⏺Turi: Korporativ obligatsiyalar. ⏺Umumiy hajm: 10,0 mlrd so‘m. ⏺Nominal qiymati: 100 000 so‘m (bu investorlar qamrovini kengaytirishga xizmat qiladi). ⏺Yillik daromadlilik: 27%. ⏺Muomala muddati: 720 kun. ⏺Kupon daromadi to‘lovi oraliq davri: 30 kun. ⏺Joylashtirish usuli: Ochiq obuna. 📱Ushbu emissiya jamiyat uchun hisob bo‘yicha beshinchisi hisoblanadi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, mazkur chiqarilish yakunlangach, emitentning qimmatli qog‘ozlar bozoridagi jami obligatsiyalari hajmi 91,56 mlrd so‘mga yetadi. Ta’kidlash joizki, jamiyat ushbu yo’nalishdagi faoliyatini 1,0 mln so‘mlik nominalda obligatsiya chiqarish bilan boshlagan bo‘lsa, hozirda kichikroq nominal (100 000 so‘m) orqali chakana investorlar uchun jozibadorlikni oshirmoqda. Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin
Pibliye Jan 19
✍️✍️✍️✍️ 🗓Kapital bozorida chiqarilishlar dinamikasi: haftalik tahlil(9-yanvar-16-yanvar) 🌐Hisobot haftasida kapital bozorida korporativ harakatlarning o‘ziga xos o‘zgarishi kuzatildi. Bu bozor ishtirokchilari tomonidan kapital tarkibini maqbullashtirish hamda yangi emitentlarning bozorga kirib kelishi bilan izohlanadi. 🗣AKSIYALAR bozorida aksiyadorlik jamiyatlari soni bittaga ko‘payib, 695 taga yetdi. Chiqarilishlarning umumiy hajmi biroz pasayib, 265,19 trln so‘mni tashkil etdi. Ushbu dinamikaga quyidagi korporativ harakatlar ta'sir ko‘rsatdi: ⏺“OCTO” AJ tomonidan 39,13 mlrd so‘mlik aksiyalarning birlamchi chiqarilishi amalga oshirildi. ⏺Bir qator emitentlar, xususan “O‘ZBEKISTON” DAM OLISH-SOG‘LOMLASHTIRISH“, “OHONGORON SEMENT MS” va “TOSHKENT QISHLOQ XO‘JALIK MAHSULOTLARI ULGURJI BOZORI” AJlar tomonidan aksiyalar hajmini kamaytirish holatlari qayd etildi. 💻KORPORATIV OBLIGATSIYALAR bozorida emitentlar soni o‘zgarishsiz qolgan bo‘lsa-da, chiqarilishlarning umumiy hajmi 3,85 mlrd so‘mga kamaydi. Bunga “HAMKOR INVEST LIZING” MChJ obligatsiyalari hajmining qisqartirilishi sabab bo‘ldi. 💬Umuman olganda, hisobot davri bozorda ham yangi instrumentlar paydo bo‘lishi, ham mavjud kapitallarni qayta tartibga solish jarayonlari bilan xarakterlanadi. Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin
Pibliye Jan 16
🗣Markaziy depozitariy — shunchaki raqamlar emas, bu katta mahorat maktabi! ❔Nima uchun kapital bozorida Markaziy depozitariyda ishlagan mutaxassislar doim qadrlanadi? 🌐Sababi oddiy: bizda ishlash — bu kapital dunyosining “yuragi”ni ichidan o‘rganish demakdir. Bizning xodimlarimiz shunchaki ma’lumot kiritishmaydi, ular: ⏺Murakkab korporativ harakatlarning me’moriga aylanishadi; ⏺Xalqaro (ISIN, CFI) standartlar tilida gaplashishni o‘rganishadi; ⏺Yuqori texnologiyali bazalar va kiberxavfsizlik tizimlari bilan ishlashadi. 🗣Ko‘pgina sobiq hamkasblarimiz bugungi kunda yirik banklar, investitsiya institutlari va xalqaro moliya tashkilotlarida yetakchi lavozimlarni egallab kelmoqdalar. 🔔Markaziy depozitariy — bu karyera yo‘lidagi eng mustahkam poydevordir! 🛡Siz ham professionallar safida bo‘lishni istaysizmi? Bizning bo‘sh ish o‘rinlarimizni kuzatib boring! Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin
Pibliye Jan 15
#KunTarixi Aksiyalar tarixi — sandiqdagi qog'ozlardan raqamli kodlargacha 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin
Hashtags
Pibliye Jan 14
🌐2025-yilda Markaziy depozitariy orqali aksiyadorlarga jami 1,65 trln so‘mdan ortiq dividend to‘lab berildi. ❔Bu nimani anglatadi? Ilgari aksiyadorlar o‘z dividendlarini olish uchun har bir korxonaga alohida murojaat qilishlari kerak edi. Endi esa Markaziy depozitariy barcha daromadlarni jamlab, avtomatik va shaffof tarzda egalariga yetkazmoqda. 🗣Barchasi bitta ilovada! O'z portfelingizni kuzatish, hisoblangan dividendlarni ko'rish va mablag'larni to'g'ridan-to'g'ri bank kartangizga qabul qilish uchun "UzCSD"mobil ilovasidanfoydalaning. 📱Ilovani yuklab olish: App Store | Google Play Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin
Pibliye Jan 14
14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni muborak bo‘lsin!🇺🇿 💫Vatan himoyasi — nafaqat sarhadlar daxlsizligi, balki yurt tinchligi, iqtisodiy barqarorlik va har bir sohadagi fidokorona mehnatdir. Markaziy depozitariy jamoasi barcha yurtdoshlarimizni, mard va jasur himoyachilarimizni ushbu qutlug‘ bayram bilan samimiy tabriklaydi. 🗣Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik va mamlakatimiz ravnaqi yo‘lidagi mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz. 🇺🇿Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin! Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin