TGINSIGHT CHAT
Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
@shahrixon_tim
PendidikanIxtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi
Postingan terbaru
Hal. 43 dari 84 · 1,004 postingan
Diposting 31 Okt
#YUNESKO#tashabbuslar Bugun Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Samarqandda o‘tayotgan YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining ochilish marosimida nutq so‘zladi. Davlatimiz rahbari nutqida ta’lim sohasiga oid muhim tashabbuslarni ilgari surdi. Prezidentimiz ma’lum qilganidek, respublikamizda YUNЕSKOning 8 ta kafedrasi, 24 ta hamkor maktabi faoliyat ko‘rsatmoqda. Toshkent va Farg‘ona YUNЕSKOning ta’lim shaharlari Global tarmog‘idan joy oldi. Shuningdek, yuzlab madaniy meros obyektlari ilg‘or texnologiya va xalqaro standartlar asosida restavratsiya qilindi. “Samarqanddagi Bosh konferensiya doirasida yurtimizda qator qo‘shimcha tadbirlar o‘tkaziladi. Jumladan, ko‘hna Buxoroda ilk marta zamonaviy san’at biyennalesi bo‘lib o‘tmoqda, poytaxtimizda YUNЕSKO shafeligida Maktabgacha ta’limni rivojlantirish mintaqaviy markazi ochiladi, Abu Rayhon Beruniy nomidagi YUNЕSKO – O‘zbekiston xalqaro mukofotining sovrindorlarini taqdirlaymiz, muzeylar faoliyatida sun’iy intellektning o‘rni va ahamiyatiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman tashkil etilmoqda, oliy ta’lim sohasidagi kvalifikatsiyalarni tan olishga oid Global konvensiyaga ham qo‘shilamiz”, dedi Prezidentimiz. Davlatimiz rahbari Jahon professional ta’lim sammitini o‘tkazish, “Sun’iy intellekt – maktab” namunaviy loyihasini amalga oshirish, Sun’iy intellekt etikasi bo‘yicha xalqaro ekspertlar anjumanini o‘tkazish kabi muhim tashabbuslarni taklif etdi. Ma’lumot uchun: konferensiya so‘nggi 40 yil ichida ilk bor YUNЕSKO Bosh qarorgohidan tashqarida – ko‘hna va hamisha navqiron Samarqand zaminida bo‘lib o‘tmoqda. @hilola_umarova
Hashtags
Diposting 31 Okt
✅✅ Agentlik rahbari Samarqand viloyatida o‘rganishda 🌍 Ushbu tashrif Samarqand shahrida o‘tayotgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida amalga oshirilmoqda. 🗣 Ayni damda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova Samarqandda bo‘lib, viloyatdagi tizim maktablari faoliyati bilan yaqindan tanishmoqda. 📍Tashrif davomida rahbar Bulung‘ur tuman ixtisoslashtirilgan maktabi hamda Oqdaryo tumanidagi 1- va 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda bo‘lib, o‘quv jarayoni, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ustozlar faoliyati va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalarini o‘rgandi. 🔎 Shuningdek, Agentlik rahbari Samarqand viloyatidagi tizim maktablarida ta’lim sifati, o‘quvchilarga yaratilgan imkoniyatlar, ilg‘or tajribalar va mavjud muammolarni chuqur o‘rganib, ularni bartaraf etish hamda ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish bo‘yicha topshiriqlar bermoqda. 🟢Maqsad — ixtisoslashtirilgan maktablarda ta’lim sifatini oshirish va samaradorlikni ta’minlash. Bizni kuzating: Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|Portal|LinkedIn
Diposting 28 Okt
#Hamkorlik_targʻibot_tadbirlari ✅Yig‘ilish Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining matematika va kimyo faniT.Arifov hamda Z. Mo‘minovlar o‘qituvchilari boshchiligida tashkil qilindi. Ushbu yig’ilishning asosiy maqsadi: Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2025-yil 17-oktabrdagi 391-sonli “Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga o‘quvchilarni jalb qilish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi buyruq ijrosiga qaratilgan bo‘lib, ushbu buyruqning mazmun-mohiyati to‘liq yoritib berildi va buyruqning 3-ilovada belgilab berilgan tadbirlar rejasi asosida qo‘shma chora- tadbirlar rejalar tasdiqlab olindi. Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK
Hashtags
Diposting 23 Okt
#diqqat_eʼlon #sayyor_qabul 🤩AGENTLIK RAHBARIYATINING SAYYOR QABULI OʻTKAZILADI 📆 Joriy yilning 24-oktabr kuni soat 16:00 da Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori o‘rinbosari Xasan Shakirov Nurafshon shahridagi Prezident maktabida sayyor qabul oʻtkazadi. ✅️ Sayyor qabulni tashkil etishdan maqsad, aholining Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi yoʻnalishidagi murojaatlari, taklif va shikoyatlarini oʻrganish, aniqlangan muammo va kamchiliklarni vakolat doirasida tezkor hal etish choralarini koʻrishdan iborat. 🗺Sayyor qabul oʻtkaziladigan manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, "Yangiobod" MFY, "Yangiobod" ko‘chasi 36-uy. Bizni kuzating Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Hashtags
Diposting 22 Okt
📺UzReport TV| 2026-yildanboshlab "E, Voh" olimpiadasi g‘olib-o‘quvchilari nufuzli oliygohga GRANT asosida o‘qishga qabul qilinadi! ⚡️Batafsil yangilik - UzReport TV lavhasida! ⏺Nordik rasmiy kanali
Diposting 21 Okt
Qadring baland bo‘lsin, ona tilim! Milliy qadriyatlarimiz va davlatchilik timsoli bo‘lgan ona tilimiz har doim dunyo minbarlarida jaranglab tursin! O‘z sofligi va jozibasini hech qachon yo‘qotmasin. 21-oktabr — O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun. Tilimizni asraylik!
Diposting 21 Okt
Ichki ishlar organlarida ham o‘zbek tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga so‘zsiz rioya etilishiga erishish, shuningdek, xodimlarning bu boradagi bilim va ko‘nikmalarini kuchaytirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Bugungi kunda ichki ishlar organlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga bir qator davlat xizmatlari ko‘rsatilib, fuqarolarga tegishli ma’lumotnoma, ruxsatnoma, guvohnoma va qayd varaqalari beriladi. Ushbu jarayonlar ham to‘liq davlat tili qoidalari asosida yuritilmoqda. Biroq ayrim o‘rinlarda hujjat loyihalarida imlo va grammatik xatoliklar ham kuzatilayotganidan ko‘z yumib bo‘lmaydi. Shu bois xodimlarni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi hamda uning hududiy bo‘linmalarida «O‘zbek adabiy tili me’yorlari va davlat tilida ish yuritish» bo‘yicha o‘quv kurslarida reja asosida doimiy tarzda o‘qitib borish ham ijobiy samara bermoqda. Vazirlikning ushbu markaz bilan amaliy hamkorligi natijasida 2023-yildan buyon har yili o‘rtacha 300 nafar xodim o‘quv kurslarida ishtirok etib, tegishli sertifikatni qo‘lga kiritib kelmoqda. Qolaversa, tarkibiy va hududiy ichki ishlar organlari ma’muriy hududidagi barcha tashqi yozuvlar, shu jumladan, peshlavhalar, e’lonlar va ko‘rgazmali boshqa axborot matnlarining davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek imlosida va xatolarsiz yozilishini to‘liq ta’minlash borasida reja asosida monitoring o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklarni joyida bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda. Albatta, bu kabi amaliy harakatlar har bir xodimning mas’uliyatini yanada oshirib, davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish va qonun hujjatlariga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlashga xizmat qiladi. Har bir xodim o‘z faoliyatida, ayniqsa, fuqarolar bilan bevosita muloqot jarayonida tilni to‘g‘ri qo‘llashi, xushmuomalalik bilan fikrni aniq yetkazishi kerak. Turli vaziyatlarni boshqalarga to‘g‘ri tushuntirib yetkaza olish, muammoli holatlarni bartaraf etish, zarur kezda, adolatli qaror qabul qilish, eng asosiysi, odamlarning ichki ishlar tizimidan rozi bo‘lishlariga erishishda ham nutqiy mahorat va muomala madaniyati muhim ahamiyat kasb etadi. Agar xodimning muomalasi samimiy, tili sof, nutqi ravon va aniq bo‘lsa, muloqot qilgan har bir inson va atrofdagilarda ijobiy taassurot uyg‘otishi tabiiy. Eng asosiysi, bugungi shiddatli zamonda har bir xalq, har qaysi mustaqil davlat o‘z milliy manfaatlarini ta’minlashi, bu borada, avvalo, o‘z madaniyatini, azaliy qadriyatlarini, ona tilini asrab- avaylashi va rivojlantirishi muhim ekanligini unutmaslik zarur. Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, qadim zamonlardan bizgacha yetib kelgan, ajdodlarimizning qoni, jasorati, sabr-u matonati ila barhayot yashayotgan tilimizni asrash, uni ona Vatan, muqaddas tuproq kabi himoya qilish bugungi avlodning muqaddas burchidir.
Diposting 21 Okt
O‘ZBEK TILI – ONAJONIM TILI BU (21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni) Ona tilimiz – milliy ma’naviyatimizning bitmas-tuganmas bulog‘idir. Shavkat MIRZIYOYEV Ona tilimizga bo‘lgan e’tibor va hurmat yil sayin ortib bormoqda. Bunday e’tibor Vatanini sevgan, o‘zbek ekanligidan faxrlanadigan, bir so‘z bilan aytganda, o‘zligini anglagan har bir yurtdoshimiz yuragida o‘zgacha quvonch, faxriftixor tuyg‘ularini uyg‘otishi tabiiy. Prezidentimizning «Davlat tilining obro‘-e’tibori – butun xalq, butun jamiyatning obro‘-e’tiboridir», degan fikrlari mamlakatimizda o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini oshirishga qaratilgan ezgu ishlarning asl mazmun-mohiyatini ifodalaydi. Boshqacha aytganda, o‘zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini tubdan oshirish, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarga sadoqat, ulug‘ ajdodlarimizning boy merosiga vorislik ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini to‘laqonli joriy etishni ta’minlash maqsadidagi ushbu ezgu harakatlar ona tilimizga qayta jon baxsh etgandek bo‘ldi. Ta’kidlash joizki, o‘zbek tilining nufuzini oshirish, uni muqaddas qadriyat sifatida avloddan-avlodga yetkazish uchun barcha huquqiy asoslar yaratilgan. Biroq, hozir ham kelajakni xorijiy til bilan tasavvur etadigan, endi bog‘chaga borayotgan farzandi bilan ham rus yoki ingliz tilida so‘zlashishni muvaffaqiyat, deb biladigan oilalar bor. Axir inson bolasi, avvalo, o‘z ona tilini bilsa, «Ona» so‘zini talaffuz qilib, Vatanni, muqaddas qadriyatlarni anglagach, boshqa tillarni o‘rgansa, to‘g‘ri bo‘lmaydimi? Boshqacha aytganda, poydevor milliy ruh bilan sug‘orilmasa, o‘nta tilni bilgan bo‘lsa-da, undan ertaga chinakam vatanparvar inson yetishib chiqishiga ishonish mumkinmi? Xorijiy til va o‘sha mamlakat madaniyatining shaydosi, yot ellarning qadriyatlarini ulug‘lovchi qavm yuzaga kelmaydimi? Yoki oilada o‘zbek tilida so‘zlashishni or bilgan millatdoshlarimizni kim deb atash mumkin? Bu – shu yurtda yashab turib, millatga xiyonat, ajdodlar ruhiga bepisand munosabat emasmi? O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimov o‘zining «Daftar hoshiyasidagi bitiklar» kitobida quyidagicha yozgandi: «Qancha ko‘p tilni bilsangiz, shuncha yaxshi. Biroq odam ona tilida tafakkur qiladi, ona tilida tush ko‘radi, ona tilida yig‘laydi... o‘lim oldida onasini ona tilida yo‘qlaydi...» So‘nggi yillarda «smart», «chellenj», «startap», «feyk», «press-tur» kabi boshqa tillardan kirib kelgan so‘zlar muloqotimizda ko‘p ishlatilmoqda. O‘zbek tilida ushbu so‘zlarning mazmun-mohiyatini anglatuvchi muqobillari ham mavjud. Biroq ko‘pchilik osonini qo‘llash yo‘lidan bormoqda. Taraqqiyot va ilm-fan rivojlanarkan, tilimizga yot so‘zlar kirib kelishi tabiiy. Asosiysi, o‘sha yangi so‘zlarni qo‘llashda ayni shu ma’noni anglatuvchi o‘z tilimizdagi so‘zlardan foydalanish, ularni targ‘ib etish, tushuntirish zarur. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi majlisining 2025-yil 30-iyuldagi 62-sonli bayoni bilan o‘zbek tili qoida va me’yorlari asosida shakllantirilgan hamda rasmiy muomalaga kiritilgan yangi so‘z va atamalar ro‘yxati tasdiqlandi. Ushbu ro‘yxatda motivatsiya – ruhlantirish, rag‘bat, aysberg – muztog‘, dostavka – yetkazish, link – havola, navigator – yo‘llagich, bodikamera – yonkamera, chellenj – chorlov, smart – aqlli kabi bir qator so‘zlar berilgan. Bu yo‘nalishdagi ishlar ilmiy muassasalardan tashqari, har bir vazirlik va idoralarda ham olib borilmoqda. Yangi so‘z va iboralarning tilimizdagi muqobil variantlarini topish va is te ’molga kiritish bo‘yicha izlanishlar olib borilmoqda. Xususan, ichki ishlar organlarida iste’molda mavjud bo‘lgan, boshqa tillardan kirib kelgan so‘z va atamalarning muqobillarini yaratish va bir xilda qo‘llanishini ta’minlash borasida vazirlik Akademiyasi va Kriminologiya tadqiqot instituti tomonidan ham ilmiy o‘rganishlar olib borilib, takliflar kiritilmoqda.
Diposting 21 Okt
#Til_millat_koʻzgusi #Ona_tilim_jon_u_dilim 🇺🇿✨Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun — faxrimiz va gʻururimiz! Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 21-oktyabr — Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Ona tilim-jon-u dilim mavzusisa maʼnaviy-maʼrifiy bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. 📚 Tadbir davomida oʻquvchilar ona tilimizning boy tarixi, goʻzalligi va bebaho qadriyati haqida samimiy soʻzlar aytishdi, sheʼrlar oʻqishdi hamda sahna koʻrinishlari namoyish etishdi. 🖋️🎭 Mazkur bayram tadbiri yoshlar qalbida ona tiliga muhabbat, milliy gʻurur va Vatanga sadoqat tuygʻularini yanada mustahkamladi. Til — millatning ruhi, yuragi va faxridir! 🇺🇿 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK
Diposting 21 Okt
Oktabr oyida 6-sinf o'quvchilari o'rtasida o'tkazilgan "Oy kitobi" tanlovining 2-bosqich jarayonidan lavhalar. 2-bosqichda faol qatnashib, 3-bosqich, ya'ni final bosqichiga yo'nalgan kitobsevarlarimizga yakuniy bosqichda ham o'z salohiyatlarini namoyish etishlarini tilab qolamiz 🤝🤝🤝 G'oliblik sari olga yosh kitobxonlar !!! Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK
Diposting 21 Okt
🇺🇸🇺🇸🇺🇸🇺🇸🇺🇸🇺🇸⏩ 📣MOCKNI KUTGANLAR BORMI? 💠MULTILEVEL MOCK TEST💠 📆DATE : October 25th (SATURDAY) ⏰TIME : 10:00 📌LOCATION : School Library O’Z BILIMLARINGIZNI TEKSHIRIB KO’RING VA YUQORI NATIJALARGA ERISHING. IMTIHON SANASIDAN KAMIDA 1 KUN AVVAL RO’YHATDAN O’TING. ✅Fast Results ✅Feedback for Speaking ✅Simulation of the real exam atmosphere ✅Questions that reflect real exam questions 100% 🔘https://t.me/multilevelexam_uz
Diposting 21 Okt
Agentlik xodimlarining 21-oktabr – Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan bayram tabrigi Bizni kuzatib boring Telegram | Facebook | Instagram | YouTube