TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Kembali ke saluran
Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi avatar

TGINSIGHT CHAT

Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

@shahrixon_tim

Pendidikan

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi

Pelanggan686Jumlah pelanggan saat ini
Postingan terlacak1,004Jumlah postingan terindeks
Jangkauan terkini6,122Jumlah tampilan postingan terbaru
Postingan terbaru

Postingan terbaru

Hal. 9 dari 84 · 1,004 postingan

Diposting 18 Mar

🎗️🎗️🎗️🎗️🎗️ TALABA QIZLAR O‘RTASIDA NAVRO‘Z BAYRAMI MUNOSABATI BILAN “BALLI QIZLAR” TANLOVI O‘TKAZILDI 📢 Yurtimizda bahorning tarovatli nafasi bilan birga Navro‘z ayyomi keng nishonlanayotgan ushbu go‘zal kunlarda bayram tadbirlari ko‘tarinki ruhda davom etmoqda. 🗒 Xususan, bugun, 18-mart kuni maktabda o‘qituvchi N.Sultonova va N.Maqsudova tashabbusi bilan 6-7-sinf qizlar o‘rtasida “Balli qizlar” ko'rik-tanlovi tashkil etildi. 👥 Tanlov davomida ishtirokchilar Navro‘z dasturxoni bezatish hamda turli ijodiy shartlar orqali o‘z iste’dodlarini namoyon etdilar. 🔥 Yakunda g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. ➡️ Mazkur tadbir milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash, yoshlar o‘rtasida iqtidor va faollikni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom eting 👇👇👇 TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK.

463 views

Diposting 18 Mar

#Natija 👉Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Bugun 18.03.2026 kuni 11-A sinf o'quvchilaridan 3-chorak davomida qo'lga kiritgan xalqaro va milliy sertifikat olganlari sinf raxbari va maktab raxbariyati tomonidan taqdirlandi. Bunday natijalar bilan maktab jamoasi oʻquvchilarga kelgusida oʻylagan maqsadlariga va Oliy taʼlim muassalariga grant asosida oʻqishlarga kirib olishida ulkan zafarlar va omadlar tilab qoladi. Barcha oʻquvchilarmizning ustozlari va ota-onlariga oʻz minnatdorchiligimizni bildirib oʻtamiz. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom eting 👇👇👇 TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK.

411 views

Hashtags

Diposting 18 Mar

Ismingizda bordir oydin bir ma’no, Sizdayin go‘zalni ko‘rmabdi dunyo. Qalbimning to‘ridan joy olgan malak, Sizsiz bu hayotim rangsiz bir qaro Maftun etdi meni sehrli ko‘zlar, Unutildi hatto eng shirin so‘zlar. Bahorning ilk guli misoli sofsiz, Intizor qalbim hamon sizni izlar. Muhabbat bog‘ida tanho gulimsiz, Umidim yulduzi, charog‘onimsiz. Bu ko‘ngil sarhadin zabt etgan malak, Ishqingiz dardiga davo o‘zingiz. Nigohingiz olov, yoqar jonimni, Azizam, bezaysiz har bir onimni. Qo'sh qo'llab berardim bir bor so'rsangiz, Ko'ksimdagi qaynoqqina jonimni. Men sizni sevardim jonimdan ortiq Hattoki tushimda koʻrgandim sizni Shu paytda yurakni qilgandim tortiq Tangrim yetishtirsin visolga bizni Muallif: Boburjon QODIRIY

451 views

Diposting 17 Mar

#Oʻquvchilarimizdan birining yutugʻi Assalomu alaykum hurmatli ota onalar ustozlar Bugungi yangilikni sizlarga ham ilindim Ergashboyev Muhammadyusuf Oquvchimiz matematikadan IRN xalqaro olimpiadada qatnashib oltin medal bilan taqdirlandi. Ota onasiga rahmat, ozlari farzandlari bilan birga birga harakat qildilar Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom eting 👇👇👇 TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK. 👏👏👏👏👏👏👏

505 views

Diposting 14 Mar

#Shahrixon_tumani_ixtisoslashtirilgan_maktabi BIZNING SHUNDAY O'QUVCHILARIMIZ BOR ✅ Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining Ingliz tili oʻqituvchisi M.Mirzayeva Chet tilini bilish darajasi to'g'risida turk tilidan B 1 darajada sertifikatlarni qo'lga kiritdi Oʻqituvchimizning kelgusi ishlariga omad tilaymiz Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom eting 👇👇👇 TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK.

681 views

Diposting 14 Mar

#SHAHRIXON_TUMANI_IM #Targ'ibot_ishlari 🔰O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 17-oktyabrdagi 391-sonli; 🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining 2025-yil 20-oktabrdagi 162-AF-sonli buyruqlari ijrosini ta'minlash maqsadida Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining ma'sul B.Samatova tomonidan Oltinkoʻl tumandagi 28-umumta'lim maktablariga tashrif uyushtirilib, iqtidorli o'quvchilar va ota-onalar bilan davra suxbati tashkil etildi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom eting 👇👇👇 TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK.

646 views

Diposting 14 Mar

Umumxalq xayriya hashari Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida umumxalq xayriya hashari doirasida obodonlashtirish va tozalash ishlari tashkil etildi. Hasharda maktab ma’muriyati, o‘qituvchilar hamda o‘quvchilar faol ishtirok etdilar. Hashar davomida maktab hududi va uning atrof-muhiti tozalandi, daraxt va gul ko‘chatlari parvarish qilindi, yashil hududlar tartibga keltirildi. Shuningdek, sinfxonalar, yo‘laklar hamda sport maydonchalari tozalanib, obodonlashtirish ishlari olib borildi. Mazkur hashar maktab hududining yanada obod bo‘lishi, ekologik muhitni yaxshilash hamda o‘quvchilarda mehnatsevarlik va tabiatga ehtiyotkorona munosabatni shakllantirishga xizmat qildi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom eting 👇👇👇 TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK.

596 views

Diposting 14 Mar

Umumxalq xayriya hashari Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida umumxalq xayriya hashari doirasida obodonlashtirish va tozalash ishlari tashkil etildi. Hasharda maktab ma’muriyati, o‘qituvchilar hamda o‘quvchilar faol ishtirok etdilar. Hashar davomida maktab hududi va uning atrof-muhiti tozalandi, daraxt va gul ko‘chatlari parvarish qilindi, yashil hududlar tartibga keltirildi. Shuningdek, sinfxonalar, yo‘laklar hamda sport maydonchalari tozalanib, obodonlashtirish ishlari olib borildi. Mazkur hashar maktab hududining yanada obod bo‘lishi, ekologik muhitni yaxshilash hamda o‘quvchilarda mehnatsevarlik va tabiatga ehtiyotkorona munosabatni shakllantirishga xizmat qildi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom eting 👇👇👇 TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK.

519 views

Diposting 13 Mar

#Shahrixon_tumani_ixtisoslashtirilgan_maktabi BIZNING SHUNDAY O'QUVCHILARIMIZ BOR ✅ Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 10-11-sinf o'quvchilari qizi B 2 darajada Chet tilini bilish darajasi to'g'risida Ingliz tili fanidan sertifikatlarni qo'lga kiritishdi. Albatta bu bilan cheklanib qolmasligiga va bundanda yuqori natijalarga ham erishishlariga ishonamiz. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom eting 👇👇👇 TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK.

495 views

Diposting 12 Mar

#SHAHRIXON_TUMANI_IM #Targ'ibot_ishlari 🔰O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 17-oktyabrdagi 391-sonli; 🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining 2025-yil 20-oktabrdagi 162-AF-sonli buyruqlari ijrosini ta'minlash maqsadida Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining ma'sullari MMMIBDOʻ Oʻ.Akbarov va S.Ismoilov tomonidan Shahrixon tumandagi 57-umumta'lim maktablariga tashrif uyushtirilib, iqtidorli o'quvchilar va ota-onalar bilan davra suxbati tashkil etildi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom eting 👇👇👇 TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK.

491 views

Diposting 12 Mar

#Toʻgarak mashgʻulot jarayonlari 🏢 Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktab Xorijiy tili bo‘yicha tashkil etilgan toʻgarak mashg‘ulotlari davom etmoqda. Ushbu mashgʻulotlarda oʻquvchilar bo'sh vaqtlaridan samarali foydalanish, til o'rganish, imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar. Toʻgarak davomida o'quvchilar bilimlari bilan bir qatorda, amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilib kelinmoqda. Bizni ijtimoiy tarmoq TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK.

460 views

Hashtags

Diposting 12 Mar

#Yoshlar_kuni #Kitob mutolaa vaqtlari. Kitob – bilim va tafakkur manbai. 🔹Shahrixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida haftaning har payshanba kuni “Yoshlar kuni” tadbirlari davom etmoqda. 🔹Ushbu kun munosabati bilan yoshlarni milliy qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalash, ularda vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, milliy an’ana va urf-odatlarga hurmat hissini shakllantirish, shuningdek, ularning ijodiy salohiyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. 🔹Tadbirlar doirasida o‘quvchilar bilan davra suhbatlari, adabiy uchrashuvlar, kitobxonlik targ‘iboti, she’rxonlik va ijodiy muloqotlar o‘tkazilib, yoshlarning fikr-mulohazalari tinglanmoqda. Bunday uchrashuvlar o‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, ularni ezgu g‘oyalar ruhida tarbiyalashga xizmat qilmoqda. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom eting 👇👇👇 TELEGRAM | INSTAGRAM | FACEBOOK.

404 views
12•••5•••7891011•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384