TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
Redi ad canales
Teacher Azam avatar

TGINSIGHT CHAT

Teacher Azam

@TeacherAzam

Educatio

TEACHER AZAM (Qahramoniy) 👨🏼‍💻 Oʻzimizning chat guruhimiz bor, baʼzi-baʼzida men ham yozib turaman 👉t.me/Teacherazamchat 🚩Instagram: 👉instagram.com/teacherazam ☎️ Englify online maktabim: +998781136969 ☎️ Reklama va taklif uchun: 👉+998 97 831 11 11

Subscriptores4.0万Numerus subscriptorum hodiernus
Scripta custodita1,011Scripta numerata
Attingentia recens177,100Visiones scriptorum recentium
Scripta recentia

Scripta recentia

Pag. 46 de 85 · 1,011 scripta

Editum Jun 19

Odamlar bilan kino haqida gapalshamiz 📺 Kundalik hayotda doʻstlar bilan kino koʻrganda ishlatishingiz mumkin boʻlgan foydali gaplar: 1. Have you watched the new season of (name of the movie)? - ......... kinoning yangi mavsumni ko‘rdingizmi? 2. Who’s your favorite character? - Sevimli qahramoningiz kim? 3. I didn’t expect that at all! - Umuman, buni kutmagandim! 4. The ending was so intense! - Xotima juda keskin bo‘ldi! 5. What do you think will happen next? - Keyin nima bo‘ladi, deb o‘ylaysanmi? 6. This season was much darker than the previous ones - Bu yilgi mavsum avvalgilariga qaraganda ancha qayg‘uli bo‘ldi. 7. That episode was mind-blowing! - Bu epizod miyamni portlatib yubordi! 8. The cast was brilliant this season - Bu mavsumda aktyorlar ajoyib edi. 9. I couldn’t stop watching! - Tomosha qilishdan o‘zimni to‘xtata olmadim! 10. I hope they renew it for another season - Umid qilamanki, uni yana bir mavsumga uzaytirishadi. Doʻstlaringizga ulashib qoʻying Kanalga ulanish: @teacherazam

16,500 views

Editum Jun 19

Channel photo updated

views

Editum Jun 19

Reading mahoratini kuchaytirish uchun nima qilish kerak? 🟡Reading'ni kuchaytirish sizdagi muammo nimaligini aniqlashdan boshlanadi. To'g'ri tashxis qo'yilganidan keyin o'sha og'riq bor nuqta davolanadi. Qanday muammolar bo'lishi mumkinligi va ularni bartaraf qilish uchun nimalar qilish kerakligini esa... ...hozirgina YouTube'ga chiqqan videomizdan ko'rib, bilib olishingiz mumkin. Videoni ko'rish: 👇 📹 IELTS Reading kuchaytirish uchun samarali 5 qadam. #YouTube Yoqimli tomosha! 📱@englifyschool

15,300 views

Hashtags

Editum Jun 18

Yashash darajasi yaxshilandi lekin negabaxtsizroqmiz? Kechasi tinchgina uxlayman deganda kelib uyquni qochiradigan savollar meni yangi video tayyorlashgacha olib bordi. Azam Qahramoniy YouTube kanalida yangi rukn - mono podcast. Endi shaxsiy fikr va xulosalarimni shunday sokin uslubda bo'lishib boraman. Videoni ko'rish: 👇 📹Nega 2025-yilda baxtsizroqmiz? YouTube'da fikrlaringizni yozib qoldirishingizniiltimos qilaman! Chunki bunday mavzuda video tayyorlashdan maqsad faqatgina fikr bo'lishish emas balki boshqalar fikrini eshitish, o'rganish. #MonoPodcast #YouTube Yoqimli tomosha! Kanalga ulanish: @teacherazam

15,200 views

Editum Jun 18

CALL OF DUTY: BLACK OPS 7 – KLASSIK MEYSON TARIXINING KELAJAKDAGI DAVOMI! 🤖✈️ Kiber Uz kanali yangi Black Ops yana kelajakka qaytishini (jetpaklar, dronlar, gologrammalar) va bu ko‘pchilikni zeriktirishi mumkinligini aytdi. “Men Battlefield’ni xohlayman!” – Kiber Uz’dagilarning bu fikriga qo‘shiladiganlar bormi? 🤔 To‘liq video: https://youtu.be/1YXfxOA5cFs

13,100 views

Editum Jun 17

🦉Picture description: In the moonlit garden, a solitary woman in a flowing white gownreclines on a bench, enveloped by shadows and foliage. Her gaze drifts across the tranquil pond, reflecting the ethereal light. The scene exudes a serene melancholy, capturing a timeless moment of introspection and quiet elegance. 📌 Useful vocabulary: Moonlit [ˈmuːnlɪt] - oy nuri bilan yoritilgan Solitary [ˈsɒlitəri] - yolg‘iz Flowing [ˈfloʊɪŋ] - oquvchi Gown [gaʊn] - ko‘ylak Reclines [rɪˈklaɪnz] - orqaga tashlanadi Shadows [ˈʃædoʊz] - soyalar Foliage [ˈfoʊliɪdʒ] - barglar Gaze [ɡeɪz] - nigoh Tranquil [’træŋkwil] - tinch Melancholy [ˌmɛlənˈkɒli] - melanxoliya Doʻstlaringizga ulashib qoʻying Kanalga ulanish: @teacherazam

15,400 views

Editum Jun 17

“Eco Expo Central Asia 2025” — Ekologik kelajakni birga qurish uchun maydon “Eco Expo Central Asia 2025” xalqaro ekologik ko‘rgazmasi 19–21 iyun kunlari “CAEx Uzbekistan”da bo‘lib o‘tadi. Tadbirda 25 dan ortiq mamlakat vakillari qatnashib, toza texnologiyalar, yashil startaplar, global yechimlar va ekspertlar ishtirokidagi panel muhokamalar taqdim etiladi. Tadbirni Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi o‘tkazmoqda. Barcha ishtirokchilar uchun Toshkent bo‘ylab bepul avtobus qatnovlari tashkil etilgan. 🎟 Ishtirok etish bepul. Ro‘yxatdan o‘tish uchun: ecoexpo.uz Kanalga ulanish: @teacherazam

13,900 views

Editum Jun 17

Giotto Bukharaning boshqaruvchilari 25 yoshli Sabina va 20 yoshli ukasi ekan. Buxoroda Giottoning naq 2 ta filiali bor. Bunday kichik bo’lmagan restoran biznesida yoshlar yuribdi. Yoshlar bu podkastni albatta ko’ringlar. ▶️https://youtu.be/O1VykHeuPKo

13,900 views

Editum Jun 16

5 yoshli jiyanimga “First” va “Second Conditional”ni qanday tushuntirgan boʻlardim? Azizjon, bugun biz ingliz tilida “agar nimadir bo‘lsa, unda shunaqa bo‘ladi” degan gaplarni o‘rganamiz. Bular conditional deyiladi. Lekin bu qo‘rqinchli emas. Kel, osonroq qilib tushuntiraman: 🟢 1. First Conditional — haqiqatga yaqin narsalar Agar sen biror ishni qilsang, u rost bo‘lishi kerak. 📌 If + hozirgi zamon, will + fe’l 🧁 If you eat the cake, you will be happy. Agar tort yeb qo‘ysang, hursand bo‘lasan. 🦖 If we go to the zoo, we will see the lion. Agar hayvonot bog‘iga borsak, sherni ko‘ramiz. Bu yerda gap rost bo‘lishi zarur. Tort hozir bor, sher ham bor! 🟡 2. Second Conditional — xayoliy, orzuga o‘xshagan narsalar Agar biror narsa boshqacha bo‘lganida edi, unda shunday qilgan bo‘lardim. 📌 If + o‘tmish zamon, would + fe’l 🦸 If I were Spider-Man, I would fly from house to house. Agar men O‘rgimchak odam bo‘lganimda edi, uydan uyga uchib yurardim. 🐉 If you had a dragon, you would never need a car. Agar senda ajdaho bo‘lganida edi, mashinaga hojat qolmasdi. Bu yerda ular haqiqat emas, orzudek, o‘ylab topilgan. 🤔 Farqni eslab qol: First conditional — haqiqatga yaqin. Hozirgi hayotga taalluqli. Second conditional — xayol, orzu, tasavvur. Haqiqiy emas. Doʻstlaringizga ulashib qoʻying Kanalga ulanish: @teacherazam

18,900 views

Editum Jun 16

🙁Alimentni kamroq to’lash maqsadida, ish joyidan bo'shab, kamroq oylik beradigan ishga kirib oladigan erkaklar bor. To’liq video: https://youtu.be/MO13B8A_cqU?si=NE5kRliLHHV1OFFr

17,600 views

Editum Jun 15

Ingliz tilida “men uyalyapman” deyishning usullari 01. I’m feeling shy - Men o‘zimni uyalgandek his qilyalman 02. This is embarrassing - Bu xijolatli 03. I don’t know what to say - Men nima deyishni ham bilmayman 04. My face is turning red - Yuzim qizarib ketyapti. 05. I’m mortified - Men xijolatdaman 06. Please don’t stare at me. - Iltimos, menga bunday qaramang. 07. I’m not used to this kind of attention - Men bunday e’tiborga o‘rganmaganman. 08. This is awkward - Bu noqulay. 09. I feel self-conscious - O‘zimni noqulay his qilyapman 10. Can we change the subject? - Mavzuni o‘zgartirsak bo‘ladimi? 11. This is too much for me - Bunisi oshib ketdi. 12. I am not comfortable in this situation - Men bu vaziyatda o‘zimni qulay his qilmayman. 13. Please stop teasing me - Iltimos, ustimdan kulishni bas qil. Doʻstlaringizga ulashib qoʻying Kanalga ulanish: @teacherazam

19,700 views

Editum Jun 15

IT sohasida ayollar ko’p emas. Texnika yo’nalishida ayollar atigi 21% ekan. O’zbekistonda esa juda kam foizni tashkil qiladi. 🔗https://youtu.be/oxekTj1bLcQ?si=rbi_eGQEpwjPdnZ9

17,600 views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••4445464748•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8485