TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
Redi ad canales
Teacher Azam avatar

TGINSIGHT CHAT

Teacher Azam

@TeacherAzam

Educatio

TEACHER AZAM (Qahramoniy) 👨🏼‍💻 Oʻzimizning chat guruhimiz bor, baʼzi-baʼzida men ham yozib turaman 👉t.me/Teacherazamchat 🚩Instagram: 👉instagram.com/teacherazam ☎️ Englify online maktabim: +998781136969 ☎️ Reklama va taklif uchun: 👉+998 97 831 11 11

Subscriptores4.0万Numerus subscriptorum hodiernus
Scripta custodita1,011Scripta numerata
Attingentia recens140,900Visiones scriptorum recentium
Scripta recentia

Scripta recentia

Pag. 31 de 85 · 1,011 scripta

Editum Oct 1

🎙 Bu suhbatda biz hayotdagi eng muhim sohalarni birma-bir ochdik: taʼlim, shaxsiy rivojlanish, ruhiy salomatlik, kitoblar, biohacking, jamiyat, oila va nafs-aql o‘rtasidagi kurash. ⁉️ Taʼlim tizimidagi muammolar, o‘qituvchilik kasbining jamiyatdagi o‘rni, bolalarda bu kasbga bo‘lgan orzuning so‘nib borayotgani, ota-onalarning zamonaviy roli, qaynonalar haqidagi stereotiplar — bu epizodda barchasi ochiq muhokamada bo‘ldi. Ayniqsa, “maktabda dars berish uchun diplom kerakmi?”, “nima qilish kerakki, bolalar yana o‘qituvchi bo‘lishni istasin?” kabi savollarga aniq javoblarni olasiz. 📖 Suhbatning ikkinchi yarmi esa kitoblar va tanlov haqida: "kitoblarning 90 foizi befoyda" degan fikr qanday asosga egaligi, ularni qanday mezonlarga qarab tanlash kerakligi? Biohacking, qarishni sekinlashtirish, Xitoy modeli, muvaffaqiyat vs baxt, Stoitsizm va biz bera olmay qolgan savollarni ham muhokama qildik. Bu podkastni ko‘rganingizdan keyin o‘zingizga beradigan savollaringiz ko‘payib ketadi. 👉 Podkastni ko‘rish: https://youtu.be/e7-eaH5N018 @teacherazam

11,100 views

Editum Oct 1

1-oktyabr — Ustoz va murabbiylar kuni muborak! Bugun butun xalqimiz: — “Ustoz, rahmat!” deydigan kun. 🧑‍🏫 O‘qituvchi bo‘lish — bu faqat dars o‘tish emas. Bu — “telefoningizni yig‘ishtiring”, “yozma ishni o‘zingiz yozing”, “bu savol testda tushadi” degan jumlalarni kuniga 37 marta erinmasdan har bir sinfdagi o‘quvchilarga takrorlay olish. Bizga shunday nimanidir tushuntirishda hech qachon charchab qolmaga ustozlarimizni chin qalbdan tabriklayman! Sizlarning bizga ko‘rsatgan sabringizni hatto Nobel qo‘mitasi o‘lchay olmaydi. 😅 ✍️ Endi meni ham tabriklashingiz uchun izohlarni ochiq deb e’lon qilaman. @teacherazam

12,600 views

Editum Sep 30

Qalay chiqibdi? Kim ko’hliroq? 😁😁 Kim barnoroq? 😁

11,500 views

Editum Sep 30

10,200 views

Editum Sep 30

O'zbek kinosi uchun kutilmagan zarba!😁 Sarvar Karimovning "Sevgi sharbati" filmida epizodik rol o'ynadim. 2-oktyabr kuni premyera! Siz ham shu tadbirga kelishingiz mumkin. Mazkur havola orqali o'tib chiptalarni harid qiling. Kinoni hammadan birinchi tomosha qilib, ijodkorlar bilan uchrashish imkoniyatiga ega bo'lasiz. @kunduziy

9,220 views

Editum Sep 30

26-may 1908-yilda tarixda muhim voqea yuz bergan — Eronning Masjed-Soleyman shahrida neft otilib chiqqan. Bu hodisa Yaqin Sharqda birinchi katta sanoat miqyosidagi neft koni ochilishi bo‘lib, keyinchalik butun mintaqa tarixini o‘zgartirdi. Neftni ingliz tadbirkori Uilyam Noks D’Arsining kompaniyasi qazib chiqara boshlagan va bu voqea 1909-yilda Anglo-Persian Oil Company (keyinchalik BP – British Petroleum) tashkil topishiga sabab bo‘lgan. Shundan so‘ng Eron va butun Yaqin Sharq strategik neft manbai sifatida dunyo siyosatining markaziga aylangan. To'liq videoga havola: https://youtu.be/Zb3HDiEfxXw?si=9-N_XlaFQjptraEW

9,480 views

Editum Sep 29

O‘zimizni o‘zimiz qanday ko‘ramiz? Chet elda o‘zbeklar haqida gap ketsa, ko‘pincha yomon tomonlar ta’kidlanadi. Lekin aslida har bir xalqning yaxshi ham, yomon ham odatlari bo‘ladi. Masala — qaysi tarafni ko‘proq gapirishimizda. 🎙 Podkast davomida Umidjon aka: agar o‘zimiz haqida faqat yaxshi narsalarni tarqatadigan bo‘lsak — “o‘zbeklar zo‘r, bir-biriga yordam beradi, tartibli, mehribon” — odamlarning o‘zi ham asta-sekin shu fikrga moslashadi. Negaki, so‘z va fikr kuchli ta’sir qiladi. Odamlar o‘zini qanday ko‘rsa, shunday bo‘lib boradi. ✨🇺🇿 Shuning uchun har doim bir narsani yodda tutaylik: “O‘zbeklar yaxshi xalq” Podkastni koʻrish: https://youtu.be/mDpztKlaFWA @teacherazam

11,800 views

Editum Sep 28

Kitlar kuylashi — bu dengiz sutemizuvchilari, ayniqsa katta kitlar (masalan, ko‘k kit va qobirg‘ali kit) orasida uchraydigan noyob hodisa bo‘lib, ular uzoq masofalarga tarqaladigan past chastotali tovushlar chiqaradi. Bu tovushlar ko‘pincha odamlar uchun “qo‘shiq”dek eshitiladi, shuning uchun ilm-fanda “kitlar qo‘shig‘i” deb ataladi. To'liq videoga havola: https://youtu.be/6cpnSbK_6vE?si=tQGUYCU8783A4BKL

12,700 views

Editum Sep 27

💊 Doktor Michio Kaku nazariy fizika olimi, kelajakshunoslik mutaxassisi va ilm-fanni ommalashtirish bo‘yicha mashhur bestseller kitoblar muallifidir. U torsimon maydon nazariyasining asoschilari qatorida bo‘lib, hozirda Nyu-York shahar kollejida professor bo‘lib ishlaydi. 🧠 Kaku ommaviy axborot vositalarida tez-tez ishtirok etib, texnologiyalar istiqboli, koinotni tadqiq etish va sun’iy intellekt kabi mavzularda muhokamalar olib boradi. Uning kitoblari murakkab ilmiy g‘oyalarni keng ommaga tushunarli tarzda yetkazishga qaratilgan. @teacherazam

12,300 views

Editum Sep 26

Yashashingiz uchun yagona va arzirli sabab nima deb o‘ylaysiz? @teacherazam

13,400 views

Editum Sep 25

📺 Ko‘plab filmlar erkak uchun eng yomon narsa — katta va mas’uliyatli bo‘lish, degan g‘oyani singdiradi. Romantik hikoyalarda “normal” ishi bor yigit zerikarli tarzda ko‘rsatiladi, qiz esa odatda tartibsiz, hissiyotlarga berilgan, tayinli ishi yo‘q bolanini tanlaydi. Hatto hayotda ko‘p narsaga erishgan, muvaffaqiyatli odam obrazini yomon qilib ko‘rsatishadi (Titanic, The Wedding Singer, Ocean’s 11 kabi filmlarda). Sarguzasht filmlarda ham qahramonga qarshi chiqadigan odam oddiygina o‘z ishini qilayotgan bo‘ladi, ammo film uni “yomon” qilib ko‘rsatadi. 💪 Aslida esa hayot boshqacha: har kuni ishga borish, oilaga va atrofdagilarga mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lish juda og‘ir. Zerikarli katta odam bo‘lish aslida qahramonlik. @teacherazam

15,000 views

Editum Sep 25

So‘nggi 7 yil ichida ta’lim tizimimizda katta o‘zgarishlar bo‘ldi. Xususiy ta’limga ruxsat berildi. Xo‘sh buni orqasidan nimaga erishdik? Nima topdik? Salbiy va ijobiy tomonlari qaysilar? Qo‘shtirnoq podkastni bu soni judayam dolzarb bo‘lgan. Ta’lim bo‘yicha ekspert Komil Jalilov va Profi ta’lim muassasalari asoschisi Bektosh Khatamov ta’limdagi oxirgi voqealarni muhokamasini ko‘ring. ▶️https://youtu.be/jBRp9Vv2iKs

11,600 views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••2930313233•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8485