TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Powrót do kanałów
Ta'lim.uz | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT CHAT

Ta'lim.uz | Rasmiy kanal

@TALIMUZ

Education

🎓@TalimUz – Yangi loyiha! Yangi brend! O'zbekiston va jahon ta'lim sferasida bo'layotgan eng dolzarb rasmiy yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun bizni kuzatishda davom eting! Hamkorlik (reklama): @Talimuz_murojaatbot

Subskrybenci15.6万Obecni subskrybenci kanału
Śledzone posty912Liczba indeksowanych postów
Niedawny zasięg728,100Suma ostatnich wyświetleń
Ostatnie posty

Ostatnie posty

Strona 36 z 76 · 912 postów

Opublikowano 29 kwi

⚡️Rasman: Shu yildan boshlab pedagog yo‘nalishlarga sirtqi taʼlim shakli yopiladi Prezidentning “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi. Unga koʻra: 2025-2026-oʻquv yilidan boshlab: ➖ pedagog kadrlarni tayyorlash faqat kunduzgi va kechki taʼlim shakli boʻyicha tashkil etilib, sirtqi taʼlim shakliga qabul amalga oshirilmaydi; ➖oliy pedagogik taʼlim yoʻnalishida nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi xulosasi asosida amalga oshiriladi. 🤖Talababop – Talabalar uchun! 📊DTMStat – Abituriyentlar uchun! ✅@talimuz

53,100 views

Opublikowano 26 kwi

⚡️5 yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun qabul kvotalari (to‘lov-kontrakt asosida) TAQSIMOTI Kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun ajratilgan to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti ✅Jami: 500 ta qo‘shimcha kvota ❗️Diqqat! Ushbu kvota tegishli tavsiyanomaga ega bo‘lgan, biroq kirish imtihonlari yakunlariga ko‘ra umumiy tanlovda talabalikka tavsiya etilmagan xotin-qizlarga birinchi oliy ta’lim muassasasi uchun amal qiladi. Ma'lumki, bunday tavsiyanomalarga qabul may oyi oxiridan boshlanadi. Mahallalar orqali kerakli toifaga tushadigan cheklanmagan xotin-qizlar tavsiyanoma ololadi, lekin grant cheklangan — 2 mingta. Tavsiyanoma kimlarga beriladi? ➖ Kam ta’minlangan oila farzandi bo'lgan qizlarga; ➖ Ota-onasidan biri yoki ikkalasi ham vafot etgan oila qizlariga; ➖ Nogiron farzandi bo‘lgan, ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga; ➖ 14 yoshgacha bo‘lgan 2 va undan ortiq bola o‘stirayotgan yolg‘iz ayollarning qiz farzandlariga; ➖ Ota-onasining nogironligi bo‘lgan qizlarga; ➖ Farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan onalarga. 🤖Talababop – Talabalar uchun! 📊DTMStat – Abituriyentlar uchun! ✅@talimuz

64,700 views

Opublikowano 25 kwi

Rasman: 1-maydan xotin-qizlarga tavsiyanoma beriladi ◾️Qonunchilikka ko‘ra, 5 yil mehnat stajiga ega, lekin oliy ma’lumoti yo'q xotin-qizla rdavlat OTMlariga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi. Buning uchun Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining tavsiyanomasi kerak. Tavsiyanoma uchun quyidagi manzilga kiriladi: 1️⃣https://xotin-qizlar.uz/ 2️⃣ Doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha yashash joyidagi tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlari Qanday hujjatlar kerak? Bunda staj boʻyicha my.mehnat.uz YMMT da hamda oʻrta maxsus diplomini diplom.edu.uz sayti orqali tekshirtirib olishi kerak. ❕ Eslatma: tavsiyanoma olganlar ham kirish imtihonida qatnashadi, faqat ular alohida 500 ta kvota uchun kurashadi. 🤖Talababop – Talabalar uchun! 📊DTMStat – Abituriyentlar uchun! ✅@talimuz

66,900 views

Opublikowano 23 kwi

❗️Toshkentdagi barcha davlat tibbiyot oliygohlari tugatilib, yangi nom ostida birlashmoqda! Prezident qaroriga ko’ra: ➖ Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va Toshkent davlat stomatologiya instituti negizida Toshkent davlat tibbiyot universiteti tashkil etiladi; ➖ Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali Urganch davlat tibbiyot instituti etib qayta tashkil etiladi; ➖ Toshkent tibbiyot akademiyasining markaziy ilmiy-tekshirish laboratoriyasi negizida Tibbiyot ilmiy-innovatsion tadqiqot instituti faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. ❓Hozir o’qiyotgan talabalar nima qiladi? ✅JAVOB: 2025/2026-o‘quv yilidan Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va Toshkent davlat stomatologiya institutida tahsil olayotgan barcha talabalar o‘qishini Universitetda davom ettiradi. Joriy yilda bitiruvchi kurs talabalariga esa Universitet diplomi beriladi (akademiya yoki institut diplomi emas). ➖ Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi va Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi Toshkent davlat tibbiyot universiteti klinikalari etib qayta nomlanadi; ➖ Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz va Chirchiq filiallari Toshkent davlat tibbiyot universitetining Termiz va Chirchiq filiallari etib qayta nomlanadi. 🤖Talababop – Talabalar uchun! 📊DTMStat – Abituriyentlar uchun! ✅@talimuz

51,600 views

Opublikowano 23 kwi

❗️Oʻzbek tili — barcha bitiruvchilar uchun majburiy fanga aylandi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining buyrugʻiga asosan, umumiy oʻrta taʼlim muassasalari bitiruvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi toʻgʻrisidagi nizomga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Yangi tartibga muvofiq, taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan sinflarning bitiruvchilari ham oʻzbek tili fanidan yakuniy davlat attestatsiyasi (imtihon) topshirishi majburiy hisoblanadi. 🤖Talababop – Talabalar uchun! 📊DTMStat – Abituriyentlar uchun! ✅@talimuz

47,200 views

Opublikowano 19 kwi

⚡️Bitiruvchi sinflar uchun yakuniy davlat attestatsiyasi sanalari tasdiqlandi Umumtaʼlim maktablarining 11-sinf oʻquvchilari quyidagi sanalarda koʻrsatilgan fanlardan imtihon topshiradilar: ➖Ona tili va adabiyot 28-may, 2025 (yozma shaklda) 180 daqiqa ➖Davlat tili (taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan sinflar uchun) 28-may, 2025 (yozma shaklda) 150 daqiqa ➖ Matematika (Asosiy) 31-may, 2025 (yozma shaklda) 180 daqiqa ➖ Matematika (Chuqurlashtirilgan) 31-may, 2025 (yozma shaklda) 240 daqiqa ➖O‘zbekiston tarixi 4-iyun, 2025 (yozma shaklda) 180 daqiqa ➖ Tanlov fanlari 7–10-iyun, 2025 (yozma yoki yozma va ogʻzaki shaklda) Imtihon davomiyligi tanlangan fanga qarab belgilanadi. 🤖Talababop – Talabalar uchun! 📊DTMStat – Abituriyentlar uchun! ✅@talimuz

67,900 views

Opublikowano 19 kwi

📹Buxoroda xalqaro ta'lim konferensiyasi o'tkazildi Buxoro shahrida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Osiyo xalqaro universiteti bilan hamkorlikda xalqaro ta'lim masalalariga bag'ishlangan seminar o'tkazdi. Unda “Study in Uzbekistan” tizimi taqdimot qilindi va mamlakatimizning 200 ga yaqin oliy taʼlim muassasalarining xalqaro aloqalar boʻyicha prorektorlari, boʻlim rahbarlari, tegishli vazirlik va idoralar vakillari hamda xorijiy talabalarga xizmat koʻrsatish sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar ishtirok etdi. Seminar mavzusi xorijiy talabalarni Oʻzbekistonda taʼlim olishga jalb etish, milliy taʼlim eksport salohiyatini oshirish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratildi. ✅@talimuz

50,700 views

Opublikowano 19 kwi

⚡️Chet tili bo'yicha milliy va xalqaro sertifikatlarni qanday tekshirish mumkin? 1⃣. IELTS sertifikatini tekshirish https://ielts.ucles.org.uk/ielts-trf/ sayti orqali amalga oshiriladi. (Faqat vakolatga ega bo'lgan rasmiy tashkilotlar tekshira oladi.) Agar IDP dan olingan bo'lsa https://ielts.idp.com/results/check-your-result sayti orqali tekshirish mumkin. 2⃣. Milliy sertifikat (Multi-level) ni Bilimni baholash agentligining https://sertifikat.uzbmb.uz sayti orqali tekshirishingiz mumkin boʼladi. Yoki sertifikat ostidagi QR kodi skaner qilinadi. Agar app.uzbmb.uz yoki app.dtm.uz saytlaridan yuklansa sertifikat haqiqiy hisoblanadi. 3⃣. APTIS sertifikatini tekshirish ikki yoʼlda amalga oshiriladi: a) British council ning [email protected] elektron manziliga sertifikat egasining ism familiyasi, sertifikat olingan sana va maxsus kod koʼrsatilgan rasmiy xat yoʼllagan holda; b) APTIS sertifikatlari ASSESSMENT CENTER tomonidan berilgan boʼlsa u holda https://certificate.assessment.uz/ sayti orqali amalga oshirilishi mumkin. 4⃣. LINGUASKILL sertifikatini tekshirishdan oldin muhim narsani bilish kerak. Eng avvalo, O'zbekiston hududida tan olingan imtihon markazlar tomonidan olingan bo'lishi kerak. UZ050, UZ026, UZ004, UZ059 kod bilan ro'yxatdan o'tgan tashkilotlarning natijalari ishonchli hisoblanib, ularni tekshirish uchun https://results.linguaskill.com/results-check saytiga sertifikatdagi tegishli maʼlumotlarni kiritib, haqiqiy ekanligini tekshirsangiz boʼladi. Ayrim o'quv markazlar, yoki onlayn servislar tomonidan olingan sertifikatlar ham ushbu saytda haqiqiy sifatida ko'rsatilishi mumkin, lekin ularning aynan qanday olinganini tekshirish imkoni yo'qligi uchun yuqoridagi 3ta tashkilotdan boshqasini natijalarini haqiqiy deb bo'lmaydi. 5⃣. TOEFL IBT sertifikatini tekshirish uchun https://www.ets.org/toefl/score-users/scores-admissions/become sayti orqali amalga oshiriladi. (Rasmiy tashkilotni ro'yxatdan o'tkazib, rasmiy so'rov yuborish kerak.) 6⃣. TOEFL ITP sertifikatini tekshirish uchun [email protected] elektron manziliga sertifikat nusxalarini yuborish orqali tekshirishingiz mumkin. 7⃣. TESOL, TEFL - Ushbu sertifikatlarni beruvchi tashkilotlar juda ham ko'p. Hammasini ham tekshirish imkoni yo'q. Bu sertifikatlar bo'yicha vazirlikning 1006 call markaziga bog'lanib aniqlashtirgan ma'qul. 8⃣. iTEP - Ushbu turdagi sertifikatlarni https://www.iteptest.com/test_mod/verify/test_verification.php saytidan tekshirishingiz mumkin. Shuningdek, soxta sertifikatlar, sertifikatning o'zidagi xatolar, shriftlarning birini ikkinchisidan farqlanishi kabi mayda detallar va QR kodni soxta saytlarga yo'nalgan bo'lishi bilan aniqlanishi ham mumkin. 🤖Talababop – Talabalar uchun! 📊DTMStat – Abituriyentlar uchun! ✅@talimuz

49,900 views

Opublikowano 16 kwi

⚡️Kirish imtihonigachamilliy sertifikat olish istagida bo‘lganlar uchun so‘nggi imkoniyat: 6 ta fan bo‘yicha ro‘yxatga olish boshlandi 14-aprel kuni kimyo, fizika, tarix, biologiya, matematika va geografiya fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi. 📑Ro‘yxatga olish 20-aprelga qadar davom etadi. To‘lovlar esa 21-aprelgacha amalga oshirilishi mumkin. ✍️ Ushbu fanlar bo‘yicha test sinovlari 3-4-may kunlari o‘tkaziladi. 📱 Milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) orqali amalga oshiriladi. 🤖Talababop – Talabalar uchun! 📊DTMStat – Abituriyentlar uchun! ✅@talimuz

61,400 views

Opublikowano 8 kwi

Sergelidagi xususiy maktab o‘quvchisi kaltaklangani aytilmoqda. Shifokorlar o‘quvchiga bosh miya jarohati tashxisini qo‘ygan O‘g‘lim Abdullohni Sergelidagi “Mudarris” maktabiga o‘qishga bergandim. 7-sinfda o‘qiydi. Uning shaxmat ustozi bor ekan, tadbir bo‘layotgan paytda u o‘g‘limni urgan. Farzandim tadbir paytida sinfdoshi ukasining mazasi qochib qolganini aytmoqchi bo‘lib, uning oldiga borganida o‘qituvchi dastlab bolamning boshiga urgan. Keyin voqea joyida kamera borligi uchun uni kamerasiz xonaga olib o‘tib kaltaklagan. O‘g‘lim o‘qituvchisining kaltaklashi oqibatida yopiq bosh miya ichki jarohatini olgan. Xususiy klinikada ham tekshirtirdim, aynan shunaqa jarohat chiqyapti, deydi voqea haqida gapirgan Sherali Mahmudov. Murojaatchining aytishicha, u kecha, 7-aprel kuni farzandini Chilonzor tumanidagi respublika Shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markaziga ham olib borgan. 🤖Talababop – Talabalar uchun! 📊DTMStat – Abituriyentlar uchun! ✅@talimuz

67,800 views

Opublikowano 6 kwi

❗️Qabul-2025 boshlanishiga 2 oy qoldi! Ma'lumki, o'tgan yilidan boshlab davlat OTMlariga hujjat topshirish 2 bosqichda amalga oshirilyapti. 1️⃣-bosqich: O'tgan yili 5-iyundan 25-iyunga qadar(shu kuni ham) amalga oshirilgan. Amaldagi tartib bo'yicha bu yil ham shu sanada qabul boshlanishi kerak. Bu degani: abituriyentlar atigi 2 oydan keyin hujjat topshirishadi. Avval hamma OTMga kirish uchun imtihon topshiradigan fanlarini tanlaydi. Kirish imtihonlari tugagach, 2-bosqich uchun hujjat topshirishadi. 2️⃣-bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydilar.  Kollej va texnikumlarda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar kollej va (yoki) texnikumni, kasb va mutaxassislikni hamda ta’lim shaklini OTMlariga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng 10 kun muddatda tanlaydi. 🤖Talababop – Talabalar uchun! 📊DTMStat – Abituriyentlar uchun! ✅@talimuz

74,800 views

Opublikowano 5 kwi

🇺🇿 🇩🇪O‘zbekistondagi OTM va kollejlar diplomlari Germaniyada tan olinishi kutilmoqda Kecha Germaniyalik mutaxassislar bilan O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari va kollejlarini Germaniya Ta’lim vazirligining ANABIN axborot bazasiga kiritish masalasi ko‘rib chiqildi. ANABIN — Germaniya Ta’lim va tadqiqot vazirligining xorijiy diplomlar va ta’lim muassasalarini tan olish bo‘yicha rasmiy axborot tizimi hisoblanadi. Agar ANABIN tizimiga ulansak, o‘zbekistonliklar Germaniyada yana ham osonroq ishga joylashishi mumkin. 🤖Talababop – Talabalar uchun! 📊DTMStat – Abituriyentlar uchun! ✅@talimuz

72,100 views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••3435363738•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••7576