TGINSIGHT CHAT
Ta'lim.uz | Rasmiy kanal
@TALIMUZ
Education🎓@TalimUz – Yangi loyiha! Yangi brend! O'zbekiston va jahon ta'lim sferasida bo'layotgan eng dolzarb rasmiy yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun bizni kuzatishda davom eting! Hamkorlik (reklama): @Talimuz_murojaatbot
Ostatnie posty
Strona 7 z 76 · 912 postów
Opublikowano 2 mar
Ilk marotaba o‘zbek tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlari tashkil etilmoqda Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar hamda chet el fuqarolari uchun o‘zbek tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlari tashkil etilmoqda. Imtihonlar A1, A2 va B1 darajalari bo‘yicha o‘tkaziladi hamda nomzodlarga o‘zbek tilini bilish darajasini belgilangan mezonlar asosida rasmiy tasdiqlash imkonini beradi. 📝 Ro‘yxatdan o‘tish jarayoni boshlandi va 15-martga qadar davom etadi. 📅 Imtihon sanasi: 18-mart ⏰ Vaqti: soat 10:00 Imtihonga ro‘yxatdan o‘tish uzpro.uzbmb.uz rasmiy platformasi orqali amalga oshiriladi. @talimuz
Opublikowano 2 mar
🎓QABUL-2026 BOSHLANDI Google, Microsoft, Amazon kompaniyalarida ishlash yoki o‘z startapingizni yaratishni orzu qilasizmi? Toshkent shahridagi INHA universiteti sizga sifatli ta’lim va yorqin kelajak sari yo‘l ochadi. Buyuk Britaniya 🇬🇧, Koreya 🇰🇷 va Italiya 🇮🇹 dasturlari ▫️ Pullik stajirovka dasturlari ▫️ Xalqaro talabalar almashinuvi ▫️ Xalqaro diplom ▫️ Xorijiy muloqot muhiti 🖱Ro‘yxatdan o‘tish boshlandi 🗂Qabul tartibi 📞 Murojaat uchun telefon: 71 289 99 94 @admissioniut@askinhabot
Opublikowano 24 lut
Nimaga oliygohda yurgan 100 foiz bola ishli bo‘lmaydi? Nimaga maktabda 11 yil o‘qigan bola bitta tilni o‘rganmaydi? Shavkat Mirziyoyev rektorlarni keskin tanqid qildi “Yana bir marta rektorlarni ogohlantiraman. To‘rt-besh yil o‘tirib, talabani ishli qilmagan rektorlar lavozimda o‘tirishga haqqi bormi, yo‘qmi, degan savol meni qiynaydi... Nimaga oliygohda yurgan 100 foiz bola ishli bo‘lmaydi? Nimaga maktabda 11 yil o‘qigan bola bitta tilni o‘rganmaydi? ” dedi davlat rahbari. @talimuz
Opublikowano 11 lut
⚡️Rasman: Fanlar majmuasi yangilandi Xullas, Siz tayyorlanayotgan yo'nalishga qaysi fanlardan test boʻlishni yuqoridagi jadval orqali bilib olasiz! 2026/2027-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi. Fanlar majmuasida 227 ta yo'nalish ro'yxati tasdiqlangan. ❗️Fanlar majmuasidagi asosiy o‘zgarishlar (2026/2027):👇 🔹Arxitektura — ikkinchi fan ona tili emas, kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘ldi. 🔹Xorijiy til va adabiyoti — aniq til nomlari o‘rniga “chet tili” fani kiritildi. 🔹Tarjima yo‘nalishi — yangi tillar qo‘shildi: dariy, fors, ispan, pushtu. 🔹San’at yo‘nalishlari — 2 ta fan ham kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lib qoldi. 🔹Muhandislik — yangi yo‘nalishlar ochildi, asosiy fanlar: matematika + fizika. ❗️Eslatma: fan nomi o‘zgarmagan bo‘lsa ham, imtihon turi o‘zgargan bo‘lishi mumkin. 📌Iqtisodiyot, tibbiyot, huquq — deyarli o‘zgarishsiz. ❗️♻️ Barcha abituriyentlarga tarqating! #Qabul2026#Abituriyent2026#abituriyent @talimuz
Opublikowano 7 lut
❗️Maktablar 12 yillik ta’limga o'tadi Prezident farmoniga ko‘ra, bir yillik maktabga tayyorlov guruhlarining ta’lim dasturi majburiy umumiy o‘rta ta’limning dastlabki bosqichi sifatida kiritildi. Bunda: 🔹bir yillik maktabga tayyorlov guruhlarining ta’lim dasturlari maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumiy o‘rta ta’lim maktablari va boshqa ijtimoiy soha obyektlarida to‘liq yoki qisqa muddatli guruhlarda amalga oshiriladi; 🔹maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi nodavlat ta’lim tashkilotlariga bir yillik maktabga tayyorlov guruhlarini tashkil etishga ruxsat beriladi; Kelgusi yildan, ya’ni 2027/2028 o‘quv yilidan boshlab: ➖ maktabga tayyorlov guruhlarida ta’lim jarayonlari oliy ma’lumotli pedagoglar, shuningdek, oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchi bosqich talabalari tomonidan olib boriladi; ➖ maktabga tayyorlov guruhlarida ta’lim-tarbiya olgan bolalarga bir yillik maktabga tayyorlovdan o‘tganlik to‘g‘risida davlat namunasidagi elektron sertifikat beriladi. @talimuz
Opublikowano 2 lut
❗️2025/2026-o’quv yili uchun Prezident va nomli davlat stipendiyalari g’oliblari e’lon qilindi Yuqoridagi jadvalda bakalavriat bosqichining Prezident stipendiyasiga sazovor bo’lgan 101 nafar talabasi ro’yxati keltirilgan. Ma’lumot uchun, tanlovda ishtirok etib, sovrindor bo‘lmagan talabalar ham tegishli OTT rahbari tomonidan quyidagicha rag‘batlantiriladi: 🔹 Prezident davlat stipendiyasi talabgorlarisertifikathamda bazaviy stipendiya miqdorining 3 baravari; 🔹 nomli davlat stipendiyalari talabgorlari esa, sertifikathamdabazaviy stipendiya miqdorining 2 baravari miqdoridagi bir martalik pul mablagʻi bilan mukofotlanadi. Eslatma: magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha Prezident stipendiyasi g‘oliblari vazirlik hay’atida tasdiqlangandan so‘ng e’lon qilinadi. @talimuz
Opublikowano 1 lut
❗️Kirish imtihonlarida savol tushadigan TOP-10 ehtimoliy badiiy asarlar ro'yxati Oliy ta'lim muassasalariga ona tili va adabiyot fanidan asosiy yoʻnalishda imtihon topshiradigan talabalarga Bilim va malakani baholash agentligi tomonidan tasdiqlangan 10 ta badiiy asrlardan ham savollar tushishi aytib oʻtilgan. Kitoblar ro'yxati quyidagicha: 1. Abdulla Qodiriy "O‘tgan kunlar" 2. Abdulla Qodiriy "Mehrobdan chayon" 3. Oʻtkir Hoshimov "Ikki eshik orasi" 4. Oʻtkir Hoshimov "Nur borki soya bor" 5. Mirmuhsin "Me’mor" 6. Choʻlpon "Kecha va kunduz" 7. Abdurauf Fitrat "Abdulfayzxon" 8. Abdulla Oripov "Sohibqiron" 9. Oʻtkir Hoshimov "Urushning so‘nggi qurboni" 10. Abdulla Qahhor hikoyalari (barchasi) Abituriyentlarga yuborib qo'ying! ✅@talimuz
Opublikowano 30 sty
UXLAMA, ABITURIYENT! Hoy abituriyent uxlama, Yengilmagin g'aflatga. Yaqin qoldi imtihon, Qolib ketma kulfatga. Ota-onang sen uchun, Ishlamoqda tinmayin. Uxlolmaydi tunlari, Dam neligin bilmayin. O'ylayapsan o'zingcha, "Yiqilsam ne bo'lardi, Baxtimga dadam borku Kontraktim to'lardi". Agar budjetga o'tsang Otang hafa bo'larmu? Yoki mushtipar onang Baxtsiz bo'lib qolarmu? Yigitlar hayolingiz, Olmoqda qizlar balki. Qalamqoshlar, zebolar Hoy-havasku shunchaki! Hoy, uzunsoch ishonma, Alpqomatning so'ziga. O'qishga o'tib ketsa, Ko'rinmaysan ko'ziga. Yaxshisi har biringiz, O'ylangiz imtixonni. Keyin topib olarsiz, Alpqomat-u, jononni!!! To'g'ri vaqtimiz ham, Oz qoldi o'zi juda. Shularni ham o'ylab SIZ, Vaqt o'tkazmang bexuda. Bilmingizga ishoning, To'ldiring kamingizni. Axir birov (sizni) o'ylamas, Bilmaydi g'amingizni. Mehnat qilgan albatta, Yetadi murodiga. Rahmatlar keltiradi, Avlod-u ajdodiga. Hali ko'o'o'p yozardimu, Dars tayyorlash kerakda. Shoirlik bir kasallik, Bo'sh vaqtda ermakda. Xullas har biringizga, OMAD tilab qolaman. Inshaalloh sizlarni, Poytaxtda kutvolaman! Abituriyentlarga ulashib qo'ying! ✅@talimuz
Opublikowano 30 sty
Umidvor ko'zlarni yig'latmang! Abituriyent va talabalarga tegishli video! Sekingina yuborib qo'ying! ✅@talimuz
Opublikowano 29 sty
#YANGI_QAROR ⚡Ayrim toifadagi talabalarning yotoqxona xarajatlari Davlat byudjetidan qoplab beriladi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori (28.01.2026 y. 32-son) bilan ayrim toifadagi talabalarning davlat oliy ta’lim tashkilotlari talabalar turar joylaridagi (TTJ) yashash xarajatlarini Davlat byudjeti hisobidan qoplab berish tartibi tasdiqlandi. Ushbu imtiyozdan "Ijtimoiy reestr"ga kiritilgan oilalarning kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan farzandlari foydalanishi mumkin. To‘lovlar talaba grant yoki kontrakt asosida o‘qishidan qat’i nazar amalga oshiriladi. Qarorga ko‘ra, talabalar TTJga ustuvorlik asosida, navbatsiz qabul qilinadi. Agar davlat yotoqxonasi bo‘lmasa, talabalar davlat-xususiy sheriklik asosida qurilgan turar joylarga joylashtirilishi mumkin. To‘lovlar har oyning 15-sanasiga qadar talabaning bank plastik kartasiga o‘tkazib beriladi. @TalimUz
Hashtags
Opublikowano 29 sty
O‘zbekistondan chiqmasdan Koreya diplomini olish mumkin! 🇰🇷 Bu xayol emas — bu rasmiy onlayn ta’lim. 📚 Ma’ruzalar yozib olingan va istalgan qulay vaqtda foydalanish imkoniyati bor 📝 Imtihonlar onlayn 🏠 Istalgan joydan o‘qish imkoniyati O‘qishni muammolarsiz ish bilan qo‘shib olib borasiz va yo‘lkira uchun ortiqcha xarajat qilmaysiz ⏰ O‘qish mart oyidan boshlanadi 📌Qabul 20-fevralgacha ✉️Qabul haqida batafsil ma’lumot olish uchun bizga yozing yoki qo‘ng‘iroq qiling. Telefon raqami: +998555020101 Telegram:@bucheon_admission Sayt: www.bucheon.uz
Opublikowano 29 sty
Siz tayyorlanayotgan yo'nalishga qaysi fanlardan test boʻladi ? Yuqoridagi rasmlar orqali batafsil maʼlumot olishingiz mumkin👆 ❗️♻️Barcha abituriyentlarga tarqating! P.S: 2026-yil uchun fanlar majmuasi hali beri tasdiqlangani yoʻq, rasmdagi maʼlumotlar 2025-yil uchun. Umid qilamizki, abituriyentlarni sarson qilishmaydi va katta oʻzgarish boʻlmaydi !!! #Qabul2026#Abituriyent2026#abituriyent @talimuz