TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Kembali ke saluran
Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi avatar

TGINSIGHT CHAT

Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

@shahrixon_tim

Pendidikan

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi

Pelanggan686Jumlah pelanggan saat ini
Postingan terlacak1,004Jumlah postingan terindeks
Jangkauan terkini6,921Jumlah tampilan postingan terbaru
Postingan terbaru

Postingan terbaru

Hal. 41 dari 84 · 1,004 postingan

Diposting 12 Nov

🎉 Yangi yutuqlar sari! 🏆 Bugun, 12-noyabr 2025-yil, Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining iqtidorli o‘quvchilari Asosiy fan olimpiadasida erishgan yutuqlari uchun faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar! 🎖 📚 Bu natijalar o‘quvchilarimizning bilimga chanqoqligi va ustozlarining fidokorona mehnatining yorqin ifodasidir. 👏 Barcha g‘olib o‘quvchilarimizni chin dildan tabriklaymiz! Ularning oldinda yanada katta zafarlar sari dadil qadam tashlashlariga ishonamiz!

670 views

Diposting 11 Nov

Bugungi kunda korrupsiya muammosiga jahonning deyarli har bir mamlakatida duch kelish mumkin. Korrupsiya so‘nggi yillarda xalqaro miqyosda transmilliy jinoyat sifatida tomonidan keng muhokama qilinayotgan mavzulardan biridir. Taʼkidlash lozimki, korrupsiya keltiradigan zarar barcha davlatlar uchun teng sanalib, mazkur illat davlatning turli sohalariga, xususan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy jabhalarida amalga oshirilayotgan islohotlarga hamda mamlakatning xalqaro maydondagi imidji va investitsiyaviy jozibadorligiga salbiy taʼsir ko‘rsatadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020 yil 24 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qilgan Murojaatnomasida taʼkidlaganidek, “Jamiyatimizda korrupsiya illati o‘zining turli ko‘rinishlari bilan taraqqiyotimizga g‘ov bo‘lmoqda. Bu yovuz baloning oldini olmasak, haqiqiy ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaratib bo‘lmaydi, umuman, jamiyatning birorta tarmog‘i rivojlanmaydi” Korrupsiyaga qarshi kurashishning ustuvor huquqiy asoslari qator xalqaro huquqiy normalarda o‘z ifodasini topgan bo‘lib, ularga quyidagilarni kiritish mumkin: 2003 yil 31 oktyabrda qabul qilingan BMT ning Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasi; 2000 yil 15 noyabrda qabul qilingan BMT ning Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi Konvensiyasi; 1999 yil 27 yanvardagi Yevropa Kengashining “Korrupsiya uchun jinoiy javobgarlik to‘g‘risida” gi Konvensiyasi; 1999 yil 4 noyabrdagi “Korrupsiyaga uchun fuqarolik huquqiy javobgarlik to‘g‘risida” gi Konvensiyalari va boshqalar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 iyundagi PF-6013-sonli “O‘zbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi Farmoni qabul qilinib, mazkur Farmon asosida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini, shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning tizimli sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish choralarining samaradorligini oshirishga qaratilgan davlat va boshqa dasturlarni shakllantirish va amalga oshirish maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurash Agentligi tashkil etildi

524 views

Diposting 11 Nov

Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: qonuniylik; fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi; ochiqlik va shaffoflik; tizimlilik; davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi; korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar ustuvorligi; javobgarlikning muqarrarligi.

441 views

Diposting 11 Nov

korrupsiya — shaxsning oʻz mansab yoki xizmat mavqeyidan shaxsiy manfaatlarini yoxud oʻzga shaxslarning manfaatlarini koʻzlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish;

464 views

Diposting 11 Nov

Nafs iskanjasi Biz Korrupsiyaga qarshimiz. 1-noyabrdan 25- noyabrgacha Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi barchamiz bu illatga jamiyat rivoji uchun kurashamiz. Biz bu illatni kelajak hayotimizda nuqta qo‘yib halol rizq orqali faoliyat olib boramiz. Biz kelajakda davlatimizga yetuk kadr bo‘lib saloxiyatimizni ishga solishimiz zarur.

474 views

Diposting 11 Nov

NAVBATDAGI XALQARO OLIMPIADADAGI GʻALABA! ✅O‘zbekiston Terma jamoasi a’zolari 5-10-noyabr kunlariTojikistonda bo‘lib o‘tgan Umar Xayyom nomidagi Xalqaro olimpiadada ishtirok etib, yuqori natijani qayd etdi. Umumiy hisobda: 2 ta oltin 🥇, 3 ta kumush🥈, 2 ta bronza🥉— jami 7 ta MEDAL! G‘oliblar bilan tanishing: 🖥Informatika yo‘nalishi g‘oliblari: 🥇Humoyun Abduraupov — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, 8-sinf o‘quvchisi — oltin medal 🥇Shahruz Erkinov — Nurofshon shahridagi Prezident maktabi, 8-sinf o‘quvchisi — oltin medal 🥈Jahonali Haydaraliyev — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, 9-sinf o‘quvchisi — kumush medal 🏅Ozodbek Haydaraliyev — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, 10-sinf o‘quvchisi — honorable mention 📘Matematika yo‘nalishi g‘oliblari: 🥈Abdulaziz Radjabov — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, 10-sinf o‘quvchisi — kumush medal 🥈Umarbek Ubaydullayev — Sergeli tumani ixtisoslashtirilgan maktab, 8-sinf o‘quvchisi — kumush medal 🥉Azizbek Mamajonov — Guliston shahar 2-ixtisoslashtirilgan maktab, 10-sinf o‘quvchisi — bronza medal 🥉Kamron Kamolov — Buxoro shahar 35-IDUM, 8-sinf o‘quvchisi — bronza medal 📝Barcha g‘oliblarni tabriklaymiz va kelgusi olimpiadalarda ulkan zafarlar tilaymiz! Ilm — taraqqiyot va yuksalish kalitidir. Har bir yutuq — yorqin kelajak sari qo‘yilgan mustahkam qadamdir. Bizni kuzating Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal

540 views

Diposting 10 Nov

#Shahrixon tumanIM #Sayohat 🏛Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 6-"b" sinf jamoasi kuzgi ta'til kunlarini maroqli o'tkazish maqsadida Andijon viloyatining "Zoo park" va "Zahiriddin Muhammad Bobur" istirohat bog'iga sayohat uyushtirdilar. 🚎 14 nafar o'quvchilar Erta tongdan o'nga yaqin avtobuslarda viloyat YHXB xodimlari hamrohligida ko'zlangan manzilga otlandilar. Safarimiz davomida kuy-qo'shiqlar, qiziqarli raqslar ijro etib, yetib borildi 🌳"Andijon Zoo park" va "Zahriddin Muhammad Bobur" istirohat bog‘iga sayoxat uyushtirildi, hayvonot bog‘i va istirohat bog‘ida qiziqarli attraksionlar bolalarni o'ziga chorladi. O'quvchilar bolalikning zavqli onlaridan bahra oldilar. ♻️ Kuzgi ta'tilni maroqli o'tishi uchun mana shunday sayohatni tashkil etgani uchun Shahrixon tuman IM direktori N.Pozilovga, sinf rahbari R.Umarovga hamda o'quvchilar va ota-onalar nomidan minnatdorlik bildiramiz. TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK

651 views

Diposting 10 Nov

#Shahrixon tuman IM #Kelajak soati #Bagʻrikenglik 2025-yilning 11-noyabr kunida Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida yangi haftaning 1-soati sinflarda "Kelajak soati" darslari bilan boshlandi. "Kelajak soati" darslaridagi "Bagʻrikenglik — tinchlik va totuvlik garovi" mavzusida sinf rahbarlari tomonidan o'quvchilarga “Kelajak soati” darsida o‘quvchilarimiz bagʻrikenglikning insonlar o‘rtasidagi hurmat, mehr-oqibat va totuvlikni mustahkamlashdagi o‘rni haqida qiziqarli fikrlar bildirishdi.Kelajak soatida mavzu boʻyicha taqdimot va videl lavxalar bo‘yicha ma’lumotlar berildi. TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK

603 views

Diposting 9 Nov

📰📰📰📰📰📰📰 Agentlik direktori Sevara Shakirova Xitoy Xalq Respublikasining Huawei xalqaro kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi. ❕Maʼlumot uchun: Huawei Oʻzbekistonda oʻz faoliyatini 25 yil oldin boshlagan boʻlib mamlakatimizda taʼlimning rivojlantirishga oʻz hissasini qoʻshib kelmoqda. Mazkur uchrashuvda Agentlik tizimidagi Prezident maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarda sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish, yangi hamkorlik dasturlarini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi. 📌Shuningdek, Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda aqlli sinf xonalarni yaratish, yuqori tezlikdagi internet va zamonaviy uskunalar bilan kompleks raqamlashtirish imkoniyatlari toʻgʻrisida takliflar bildirildi. Bizni kuzating Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal

528 views

Diposting 8 Nov

Davlatimiz rahbari Markaziy Osiyo va AQSH sammitida ishtirok etdi. — Глава нашего государства принял участие в саммите Центральной Азии и США. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

578 views

Diposting 7 Nov

#Shahrixon tumanIM #Sayohat 🏛Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 7-"d" sinf jamoasi kuzgi ta'til kunlarini maroqli o'tkazish maqsadida Andijon viloyatining "Zoo park" va "Zahiriddin Muhammad Bobur" istirohat bog'iga sayohat uyushtirdilar. 🚎 24 nafar o'quvchilar Erta tongdan o'nga yaqin avtobuslarda viloyat YHXB xodimlari hamrohligida ko'zlangan manzilga otlandilar. Safarimiz davomida kuy-qo'shiqlar, qiziqarli raqslar ijro etib, yetib borildi 🌳"Andijon Zoo park" va "Zahriddin Muhammad Bobur" istirohat bog‘iga sayoxat uyushtirildi, hayvonot bog‘i va istirohat bog‘ida qiziqarli attraksionlar bolalarni o'ziga chorladi. O'quvchilar bolalikning zavqli onlaridan bahra oldilar. ♻️ Kuzgi ta'tilni maroqli o'tishi uchun mana shunday sayohatni tashkil etgani uchun Shahrixon tuman IM direktori N.Pozilovga, sinf rahbari N.Majidova hamda o'quvchilar va ota-onalar nomidan minnatdorlik bildiramiz. TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK

715 views

Diposting 6 Nov

#Maroqli_taʼtil 🏢Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi 📍Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilarining kuzgi taʼtilda boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlarini tashkil etish maqsadida jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi S. Ismoilov tomonidan maktab kubogi bo‘yicha futbol musobaqalari tashkil etildi. ⚜Taʼlim rivojiga biz bilan hissa qoʻshing Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom eting 👇👇👇 TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK

733 views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••3940414243•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384