TGINSIGHT CHAT
Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
@shahrixon_tim
PendidikanIxtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi
Postingan terbaru
Hal. 67 dari 84 · 1,004 postingan
Diposting 27 Mei
Elon konkrusimizni ochiq deya e'lon qilamiz !!! Konkrusda qatnashish uchun @konkrus_kitoblar_bot ga kiring va nima qilish kerakligini video orqali organing ! Bizning sovrinlar: 1-o'rin: Saodat asri qissalari 2-o'rin: Ibn Xaldunning Muqaddima kitobi (I va II qismlari) 3-o'rin: Yuy Xuaning Yashamoq kitobi Hammaga omad konkrusimiz 5 kun davom etadi !!!
Diposting 27 Mei
#yakuniy #davlat_attestatsiyasi Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 2024/2025-oʻquv yili yakuniy davlat attestatsiyasi 9-sinflar uchun ona tili va adabiyot fanidan oʻtkazilmoqda. Imtihon jarayonidan fotolavhalar ✅ Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifas: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK 📸
Hashtags
Diposting 25 Mei
#qabul_2025 🤩Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ➖Prezident maktablariga; ➖Ijod maktablariga; ➖Sport maktablariga; ➖ Ixtisoslashtirilgan maktablarga 2025/2026-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli joriy yilning 1-iyundan 20-iyungacha amalga oshiriladi. Talabgor o‘quvchilar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish maqsadida: ▪️10-maydan boshlab murojaatchilarning savollariga javob berish uchun 1206 qisqa raqamli call-markaz faoliyat boshladi; ▪️Shuningdek, murojaatchilar uchun qoʻshimcha ravishda maxsus piima_admission chatbot yaratildi; ▪️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi barcha Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarda maxsus shtablar tashkil etildi. Mazkur shtablardagi malakali mutaxassislar hujjat topshirmoqchi bo‘lgan talabgorlarga amaliy yordam ko‘rsatadi. Hujjatlar qabuli onlayn shaklda my.gov.uzyoki ariza.piima.uz saytlari orqali amalga oshiriladi. Hurmatli ota-onalar va aziz o‘quvchilar! Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirib, kelajagingizga mustahkam zamin yarating! 📆 Hujjatlar qabuli joriy yilning 1-iyunidan 20-iyuniga qadar davom etadi. ☎️Call-markaz: 1206 🤖@piima_admission_chatbot @alisher_ubbiyev
Hashtags
Diposting 24 Mei
#Shahrixon tuman IM #So'ngi_qo'ngiroq "ILM - ENG BUYUK SHARAF !" 🔰Joriy yilning , 24-may sanasida Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida o‘tkazilgan “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbirida Shahrixon tuman IIB terorizimga qarshi kurashish bo'limi rahbari, tuman Maktabgacha va maktab ta'limi rahbariyati, maktab o'quvchilari va ularning ota-onalari ishtirok etishdi. ❇️Bayram tadbiri O‘zbeksiton Respublikasining Davlat madhiyasini kuylash bilan boshlandi. So‘ngra,direktor N.R.Pozilov prezident Sh. Mirziyoyev tabrigini bitiruvchilarga yetkazib ularga oq yo‘l tilab tabrikladi. ❇️ Bitiruvchi o‘quvchilar maktabda ta'lim bergan ustozlarga minnatdorchilik bildirib, Vatanimizga sodiq farzand bo‘lishga burchli ekanliklarini baralla aytishdi. ✅ Tadbir doirasida yil davomida namunali xulqi va a’lo baholarga o‘qib, eng yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan iqtidorli bitiruvchilar va shuningdek o‘qituvchilar rag‘batlantirildi, e'tirof etildi. ✅ Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifas: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK
Hashtags
Diposting 24 Mei
✅✅✅✅ #Сўнгги_қўнғироқ Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirida ishtirok etdi ✅ Bugun vazir Hilola Umarova Toshkent shahridagi 91-maktabda “Ilm — eng buyuk sharaf” shiori ostida tashkil etilgan “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirida qatnashdi. ➖ Tadbir avvalida vazir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining bitiruvchilarga tabrigini oʻqib eshittirdi hamda katta hayot yoʻliga qadam qoʻyayotgan yoshlarga omad va muvaffaqiyat tiladi. 📊Ma’lumot o’rnida: mazkur maktabni joriy oʻquv yilida 126 nafar oʻquvchi bitirmoqda hamda ularning 25 nafari xalqaro va milliy sertifikatlarni qoʻlga kiritishgan. Quvonarlisi, maktabning 10 nafar bitiruvchi yoshlari muddatidan oldin oliy taʼlim muassasalari talabasi boʻlishdi. Xususan, maktab oʻquvchisi Jasmina Boltayeva bir vaqtning oʻzida 14 ta xorijiy, xususan Kolumbiya, Ilinoys kabi oliygohlarga talabalikka tavsiya etildi. ❗️Kuni kecha Prezidentimiz bilan Sloveniyada koʻrishgan va kelajakdagi sunʼiy intellekt loyihalarini rivojlantirmoqchi boʻlgan Lyublyana universiteti talabasi Shahriyor Isxakov ham oʻtgan oʻquv yilida aynan shu maktabni bitirgan. Maktabning 20 nafar oʻqituvchisi milliy va xalqaro sertifikatga ega boʻlgan boʻlsa, 4 nafar pedagog soʻnggi ikki yil davomida Vazir jamgʻarmasidan ustama olib kelishmoqda. 🔰 Vazir tadbir davomida ota-onalarga murojaat qilar ekan: “Har bir ota-ona farzandining kelajakda baxtu kamolini koʻrishni istaydi, buning uchun maktab davrida ularni taʼlim olishlari bilan birga, buyuk ajdodlarimizga munosib avlod, Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari etib tarbiyalashga alohida eʼtibor qaratishlarini soʻrab qolaman”,— dedi. 🌐 Tadbir doirasida maktabning bir guruh ustozlari “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishoni hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining tashakkurnomalari bilan taqdirlandi. Bizni kuzating: ❤️Telegram🌐Facebook 🌐Youtube🌐Instagram 🔎Veb-sayt😄Linkedin
Hashtags
Diposting 22 Mei
📢SCHOLARSHIP! The Pharmaceutical industry development agency is announcing educational grant! The scholarship fully covers tuition fees for all programmes at the Pharmaceutical Technical University! For whom? Graduates of schools, academic lyceums, and colleges. Requirements: 🔬 For Life Sciences programs: -IELTS 5.5 or higher band score -A high score on the scholarship exam 📈 For Management and DataAnalytics programs: -IELTS score of 5.0 or higher band score -A high score on the scholarship exam 📅Exam dates: June 24, 25, and 26 🖥 Apply at: ptu.uz 📞 Contact us: +9989 55-900-05-00 @ptuuz @ptuuz_bot 🇺🇿 O'zbek tilida o'qish 📱Instagram|📱Facebook|📱You tube|🌐Website
Diposting 20 Mei
📰📰📰📰📰📰📰 🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova boshchiligidagi delegatsiya Londonda tashkil etilgan Butunjahon ta’lim forumida ishtirok etmoqda. 🌐 Bugun tashkil etilgan ochilish marosimida butun dunyodan 130 dan ortiq ta’lim sohasi vakillari ishtirok etdi. ➖Forum doirasida: ➖ bugungi kunda ta'lim sohasida mavjud yangi tendensiyalar va innovatsion g‘oyalar, ➖ ta’limda sun’iy intellektdan foydalanish, ➖ turli davlatlar tajribasi asosida ta’limdagi muvaffaqiyatlar hamda istiqboldagi vazifalar haqida so’z yuritildi. ✔️ Ma'lumot o'rnida, Butunjahon ta'lim forumi an'anaviy tarzda har yili o'tkaziladi hamda ta'lim sohasidagi eng nufuzli tadbirlardan biri hisoblanadi. 📆 Jarayonlar 21-maygacha davom etadi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating ❤️Telegram🌐Facebook 🌐Youtube🌐Instagram 🔎Veb-sayt😄Linkedin
Diposting 19 Mei
#Shahrixon_tuman_IM #CHSB_sinovlari 🏛Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida IV-chorak yakuni bo'yicha ChSB (choraklik summativ baholash) imtihonlari boshlandi. 📈 Oʻquvchilar chorak davomida olgan bilimlarini online test sinovlari orqali sinovdan oʻtkazishmoqda. ✅IMA Shahrixon tumani ixtisoslashtirilgan maktabning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifas: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK
Diposting 19 Mei
#Shahrixon_tuman_IMI #Saflanish ⚜️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabda saflanish bo'lib o'tdi. 📌O'zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi kuylandi. Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev tomonidan tashkik etilgan yig‘ilishda berilgan topshiriq va vazifalar bo‘yicha tushuntirishlar berib o‘tdi. 📌Saflanishda ta'til davrida odob-axloq qoidalariga rioya qilish, 9-11-sinf o'quvchilaridan davlat imtixoni , ta'til davomida mazmunli o'tkazish, avtomashinalarni haydamaslik, 25-may tadbirini o'tkazish tartibi, Eco- school bo‘yicha, CHSB imtixon sinovlari haqida ma'lumotlar aytib o‘tildi va tushuntirish ishlari olib borildi. 📌Hafta davomida tadbirlarda faol qatnashgan o'quvchilar faxriy yorliqlar va esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi. 📌 ✅IMA Shahrixon tumani ixtisoslashtirilgan maktabning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifas: TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK
Hashtags
Diposting 17 Mei
#tashabbus#ulashing Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi. Tashabbus 3 asosiy yoʻnalishda amalga oshiriladi: Al-Beruniy xalqaro maktabi – unga yurtimiz boʻylab eng iqtidorli oʻquvchilar saralab olinadi. Ular uchun dunyoning ilgʻor tajribalari asosida yuqori darajada taʼlim beriladi. Darslarni xorijdan jalb qilingan malakali ustozlar olib boradi. “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi – unga Oʻzbekiston boʻylab 3 000 nafar iqtidorli oʻquvchi tanlab olinadi va oliy oʻquv yurtlariga kirish uchun zarur boʻlgan bilim va koʻnikmalar bilan qurollantiriladi. Har yili “Renessans” oromgohida xorijiy ustozlar bilan 3 haftalik intensiv sessiyalar tashkil etiladi. Ushbu ikki yoʻnalishdagi oʻquvchilar Harvard, Yale, Princeton, UPenn, Cornell kabi yetakchi universitetlarga qisqa muddatli kurslarga yuboriladi. Agar ular shu universitetlarga oʻqishga qabul qilinsa, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi oʻqish xarajatlarini moliyalashtiradi. Prezident iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash hamjamiyati – u mamlakatning eng salohiyatli intellektuallarini bir joyga jamlaydi. Ularga Oʻzbekistondagi islohotlarda bevosita ishtirok etish, oʻz gʻoyalari va tashabbuslarini ilgari surish imkoniyati yaratiladi. Hamjamiyat aʼzolari vazirliklar, idoralar va yirik kompaniyalar bilan bevosita muloqotda boʻladi. Aziz yoshlar, aziz vatandoshlar, endi siz kuzatuvchi emas, bu tarixiy jarayonning faol ishtirokchisi boʻlishingiz mumkin. Agar siz tajribali IT yoki xalqaro aloqalar mutaxassisi boʻlsangiz yoki “TOP-100” universitetda tahsil olib, ushbu oliygohlarga kirish borasida bilim va tajribangiz bilan boshqalarga yoʻl koʻrsata olsangiz Biz aynan sizni qidiryapmiz! Safimizga qoʻshilishni istasangiz oʻzingiz haqingizdagi maʼlumotlarni ilova qilgan holda @uzedu_vazirbot manziliga yuboring, takliflaringizni ham yoʻllashingiz mumkin. Iqtidorli, gʻoyalarga boy yoshlar, keling, safimizda qoʻshiling! @hilola_umarova
Hashtags
Diposting 17 Mei
Bolalar xavfsizligi uchun muhim qaror: maktab va bog‘chalar oldiga 30 km tezlikda harakatlanish belgisi o‘rnatiladi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Transport vositalaridan foydalanishda aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq, 2025 yil 1 sentyabrgacha Ichki ishlar vazirligi tomonidan maktab va bog‘chalar atrofida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha aniq choralar ko‘riladi. Jumladan, mazkur ta’lim muassasalari oldiga soatiga 30 kilometrdan ortiq harakatlanishni taqiqlovchi yo‘l belgilari, radar va maxsus texnika vositalari o‘rnatiladi. Mazkur hujjat farzandlarimiz xavfsizligi uchun qabul qilindi. Hurmatli haydovchilarni bogʻcha, maktablar yonidan oʻtishda yanada e’tiborliroq boʻlishga chaqiramiz. @hilola_umarova
Diposting 17 Mei
#Eco_Schools_Uzbekistan #Young_climate_champions 🌱Bugun Andijon shahridagi Prezident maktabida “Eco-Schools Uzbekistan” loyihasi doirasida seminar-trening tashkil etildi. Unda viloyatdagi loyihaga a’zo maktablar vakillari ishtirok etdi. Seminar davomida ishtirokchilarga “Eco-Schools Uzbekistan” loyihasining maqsadi va ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi. ✅Seminarda ishtirokchilar iqlim o‘zgarishi, ekologiyaga oid xalqaro hujjatlar, yoshlarning ekologik harakatlari, shuningdek, “Eco-Schools Uzbekistan” loyihasidagi 7 qadam metodologiyasi bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘ldi. ©️Andijon shahridagi Prezident maktabi axborot xizmati ⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt|Facebook|Telegram|Instagram