TGINSIGHT CHAT
Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
@shahrixon_tim
PendidikanIxtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi
Postingan terbaru
Hal. 66 dari 84 · 1,004 postingan
Diposting 29 Mei
📢 ANDIJONDA BUNAQASI BO‘LMAGAN! ‼️ 25 kunlik o‘quv lageri Robototexnika, Sun’iy intellekt, IT darslari va maroqli dam olish – barchasi bir joyda! 🚸 9 yoshdan 16 yoshgacha bolalar uchun! 📣 Qabul allaqachon boshlangan 📞 Joylar cheklangan! Farzandingiz uchun hoziroq band qiling: +998998999005
Diposting 29 Mei
#_Shahrixon tuman_IMI #_Milliy_sertifikat #_Ona_tili va rus tili Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Sharixon tuman ixtisoslashtirilgan maktab -internatining 10-11-sinf oʻquvchilari ona tili va adabiyoti fanidan Umumtaʼlim fanini bilish darajasi toʻgʻrisidagi turli xil darajadagi sertifikatlarni qoʻlga kiritishdi. #_Jumladan: ⚜Bu sertifikatlar oʻquvchilarning 2 chi va 3 chi sertifikatlari boʻlib OTM kirish uchun poydevordir. #_Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor Bizning kanalimizni kuzating👇 TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK ✅✅✅✅✅✅✅✅✅✅✅✅✅
Diposting 28 Mei
#_Shahrixon tuman_IMI #_Milliy_sertifikat #_Ona_tili va rus tili Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Sharixon tuman ixtisoslashtirilgan maktab -internatining 10-11-sinf oʻquvchilari ona tili va adabiyoti fanidan Umumtaʼlim fanini bilish darajasi toʻgʻrisidagi turli xil darajadagi sertifikatlarni qoʻlga kiritishdi. #_Jumladan: ⚜Bu sertifikatlar oʻquvchilarning 2 chi va 3 chi sertifikatlari boʻlib OTM kirish uchun poydevordir. #_Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor Bizning kanalimizni kuzating👇 TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK ✅✅✅✅✅✅✅✅✅✅✅✅✅
Diposting 28 Mei
⚡️Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “El-yurt umidi” jamg‘armasi g‘olibi bilan uchrashuv o'tkazildi. 📋Ma'lumot o'rnida, Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 2023-2024-o‘quv yili bitiruvchisi Baxodirov Diyorbek Dilshodbek o‘g‘li “El-yurt umidi” jamg‘armasi Vasiylik kengashining joriy yil 14-oktyabrdagi qaroriga asosan 2024-yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovida “Jamg‘arma stipendiati” bo‘ldi. 📌Ayni damda Arizona universiteti (University of Arizona) talabalar sifatida ta'lim olib kelmoqda. 🔹Uchrashuv davomida maktab o‘quvchilari stipendiat bilan jonli muloqotda bo‘lib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘liq va asosli javoblar olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Suhbat jarayonida chet eldagi ta’lim imkoniyatlari, talaba hayoti, o‘qishdagi natijalar, shuningdek, global ilmiy hamjamiyat bilan bog'liqlikning ahamiyati haqida muhim fikrlar bildirildi. Uchrashuv maktabdagi iste’dodli yoshlarning kelajakdagi maqsadlarini aniq belgilab olishida ko'maklashdi. TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK
Diposting 28 Mei
✅✅✅✅ #Maktab_maslahatchilari ✈️ TOP universitetlar sari yo‘l: "Renessans"dagi treninglar davom etmoqda ✅ Maktab maslahatchilari uchun tashkil etilgan o‘quv mashg‘ulotlarining 2-kuni davom etmoqda. ➖ Bugun ham ishtirokchilar sho‘balarga bo‘lingan holda mahorat darslarida qatnashishmoqda. Jarayonlar interaktiv tarzda tashkil etilgan va taqdimotlar ham olib borilmoqda. Tajribali mentorlar tomonidan: ➖Top universitetlar strategiyalari (Portfolio, tadqiqot, amaliyotlar, darsdan tashqari mashg‘ulotlar), ➖Personal Statements (Insho yozish, tahrirlash, hikoyanavislikni qo‘llash, Sun’iy intellekt vositalari), ➖Maktab hujjatlari (Maktab profili, baholar tabeli) va Grantlar (CSS profili, grant turlari) kabi mavzularda so‘z yuritilmoqda. 🌐 JONLI EFIR 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating ❤️Telegram🌐Facebook 🌐Youtube🌐Instagram 🔎Veb-sayt😄Linkedin
Hashtags
Diposting 28 Mei
Elon konkrusimizni ochiq deya e'lon qilamiz !!! Konkrusda qatnashish uchun @konkrus_kitoblar_bot ga kiring va nima qilish kerakligini video orqali organing ! Bizning sovrinlar: 1-o'rin: Saodat asri qissalari 2-o'rin: Ibn Xaldunning Muqaddima kitobi (I va II qismlari) 3-o'rin: Yuy Xuaning Yashamoq kitobi Hammaga omad konkrusimiz 5 kun davom etadi !!!
Diposting 28 Mei
#qabul_2025 #ixtisoslashtirilgan_maktablar ❓IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARIGA QANDAY HOLLARDA IMTIHONSIZ KIRISH IMTIYOZI BERILADI? ➖Roʻyxati Agentlik tomonidan tasdiqlanadigan xalqaro, mintaqaviy yoki asosiy fan olimpiadalarining uchinchi (viloyat) bosqichi yoki unga tenglashtirilgan bosqichida tegishli (matematika, informatika, fizika, kimyo, biologiya) fanlardan gʻolib va sovrindor (1-, 2-, 3-o‘rinlar) boʻlgan umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va boshlangʻich professional ta’lim tashkilotlari oʻquvchilari oʻzi ta’lim oladigan hududdagi ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul kvotasi doirasida kirish imtihonisiz qabul qilinadi. ➖Prezident maktablarining kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun onlayn hujjat topshirish jarayonida ixtiyoriy ravishda hududdagi (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) ixtisoslashtirilgan maktablardan birini tanlagan, Prezident maktablarining 5-sinfiga kirish imtihonlarining 2-bosqichida ishtirok etib, oʻqishga qabul qilinmagan 48 nafaroʻquvchi ballar ketma-ketligida hujjat topshirgan ixtisoslashtirilgan maktabning aniq fanlar yoʻnalishi uchun belgilangan qabul kvotasining 50 foizidan oshmagan holda oʻqishga qabul qilinadi. 📶Batafsil: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-son qarori 📆 Hujjatlar qabuli joriy yilning 1-iyunidan 20-iyuniga qadar davom etadi. ☎️Call-markaz: 1206 🤖@piima_admission_chatbot Qabulga oid yangiliklarni biz bilan kuzating: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Diposting 28 Mei
Shahrixon tuman IM Bugun, 2025-yil 28-may kuni, Shahrixon tumani ixtisoslashtirilgan maktabda - 11-sinf o‘quvchilari uchun “Ona tili va adabiyot” fanidan Yakuniy davlat attestatsiyasi boshlandi. 📌 Imtihonda o‘quvchilar 100 foizi ishtirok etyapti. 📌 Jarayon belgilangan tartib va shaffoflikda o‘tkazilmoqda. Bizning kanalimizni kuzating👇 TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK
Diposting 28 Mei
🟥🟥🟥🟩🟩🟩 📚🇺🇿Jamiyatimizda Kitobxonlikni keng targʻib qilish, Yoshlar orasida Kitobxonlik madaniyatini oshirish va Kitobxon Millatni shakllantirish maqsadida "Kitobxon Millat" online kitobxonlik tanlovining ikkinchi mavsumiga start beramiz! 📚Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @Kitobxonmillatmizbot manzili orqali ro‘yxatdan o‘tib, 30-Mayga qadar 2 ta kitobni o‘qishlari va ular asosida tuzilgan testlarni yechishlari kerak bo‘ladi. Kitoblar ro‘yxati: 🔴"Oʻtkan kunlar" (Abdulla Qodiriy) 🔴"Yulduzlar mangu yonadi" (Togʻay Murod) ✅Tanlov g‘oliblari quyidacha taqdirlanadi: 🔵1-o‘rin (1 nafar) – smart televizor 43 yoki 150 ta kitob 🔵2-o‘rin (1 nafar) – Smart televizor 32 yoki 120 ta kitob 🔵3-o‘rin (1 nafar) – Planshet yoki 80 ta kitob 🔵4-o‘rin (1 nafar) – Smartfon yoki 70 ta kitob 🔵5-o‘rin (1 nafar) – Smartfon yoki 60 ta kitob 🔵6-7- oʻrinlar har biriga 30 tadan kitoblar toʻplami 🔵8-9-10- oʻrinlar har biriga 20 tadan kitoblar toʻplami 🤩“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi: 🔵1-o‘rin (1 nafar) – Smart televizor 43 yoki 150 ta kitob 🔵2-o‘rin (1 nafar) – Smart Televizor 32 yoki 120 ta kitob 🔵3-o‘rin (1 nafar) – Planshet yoki 80 ta kitob 🔵4-o‘rin (1 nafar) — Smartfon yoki 70 ta kitob 🔵5-o‘rin (1 nafar) — Smartfon yoki 60 ta kitob 🔵6-7-o'rinlar har biriga 30 tadan kitoblar toʻplami 🔵8-9-10 oʻrinlar har biriga 20 tadan kitoblar toʻplami 🔖 Tanlovda qatnashgan barcha ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadi. Tanlovda Oʻzbekiston respublikasi fuqarolari yoshi va mansabidan qatʼiy nazar ishtirok etishlari mumkin! 👉@Kitobxonmillatmizbot🎁
Diposting 28 Mei
🇺🇿Hurmatli kitobxonlar 📚 "Kitobxon Millat" onlayn kitobxonlik tanlovining ikkinchi mavsumida test ishlash jarayonlari 30 maydan boshlanadi! 🔴"Oʻtkan kunlar" (Abdulla Qodiriy) 🔴"Yulduzlar mangu yonadi" (Togʻay Murod) Test ishlash uchun tanlovga kamida 5 ta odam taklif qilish kerak aks holda tanlovda test ishlab boʻlmaydi, undan tashqari tanlovda test ishlagan barcha ishtirokchilarga sertifikatlar beriladi! Eng koʻp odam taklif qilganlar uchun ham koʻplab sovgʻalar mavjud, imkoniyatni qoʻldan boy bermang 📚🎁 👉https://t.me/Kitobxon_millatmiz/230 Hozirdan harakatni boshlang oxirgi kunlarga kelib ulgurmay qolishingiz mumkin!*
Diposting 28 Mei
#diqqat_tanlov 🇺🇿Jamiyatimizda Kitobxonlikni keng targʻib qilish, Yoshlar orasida Kitobxonlik madaniyatini oshirish va Kitobxon Millatni shakllantirish maqsadida "Kitobxon Millat" online kitobxonlik tanloviga start beramiz! ✅ Tanlov g‘oliblari quyidacha taqdirlanadi: 🔹 1-o‘rin (1 nafar) – Noutbuk (core i3) 🔹 2-o‘rin (1 nafar) – Smart televizor 32 🔹 3-o‘rin (1 nafar) – Planshet 🔹 4-o‘rin (1 nafar) – Smartfon 🔹 5-o‘rin (1 nafar) – Smartfon 🔹 6-10-o‘rinlar uchun Soadat asri qissalari(barcha g'oliblar uchun) 🤩 “Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi: 🔹 1-o‘rin (1 nafar) – Smart televizor 43 🔹 2-o‘rin (1 nafar) – Smart Televizor 32 🔹 3-o‘rin (1 nafar) – Planshet 🔹 4-o‘rin (1 nafar) – Smartfon 🔹 5-o‘rin (1 nafar) – Smartfon 🔹 6-7-o'rinlar Tafsiri Hilol 🔹 8-9-10-o'rinlar Odoblar Xazinasi 🔖 Tanlovda qatnashgan barcha ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadi. Tanlovda Oʻzbekiston respublikasi fuqarolari yoshi , mansabidan qatʼiy nazar ishtirok etishlari mumkin! https://t.me/Kitobxonmillatbot?start=5798545534
Hashtags
Diposting 27 Mei
✅✅✅✅ #Maktab_maslahatchilari ✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova maktab maslahatchilari uchun tashkil etilgan o‘quv seminari ishtirokchilari bilan uchrashdi. Ushbu ochiq muloqot davomida vazir iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash tizimi haqida so‘z yuritdi va bunda maktab maslahatchilarining rolini alohida ta'kidladi. 🔰 Shuningdek, seminar ishtirokchilarining taklif hamda mulohazalari ham tinglandi. ➖ "Renessans" bolalar oromgohida tajribali mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida tashkil etilgan mahorat darslarida: ➖Top universitetlar strategiyalari (Portfolio, tadqiqot, amaliyotlar, darsdan tashqari mashg‘ulotlar), ➖Xalqaro universitetlarga hujjat topshirish platformalari, ➖Ota-onalar va ustozlar bilan hamkorlikda ish olib borish, ➖Maktab maslahatchilari uchun foydali onlayn manbalar kabi mavzularda so‘z bormoqda. ❗️Ta'kidlash joiz, “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi va uni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha milliy dastur asosida Prezident va ixtisoslashgan maktablardan 208 nafar maslahatchi umumta’lim maktablariga biriktiriladi va har yili eng salohiyatli 3 ming o‘quvchini tanlab oladi. ✈️ Mazkur o‘quvchilar AQSHning Garvard, Yel, Kolumbiya, Kornel kabi nufuzli oliygohlarga tayyorlanishi ko‘zda tutilgan. 📊 Ma'lumot o‘rnida: o‘quv mashg‘ulotlarida200 nafardan ziyod maktab maslahatchilari ishtirok etmoqda. Jarayonlar 30-mayga qadar davom etadi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating ❤️Telegram🌐Facebook 🌐Youtube🌐Instagram 🔎Veb-sayt😄Linkedin
Hashtags