TGINSIGHT CHAT
Teacher Azam
@TeacherAzam
EducatioTEACHER AZAM (Qahramoniy) 👨🏼💻 Oʻzimizning chat guruhimiz bor, baʼzi-baʼzida men ham yozib turaman 👉t.me/Teacherazamchat 🚩Instagram: 👉instagram.com/teacherazam ☎️ Englify online maktabim: +998781136969 ☎️ Reklama va taklif uchun: 👉+998 97 831 11 11
Scripta recentia
Pag. 29 de 85 · 1,011 scripta
Editum Oct 13
📱 Stiv Jobs va Tim Kukning rahbarlik davrlari taqqoslanibdi. Bu ikki davrda Apple qanday natijalarga erishganini o‘qib ko‘ring Tezlik va bardoshlilik Jobs davrida innovatsiyalar tez va ba’zan biznesga zarar beradigandek tuyulardi; Cook davrida esa Apple doimiy yangilanishlar ortidan quvish o‘rniga barqarorlik, bosqichma-bosqich takomillashtirish va uzoq muddatli rivojlanishga e’tibor qaratdi - yillar davomida kuch to‘plashga intildi. Innovatsiya Jobs mahsulotlar orqali bozorlarni o‘zgartirgan bo‘lsa, Cook parda ortida - Silikon vodiysida, ta’minot zanjirlari, barqarorlik va maxfiylik sohalarida yangiliklar yaratdi. Ijodkorlik yo‘qolmadi, u Apple’ning infratuzilmalariga ko‘chib o‘tdi. Foydaning o‘rni Jobs davrida foyda uzoqni ko‘ra bilishning isboti edi. Cook davrida esa g‘oya ko‘pincha foyda bilan oqlanadi. Kompaniya endi muvaffaqiyatni shunchaki hayrat emas, balki samaradorlik va ta’sir bilan o‘lchadi - bu ustuvorliklarning nozik, ammo sezilarli o‘zgarishidir. Vorislik yaqinlashmoqda Kukning yaqin kelajakda iste’foga chiqishi va Jon Ternusning ehtimoliy voris bo‘lishi haqidagi mish-mishlar tarqalmoqda. Bu o‘zgarish nafaqat rahbarlik almashinuvini, balki Apple kompaniyasining o‘z pozitsiyasini saqlab qolishga qodir ekanligini sinovdan o‘tkazadi. @teacherazam
Editum Oct 12
Afrikada nima bo‘lyapti? 🌍 Afrika qit’asining maydoni 30,4 mln km kvadrat. Biroq, Merkator proyeksiyasi deb ataladigan eng keng tarqalgan xarita proyeksiyasi Afrikani aslida kichikroq qilib ko‘rsatadi. Aslida Afrika qit’asiga 30 ta davlat sig‘adi va bular qatoriga AQSH, Xitoy va Hindiston kabi dunyoning eng yirik davlatlari kiradi. 🌐 Afrika Ittifoqi esa hukumatlarni bundan buyon undan foydalanmaslikka chaqirdi, chunki u Afrika jahon sahnasida chekkada qolgandek degan taassurot qoldirishini aytgan. Afrika Ittifoqi Equal Earth deb ataladigan xarita modelini keng qo‘llashni targ‘ib qilmoqda. “Correct The Map” (Xaritani tuzat) kampaniyasi Afrika No Filter va Speak Up Africa kabi tashkilotlar tomonidan olib borilmoqda. Ular bunday xaritalarni ta’lim muassasalari, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar uchun standart qilishni maqsad qilgan. 📊 Ma’lumot uchun, Afrika kattaligi va aholisi (1,6 milliard kishi) bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turadi. @teacherazam
Editum Oct 11
Mana bu statistikaga qarang 💰 2025-yil iyul oyida butun dunyodagi barcha pul miqdori (ya’ni odamlar, firmalar va davlatlar qo‘lida bor naqd pul + banklardagi pul) $140 trillion dollarga yetdi. 📈 Bu ko‘rsatkich 2000-yilda $26 trillion bo‘lgan va hozirgacha 5 barobar o‘sgan. Bu yiliga o‘rtaga 6,9% dan o‘sganini anglatadi. Hozir eng ko‘p pulga ega davlatlar: 1. Xitoy - $46 trillion 2. AQSh - $22,1 trillion 3. Yevropa Ittifoqi - $22 trillion 4. Yaponiya - $11 trillion 5. Buyuk Britaniya - $5 trillion 📊 Bu 5 ta davlatning o‘zi butun dunyo pulining 75% yoki 3/4 qismiga egalik qiladi. 2021-2024-yil oralig‘ida bu o‘sish 1,4% ni tashkil qilgan, lekin 2025-yilda dollarning qadrsizlanishi oqibatida yana tezlashib ketdi. 😱 Taqqoslash uchun yil boshidan iyul oyigacha naqd 7,8% ga o‘sgan. Ana shunaqa gaplar @teacherazam
Editum Oct 11
Tarixning eng ayanchli davrlaridan biri bo‘lgan qatag‘on nafaqat siyosiy arboblar va ziyolilarni, balki xalq og‘zaki ijodi vakillari — baxshilarni ham chetlab o‘tmadi. Bu holning o‘ziga xos mantig‘i bor edi: baxshilar xalqning ruhini kuylagan, uni birlashtirgan, ayrim ma’noda esa uning rahnamosi bo‘lib xizmat qilgan. Ana shunday qudratli ovozlarni yo‘q qilish totalitar tuzum uchun “xavfsizlik” belgisi sifatida ko‘rilgan. Natijada millatning madaniy xotirasiga katta zarba berildi. Bunday og‘ir, ammo zarur xotiralarni “Qurultoy” podkasti doirasida tinglang. 🔗 Havola ustiga bosing: https://youtu.be/mm3BfI1xz-M
Editum Oct 10
Yevropani odamlarga insonparvarlikni qoʻllashi qulatadimi? Bugungi suhbatda Feruzxan aka, Laziz aka bilan maza qilib suhbat qildik. 🎙 Suhbatda dastlab, ularning hozirgi loyihalari, ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi va O‘zbekiston bugun qanday davrni boshdan kechirayotgani haqida fikr almashdik. Suhbat davomida “O‘zbekiston biznes boshlash uchun ayni paytmi?”, “Tarix takrorlanadimi?”, “Ma’lumot kuchmi yoki majburlov?” kabi savollar orqali nafaqat bugungi kun, balki kelajak haqidagi qarashlarimizni solishtirdik. 🇪🇺 Yevropadagi insonparvarlik, Germaniyadagi siyosiy o‘zgarishlar, xalqlardagi ruhiy o‘zgarishlar va Toshkentda oxirgi 5 yilda yuz bergan tafovutlar haqida ham fikr bildirildi. Ba’zida og‘ir, ba’zida kulgili, ammo har doim o‘ylantiradigan suhbat bo‘ldi. Podkastni ko‘ring: https://youtu.be/L0qv7c6RKPw @teacherazam
Editum Oct 10
Native speaker'lardek gapirish uchun 3 ta qadam: 1️⃣ Native bo'lmagan lekin talaffuzi xuddi ulardek bo'lgan ustoz topish. O'zi qiynalib so'zlarni to'g'ri talaffuz qilishni o'rgangan, yo'lni o'zi bosib o'tgan inson talaffuzni o'rganishda aynan nimalarga e'tibor berish kerakligini yaxshi tushunadi. 2️⃣ Ustoz qanday qilib sof inglizcha talaffuzni o'rganganini so'rash. 3️⃣ Aytilgan usullarni doimiy mashq qilish. ⚠️ Lekin siz hozir bunday o'qituvchini qidirib yurishingiz shart emas. Biz buning hammasini siz uchun qilib bo'ldik. Amerikan aksentida so'zlashadigan o'qituvchimiz Mr. Mike'dan "Amerikancha aksentni o'rganish" mavzusida to'liq videodarslik. Videoni ko'rish: 👇 📹Qanday qilib 100% native'lardek gapirish mumkin? #youtube Ko'ring, amal qiling, talaffuzingiz g'irt amerikancha bo'lib qoladi. 📱@englifyschool
Hashtags
Editum Oct 9
📊 2025-yil holatiga ko‘ra bozor kapitallashuvi bo‘yicha jahonning eng yaxshi 25 taligiga kiradigan kompaniyalar Yevropada birorta ham qolmadi. 🇺🇸 Bu ro‘yxatda asosan AQSHning NVIDIA, Microsoft, Apple va Alphabet kabi yirik korxonalari bor. 🇪🇺 Yevropaning bu ro‘yxatda yo‘qligiga sabab esa Amerika va Osiyo kompaniyalari bilan raqobat, texnologiya sohasida investitya olish va innovatsiya yaratishdagi qiyinchiliklar bilan bog‘liq, Ushbu o‘zgarish Yevropa kompaniyalarining dunyodagi qimmatbaho korporatsiyalar orasidagi mavqeyi sezilarli darajada pasayganini ko‘rsatyapti? Eslaysizmi, oxirgi marta Yevropa qanday innnovatsiya yaratgan edi? @teacherazam
Editum Oct 9
Aliment to'lovchi kam oylik ishga kirib olsa, ko'paytirsa bo'ladimi? Parda Podcast'ning navbatdagi sonida tajribali huquqshunos Muhriddin Shamsiddinov bilan daromadi yaxshi bo'lib, kam oylikli ishga kirsa, to'lashdan bosh tortsa, sababsiz to'lamasa qanday javobgarlikka tortilishi haqida gapirgan. Batafsil 👉https://youtu.be/JFN3cThA-aQ
Editum Oct 9
Koreys doramalari ✨ Ha, kimdir bu seriallarni “yengil” deydi, kimdir “ortiqcha romantika” deydi. Lekin menimcha, bugungi shovqinli, stressli hayotda shunaqa seriallar har kimga kerak. Ba’zan ongni charchatmaydigan, iliq, insoniy hislarni eslatadigan voqealarni ko‘rish — bu ham terapiya. 💆♀️ Koreys doramalari shunchaki muhabbat haqida emas, ular hayotdagi mayda iliqliklar, insoniy mehr va umid haqida. Shuning uchun ham bu janrning muxlislari ko‘p. ❤️ 🎧 Shu mavzuda fikrlar va hazillar bilan to‘la suhbat Susambil YouTube kanalida! 👉https://youtu.be/D9PChj5eJak
Editum Oct 8
-izm ideologiyalar haqida 🌎 Podkastlarimizda turli siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy ideologiyalarni ishlataman. Ular davlat qanday boshqarilishi, moliyaviy tizim qanday ishlashi va fuqarolar bilan hukumat o‘rtasidagi munosabat qanday bo‘lishini ifodalaydi. Ayrim kuzatuvchilarimizga esa ushbu terminlarlar ozroq tushunarsiz bo‘lishi mumkin, shuning uchun men ko‘p ishlatadigan eng mashhur 10 ta siyosiy ideologiyalarni sodda tilda tushuntirib, post qildik. ↗️ Novvoyxona misolida tushunib oling. Foydali bo‘ladi deb o‘ylayman. Qaysi davlatlar ushbu ideologiyalardan foydalanadi? ✍️ Izohda yozib keting @teacherazam
Editum Oct 7
5-6 avlodga yetadigan samaral oila modeli 👨👩👦👦 Unga ko‘ra ota karyerasini qurayotganda 3 ta muhim jihatga e’tibor berishi kerak 1. Kuchli karyera qurish 2. Bolalarini bu jarayonga qo‘shish — ularni ish muhitini, mehnatning asl qiymatini his qildirish. Uchinchi qilish muhim bo‘lgan ishni esa ushbu postda o‘qishingiz mumkin. 📱 Podkastni esa YouTube’da ko‘ring Ko‘rish: https://youtu.be/e7-eaH5N018?si=MdnBfNYShlZmqPAq @teacherazam
Editum Oct 7
Nukusliklar, bitta xabarim bor 2 kun oldin Nukusda sizlar bilan ko‘rishib rasmga tushgan edik. 🤦 “Rasmlarni tashlab beramiz deb va’da bergan edik, lekin afsuski fotografimiz rasmga olyapman deb boshqa tugmani bosgan ekan, shuning uchun sizga rasmlarni tashlab bera olmaymiz” deb aytmayman, albatta. 💪 Men va’damni ustida turaman. Rasmlarning hammasini Google Drive’ga yuklab qo‘ydik. O‘zingiz chiroyli tushgan birini tanlab instagramga qo‘ysangiz bo‘ladi. Bu postga esa men o‘zim chiroyli tushgan bitta rasmni qo‘ydim. 👉Mana bu yerdan yuklab oling @teacherazam