TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Kembali ke saluran
Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi avatar

TGINSIGHT CHAT

Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

@shahrixon_tim

Pendidikan

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi

Pelanggan686Jumlah pelanggan saat ini
Postingan terlacak1,004Jumlah postingan terindeks
Jangkauan terkini7,395Jumlah tampilan postingan terbaru
Postingan terbaru

Postingan terbaru

Hal. 42 dari 84 · 1,004 postingan

Diposting 6 Nov

#Rahbar_kubogi #Sport ⚜️Shahrixon tumani ixtisoslashtirilgan maktabi “Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi rahbar kubogi” sport musobaqasining sektor bosqichi Bugun, 5-noyabr sanasida Shahrixon tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabida “Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi rahbar kubogi” sport musobaqasining sektor bosqichi davom ettirildi. ✅Mazkur bosqichda Shahrixon, Asaka, Xonobod, Qo‘rg‘ontepa, tumanlaridagi ixtisoslashtirilgan maktablar o‘rtasida futbol sport turi bo‘yicha bahslar bo‘lib o‘tdi. ⚜️ Taʼlim rivojiga biz bilan hissa qoʻshin Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom eting 👇👇👇 TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK

620 views

Diposting 4 Nov

📚Shahrixon ta’lim sohasida targ‘ibot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi! Bugun Shahrixon tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Mamajonova Manzura Kamalovna hamda ixtisoslashtirilgan maktab direktori Nuriddin Pozilov tumandagi barcha umumiy o‘rta ta’lim maktab direktorlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda Maktabgacha va maktab ta’lim vazirining 391-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash, shuningdek, o‘quvchilarni ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarga yo‘naltirish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi. 🗂 Yig‘ilish davomida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi, hamkorlikdagi ish reja ishlab chiqildi. Ixtisoslashtirilgan ta'lim sari birgalikda! Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom eting 👇👇👇 TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK

726 views

Diposting 3 Nov

#Rahbar_kubogi #Shahrixon_tuman_IM 🏆 “ITMA Rahbar Kubogi” — 3-sektor chempionati Andijon viloyatining Shahrixon, Bo‘ston, Asaka, Paxtaobod va Ulug‘nor tumanlaridagi ixtisoslashtirilgan maktablar o‘rtasida “Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi Rahbar Kubogi” Mini Futbol sport turi chempionati bo‘lib o‘tdi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom eting 👇👇👇 TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK

666 views

Diposting 3 Nov

QIZLAR O‘RTASIDA O‘TKAZILGAN OLIMPIADADA TERMA JAMOAMIZ A'ZOSI BRONZA MEDALI SOHIBI BO‘LDI 📍Maykop, Adigeya Respublikasi ⚡️Joriy yilning 24-28-oktabr kunlari Adigeya Respublikasi, Maykop shahrida "Assara" IV Qizlar Matematika Olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. ➡️Olimpiadada 20 ta davlatlardan 200 nafarga yaqin o‘quvchi qizlar ishtirok etdi. 📢Xalqaro darajada o‘tkazilgan ushbu olimpiadada 1 nafar O‘zbekiston terma jamoasidan vakil ishtirok etib, katta muvaffaqiyatga erishdi: 🥉Dildora Mahkamova - Al-Beruniy nomidagi xalqaromaktab internatining 9-sinf o‘quvchisi — Bronza medal. ❗️Eslatma: O‘zbekiston 2025-yilda ushbu Olimpiadada ilk marotaba ishtirok etdi. 🇺🇿Ushbu yutuq hurmatli Prezidentimiz tomonidan qizlar uchun yaratilayotgan ilmiy imkoniyatlarning yorqin natijasidir. Terma jamoamiz a’zosini tabriklaymiz va kelgusi olimpiadalarda ulkan zafarlar tilaymiz! Bizni kuzatib boring Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

507 views

Diposting 3 Nov

FAOLIYATIMIZ👩‍🏫 🏢IMA tizimidagi Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida tashkil etilgan to‘garak mashg‘ulot jarayonidan lavxalar. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom eting 👇👇👇 TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK

619 views

Diposting 3 Nov

🧑‍🎓FAOLIYATIMIZ👩‍🏫 🏢IMA tizimidagi Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "YONG'IN XAVFSIZLIGI" 15-noyabrdan 15-dekabr kuniga qadar "Yong'in xavfsizligi" oyligi munosabati bilan Favqulodda Vaziyatlar Vazirligi Shahrixon tuman bo'limi hodimlari tomonidan o'quv seminar mashg'ulot o'tkazildi. Kuz- qish mavsumini betalofat o'tkazish hamda yong'in xavfsizlik qoidalari haqida batafsil ma'lumotlar berildi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom eting 👇👇👇 TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK

563 views

Diposting 3 Nov

"KELAJAK SOATI" "XAVFSIZ HAYOT" 🏢Ixtisoslashtirilgan ta’lim muasasalari agentligi tizimidagi Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 2025 yil 3-noyabr 🇺🇿O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha vа mаktab ta’limi vazirining 2025-yil 25-avgustdagi "Maktabgacha va umumiу о’rtа ta’lim tashkilotlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini оshirsh to’g’risida" 308-sоn buyrug’i hamda O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha vа mаktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining 2025 yil 29-avgustdagi 01-17-2232-sonli xati ijrosini taminlash maqsadida barcha sinflarda "Xavfsiz hayot"mavzusida "Kelajak soati" tashkil etildi. 🌎Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom eting 👇👇👇 TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK ▫️

641 views

Diposting 3 Nov

#tabrik 🌟Tug'ilgan kuningiz bilan!🌟 👍Bugun Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining direktori Nuriddin Pozilovning tavallud kuni! 🔹Hurmatli Nuriddin Pozilov ! 🔺Sizni Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktab jamoasi tavallud ayyomingiz bilan muborakbod etadi✨ 🔺Yosh avlodga ta'lim-tarbiya olishlari uchun qilayotgan mehnatlaringiz uchun minnatdorchilik bildiramiz! 🌐Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK ▫️

649 views

Hashtags

Diposting 31 Okt

#Agentlik_tizimidagi_maktablar #Andijon_viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining tegishli buyrug‘iga asosan ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga iqtidorli o‘quvchilarni keng jalb qilish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlariga start berildi. 🤩 Bugungi kunda mamlakatimizning har bir hududida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar faoliyat olib bormoqda. ✔️Bu dargohlar — zamonaviy sharoitlar, malakali o‘qituvchilar va iqtidorli o‘quvchilar jam bo‘lgan, xalqaro miqyosda e’tirof etilayotgan maskanlardir. ❗️Har yili minglab ota-onalar farzandlarini aynan shu maktablarda tahsil olishini istaydi. Chunki bu yerda ta’lim, tarbiya va innovatsiya uyg‘unlikda olib boriladi. 🌐 Siz ham maktab hayoti, o'quvchilar va o'qituvchilarning erishayotgan yutuqlari, dars jarayonlari, iqtidorli o‘quvchilar tomonidan amalga oshiriladigan startap loyihalari hamda ijodiy ishlanmalaridan boxabar bo‘lishni xohlaysizmi? Unda maktablarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga obuna bo‘ling va yangiliklarni birinchilardan bo‘lib kuzatib boring! 📍Andijon viloyatida joylashgan Agentlik tizimidagi maktablarning sahifalari: 1. Andijon shahridagi Prezident maktabi 2. Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi 3. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab Andijon filiali 4. Andijon shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati 5. Andijon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 6. Asaka tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 7. Baliqchi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 8. Bo‘ston tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 9. Izboskan tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 10. Marhamat tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 11. Oltinko‘l tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 12. Qo‘rg‘ontepa tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 13. Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 14. Ulug‘nor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 15. Xo‘jaobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 16. Xonobod shahar ixtisoslashtirilgan maktabi 17. Buloqboshi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 18. Jalaquduq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 19. Paxtaobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

753 views

Diposting 31 Okt

BSB, CHSB bo‘yicha kunlik baho qo‘yish bo‘yicha eslatma! Formativ baholash (kunlik baholash): Oʻquvchiga darsda9-10 ball qo‘yiladi, agar: Faol, savollarga aniq va toʻgʻri javob bersa, guruh va juft boʻlib ishlashda ham faollik darajasi yuqori boʻlsa; Ayrim qismlarida juda faol, savollarga toʻgʻri javob bersa, ayrim xatolarga yoʻl qoʻysa. Uyga vazifalarni bajarishi: Uyga vazifani toʻliq va xatolarsiz bajargan boʻlsa; Uyga vazifani toʻliq bajargan, baʼzi xatoliklar mavjud boʻlsa. 6-8 ball qo‘yiladi, agar: Faol qatnashsa, fikrlarini qisman toʻgʻri bayon eta olsa; Faol lekin savollarga ikkilanib javob bersa, guruh, juft boʻlib ishlaganda faollik darajasi past boʻlsa; Faol boʻlishga harakat qilsa, mavzuga doir savollarning ayrimlariga toʻgʻri javob bersa. Uyga vazifalarni bajarishi: Uyga vazifani bajargan, xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻygan boʻlsa. 0-5 ball qo‘yiladi, agar: Faol ishtirok etsa va toʻgʻri boʻlmagan fikrlar bildirsa; Savollarga notoʻgʻri javob bersa, oʻquvchilar orasida darsdagi faolligi sezilarli boʻlmasa. Uyga vazifalarni bajarishi: Uyga vazifani qisman bajargan, xatoliklar koʻp boʻlsa; Uyga vazifani bajarmagan boʻlsa.

675 views

Diposting 31 Okt

#matematika_festivali MATEMATIKA FESTIVALI BO‘LIB O‘TADI M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filialida 2–3-noyabr kunlari matematika festivalibo‘lib o‘tadi! Tadbir amaliy matematika va informatika fakulteti tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, iste’dodli yoshlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. ❗️Festivalda Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligi tizimidagi maktablarning 9–11-sinf o‘quvchilari ishtirok etishlari mumkin. 🔗 Festivalda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali joriy yilning 30-oktabriga qadar ro‘yxatdan o‘ting. Bizni kuzating Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal

514 views

Diposting 31 Okt

#Agentlik_tizimidagi_maktablar Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining tegishli buyrug‘iga asosan ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga iqtidorli o‘quvchilarni keng jalb qilish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlariga start berildi. 🤩 Bugungi kunda mamlakatimizning har bir hududida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar faoliyat olib bormoqda. ✔️Bu dargohlar — zamonaviy sharoitlar, malakali o‘qituvchilar va iqtidorli o‘quvchilar jam bo‘lgan, xalqaro miqyosda e’tirof etilayotgan maskanlardir. ❗️Har yili minglab ota-onalar farzandlarini aynan shu maktablarda tahsil olishini istaydi. Chunki bu yerda ta’lim, tarbiya va innovatsiya uyg‘unlikda olib boriladi. 🌐 Siz ham maktab hayoti, o'quvchilar va o'qituvchilarning erishayotgan yutuqlari, dars jarayonlari, iqtidorli o‘quvchilar tomonidan amalga oshiriladigan startap loyihalari hamda ijodiy ishlanmalaridan boxabar bo‘lishni xohlaysizmi? 📎Unda maktablarimizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga obuna bo‘ling va yangiliklarni birinchilardan bo‘lib kuzatib boring! Hududlarda joylashgan Agentlik tizimidagi maktablarning sahifalari bilan quyida tanishing: 1️⃣ Andijon viloyati 2️⃣Buxoro viloyati 3️⃣ Farg‘ona viloyati 4️⃣Jizzax viloyati 5️⃣Namangan viloyati 6️⃣Navoiy viloyati 7️⃣ Qashqadaryo viloyati 8️⃣ Qoraqalpog‘iston Respublikasi 9️⃣Samarqand viloyati 🔟Sirdaryo viloyati 1️⃣1️⃣Surxondaryo viloyati 1️⃣2️⃣Toshkent shahri 1️⃣3️⃣ Toshkent viloyati 1️⃣4️⃣Xorazm viloyati Bizni kuzating Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal

462 views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••404142434445•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384