TGINSIGHT CHAT
Teacher Azam
@TeacherAzam
EducatioTEACHER AZAM (Qahramoniy) 👨🏼💻 Oʻzimizning chat guruhimiz bor, baʼzi-baʼzida men ham yozib turaman 👉t.me/Teacherazamchat 🚩Instagram: 👉instagram.com/teacherazam ☎️ Englify online maktabim: +998781136969 ☎️ Reklama va taklif uchun: 👉+998 97 831 11 11
Scripta recentia
Pag. 77 de 85 · 1,011 scripta
Editum Oct 22
☺️Jaa kamtarona sindrom Imposter syndrome, imposter phenomenon yoki impostorism 🪄 Ichki qobiliyatini, ichidagi maxluqni berkitib firibgar sifatida fosh qilib qo’yishdan qo’rqib yuradigan odam. •O’zini haqiqatdan aqlli, daho emasdek his qilganlari uchun boshqalarni aldayapman deb o’ylashadi. 🔺When you haven’t finished writing your book yet and you feel like an imposter. 🫴🏻Iymanib bir chekkada turadigan, shuncha ishni qilib qo’yib unchalik emas deydigan tanishingizga o’xshaydi. Yoki yangi lavozim berilganida yetarlicha qobiliyati yo’qdek his qiladi. 🙌🏻Bu ba’zi-ba’zida hammada ham uchrab turadigan sindrom. Sizda ham bo’lganmi? 👇🏻Gap tuzib qanday bo’lgani haqida yozvorilachi. 👇 Kanalga ulanish 👇 📱@teacherazam
Editum Oct 21
@Lazizhamidov Uy Bozor haqidagi bir-ikki mulohazalari bilan o’rtoqlashibdilar. Yaxshi material bo’lgan. Long read biroz qo’rqinchili ko’rinsa ham o’qib ko’rishga arziydi. Sizga ma’lum mulohazalarni beradi. Laziz Hamidovni ko'pchiligimiz "Ular" mualliflik youtube loyihasidan, twitterdagi ko'p yillik faolliklaridan, hamda "Lolazor" va bizning jonajon "NQE" podkastlardagi moderatorlik faoliyatlaridan yaxshi tanimiz. Ushbu kanalni yo’qotib qo’ymaslik uchun obuna bo’lib qo’ying.
Editum Oct 21
Uylar narxi qulayotgani haqida illyuziya So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda uylarning narxi keskin tushishi haqida gapirayotgan, arzon uylar haqida videolar e’lon qiladigan rieltorlar, makler-blogerlar ko‘payib qoldi. Ularning aksari prosmotr uchun bu mavzuni qayta-qayta olib chiqishga harakat qilishmoqda. Aslida ham shundaymi? Shu maqsadda real bozorni o‘rganib ko‘rishga qaror qildim. Ha, O‘zbekistondagi tadqiqotchilar keltirgan raqamlarga ishonadigan bo‘lsak, bozordagi oldi-sotdi qisqargan bo‘lishi mumkin. Ya’ni hamma oldingidek, yoppasiga uy sotib olayotgani yo‘q. Ammo bu narx-navoga ta’sir qilgan deb bo‘lmaydi. Qaytanga uylar, ayniqsa yangi qurilgan uylarda narxlar oshishi kuzatilmoqda. Yuqoridagi suratlarda bitta hududda, deyarli bitta joyda joylashgan, bir xil sharoitdagi, bir xil yoki bir-biriga yaqin kvadratdagi, bir xil ta’mirdagi birlamchi va ikkilamchi uylar yil boshidagi va hozirgi kundagi narxlari bilan solishtirilgan. Ulardan ko‘rish mumkinki narxlar tushish o‘rniga aksincha ko‘tarilgan. Nega qimmat segmentdagi uylarni misol qilib keltiryapman? Chunki agar uylar narxi tushadigan bo‘lsa, bu birinchi navbatda katta kvadratli va qimmat uylarda sezilishi kerak. Chunki kichik kvadratli bir yoki ikki xonali uylarga talab doim yuqori bo‘lib kelgan va uy narxlari qulagan taqdirda ham bu kabi uylarga ta’siri kech seziladi (yoki deyarli sezilmaydi). Ammo siz ko‘rayotgan misollarda ham narxlar nisbatan talab kam bo‘lgan segmentda ham o‘sganini ko‘rish mumkin. Xo‘sh, unda narxlar pasayib ketgani haqida illyuziyalar qayerdan paydo bo‘lmoqda? Birinchidan, yuqorida aytganimiz kabi bugun tarmoqlarda hayp, prosmotr uchun yangi gap aytish urfga kirdi. Ikkinchidan, uy bozorida oldi-sotdi kamayishi natijasida zarur bo‘lgan odamlar arzonroqqa bo‘lsada uyini sotishga rozi bo‘lishmoqda. Agar bunday sotuvchilar soni 50-60ta bo‘lsa ham hayp qilish istagida bo‘lganlar uchun yetarli bo‘lishi mumkin. Uchinchidan, arzon, shoshilinch sotiladigan uylar har doim bo‘lgan, lekin ko‘pincha ularni ommaga olib chiqishmagan, shunchaki rieltorlar orasida hozir urfga kirgan usulda sotilgan. Ya’ni rieltor o‘zi yoki investori orqali uyni arzonligi uchun sotib oladi va ta’mirlab qimmatroqqa sotib yuboradi. Bugun narx tushdi deb berilayotgan ayrim uylarni shu toifaga kiritsa bo‘ladi. Yana bir tomoni, o‘sha narx tushgani aytilayotgan uylar qayerda va qanday sharoitdagi ekaniga e’tibor berdingizmi? Aksariyati eski, shahar chetlarida qurilgan, oxirgi qavatlarda joylashgan, yozda issiq, qishda sovuq bo‘ladigan panel (monolit) uylar. Hali birorta e’lonlarda shahar markazida joylashgan 100lab arzonlab ketgan uylarni ko‘rganim yo‘q. Yangi qurilayotgan uylarning narxiku to‘xtovsiz ravishda oshishda davom etmoqda. Shaharda aholi ko‘paymoqda, tabiiyki bunday jarayonda uyga bo‘lgan talab ko‘payib boraveradi. Talab kamaymayotgan, ipoteka kreditlash davom etayotgan bir paytda uylarning narxi keskin pasayib ketishini kutish noto‘g‘ri, menimcha. Agar uy olishni rejalashtirib yurgan bo‘lsangiz, narxlar qulashini kutmang. @lazizhamidov
Editum Oct 19
Nqe podcasti 1 oyga ta’tilga chiqdi. Bu mavsum borasida tassurotlaringiz qanday? Yangi mavsum uchun qanday takliflaringiz bor? 🍿 Yangi mavsum boshlangunga qadar ko’ra olmagan podcastlaringizni ko’rib chiqing. 👇 Kanalga ulanish 👇 📱@teacherazam
Editum Oct 18
😉Buni hamma ham tushunurmidi. Tushuntirib beraman. Civilization 5 strategiya o'yinida turli davlatlar liderlari uchun o'ynaysiz va ularning o'z o'ynash uslublari bor. Kimdir agressiv, kimdir ilm-fanga urg'u beradi. Diniy liderlar va tinchlikparvar liderlar. 😁Ghandi aynan shunday tinchlikparvar qilib "programmalashtirilgan" edi. Ammo qandaydir xatolik tufayli u super agressiv bo'lib qoladi va o'yinning oxirgi bosqichlarida shunday ko’zida qon bilan hammaga atom bombasi tashlaydigan bo’lib qoladi. 👇 Kanalga ulanish 👇 📱@teacherazam
Editum Oct 17
#NQE #podcast Peshonangda borini ko’rasan! | Teacher Azam, Nargiz Sattarova, Dilshod Hoshimov 👇 Kanalga ulanish 👇 📱@teacherazam
Editum Oct 17
🪳Tarakan bilan bir stolda? Roach - haqoratli slanglardan biri. Nopok, tartibsiz va yomon hidli odamni nazarda tutgan holda ishlatilinadi. *someone who is unclean, usually unkempt and foul-smelling • No one wanted to room with Billy, he was a roach. • We threw that dirty roach in the shower. 🤫Cardi B Azarbayjonga borganda post qoldiradi. Unda “Laid out like a dead roach” deb yozadi. Lekin bu yerda haqorat emas shunchaki haqiqatdan ham tarakanni nazarda tutgan. Adashib ketmela) 👇🏻Qizu misollar yozib qoldiring. 👇 Kanalga ulanish 👇 📱@teacherazam
Editum Oct 16
#NQE #podcast Biz soliq to’lamayapmizmi? | Akmal Mirzo, Troll.uz (Umid Gafurov) Teacher Azam 👇 Kanalga ulanish 👇 📱@teacherazam
Editum Oct 16
Yuqorida jamoat transportlari bo’yicha so’rovnoma qilgan edim. *longread Xato va kamchiliklari ko’zga ko’rinar darajada ko’p. Metroda tig’iz vaqtlarda ya’ni ishga ketish va qaytishda juda gavjum bo’ladi. 🚊 Lekin metro avvalgidan yaxshiroq bo’lishi uchun qilingan ishlar ham bor. Masalan yerosti metrosida internet tugul antena ham bo’lmas edi. Hozir esa bu ikkisi ham bor. Doimiy navbatda turishlar ham qulaylashtirilgan. Kartalar yordamida elektron to’lash imkoni mavjud. Hattoki 1 soatlik narxini tushurib boruvchi ta’rif kartalari ham yo’lga qo’yilgan. Belgilangan vaqtda bir necha transportdan foydalanish evaziga. Yo’l metro bilan boshlansa 1.700 so’m ikkinchi transport aftobusga esa 1.100 so’m uchinchi transport uchun 700 so’m qolgani esa tekin. ‼️Bir nechta qulayliklarni sanab mana qarang zo’r ketyapti deb o’zimizni o’zimiz ovutishimiz kerak demoqchi emasman. Davlat bilan fuqorolarni muloqoti yangi darajaga chiqdi. Fuqorolar foydalanishi kerak. Va endi 2 ta narsa qilish kerak. Birinchisi mas’uliyat his qilib jamoat transportlarida intizom va o’zaro hurmat o’rnatish. Ikkinchi qiladigan ishimiz heytlarsiz, aniqlik bilan yana nimalarni o’zgartirishimiz kerakligi bo’yicha aniq takliflarni berishimiz kerak. ✍🏻O’zingizni kichik telegram kanalingiz post tarzida yozib qoldirishingiz yoki Instagram, Facebook izohlarda yozib qoldirishingiz mumkin. Transport Vazirligi Instagram sahifasiga to’g’ridan-to’g’ri yozish kerak. Hatto Atto programmasida avtobuslardagi QR kodni screen qilib taklif yozsa ham bo’lar ekan. Yozing. Yuboring. 💡Yaqinda bittasi ish berdi. “Odam ko’pligidan havo yetmaydi” deb yozishgan ekan 2025-yilda o’zgartirilar ekan. Havo aylanish tizimni yengilashvotgan ekan. Ya’ni biz so’ravoladigan payti keldi. Faqat to’g’ri va aniq yondashgan holatda. 👇 Kanalga ulanish 👇 🍏@teacherazam
Editum Oct 15
Teacher Azam pinned «Brbalo productiondagi yigitlar bo’yicha xech narsa yozmagandim. Bugun xabar chiqdi, ularni qo’yib yuborishibdi (15 sutkaga qamoqga olingan edi). Bu umid beradigan yangilik, ochig’i o’shanda yigitlar hazil videosi tufayli bir mahalla oqsoqoli arizasi bilan…»
Editum Oct 15
Brbalo productiondagi yigitlar bo’yicha xech narsa yozmagandim. Bugun xabar chiqdi, ularni qo’yib yuborishibdi (15 sutkaga qamoqga olingan edi). Bu umid beradigan yangilik, ochig’i o’shanda yigitlar hazil videosi tufayli bir mahalla oqsoqoli arizasi bilan qamalganini eshitib nahot biz yana ortga qarab ketayapmiz deb o’ylanib qolgandim. Bu nima degani, gap shundaki, ijod erkinligi ta’minlanishi kerak. Agarda bu ijod jamiyatga yomon ta’sir qilsa o’sha jamiyat a’zolari o’zlari unga hukm chiqarishsin(kontentini ko’rmay, tanqidiy izoh yozib) Lekin ularni olib borib qamash bu so’z erkinligiga putr yetkazadi. Shunday ekan kontentingizni o’zingiz tanlang, yoqmasa asosli tanqid qiling. So’ksangiz ham mayli, lekin qamamang)) Kanalga ulanish👇 @teacherazam
Editum Oct 15
🎙️NQE podkastining navbatdagi mehmon Teacher Azam 💥Davlat propagandasi, filmlar, mol boqqani va sevimli o’yinchog’i haqida 🎞https://youtu.be/1OsyMHDcyWk 🔥Hozirgina tandirdan uzilgan issiqqina podcastni issig’ida tomosha qilgan ma’qul! 👇 Kanalga ulanish 👇 📱@teacherazam