TGINSIGHT CHAT
Ta'lim.uz | Rasmiy kanal
@TALIMUZ
Education🎓@TalimUz – Yangi loyiha! Yangi brend! O'zbekiston va jahon ta'lim sferasida bo'layotgan eng dolzarb rasmiy yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun bizni kuzatishda davom eting! Hamkorlik (reklama): @Talimuz_murojaatbot
Ostatnie posty
Strona 6 z 76 · 912 postów
Opublikowano 31 mar
⚡️“Yashil” texnikumlarda maxsus stipendiya ta'sis etiladi! 🏛Qarorga ko'ra, Universitet hamda “Yashil” texnikumlar ta'lim tizimining uzviyligini ta'minlash maqsadida 2026/2027-o'quv yilidan boshlab: 🗒 “yashil” texnikumlarda ta'lim jarayoni Universitet tomonidan ishlab chiqiladigan va Kasbiy ta'lim agentligi tasdiqlaydigan ta'lim dasturlari asosida tashkil etiladi; ✔️ “yashil” texnikumlarda majburiy va tanlov fanlari Universitet tomonidan belgilanadi; 📁 Universitetning 1-bosqichida o'qitiladigan mutaxassislik fanlari “yashil” texnikumlarning 2-bosqich o'quv dasturlariga maxsus kurs sifatida kiritiladi; ☑️ “yashil” texnikumlarni muvaffaqiyatli bitirgan ingliz tilidan B2 darajaga ega bo'lgan bitiruvchilarga Universitet tomonidan belgilangan ballar o'rtacha qiymatidan (GPA) kelib chiqib, bakalavriatning 2-bosqichidan o'qishni davom ettirishga ruxsat beriladi; 💸 “yashil” texnikumlarda Ekostipendiya ta'sis etiladi va har yili 10 nafargacha iqtidorli o'quvchilarga mehnatga haq to'lashning eng kam miqdoridan kam bo'lmagan miqdorda stipendiya to'lanadi. @talimuz
Opublikowano 31 mar
🚨 100 ta qabul. 50 tasi grant. Qaror bugun. 📩 Hujjat topshirish: 👉@tmuqabulbot Bir necha oy o‘tadi… 🎓 Kimdir grant asosida universitet talabasi bo‘ladi. 📱 Kimdir esa: “O‘sha payt topshirsam bo‘lardi…” deydi. ⚡ Farq faqat bitta qarorda. 👉 BUGUN qabul qilingan qaror. 🎓YO‘NALISHLAR 🔥 Management 🔥 Economics 🔥 English Language 🔥 IT 🔥 Yurisprudensiya 🎥 Grant shartlari va hujjat topshirish tartibi barchasi 1 ta videoda aniq tushuntirilgan. ⏱ Atigi 60 soniya. Ko‘ring. Tushuning. Va qaror qiling. 👉Instagram — Watch me 👉YouTube — Watch me ⏳ Faqat 100 ta o‘rin. 🎓 50 tasi — 100% grant. Grant o‘rinlari tez to‘lyapti. 👨👩👧 Ehtimol ota-onangiz ham sizning grant asosida talaba bo‘lishingizni kutayotgandir. 📩Hujjat topshirish: 👉@tmuqabulbot ❗Unutmang: Kelajak tasodif emas. Kelajak — BUGUN qilingan TANLOV. 🚀 Siz qaysi tomondasiz?
Opublikowano 30 mar
⚡️16 yoshida 1,2 million dollarlik grant Buxorolik Amirbek Baxshilloyev jahonning eng nufuzli “Stanford”, “Caltech” va “Brown” universitetlariga yadro muhandisligi yo‘nalishi bo‘yicha to‘liq grant asosida o‘qishga qabul qilindi. ✊16 yoshli tanishlarga yuboring qo'ying! @talimuz
Opublikowano 29 mar
⚡️Ushbu o'quv yilining eng oxirgi milliy sertifikat imtihonlari aprelda bo'lib o'tadi Fan nomi: Ona tili va adabiyoti (o'zbek, rus, qoraqalpoq tillari) Ro'yxatga olish: 3-aprelgacha To'lov qilish: 4-aprelgacha Test sinovlari: 25-26 aprel 👨🏻💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi. @talimuz
Opublikowano 29 mar
📌 Osiyo Xalqaro Universiteti – World EDU Expo 2026 xalqaro ta'lim ko'rgazmasida ishtirok etadi 🎉 ☝🏻10-11-aprel kunlari Samarqanddagi SOF Expo majmuasida ta'limga bag'ishlangan World EDU bo'lib o'tadi! 🎯 O'z orzuingdagi ta'lim dargohlarining rasmiy vakillari bilan bevosita muloqot qilish, ta’lim dasturlari, grantlar va qabul shartlari bilan tanishish imkoniyatini qo'ldan boy berma: • 50dan ortiq Xorijiy va Mahalliy Oliygohlar • konsalting firmalar • o'quv markazlari • professor va ekspertlar qatnashadi 📞Batafsil ma'lumot uchun: (55) 704 07 05, (88) 399 07 05
Opublikowano 24 mar
❗️Akademik litsey o‘quvchilariga qo‘shimcha yengillik va kafolatlar berilmoqda Adliya vazirligi O‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarida yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimcha va o‘zgartirishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 2011-5, 19.03.2026-y). ✅ Unga ko‘ra, yakuniy attestatsiya sinovlarida xorijiy tillar va umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy va xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan o‘quvchilar mazkur fanlardan davlat imtihonlarini topshirmaydi va ularga maksimal ball beriladi. ⏳ Yakuniy attestatsiya sinovlarini 3 yil mobaynida ham topshirmagan o‘quvchilarga davlat namunasidagi shahodatnoma olish uchun eksternat tartibida yakuniy attestatsiyani topshirish huquqi beriladi. 🗒 Yakuniy attestatsiya sinovlarida shikoyatlarni ko‘rib chiqish uchun apellyatsiya komissiyasi tuziladi hamda o‘quvchilar davlat imtihoni baholari e’lon qilingan kundan boshlab 3 ish kuni ichida apellyatsiya shikoyati berishi mumkin bo‘ladi. ⛔️ Shuningdek, apellyatsiya shikoyatini ko‘rishda o‘quvchilarning davlat imtihoni natijasida olgan ballarini pasaytirishga yo‘l qo‘yilmaydi. @talimuz
Opublikowano 14 mar
#Abituriyent2026#JavoblarVaraqasi ⚡️Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan 2026/2027-o‘quv yili qabuli kirish test sinovlarida abituriyentning bilimini baholash uchun javoblar varaqasi namunasi tasdiqlandi. 💾 Javoblar varaqasini yuklab olish 👉 Fanlar majmuasi bu yerda @talimuz
Opublikowano 10 mar
Farzandlar uchun berilgan eng katta sovg‘a – ular uchun ajratilgan vaqt va berilgan bilim! 📹 Turk ijodkorlari tomonidan ishlangan ushbu ijtimoiy rolikdan ko'plab xulosaga kelish mumkin... Yagona najot - bu ilm. Farzandlarimizga yorqin kelajakni faqatgina ularga berilgan sifatli ta'lim orqaligina kafolatlay olamiz! @talimuz
Opublikowano 10 mar
🚨 100 ta qabul. 50 tasi grant. Qaror bugun. 📩 Hujjat topshirish: 👉@tmuqabulbot Bir necha oy o‘tadi… 🎓 Kimdir grant asosida universitet talabasi bo‘ladi. 📱 Kimdir esa: “O‘sha payt topshirsam bo‘lardi…” deydi. ⚡ Farq faqat bitta qarorda. 👉 BUGUN qabul qilingan qaror. 🎓YO‘NALISHLAR 🔥 Management 🔥 Economics 🔥 English Language 🔥 IT 🔥 Yurisprudensiya 🎥 Grant shartlari va hujjat topshirish tartibi barchasi 1 ta videoda aniq tushuntirilgan. ⏱ Atigi 60 soniya. Ko‘ring. Tushuning. Va qaror qiling. 👉Instagram — Watch me 👉YouTube — Watch me ⏳ Faqat 100 ta o‘rin. 🎓 50 tasi — 100% grant. Grant o‘rinlari tez to‘lyapti. 👨👩👧 Ehtimol ota-onangiz ham sizning grant asosida talaba bo‘lishingizni kutayotgandir. 📩Hujjat topshirish: 👉@tmuqabulbot ❗Unutmang: Kelajak tasodif emas. Kelajak — BUGUN qilingan TANLOV. 🚀 Siz qaysi tomondasiz?
Opublikowano 6 mar
❗️DXX: Litsenziyachi oliy ta’lim vazirligi xodimi 100.000 dollar bilan ushlandi Vazirlikning Ta’lim tashkilotlarini litsenziyalash bo‘limi yetakchi mutaxassisi Qarshi shahridagi nodavlat OTMning Surxondaryo viloyatida filialini ochish bo‘yicha vazirlik tomonidan litsenziya berish masalasini qisqa muddatda ijobiy hal qilib berish evaziga universitet mansabdoridan 100 ming AQSh dollaritalab qilgan. U so‘ralgan pulni olgan vaqtida ushlandi. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. @talimuz
Opublikowano 4 mar
❗️Oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori yangi tahrirda tasdiqlandi Klassifikatorning yangi tahririga 13 ta yangi bakalavriat taʼlim yoʻnalishi va 15 ta yangi magistratura mutaxassisliklari kiritildi. Ular iqtisodiyotning eng tez rivojlanayotgan sohalarini qamrab oladi, jumladan: ➖ raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt; ➖ kiberxavfsizlik va axborot tizimlarini himoya qilish; ➖ muhandislik va yuqori texnologiyali ishlab chiqarish; ➖ zamonaviy iqtisodiyot va innovatsion boshqaruv; ➖ sogʻliqni saqlash va tibbiy texnologiyalar; ➖ ekologiya va barqaror rivojlanish; ➖ kelajak iqtisodiyotini shakllantiradigan boshqa istiqbolli yoʻnalishlar. @talimuz
Opublikowano 3 mar
⚡️Nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlari5-mart kuni o‘tkaziladi! Xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari 2026-yil 5-mart kuni o‘tkaziladi. Test sinovida ishtirok etishi belgilangan talabgorlar ro‘yxati, test topshiradigan fanlar va test topshirish hududi bilan ushbu PDF faylda tanishish mumkin. 🪪 Talabgorlar imtihon o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari lozim. 💻Izoh: Talabgorlar turli sabablarga ko‘ra test topshirish hududini yoki test topshirish tilini o‘zgartirish uchun (ariza raqami, ism, familiya va sharifini keltirgan holda) murojaat qilishlari mumkin. 🕒Test sinovi o‘tkaziladigan hududlar va test sinovlarining boshlanish vaqtlari bilan batafsil bu yerda tanishing. @talimuz