TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Powrót do kanałów
Ta'lim.uz | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT CHAT

Ta'lim.uz | Rasmiy kanal

@TALIMUZ

Education

🎓@TalimUz – Yangi loyiha! Yangi brend! O'zbekiston va jahon ta'lim sferasida bo'layotgan eng dolzarb rasmiy yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun bizni kuzatishda davom eting! Hamkorlik (reklama): @Talimuz_murojaatbot

Subskrybenci15.6万Obecni subskrybenci kanału
Śledzone posty912Liczba indeksowanych postów
Niedawny zasięg600,600Suma ostatnich wyświetleń
Ostatnie posty

Ostatnie posty

Strona 38 z 76 · 912 postów

Opublikowano 8 mar

⚡️Xalqaro jurnallarda maqola yozib, dissertatsiya yozmasdan falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish mumkin! ✅ Muhim ilmiy yangiliklar olgan va impakt-faktori tegishli darajada yuqori va xalqaro tizimga kirgan ilmiy jurnallarda kamida 6 ta (ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha 4 ta) ilmiy maqola chop ettirgan mutaxassisga, eksperiment tariqasida, falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi berish mumkin. Asos:Ilmiy darajalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ✅@talimuz

49,700 views

Opublikowano 8 mar

❗️Barcha ko'rishi shart bo'lgan TOP-10 film! Bular qaysi filmlar? Mazkur filmlar nima haqida? Nega ularni koʻrishimiz kerak? Videoda ushbu savollarga javob topasiz! Filmlar roʻyxati: 🔟-oʻrin. Interstellar 9️⃣-oʻrin. Neft 8️⃣-oʻrin. E'tibor markazida 7️⃣-oʻrin. Shoushenkdan qochish 6️⃣-oʻrin. Bryuggeda 5️⃣-oʻrin. Forrest Gamp 4️⃣-oʻrin. Cho'qintirgan ota 3️⃣-oʻrin. O'zgalar hayoti 2️⃣-oʻrin. Jinoiy cho'pchak 1️⃣-oʻrin. Shindler ro'yxati O'zingizga kerakli filmni ustiga bosing va videoni yuklab olib tomosha qiling! ✅@talimuz

55,200 views

Opublikowano 8 mar

💐 Aziz opa-singillar, ustoz va talaba qizlar! 🇺🇿@TALIMUZ jamoasi barchangizni 8 mart — “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami bilan samimiy muborakbod etadi. Yuzingizdan tabassum, labingizdan kulgu, qalbingizdan ezgulik, xonadoningizdan fayzu-baraka hech qachon arimasin. Umringiz uzoq, istiqbolingiz ziyoda bo‘lsin! ✅️@talimuz

48,500 views

Opublikowano 7 mar

⚡️Qadrli til ixlosmandlari, “Ibrat farzandlari” loyihasi doirasidagi barcha darslar havolalarini bir e’londa jamladik! 🇬🇧Ingliz tilini 0 dan oʻrganish 🇷🇺Rus tilini 0 dan oʻrganish 🇺🇿Oʻzbek tilini 0 dan oʻrganish 🇺🇿Oʻzbek tilini 0 dan oʻrganish (ingliz) 🇹🇷Turk tilini 0 dan oʻrganish 🇩🇪Nemis tilini 0 dan oʻrganish 🇩🇪Nemis tilidan intensiv darslar 🇪🇸Ispan tilini 0 dan oʻrganish 🇮🇹Italyan tilini 0 dan oʻrganish 🇫🇷Fransuz tilini 0 dan oʻrganish 🇨🇳Xitoy tilini 0 dan oʻrganish 🇯🇵Yapon tilini 0 dan oʻrganish 🇹🇷Turk tili so'zlashuv 🇰🇷Koreys tilini 0 dan oʻrganish 🇸🇦Arab tilini 0 dan oʻrganish 🇮🇳Hindiy tilini 0 dan oʻrganish 🇬🇧Ingliz tili so'zlashuv Marhamat, zavq bilan chet tillarini bepul o’rganing ✅@talimuz

48,500 views

Opublikowano 7 mar

⚡️Abituriyentlar uchun 1 haftalik bepul ta'lim! Sizni Geniuz onlayn maktabining DTM imtihonlariga tayyorgarlik uchun mo’ljallangan bepul sinov darslari haftaligiga taklif qilamiz! 📚Matematika, fizika, o‘zbek va rus tillari bo‘yicha asosiy mavzularni tushuntiramiz. 💻Barcha darslar onlayn formatda – endi sizda hatto telefon orqali ham puxta va sifatli bilim olish imkoniyati bor! 👉HOZIROQ O'QISHNI BOSHLASH Havola orqali o‘ting va hoziroq o‘qishni boshlang!👇 https://t.me/Geniuzdtm_bot?start=dl-17411986731bd9ef5e49f1

39,500 views

Opublikowano 7 mar

❗️Kirish imtihonlarida savol tushadigan TOP-10 ehtimoliy badiiy asarlar ro'yxati Oliy ta'lim muassasalariga ona tili va adabiyot fanidan asosiy yoʻnalishda imtihon topshiradigan talabalarga Bilim va malakani baholash agentligi tomonidan tasdiqlangan 10 ta badiiy asrlardan ham savollar tushishi aytib oʻtilgan. Kitoblar ro'yxati quyidagicha: 1. Abdulla Qodiriy "O‘tgan kunlar" 2. Abdulla Qodiriy "Mehrobdan chayon" 3. Oʻtkir Hoshimov "Ikki eshik orasi" 4. Oʻtkir Hoshimov "Nur borki soya bor" 5. Mirmuhsin "Me’mor" 6. Choʻlpon "Kecha va kunduz" 7. Abdurauf Fitrat "Abdulfayzxon" 8. Abdulla Oripov "Sohibqiron" 9. Oʻtkir Hoshimov "Urushning so‘nggi qurboni" 10. Abdulla Qahhor hikoyalari (barchasi) Abituriyentlarga yuborib qo'ying! ✅@talimuz

41,200 views

Opublikowano 5 mar

⚡️Maktablarda bahorgi ta’til 21-martdan boshlanib, 28-martgacha davom etadi! 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 26-bandiga muvofiq, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida bahorgi ta’til 21-mart sanasidan boshlanib, 7 kalendar kun davom etishi belgilangan. Demak, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 20-mart (payshanba) III chorakning so‘nggi o‘qish kuni bo‘lib, IV chorak 28-mart (juma) kunidan boshlanadi. ✅@talimuz

53,800 views

Opublikowano 5 mar

⚡️Rasman:Talababop boti ishga tushirildi! ❌Bunaqasi bo'lmagan!Talabalar uchun kerakli BARCHA XIZMATLAR endi Talababop botda: 📱Hemis platformasi 💻Prezentatsiya (referat) tayyorlash 📚Barcha fandan elektron kitoblar 🖤Chet tillaridan bepul kurslar Qulay xizmatlar: 😀O'qishni ko'chirishga ariza berish 😀To'lov kontrakt shartnomasini olish 🏦Ta'lim kreditiga ariza berish 😊IELTS imtixoniga ro'yxatdan o'tish Foydali funksiyalar: ✍️PDF faylni WORD faylga aylantirish ✍️WORD faylni PDF faylga aylantirish 🖼️Rasmlardan PDF fayl tayyorlash Va boshqa ko'plab funksiyalar bitta botda! 👉@TALABABOP_ROBOT 👉@TALABABOP_ROBOT Botni yo'qotib qo'ymang! Kursdoshlarga tarqatib qo'ying!

44,800 views

Opublikowano 4 mar

⚡️Bitiruvchi sinflarning yakuniy attestatsiya imtihonlari 26-maydan boshlanadi! 9- va 11-sinflar uchun yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari 2025-yil 26-maydan 15-iyungacha oʻtkaziladi (Jismoniy tarbiya va kasbiy taʼlim fani bundan mustasno). Chet tili fanlari hamda umumtaʼlim fanini bilish darajasi toʻgʻrisida davlat namunasidagi sertifikati boʻlgan oʻquvchilar imtihondan ozod qilinadi. Tegishli fanlar boʻyicha, yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkazilishi belgilangan kundan bir kun oldin, qurʼa tashlash yoʻli bilan (yozma shaklda oʻtkaziladigan fanlar boʻyicha) shakllantirilgan variantlar orasidan 2 ta variant tanlanadi. Tanlangan 2 ta imtihon variantlari vazirlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi va ushbu variantlar asosida respublika boʻyicha barcha bitiruvchilar yakuniy davlat attestatsiyasini topshiradi. ✅@talimuz

54,300 views

Opublikowano 2 mar

Attestatsiyada ishtirok etish uchun murojaat yuborgan pedagoglar diqqatiga! ✅ Attestatsiya jarayonlari uchun to‘lovlarni 2025-yilning 10-martiga qadar amalga oshirishingiz mumkin. ➖ Joriy yilning yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan attestatsiyada navbatdan tashqari(o‘z ixtiyori bilan) ishtirok etish uchun ariza yuborgan pedagoglar tomonidan to‘lov qilishga ulgurmay qolish holatlari bo‘lgan va bu bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga murojaat qilishgan. ❗️O‘qituvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularga qulaylik yaratish maqsadida pedagoglar attestatsiyasida ishtirok etish uchun to‘lovni amalga oshirish muddati joriy yilning 10-martiga qadar uzaytirilganligini ma’lum qilamiz. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ✅@talimuz

54,400 views

Opublikowano 2 mar

📹 Eksternat tartibidagi imtihonlar uchun video-yo‘riqnoma tayyorlandi! Mazkur yo‘riqnoma orqali siz eksternat tartibidagi imtihonlar borasidagi barcha savollaringizga javob olishingiz mumkin. ✅@talimuz

45,000 views

Opublikowano 1 mar

⚡️Fanlar majmuasi-2025 2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi Eslatma: 2025/2026-o‘quv yili qabul parametrlari tasdiqlanganda yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari uchun fan majmualari qo‘shimcha tasdiqlanadi. Shuningdek, taʼlim yoʻnalishlarini optimallashtirish natijasiga koʻra yoʻnalishlar nomi oʻzgarganda yoki yangi yoʻnalishlar tashkil etilganda mos ravishda tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin. ✅@talimuz

65,700 views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••353637383940•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••7576