TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Powrót do kanałów
Ta'lim.uz | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT CHAT

Ta'lim.uz | Rasmiy kanal

@TALIMUZ

Education

🎓@TalimUz – Yangi loyiha! Yangi brend! O'zbekiston va jahon ta'lim sferasida bo'layotgan eng dolzarb rasmiy yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun bizni kuzatishda davom eting! Hamkorlik (reklama): @Talimuz_murojaatbot

Subskrybenci15.6万Obecni subskrybenci kanału
Śledzone posty912Liczba indeksowanych postów
Niedawny zasięg607,800Suma ostatnich wyświetleń
Ostatnie posty

Ostatnie posty

Strona 39 z 76 · 912 postów

Opublikowano 28 lut

📉2024-yilgi o'tish ballari juda past bo'lgan. 2025-yilda qanday bo'larkin? 2024/2025-oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarida hududlar kesimida o‘rtacha ballar ko‘rsatkichi bilan tanishing: 1. Buxoro viloyati — 75,9 ball 2. Toshkent shahri — 74,6 ball 3. Farg‘ona viloyati — 69,9 ball 4. Namangan viloyati — 68 ball 5. Xorazm viloyati — 68 ball 6. Navoiy viloyati — 67,2 ball 7. Samarqand viloyati — 67 ball 8. Qashqadaryo viloyati — 65,9 ball 9. Jizzax viloyati — 65,5 ball 10. Surxondaryo viloyati — 64,7 ball 11. Toshkent viloyati — 64 ball 12. Andijon viloyati — 63,5 ball 13. Qoraqalpog‘iston — 63,3 ball 14. Sirdaryo viloyati — 62,8 ball Bu o'rtacha ballardan ma'lumki, abituriyentlar juda past ball to'plashgan. #Qabul2025#abituriyent ✅@talimuz

48,600 views

Opublikowano 28 lut

RAMAZON TAQVIMI-2025 (Toshkent vaqti bilan) 📕 «Ey, iymon keltirganlar! Sizlardan avvalgilarga farz qilinganidek, sizlarga ham ro‘za farz qilindi. Shoyadki, taqvodor bo‘lsangiz.» (Baqara surasi, 183-oyat). 🤲 SAHARLIK DUOSI Navaytu an asuma sovma shahri ramazona minal fajri ilal mag‘ribi, xolisan lillahi ta’ala. Allohu akbar. Ramazon oyining ro‘zasini xolis Alloh uchun subhdan to kun botguncha tutmoqni niyat qildim. Alloh buyukdir. 🤲 IFTORLIK DUOSI Allohumma laka sumtu va bika amantu va a’layka tavakkaltu va a’la rizqika aftortu, fag‘firliy ya G‘offaru ma qoddamtu va ma axxortu. Allohim, ushbu ro‘zamni Sen uchun tutdim va Senga iymon keltirdim va Senga tavakkal qildim va bergan rizqing bilan iftor qildim. Yo gunohlarni kechiruvchi Zot, mening avvalgi va keyingi gunohlarimni mag‘firat qilgin. Manba: O’zbekiston musulmonlari idorasi ✅@talimuz

56,400 views

Opublikowano 22 lut

⚡️Milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi 2025-yil 25–26-yanvar kunlari o‘tkazilgan kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi. Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin. 📑 Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi: 🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja; 🔹 65 - 69,9 ball — A daraja; 🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja; 🔹 55 - 59,9 ball — B daraja; 🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja; 🔹 46 - 49,9 ball — C daraja. ✅ Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi: 🔸 A+, A darajali sertifikat uchun— tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball; 🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball. ❗️Shuningdek, akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikatga ega o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi. ✅@talimuz

69,100 views

Opublikowano 21 lut

Har bir inson ko'rishi kerak bo'lgan daxshatli video Loqaydlik, bir-birini himoya qilmaslik, birlashmaslik, o'z huquqlarini poymol etilishiga yo'l qo'yib berish qanday oqibatlarga ilib kelishi talabalar misolida juda yaxshi tushuntirib berilibdi. Afsuski bungungi jamiyatimiz hamma shunday. Yaqinlarga yuborib qo'ying! ✅@talimuz

75,000 views

Opublikowano 21 lut

❓Oliygohga kirish imtihonlarini maksimal natija bilan topshirmoqchimisiz? Geniuz onlayn-kurslar jamoasi Telegram’da ilova yaratdi, bu sizga imtihonga samarali tayyorgarlik ko‘rishga yordam beradi! 👉BOTNI ISHGA TUSHIRISH Ilovaning imkoniyatlari: ✅Matematika, fizika va rus tili bo‘yicha testlarni yeching — qo‘shimcha ilovalarni yuklab olish shart emas! ✅ Natijalarni darhol bilib oling va xatolarni tahlil qilib, bilimlaringizni mustahkamlang. ✅Do‘stlaringiz bilan raqobatlashish — ularni botga taklif qiling, ularning progressini kuzatib boring va bir-biringizni qo‘llab-quvvatlang! ✅ Botdan aktiv foydalanish orqali kristallar to‘plang va ularni ajoyib sovg‘alarga almashtiring! ✅ Kirish imtihonlariga tayyorlanish uchun o'zingizga qulay vaqtda va joyda, shunchaki telefoningizdan foydalaning. ❌Foydalanish mutlaqo bepul — Hoziroq tayyorlanishni boshlang! 🔗BOTNI ISHGA TUSHIRISH

47,700 views

Opublikowano 20 lut

Qashqadaryoda o‘quvchi o‘qituvchiga hamla qildi Chiroqchi tumanidagi maktabda o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Rasmiylar holatni o‘rganib, tegishli jazo tayinlanganini ma’lum qildi. ✅@talimuz

47,200 views

Opublikowano 20 lut

⚡️Talabalar kontrakt to‘lovining 35 foizi Yoshlar ittifoqi tomonidan to‘lab berilishimumkin “O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zosi bo‘lgan talabalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risida”gi nizomda oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalarning kontrakt to’lovining 35 foizi to’lab berilishi belgilangan. ❗️Unga ko’ra, to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar Ittifoqning oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkiloti faoliyatida faol qatnashgan taqdirda Ittifoq tomonidan moddiy qo‘llab-quvvatlanadi. Kimlarga moddiy yordam beriladi? ➖ bakalavriat va magistratura bosqichlarida to‘lov-kontrakt asosida kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarga; ➖ Davlat komissiyasining qarori asosida qo‘shimcha to‘lov-kontrakt asosida bakalavriat bosqichiga o‘qishga qabul qilingan talabalarga ikkinchi bosqichdan boshlab. 📃Shuningdek, talabalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash ular tomonidan shartnomada belgilangan to‘lov miqdorining 65 foizini belgilangan muddatlarda to‘lash sharti bilan amalga oshiriladi. ❌ Quyidagi holatlarda talabalarga moddiy yordam berilmaydi: ➖ikkinchi mutaxassislik, sirtqi va kechki ta’lim shaklida o’qiyotgan talabalarga; ➖ Harbiy xizmatni o‘tab, tavsiyanoma bilan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan va Ittifoq tomonidan moddiy yordam ko‘rsatilayotgan talabalarga. ✅@talimuz

43,100 views

Opublikowano 19 lut

​​❗️ERTAGA ONLAYN TEST BO'LADI! ➖Yakunda barchaga sertifikat beriladi! 📆 Payshanba, 20-fevral kuni @TALIMUZ hamda MANDAT.UZ platformasi tomonidan navbatdagi onlayn test tashkil etiladi. Kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko'rayotgan barcha maktab bitiruvchilari hamda abituriyentlar ishtirok etishi lozim! 📆Test vaqti: 20-fevral (09:00-23:59) 💳Ishtirok etish narxi:BEPUL 📲Ro‘yxatdan o‘tish shart Yo‘nalish tanlang va ro‘yxatdan o‘ting! 👉 Huquq + Ingliz tili 👉 Ingliz tili + Matematika 👉 Ingliz tili + Ona tili 👉 Kimyo + Biologiya 👉 Matematika + Ingliz tili 👉 Matematika + Ona tili 👉 Matematika + Fizika 👉 Ona tili + Ingliz tili 👉 Ona tili + Matematika 👉 Ona tili + Tarix 👉 Tarix + Geografiya 👉 Tarix + Ingliz tili 👉 Tarix + Ona tili 👉 Biologiya + Ona tili 👉 Biologiya + Kimyo 👉 Kimyo + Matematika 👉 Geografiya + Matematika 👨🏻‍💻Testga ro‘yxatdan o‘tish: 👉 Ro‘yxatdan o‘tish ✅@talimuz

42,300 views

Opublikowano 19 lut

Endilikda 10-11 sinf o‘quvchilari tadbirkorlarga biriktirilib, ularga oylik to‘lanadi 2025-yildan boshlab o‘quvchilar ularning iqtidori va qiziqishlariga mos kasb-hunarga yo‘naltiriladi. 2024/2025-o‘quv yili yakuniga qadar maktablar bitiruvchilari egallaydigan kasb-hunar bo‘yicha amaliy imtihondan o‘tkaziladi va ularga elektron sertifikat berish tartibi joriy etiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining maktab va tadbirkorlik subyektlarining o‘zaro hamkorlik qilish tartibini belgilash to'g'risidagi qarori imzolandi. ✅@talimuz

40,000 views

Opublikowano 19 lut

⚡️Eng nufuzli universitetlar ishtirokidagi xalqaro ta'lim ko'rgazmasiga taklif etamiz! 🎓 Dunyoning QS reytingidaTOP 300 talik nufuzli universitetlar o'zlarining grant va stipendiyalarini taqdim etadigan ko'rgazma 21-25 fevral kunlari Toshkent, Samarqand, Buxoro va Jizzax shaharlarida bo'lib o'tadi. ✅ Ko'rgazma doirasida bepul IELTS Mock testi, psixometrik (kasb va yo'nalish tanlash) testi kabi imkoniyatlardan ham foydalanishingiz mumkin. 📍 QACHON VA QAYERDA? 🫥 Toshkent: 21-22 fevral⏰ 14:00 - 18:00 | Radisson Blumehmonxonasi 🫥 Samarqand: 23-fevral⏰ 14:00 - 18:00 | Movenpick mehmonxonasi 🫥 Buxoro: 24-fevral ⏰ 14:00 dan 18:00 gacha | Wyndham mehmonxonasi 🫥 Jizzax: 25-fevral⏰ 13:00 dan 17:00 gacha | Yoshlar innovatsion markazi ❗️Kirish bepul.Shunchaki,ro'yxatdan o'ting! 💸 Hech qanday firma to`lovlarisiz xorijiy universitetlarga xujjat topshiring, hamda bepul ✈️avia chiptani qo’lga kiriting! ☎️ Batafsil ma'lumot uchun: +998 77 033 55 75 📨https://t.me/qstudy_uz 👍qstudyworld.com | Instagram | Facebook | Telegram

41,100 views

Opublikowano 18 lut

⚡️ Xalqaro fan olimpiadalarida gʻolib va sovrindor boʻlganlar uchun pul mukofoti miqdori 5 karra oshiriladi ➖ Dunyoning nufuzli “Top-100” oliygohlarida ilmiy daraja olgan 35 yoshgacha boʻlgan yosh olimlarga uy-joy uchun 10 yil muddatga 800 million soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi. ➖ Harbiy oliygohlarning namunali tinglovchilari uchun “Oliy bosh qoʻmondon” davlat stipendiyasi joriy etiladi. ➖ Yoshlarni ilmga qiziqtiruvchi media kontentlar, eng yaxshi intellektual shoular yaratishga Yoshlar agentligi tomonidan 100 million soʻmgacha grantlar ajratiladi. — Prezident ✅@talimuz

50,000 views

Opublikowano 16 lut

❗️Mana bizda ustozning hurmati! O'quvchining betarbiya onasi farzandiga tanbeh bergan (qattiq gapirgan) ustozdan norozi bo'lib darsni buzib kirib, uni zo'ravonlarcha urmoqda. Holat Sirdaryo tumani, 1-maktabda bo'lgani aytilmoqda. Videoni tarqataylik, mas'ullarga…

47,300 views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••3738394041•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••7576