TGTGInsightintelligence telegramLIVE / telegram public index
Torna ai canali
Kitobxonlar Davrasi (rasmiy kanal) avatar

TGINSIGHT CHAT

Kitobxonlar Davrasi (rasmiy kanal)

@kitobxonlar_d

Libri

Facebook ijtimoiy tarmog'idagi "Kitobxonlar davrasi" guruhining telegramdagi rasmiy kanali. Facebookdagi guruhga link: https://m.facebook.com/groups/159059447495836 Bog'lanish uchun : @kitobxonlar_davrasibot

Iscritti205Iscritti attuali
Post tracciati415Post indicizzati
Reach recente8,040Visualizzazioni post recenti
Post recenti

Post recenti

Pag. 31 di 35 · 415 post

Pubblicato 31 ago

Mungli ko‘zlar Ukajon men senga hammasini ochiq yozyapman. Toki bu dunyodan ketishim oldidan vijdonimni ezib turgan biron narsa sen uchun qoronği bölmasin deyapman. Ishlar özing körganingdek butunlay teskarisiga aylanib ketdi. Yöq, ota onamni qamatmoqchi emasdim! Yöq! Kim öz onasini öldiradi? Kim öz ukasini qabrga tiqib, tomoshasini körib ötiradi? Kim öz toğasini qamatib, 6ta bolasini yetim qiladi? Yöq? Men chiday olmayapman! Nega endi men öz ota onamning qöl oyoğini boğlab berdim? Mehribonlarim edi ular. Ularni öz qölim bilan qamatdim, öz qöllarim bilan öldirdim! Men öz özimni sud qildim! Qotilligimni böynimga oldim! Eng oliy jazo belgiladim-ölim! https://telegra.ph/Mungli-kozlar-08-31

435 views

Pubblicato 30 ago

​​ib, qalamga olgan HAYOT – misoli faqat sotiladigan mollar do‘koniga o‘xshab qolgandi, hamma odamlar sotishar va sotib olishar edi. Shunga monand qora ishchining ham ahvoli og‘ir va u tayanadigan yagona narsasi bilakdagi kuchi edi. Ammo qora ishchining muskullari inqirozga uchragan on unda hayot nishonasidan hech bir belgi qolmas, BEMAJOL VA BEHOL ruhda jamiyatning o‘sha chirkin yerto‘lasiga yiqilib tushib, BAXTIQARO holida jimgina o‘lib ketaverardi. Mana achchiq qismat, alamli taqdir… Muallif o‘z asridagi jinoyatlar, o‘z jamiyatidagi qabihliklardan qattiq ranjiydi. U hammaning tengligini xohlagandi. Ammo hayot sinovlarida har kim har xil odamga aylanib qolaverardi. Zero, hamma joyda ahvol shu edi: JINOYAT va XIYONAT, XIYONAT va JINOYAT – jo‘shqin odamlar bor edi-yu, ammo ular chinakamiga na POK va na OLIJANOB edilar, illo pok va olijanoblari esa jo‘shqin va haqparast emasdilar. O‘rtada notavon ulkan olomon ham turardi, ular na OLIJANOB va na JO‘SHQIN edilar, oz-moz HALOL edilar, xolos. Jamiyatda halollik degan tushunchaning, aslida esa bu tuyg‘uning inqirozi yetilib ulgurgandi. Mana sizga bir kam dunyoning bemaza qiliqlari… Bizga o‘zi nima kerak? Nima yetishmaydi bizga? Biz anglagan, xohlaydigan hayot qanaqa aslida? Adib tili bilan aytganda – “Vaqti kelib biz yaratadigan qasrda aslo chirik hayot sarqitlari, tiriklayin yerga ko‘milgan jonlar nolasi, vahshatli xudbinlig-u badbin tushunchalar hukm surmaydi. Biz eng avvalo zax yerto‘lalarni yaxshilab tozalaymiz va u yerda ODAMZOT uchun yangi bir yashash makonini yaratamiz, u makonda hech qanday hasham, hech qanday jimjimali bezaklar bo‘lmaydi, hamma xonalari musaffo va charog‘on bo‘ladi, biz nafas oladigan havoda esa POKLIK, OLIJANOBLIK, HALOLLIK harorati ufurib turadi hamisha. AXIR CHINAKAM HAYOT NAFASI SHUNDAY BO‘LMAYDIMI?” Mana, bu yozuvchi anglagan hayot, bu men anglab tushungan hayot va muhimi bu SIZ, AZIZ KITOBXON anglab yetadigan achchiq hayot haqiqati. Zero, tinch va osuda, pok va halol yashash har bir qalbi toza insonning orzusi, bu hayotga yetisholmaganlarning armoni… Shu tufayli ham Jek Londonning hamma asarlarida MEHNATSEVARLIK, QAHRAMONLIK, FIDOYILIK bilan bir qatorda SADOQAT VA MUHABBAT tuyg‘ulari ham tarannum etilganligi adib asarlarining badiiy bo‘yog‘ini, adabiy qadrini yuksaklarga ko‘taradi. Zero, mana shu insoniy tuyg‘ular haqiqiy hayot qadriyatidir, albatta. Dostonjon Tojiyev Kanal: @kitobxonlar_d

463 views

Pubblicato 30 ago

#JEK_LONDON #MEN_ANGLAGAN_HAYOT XIX asr oxiri XX asr boshida yashab, ijod etgan amerikalik yozuvchi Jek London garchi qisqa umr ko‘rgan bo‘lsa-da, uning yaratgan asarlari – xoh roman, xoh hikoya bo‘lsin – hamon adib nomini qalblarda yashashiga hissa qo‘shmoqda. Bugungi kun kitobxonlari JEK LONDON va MARTIN IDENni deyarli bitta odam deb hisoblashga ko‘nikib ketganligi ham buning yaqqol isboti (“Marten Iden” adibning yirik va mashhur romani hisoblanadi). Adibning bolaligi og‘ir mehnat ostida, o‘smirligi har xil tirikchilik ilinjida, yigitlik damlari esa ayni ijodiy kamolot davri bilan o‘tgan. Jek London o‘zi qayd etganidek: “Mana, yoshim o‘ttizdan oshibdiki, qaytadan o‘smirga aylanib qolishni istayman, negaki o‘smirlik lazzatlaridan bahramand bo‘lishi menga nasib etmagan…”. Aynan ana shu hayot qiyinchiliklari, o‘smirligidanoq tirikchilik tashvishlariga duchor bo‘lishi vaqti kelib unda mukammal iste’dodning shakllanishiga, kuchli iqtidor egasining ulg‘ayishiga turtki bo‘ldi. Jek Londonning ko‘plab hikoyalarida asosan, Shimol haqidagi mavzu ustunlik qiladi. SHIMOL xalqlari, tabiati, jonivorlar hayoti anchayin tiniq va jozibali tasvirlanganidan, go‘yo kitobxon ham o‘sha joyga, o‘sha muhitga tushib qolganday sezadi o‘zini. Jek Londonning “MEN ANGLAGAN HAYOT” nomli esse-hikoyasi Amerikaning haqiqiy XIX asr so‘ngidagi mehnatkash aholisining og‘ir ahvolini o‘quvchi ko‘z o‘ngida namoyon qiladi. O‘sha davr fojialari, og‘ir muhit, ishsizlik, qashshoqlik, kam sonli aholining qo‘lida to‘plangan ulkan moliya manbasi sabab qolgan butun bir mamlakat aholisi tanasidagi quvvat, bilagidagi kuchini sarflab, ular uchun “QULDAY” ishlashga mahkum etilganligini yozuvchi og‘ir qayg‘u bilan qalamga oladi. Asarda keltirilgandek oddiy xalqning ahvoli hech ham havas qilarlik darajada emasdi. Chunki ISHSIZLIK, QASHSHOQLIK va OCHLIK doimo yonma-yon yurardi. Asar qahramoni aytganidek: “Bu yerdagi hayot ruh uchun ham, tana uchun ham QABIHLIK va BAXTSIZLIKdan o‘zga narsani ravo ko‘rmasdi sira, vaholanki qashshoqlik iskanjasida ruh-u tana-da barobar holda ochlikdan sillasi qurib, beayov azoblanmoqda edi”. Asarda adib hashamatli yashovchi boylar orasiga kirishga intilayotgan yigitchaning hayotini tasvirlaydi. Unda, nima qilib bo‘lsa ham badavlat, beg‘am yashashga bo‘lgan intilish kuchli edi. Yigitcha shuni anglab yetadiki, inson qancha ko‘p ter to‘ksa, u shuncha boyib ketadi, ana o‘shanda uning tirikchiligi ham binoyiday sharoitda bo‘ladi… Bu afsuski, boy qatlamning oddiy xalqni “yaxshi yashash uchun tinim bilmay ishlash kerak, shunda boyib ketish mumkin”, deya aldovlarga ko‘mib, ularning mehnatini shafqatsiz ekspluatatsiya qilishi natijasi edi. Bu fikrlar keyinchalik fashistlar konslagerlari kirishiga yozib qo‘yilgan “Mehnat insonni ozodlikka olib chiqadi”, degan soxta shiorning asosi edi, go‘yo. Buni qarangki, yigitcha tinim bilmay mehnat qilsa ham hech biri ikki bo‘lmay, atrofini o‘rab turgan OCHLIK, YUPUNLIK va MISKINLIK balosidan hech ham qutulib ketolmaydi. Tanlagan yo‘llari doimo mushkulliklarga to‘la, ularni yengib o‘tish deyarli imkonsiz edi, aslida. Asar qahramoni o‘zini biznesga urib, undan yana bir hayotiy haqiqatni anglab yetadi: “Haqiqiy biznes go‘yoki qarzi borday odamzotning bor mulkini YULG‘ICHLARCHA tortib olarkan, XOINLARCHA ISHONCH bilan yoki orqasida turgan senator va oliy sud boshliqlarining yelkalariga suyangan holda ishda tutarkanlar.” Mana sizga jamiyatning ahvoli! Inson qadri esa naqadar yerga urilganiga guvoh bo‘lasiz va yashash uchun kurash hech qachon oson bo‘lmasligiga yana bir bora amin bo‘lasiz. Biznesdagi omadsizlik, pul dardidagi kimsalar sabab o‘lim bilan yuzlashish, og‘ir mehnat tufayli kuchdan qola boshlashlik sabab yigitcha yana bir hayot haqiqatini anglab yetadi: “Hayotning yana bir haqiqati shu ekan, ko‘zlarim bu haqiqatga ters qarayolmadi. OMADSIZLIGIM va BAXTSIZLIGIM oqibat o‘z orzularimga xiyonat qilishga, ulardan yuz o‘girishga majbur etdi.” O‘sha davrdagi og‘ir turmush sabab amerika jamiyati bozorga aylanib qolgandi. Sababi hamma bozorda va bu bozorda INSON NAFSONIYATIGACHAsotilar edi. Adib o‘z ko‘zi bilan ko‘r

462 views

Pubblicato 28 ago

💥💥Жуда кўпчилик китоб ўқишни хоҳлайди. Лекин, бунга доим ҳам вақт ёки имкон тополмайди. Китоб кундалик ташвишларда чалғиш, мияга ҳордиқ бериш, дунёқарашини кенгайтириб бориш учун энг зўр восита. Эслаб биламан, мактаб давримдан бошлаб ҳар куни ҳеч бўлмаганда 5 бет китоб ўқирдим. Йиллар давомида бу манга одатга айланди. Лекин, афсуски 2018 йилда жуда банд бўлганлигим учун бор йўғи 4та китоб ўқидим. Тадбиркор ўзи шунақа халқ, унда доим вақт муаммо. Лекин, одам китоб ўқимаса ўсишдан, ўрганишдан тўхтаб қолади. Шу учун ҳам 2019 йилга янги ўзим учун формула яратдим ва ҳозирча уни кузатмоқдаман. Ман яратган формула бир йилда камида 50та китоб ўқиш имконини бериши керак. Формула қуйидагича: ✅1. Эрта тонгдан уйғонишим билан 20-30 дақиқа давомида асосан мотивацион ёки психологил китоблар ўқийман. Улар одамга энергия беради, улардан олинган мотивация кун давомида ҳамроҳ бўлади. Бунақа китобларга «Зукколар ва ландавурлар», «Муваффақиятли инсонларнинг етти кўникмаси» каби китобларни келтириб ўтишим мумкин. ✅2. Ишга боргандан сўнг иш куни давомида бир неча маротаба профессионал соҳадаги китобларни ўқишга ҳаракат қиламан. Одатда ҳар соатда 5-10 дақиқа пауза қилиб китоб ўқийман. Масалан, мани ишим кўпроқ маркетинг ва интернет савдога боғлиқ, шу йўналишдаги китобларни, шунингдек тадбиркорлик ҳақидаги китобларни ўқишга ҳаракат қиламан. Масалан, Уолтер Айзексоннинг “Стив Жобс” китоби. ✅3. Ишдан қайтганда асосан 20-30 дақиқа ҳожатхонада бўлсада вақт топиб оилага, атрофдагилар билан муомалани яхшилашга, фарзанд тарбиясига аҳамиятли бўлган китобларни ўқишга ҳаракат қиламан. Масалан, «Учдан кейин энди кеч», «Ўлсанг, ким йиғлайди» ✅4. Кечқурун ухлашдан олдин бўлса мияга баҳра бериш учун 5-10 бет бадиий китоб ўқийман. Бу жуда фойдали ва мароқлидир. Ҳозирги кунда Элиф Шафақнинг «Ишққа оид 40 қоида» романини ва "Шантарам"ни ўқияпман. Сизга ҳам #тавсую. Айтганча, бадиий деганда «Рақамли қалъа»ни ухлашдан олдин ўқиман. Воқеалар ривожи қизиқлигидан, ухламасдан эрталабгача ўқиб чиқишингиз мумкин. Ҳамманинг ўз идеал формуласи бор бўлиши керак, манда айнан мана шу формула идеал. Шу формула асосида бир кунда камида 100 бет китоб ўқишим мумкин. Хўш, сиз қайси йўл билан кўпроқ китоб ўқиш имконини топасиз? Фируз Аллаев Канал: @kitobxonlar_d

581 views

Pubblicato 28 ago

#таасурот Эй сен, баҳор гўзаллигига кўнгил қўйган йигит! Кузнинг хазонлари ва қишнинг совуқлари ҳам борлигини унутма! Тонг чоғида қуёш чиқишини кўрганда, оқшом пайтида унинг ўлимни билдирадиган ботишини ҳам унутма... Инсон тақдири ҳам айни шундай: камоли ва жамоли заволга маҳкумдир. Агар кумуш танли гўзаллар сенга тузоқ қўядиган бўлса, қарилик келганда уларнинг шудгорга айланган вужудига боқ. Тиниқ кўзгу каби, наргиз боқишли кўзларни, охир-оқибат мунгли ва ёшга тўлган ҳолда кўрасан. Яна ақлу ҳушларни бошдан учирган хушбўй ҳидли зулфу сочнинг қариликда эшакнинг думи каби бўлганини кўрасан... Яна арслон каби бир йигитнинг кунлар ўтиб, сичқонга мағлуб бўлганини кўрасан. Истеъдодли бир санъаткорни қўлидан иш келмайдиган, ночор ҳолида кўрасан... Бу олам сенга тузоқ қўйган ва шу йўл билан қанча тажрибасизларни паришон ҳолга солгандир. ...Эй инсон, дунёдан бир-бирига зид икки овоз эшитилмоқда. Ажабо, сенинг қалбинг улардан қайси бирига мойил? Улардан бири Аллоҳга яқинлашганлар, иккинчиси эса алданганларнинг овози. Бу овозлардан бирига ошно бўлдингми, иккинчиси қулоғингга кирмайди!.. «Маснавийи маънавий»дан Дилфуза Комил

469 views

Pubblicato 28 ago

#tugatgan_kitoblarim_royxati ( 16- qism) 47. Alisher Navoiy “ Xamsa” bu turkumga kiruvchi doston o’ziga xos maroqli va ajoyib asarlar.Bu turkiy tildagi asar hisoblanadi. Birinchi dostoni Hayratul abror dostonida alohida insondagi qusurlar va xususiyatlar haqida alohida hikoyatlar kiritilgan. Ikkinchi dostoni Farhod va Shirinda ikki sevishgan dil haqida bo’lib, Farhod Shirinni qo’lga kiritish uchun kurashgan sarguzashtlari haqida. Bu dostonda komil inson urg’u berilgan. Uchinchi doston Layli va Majnun ayanchli sevgi qissasi haqida. Unda sevgi uchun cho’lga chiqib ketgan Majnun nomini olgan Qays taqdiri yoritilgan. To’rtinchi doston Sabayi Sayyor dostoni esa qadimdagi afsonaviy hukmdor Bahrom Go’rning sevgisi kuylangan. Oxirgi dostoni Saddi Iskandariy bo’lib unda Iskandar qurdirgan devor afsonasi kuylanadi. Bu takrorlanmas ajoyib asar. 48. Z. M. Bobur “ Boburnoma” bu asar sifatida qabul qilinishi kerakligi sababi avtobiografik asar hisoblanib, o’zini boshidan o’tgan voqealarni tasvirlagan. Unda oddiy sodda tilda yozilgan. Asarning ko’p joylarida tasvirlashni ajoyib olib borilgan. Yana tarixiy jarayonlar ko’p keltirilgan. Asarda askarlarini sovuqda qoldirilishini hohlamay o’ziga chuqur kavlagani tasirli voqea. Bu asarnig ahamiyati ko'p ijtimoiy gumanitar fanlar uchun muhim manba hisoblanadi. 49. Muqimiy “ Tanobchilar” bu to’plamda Muqimiyning eng sara she’rlari o’rin olgan. “ Tanobchilar” she’rida eng insofsiz yer o’lchab tanobona solig’ini belgilovchi ikki tanobchi haiqda, “ Maskovchi boy ta’rifida “ she’rida esa o’zicha boylarga o’xshamoqchi bo’lgan boylar kulguga olingan. “ Saylov “ she’rida esa soxta va xalqqa qiyinchilik tug’dirgan marosim – saylov haqida satirik she’r yozgan. Muqimiyni oz’bek adabiyotida yengil kulgu va yumoristik she’rlarni olib kelganilk shoir deb bilaman. Elbek Hamrayev Kanal: @kitobxonlar_d

459 views

Pubblicato 28 ago

​​Kitob o’qimaslik trendi #longread Asli ko’pchilik kundalik hayotda, tanishlar, do’stlar yonida kitob o’qishini aytgisi kelmaydi. Bu o’sha odamga nisbtan qandaydir “botanik” sifatida qarashga, ustidan kulishiga sabab bolishi mumkin. Tarmoqda esa hayotagi tanishlar ko’p bo’lmagani uchun kitoblar haqida bemalol gapirsa bo’ladi. Balki, keyin bu yerdayam tanishlar ko’paygach odamda istihola bo’ladimi. Balki #taqriz_tanlov da ham hali taqrizlar kamligiga sabab shudir.. Nega bugun odamlar kitob o’qimayotganini sababini esa bir necha faktorlarga bog’lasak bo’ladi: vaqt kam, ular o’qiydigan yaxshi adabiyotlar kam(o’zlari topa olishmagan) va allaqachon ijtimoiy tarmoqlarga bog‘lanib qolgan. Ularni mutolaaga qaytarish aslida qiyin masala, qachonki buni o’zlari ham istamaguncha. Odam o’zi istagan narsaga vaqt topa oladi. Bugun tarmoqlarda asosiy vaqtimiz chatlashish bilan o’tib ketayotganda “Kitob o’qishga vaqtim yo’q” deyish menga safsatadek eshitiladi. Tashqarida 21-asr. Soatlab vaqtimiz ijtimoiy tarmoqlarga ketib qolayapti. Deyarli barcha adabiyotlarning hatto audio shaklini topib, eshitib ham mutolaa qilish mumkin, yo’lda yurganda ham. Intelligent qatlam badiy kitob o’qishdan foyda yo’qligi, ko’proq ilmiy adabiyotlar o’qish lozimligini ta’kidlaydi. Xurmatli intelligensiya, ilmiy kitoblarni o’qish aslida hamma uchun majburiy holat. Chunki odam hech qachon o’z sohasi va qiziqishiga oid ilmiy adabiyotlarni o’qishni to’xtatmasligi kerak.O’z dunyoqarashi va bilimini oshirishning eng oson va samarali yo’li shu. Badiy adabiyotni o’qish majburiy emas, hamma o’z qiziqishida kelib chiqib o’qiyveradi. Huddi qiziqishiga, xohishiga qarab kino ko’rib, musiqa eshtgandek gap. Ammo, badiy adabiyotlarni o’qish kishini ko’proq fikrlash, mantiqiy tushunish, tahlil qilish va so’z boyligini oshirishga xizmat qilgani uchun ham qayta targ’ib qilinaverishi kerak. Odam badiy kitobni o’qib balki qandaydir ilmiy bilimga ega bo’lmas, ammo tanqidiy tahlilni oshirish, 4 ta odam oldida nutq so’zlay olish, o’z fikrini boshqalarga chiroyli tarzda tushuntirib berishi uchun albatta badiy adabiyotni o’qishi kerak. Bu huddi o‘sha yapon maqoliga o‘xshaydi. Odamga baliq emas, qarmoq berib, baliq tutishni o‘rgating. Bu yerda baliq - ilmiy kitoblar bo‘lsa, qarmoq - badiy adabiyot. Masalan, men hozir badiy kitoblarni o’qish uchun motivatsiya yoki sabab qidirmayman. Shunchaki bu menga yoqimli va qiziqish uchun o’qiyman. Aksariyat o’qigan kitoblarimga taqriz yozaman. Bu orqali o’z fikrimni, kitobdagi fikrlarni boshqalar bilan muhoka qilgim keladi.Bu ham qandaydir lazzat beradi. Shuning uchun kitob o’qing azizlar. O’qiganda ham maroq bilan, miyada tahlil qilib o’qing. Bo’ldi o’qildi, deb shunchaki javonga qaytib qo’ymang.Fikrlaringiz va xulosalarimgiz bilan bo’lishing. Kimgadir bu fikringiz kulguli va oddiy ko’rinishidan qo’rqmang. Muhimi, bu shaxsiy fikringiz, siz tahlil qilishni boshladingiz. Ana endi aldanavermaysiz.Ana endi tarmoqlarda, lentadagi har kungi olomon fikriga uchmaysiz. Bitta mavzuni cho’zma lag’mondek cho’zmaysiz. Ayniqsa guruhdagi faqat postlarni kuzatib, layk bosuvchilarga aytmoqchiman. Bitta fikringiz, tavsiya yoki tanqidingiz bilan odamlarga rosmana foyda berishingiz mumkin. Guruhdagi yana bir kishida mutolaaga mehr uyg‘otishingiz mumkin. Eng muhimi esa o‘zingiz fikrlash doirangizni kengaytira olasiz. Shunday ekan, albatta, o’qing va o’qiganlaringiz bilan bo’lishing! Kanal: @kitobxonlar_d

487 views

Pubblicato 27 ago

Taqriz tanloviga. Otalar va bolalar #taqriz_tanlov Farzandlar ulg'ayishi bilan ota-ona va bolalar o'rtasida tafovutlar, kelishmovchiliklar kelib chiqishi tabiiy holat. Kechqurun qabul qilib yotgan qaroringiz ertalab o'zingizga erish tuyilayotgan bu shiddatli zamonda eski avlod fikrlari yangi avlod uchun qanday erish tuyilmasin. Masalan, Kecha dadam "tel ishlatmaysan" dedi. Ko'zim soqqasidan chiqib ketishiga oz qoldi. XXI asrda talaba uchun tel ishlatmaslik men uchun fantastika. Ammo dadam uchun oddiy hol. Chunki dadamning zamonida talabalarda tel bo'lmasdi. Mana sizga fikrlar qarama qarshiligi. Endi Turgenevning "Otalar va bolalar" asariga keladigan bo'lsak , katta-katta qarama-qarshiliklar tiqilib yotibdi. Ushbu asar adib ijodining cho'qqisi hisoblanadi. Yozuvchi bosh qahramon Bazariv obrozi orqali hurfikrlik va yangiliklar sari intilish kabi fazilatlarni mujassamlashtirgan. To‘liq o‘qish👇👇 https://telegra.ph/Taqriz-tanloviga-Otalar-va-bolalar-08-27

1,420 views

Pubblicato 27 ago

Ivan Turgenev - Otalar va bolalar asariga taqriz #tanlov_taqriz Nasl toqnashuvi Rus adabiyotining “oltin asri” deya nom olgan XIX asr adabiyoti, asosan, ikki oqimning rivoji bilan boshlandi: sentimentalizm va romantizm. Asr ortalariga kelib esa “oltin asr” ga koplab nodir asarlar taqdim etgan realizm yonalishi tobora taraqqiy etdi. Bu yonalishda qalam tebratgan eng yirik ijodkorlar Dostoyevskiy, Tolstoy va Turgenevlardir. Biz maqsur tahlilimizga tortayotgan Ivan Turgenevning “Otalar va bolalar” romani ham shu yonalishda yaratilgan bolib, roman borliqning haqqoniy tasvirini qabariqsiz, oz holicha aks ettirgan. To‘liq o‘qish Kanal: @kitobxonlar_d

688 views

Pubblicato 27 ago

📖 Qanday kitob oʻqiyman? Kitob oʻqish boʻyicha tajribamni toʻplab (yana) uzun post yozdim. Bu postda qayerdan kitob sotib olaman, qanday kitob oʻqiyman, qanaqa qiyinchiliklarga uchraganimni yozib chiqdim. Saytimda: https://farhodjon.uz/blog/how-i-read-books/ #kitob @FarLives🌀

551 views

Hashtags

Pubblicato 23 ago

#taqriz_tanlov Ko'zlar! Ulardan har qanday holatni aniqlab olsa bo'ladi. So'zlar ifodalay olmagan tuyg'ularni ko'zlar aytib turadi. Insonning boshqa hech qaysi a'zosida bo'lmagan xususiyat ko'zlarda mavjud. Ko'z bu qalb tilidir. Bola qarog'laridagi mungga hech bir joni bor zot chidolmasa kerak. Nega aynan bola? Bolalarning ko'zi o'zgachami? Ha! O'zgacha. Negadir bolaning ko'ziga beg'uborlik, betashvishlik yarashadi. Lekin Xudoyberdi To'xtaboyevning "Mungli ko'zlar" asaridagi qahramonlarimizning ko'zlarida esa butun olam tashvishini ko'ramiz. To'g'ri yo'l tomon bormiqchi bo'lgan ammo oqibatda oilasi parokandaligiga sababchi bo'lganidan azobda Akbar, jigarlaridan birin ketin ajrayotgan, nimadir qilishga urinayotgan-u ammo uddasidan chiqolmayotgan jabrdiyda Zafar, yoshligiga, g'o'rligiga borib qurbon bo'lgan Zufar, hali onaning etagidan ajramagan, ajraganda esa ayriliqqa chidolmagan qizaloq Nigora. Bular ham bola edi, beg'ubor edi. Bularning ko'zlari hamisha porlab turardi. Bu porlash bir kechada so'ndi. So'nishiga sabab bo'lgan omillar: boylikka ruju qo'yish, oddiy turmushdan chekinish. Asarni o'qir ekansiz boylarning ham hayoti orzu qilarlimasligiga, jinoyatchilarning zanjiri uzundan-uzunligi-yu bir-birga uzviy bog'langanligiga, bu zanjir faqat boylikdan iboratligiga amin bo'lib borasiz. Asarda Akbar obrozi bekorga majruh qilib ko'rsatilmagan. Yozuvchi bu holat bilan "bu bola emas, aslida mana shu boylik ketidan quvgan, kitob odamni jinni qiladi degan, pul uchun bir-birining ko'zini cho'qigan shu quzg'unlar majruh" demoqchi bo'lgan. Asarda Ataulla Isayevich, Akbar, Chig'noq singari bir nechtagina yorqin, ijobiy obrozlar uchraydi. Nega ularning soni kam? Chunki o'g'rilarning atrofida o'g'rilar, to'g'rilarning atrofida to'g'rilar ko'p bo'ladi. Karimovlarning xonadoni qaysi turkumga mansub ekanligi kitobxonga ayon. Akbar ham shu oilaning a'zosi. Nega u ham Zafar singari ota-onasining yo'lidan yurmadi degan savolga ham mutolaa davomida allaqachon javob topilgani tayin. Buning asosiy sababi kitoblar edi! Ha o'sha "miyani aynitib, jinni qiladigan" kitoblar. Akbarning qalb ko'zini ochgan, oq-qorani tanitgan, vijdonini uyg'otgan ham o'sha kitoblar edi. Bunda muallimning ham hissasi katta, albatta. Asar bilan tanishib borarkansiz poraxo'rlar, chayqovchilar, qalloblar ko'p ekanligi, faqat ko'zimizga ko'rinmasligini bilib olasiz. Ilgari bir-ikki ko'zingiz tushganda "guruch kurmaksiz bo'lmasa ekan-da" degan bo'lsangiz, asardagi qahramonlarni o'qib "guruchdan kurmak ko'p ekan-kuuu!" deysiz. Xudoyberdi To'xtaboyevning bolalar yozuvchisi ekanligi ma'lum. Shu sababdan ham ushbu asarda ham bola psixologiyasini so'z orqali rasmdek chizib bergan. Avvalo, asar bola tilidan hikoya qilinganligi, bola soddalarcha tasvirlab berayotgan hatti-harakatlar aslida fojea ekanligi kitobxonni o'ziga jalb qiladi. Bola hech qachon ota-onasidan nafratlanmaydi. Nafratlanolmaydi . Akbar ota-onasidanmas, ular qilayotgan jinoyatlardan nafratlanardi. Bir kuni oilasi mana shunday parokanda bo'lishidan qo'rqardi. O'zi sabab bo'lib qolish esa yetti uxlab tushiga kirmagandir. Qarindosh akamlar ichib o'tirishgandi. Buni ko'rib tilim qichidi-da, dinda ichganlar haqida nima deyilganini ayta boshladim. Gapim ohiriga yetmay og'zimni yopishdi. Gapirtirishmadi. Bu nima deb ataladi bilasizmi? Bu odam o'z-o'zidan qochishi. Ayb ish qilayotganligini bila turib o' zini aldab yana qilaverish. Akbarning ota-onasi ham xuddi shunday qildi. Akbarning og'zini yopishaverdi. Bolam uchun-ku, oilam uchun-ku deb vijdonlarini tinchilantiraverishdi. Oqibatda hamma jabrni aynan mana shu bolalar tortishdi. Yemoqning qusmog'i bor. Ammo eng ko'p qusganlar ham shu bolalar bo'di. Qush inida ko'rganini qiladi. Zafar ham ota-onasining "kasbi" ning mohir ustasi bo'lishi mumkin edi. Ammo bu yo'ldan qaytishi uchun anchagina "badal" sarf etildi. Qancha ko'rguliklar ko'rishiga to'g'ri keldi. Ammo oxiri anglab yetgani tillolardan qadrli bo'lgan to'g'rilik bo'ldi . Insonni yanchib tashlash mumkin ammo yengib bo'lmaydimi degan shu bo'lsa kerak. Zafar yengilmadi. Zafar qozondi... Laylo Eraliyeva h

655 views

Pubblicato 14 ago

Ivan Turgenev - Otalar va bolalar

1,370 views
12•••10•••20•••29303132333435