TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
Redi ad canales
Teacher Azam avatar

TGINSIGHT CHAT

Teacher Azam

@TeacherAzam

Educatio

TEACHER AZAM (Qahramoniy) 👨🏼‍💻 Oʻzimizning chat guruhimiz bor, baʼzi-baʼzida men ham yozib turaman 👉t.me/Teacherazamchat 🚩Instagram: 👉instagram.com/teacherazam ☎️ Englify online maktabim: +998781136969 ☎️ Reklama va taklif uchun: 👉+998 97 831 11 11

Subscriptores4.0万Numerus subscriptorum hodiernus
Scripta custodita1,011Scripta numerata
Attingentia recens210,500Visiones scriptorum recentium
Scripta recentia

Scripta recentia

Pag. 44 de 85 · 1,011 scripta

Editum Jul 1

Safarda yurib, har narsada me’yor muhimligi haqida o’ylab qoldim. So‘nggi besh yil ichida 15 ga yaqin davlat va 40 ga yaqin shaharlarda bo’ldim. Shu davr mobaynida biror marta ham biz, o‘zbeklar, noto‘g‘ri yo‘ldamiz degan fikr hayolimga kelmadi. Aksincha, biz mehribon, sabrli, madaniyatli xalqmiz. Oilaviy qadriyatlar bizda juda baland. Ota-ona, aka-uka, opa-singil – barchasi biz uchun muqaddas. Ularning baxti va dardini o‘zimiznikidek his qilamiz, ularning hayoti bilan yashaymiz. Ba’zida bu tuyg‘ular bizni qiynashi, yuragimizni siqishi mumkin. Ammo hayot ko‘rsatadiki – bu aynan to‘g‘ri yo‘l. Va men bunga chin dildan ishonaman. @lazizhamidov

15,100 views

Editum Jun 30

🟢Go round in circles Bu idioma koʻp gapiriladigan, koʻp ish qilinadigan lekin muammoni umuman hal qilinmaydigan vaziyat uchun ishlatiladi. We’ve been going round in circles for hours trying to fix this problem. 🥚Get cracking Bu idioma harakatni boshlashga yoki ishni darhol va ishtiyoq bilan bajarishga undash uchun ishlatiladi. We don’t have much time left to finish the project, so let’s get cracking! 📩Wear the pants Bu ibora oila yoki doʻstlar o‘rtasidagi munosabatlarda ustunlik qilish yoki nazorat oʻrnatish ma’nosida ishlatiladi In their relationship, Sarah wears the pants; she makes all the major decisions. ✍️ Izohga har bitta gapning tarjimasini yozib keting Doʻstlaringizga ulashib qoʻying Kanalga ulanish: @teacherazam

19,100 views

Editum Jun 30

O‘quv markazlariga 100 dan ortiq imtiyoz va yengilliklar berildi. Bugun, Yoshlar kuni munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev faol yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ta’lim, kasb o‘rgatish va yoshlar kelajagi masalalari suhbat markazida bo‘ldi. Hozirda O‘zbekistonda: - 15 mingga yaqin o‘quv markazi; - 7,5 mingta kasbga tayyorlash markazi faoliyat yurityapti. Ushbu markazlarga 100 dan ortiq imtiyoz va yengilliklar berilgan. Lekin davlat rahbari bu bilan cheklanmaslik kerakligini, kengayish, zamonaviy kasblar va xorijiy tillarni o‘rganayotgan yoshlarni ko‘paytirish shartligini ta’kidladi. Prezident viloyat, tuman hokimlarini ham maslaga jiddiy yondoshishga chaqirib, har bir bolaga o‘z farzandidek qarab, sog‘ligi, o‘qishi, yurish-turishi, qiziqish va orzulari, muammolaridan doim xabardor bo‘lishi zarurligini ta’kidladi. Natija qanday bo‘ladi? “Agar shu tizim to‘g‘ri ishlasa, Yangi O‘zbekistonda ta’lim olmagan, ishsiz, kasbsiz yosh degan tushuncha umuman qolmaydi!” — dedi davlat rahbari. Menimcha, biz ustozlar, ota-onalar va jamiyatning har bir vakili shunga hissa qo‘shishimiz kerak. Kanalga ulanish: @teacherazam

18,900 views

Editum Jun 29

Iyun oyida Air India samolyoti halokatga uchradi. New York Times esa Air India bosh direktorining nutqi American Airlines bosh direktori yanvar oyida sodir bo‘lgan halokatdan so‘ng aytilgan nutqi bilan bir xil ekanligiga eʼtibor qaratdi. Post izohlarida odamlar “Black Mirror” seriali hayotiylashib borayotganini aytishgan Manba: New York Times 💬Doʻstlaringizga ulashib qoʻying Kanalga ulanish: @teacherazam

16,300 views

Editum Jun 28

AQShdagi yoshlarda nima gap? Hozir ish topish juda qiyin - ayniqsa 20 yoshdagilar uchun. Kompaniyalar iqtisodiyotning sekinlashishidan xavotirda, shuning uchun ular ko‘p odamlarni ishga olmayapti. Ishi borlar esa ishdan bo‘shashni xohlamayapti, chunki ular yangi ish topolmaslikdan qo‘rqmoqda. Hukumatlarning ishlab chiqayotgan qarorlari chalkash va ko‘plab korxonalar bundan keyin nima bo‘lishini bilmaydi. Hatto ilgari “xavfsiz” deb hisoblangan ofis ishlari ham endi unchalik ishonchli emas. Ilgari yoshlar uchun karyera qilishning aniq yo‘llari bor edi, lekin hozir ular yo‘qolib boryapti. Bundan tashqari, sun’iy intellekt (AI) biror sohada yangi boʻlganlarning ishlarni egallay boshlaydi - ayniqsa texnologiyada. Donald Tramp prezident bo‘lganidan keyin hukumatning xarajatlarini qisqartirdi. Bu davlat idoralari va shifoxonalar kabi joylarda ko‘plab ish o‘rinlarining yo‘qolishiga olib keldi. AQShda hozir ko‘pchilik advokat bo‘lishga harakat qilmoqda, lekin ularning hammasiga ish yetmasligi mumkin. Odamlarga yordam beradigan ish o‘rinlari (xayriya tashkilotlari kabi) ham qisqartirilmoqda. Savol tug‘iladi: aqlli va g‘ayratli yoshlar endi nima qilishi kerak? Manba: businessinsider 💬Doʻstlaringizga ulashib qoʻying Kanalga ulanish: @teacherazam

18,300 views

Editum Jun 27

5 yoshli jiyanimga Third va Mixed Conditional’ni qanday tushuntirgan boʻlardim? Azizjon, oʻtgan safar senga first va second conditionalsʼni tushuntirib bergan edim. Bugun esa third va mixedʼni tushuntiraman. Bu qiyin emas, biriga “ehhhhhh” deysan, biriga “koshki” deysan. Third Conditional = allaqachon boʻlgan va bu sodir boʻlganidan sen afsuslanadigan ish harakatga ishlatiladi. 🇬🇧 If we had left earlier, we would have caught the bus. 🇺🇿 Agar oldinroq chiqqanimizda, avtobusga ulgurgan bo‘lardik. Kechikdik, avtobusdan qolib ketdik Mixed Conditional = oʻtmishdagi xato, hozirgi jazo. Bir xatolik o‘tmishda bo‘lgan, lekin uning natijasi, asoratlari hozirgacha bor. 🇬🇧 If you had worn your coat, you wouldn’t be sick now. 🇺🇿 Agar kecha kurtkangni kiyganingda edi, hozir kasal bo‘lmasding. Bu afsusdan keyingi saboq 💬Doʻstlaringizga ulashib qoʻying Kanalga ulanish: @teacherazam

18,900 views

Editum Jun 27

Ernesto Che Gevara haqida nimalarni bilmaymiz? Uning surati futbolkalarda, devorlarda, namoyishlarda. Lekin bu odam kim edi aslida? Qarshilik ramzimi? Yoki zo‘ravon inqilobchimi? Bu videoda biz Che Gevara hayotining haqiqiy yuzini ochamiz. Uning Kuba inqilobidagi roli, Afrikadagi missiyasi, Boliviyadagi oxirgi kunlari va o‘lgandan keyin qanday ramzga aylangani haqida sizni hayratga soladigan ma’lumotlar kutmoqda. Videoni ko‘rish uchun: 👉https://youtu.be/44B4KNW0fp8?si=mR4GeP1bGqjhBEt_

15,800 views

Editum Jun 27

Muomalaga bordim “Muomala” — bu mehmonning shaxsini, ochilmagan qirralarini namoyon etishga qaratilgan noyob intervyu formati. 😌 Bu yerda men oʻzimning hayotimni, qadriyatlarimni va meni boshqalardan ajratib turuvchi jihatlarimni aytib berdim. Bu intervyuni koʻrib meni yana ham yaqindan tanib olasiz, aniq. 👉 Koʻrish: https://youtu.be/YLjFEB6iQ1Y?si=30UEilySCgyqG5Is Kanalga ulanish: @teacherazam

15,500 views

Editum Jun 26

🔴YouTube kanalimizda yangi video Speaking'ni toza amerikaliklardek qilmoqchi bo'lsangiz YouTube kanalimizga o'ting! Connected speech, qisqartmalar haqida batafsil tushuntirdik. Qichqiriq videoni ko'rish: 👇 📹Speaking'ni toza amerikancha qilaman desangiz bunday qiling! #YouTube Yoqimli tomosha! 📱@englifyschool

16,400 views

Hashtags

Editum Jun 26

🤩 Ingliz tilida kirish va biriktiruvchi so‘zlar 01. Actually [ˈæktʃuəli] - aslida 02. Also [ɔ:lsǝʊ] - shuningdek, ham 03. Anyway [ˈenɪweɪ] - har qanday holatda 04. Apparently [əˈpærəntli] - aftidan. 05. At last [ət lɑːst] - nihoyat, kamida 06. Basically [ˈbeɪsɪkli] - asosan 07. Besides [bi’saidz] - bundan tashqari 08. Certainly [’sǝ:tnli] - shubhasiz 09. Especially [ɪˈspeʃəli] - ayniqsa 10. Fortunately [ˈfɔːtʃənətli] - baxtga 11. Generally [’dʒenrəli] - umuman olganda 12. However [haʊˈevə] - biroq 13. Indeed [in’di:d] - haqiqatan ham 14. Mainly [ˈmeɪnli] - asosan 15. Maybe [ˈmeɪbi] - ehtimol 16. Moreove [mɔːˈrəʊvə] - bundan tashqari 17. Nevertheless [ˌnevəðəˈles] - shunga qaramay 18. Of course [əv kɔːs] - albatta 19. Otherwise [’ʌðəwaɪz] - boshqacha 20. Particularly [pəˈtɪkjələli] - ayniqsa 21. Perhaps [pəˈhæps] - ehtimol 22. Possibly [’pɒsəbli] - ehtimol 23. Probably [ˈprobǝbli] - ehtimol 24. Rather [ˈrɑːðə] - ko‘proq 25. Then [ðen] - demak 26. Though [ðəʊ] - garchi 27. Thus [ðʌs] - shunday qilib 28. Unfortunately [An’fɔ:tʃnətli] - afsuski 💬Doʻstlaringizga ulashib qoʻying Kanalga ulanish: @teacherazam

21,000 views

Editum Jun 26

Unlilarsiz alifbolardan to‘liq tovush tizimigacha Dastlabki alifbolar, jumladan finikiy yozuvi, faqat undosh harflarni ifodalagan. Unlilar og‘zaki nutq orqali tushunilgan, lekin yozuvda belgilanmagan. Bu o‘qishda chalkashlik keltirib chiqarardi. Yunonlar bu muammoni hal qilib, unli tovushlar uchun alohida harflar kiritdilar. Bu esa yozuvni aniqroq, tushunarliroq va universallashtirilgan qildi. Shunday qilib, unlilarning yozuvga qo‘shilishi insoniyat tarixida katta til inqilobi bo‘lib, yozuvni barcha uchun tushunarli vositaga aylantirdi. Videoga havola: https://youtu.be/8GUZsEKuzXA?si=_tShp-yVcakYBgoJ

15,800 views

Editum Jun 24

🦉 Picture description In this portrait, a young girl is sitting at a table, her gaze both contemplative and serene. The soft light filters through the window, casting gentle shadows. Her pink attire contrasts with the muted interior, creating a harmonious balance. Scattered peaches and fallen leaves evoke an autumnal atmosphere, enriching the scene’s warmth. ‼️Useful vocabulary Contemplative [kənˈtɛmplətɪv] - mushohada qiluvchi Serene [səˈriːn] - xotirjam Soft [sɔːft] - yumshoq Gentle [’dʒɛntəl] - muloyim Contrasts [kənˈtræsts] - kontrast qiladi Muted [ˈmjuː.tid] - bo‘g‘iq Harmonious [hɑːrˈmoʊniəs] - uyg‘un Atmosphere [’ætməsfɪr] - atmosfera Warmth [wɔːrmθ] - issiqlik Doʻstlaringizga ulashib qoʻying Kanalga ulanish: @teacherazam

19,400 views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••4243444546•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8485