TGINSIGHT CHAT
Ta'lim.uz | Rasmiy kanal
@TALIMUZ
Education🎓@TalimUz – Yangi loyiha! Yangi brend! O'zbekiston va jahon ta'lim sferasida bo'layotgan eng dolzarb rasmiy yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun bizni kuzatishda davom eting! Hamkorlik (reklama): @Talimuz_murojaatbot
Ostatnie posty
Strona 8 z 76 · 912 postów
Opublikowano 10 sty
⚡️2025/2026 oʻquv yili uchun Prezident va nomli davlat stipendiyalariga talabgorlar uchun maxsus test sinovlari oʻtkazilmaydi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda nomli davlat stipendiyalarini tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga koʻra mazkur stipendiyalarga talabgorlar uchun axborot texnologiyalari, Oʻzbekiston tarixi va xorijiy tillar boʻyicha maxsus test sinovlari joriy etilgani munosabati bilan talabalar tomonidan murojaatlar kelib tushmoqda. 📌 Shu oʻrinda quyidagilarni maʼlum qilamiz. Mazkur qaror bilan Prezident va nomli davlat stipendiyalarini tayinlashning yangi tartibi joriy etilgan boʻlib, ushbu tartib 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab belgilangan talab va baholash mezonlari asosida amalga oshiriladi. 🗂 Joriy oʻquv yili uchun nomli davlat stipendiyalari tanlovlarining oliy taʼlim muassasasi bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtib, hujjatlari belgilangan tartibda respublika bosqichiga yuborilgan talabalarga nisbatan maxsus test sinovlari oʻtkazilmaydi. Mazkur talabalarning hujjatlari va erishgan natijalari avval belgilangan baholash mezonlari asosida koʻrib chiqiladi. Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi @talimuz
Opublikowano 9 sty
🏆Yilning eng yaxshi nodavlat oliygohi-2025 OSIYO XALQARO UNIVERSITETI Ta'lim muassasasi rahbariyati "Eng yaxshi nodavlat oliygoh" nominatsiyasida 1-o'rinni egallagani uchun SERTIFIKAT bilan taqdirlanadi. Eslatib o'tamiz, ushbu muassasa ketma-ket 3 yildan buyon g'oliblikni qo'lga kiritmoqda. Tanlovning ramziy sovg'asi hisoblangan muassasa nomi tushirilgan statuetka esa tez orada o'z egalariga yetkaziladi. Tanlovdagi ishtirokingiz uchun rahmat! @talimuz
Opublikowano 9 sty
🏆Yilning eng yaxshi xususiy maktabi -2025 TOPEX SCHOOL Ta'lim muassasasi rahbariyati "Eng yaxshi xususiy maktab" nominatsiyasida 1-o'rinni egallagani uchun SERTIFIKAT bilan taqdirlanadi. Tanlovning ramziy sovg'asi hisoblangan muassasa nomi tushirilgan statuetka esa tez orada o'z egalariga yetkaziladi. Tanlovdagi ishtirokingiz uchun rahmat! @talimuz
Opublikowano 9 sty
🏆Yilning eng yaxshi texnikumi-2025 JIZZAX SHAHAR 2-SON POLITEXNIKUMI Ta'lim muassasasi rahbariyati "Eng yaxshi texnikum" nominatsiyasida 1-o'rinni egallagani uchun SERTIFIKAT bilan taqdirlanadi. Tanlovning ramziy sovg'asi hisoblangan muassasa nomi tushirilgan statuetka esa tez orada o'z egalariga yetkaziladi. Tanlovdagi ishtirokingiz uchun rahmat! @talimuz
Opublikowano 9 sty
🏆Yilning eng yaxshi kasb-hunar maktabi -2025 MIRZACHO'L TUMAN KASB-HUNAR MAKTABI Ta'lim muassasasi rahbariyati "Eng yaxshi kasb-hunar maktabi" nominatsiyasida 1-o'rinni egallagani uchun SERTIFIKAT bilan taqdirlanadi. Tanlovning ramziy sovg'asi hisoblangan muassasa nomi tushirilgan statuetka esa tez orada o'z egalariga yetkaziladi. Tanlovdagi ishtirokingiz uchun rahmat! @talimuz
Opublikowano 9 sty
🏆Yilning eng yaxshi akademik litseyi-2025 IIV ANDIJON AKADEMIK LITSEYI Ta'lim muassasasi rahbariyati "Eng yaxshi akademik litsey" nominatsiyasida 1-o'rinni egallagani uchun SERTIFIKAT bilan taqdirlanadi. Tanlovning ramziy sovg'asi hisoblangan muassasa nomi tushirilgan statuetka esa tez orada o'z egalariga yetkaziladi. Tanlovdagi ishtirokingiz uchun rahmat! @talimuz
Opublikowano 9 sty
🏆Yilning eng yaxshi davlat oliygohi-2025 O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUQUQNI MUHOFAZA QILISH DAVLAT AKADEMIYASI Ta'lim muassasasi rahbariyati "Eng yaxshi davlat oliygohi" nominatsiyasida 1-o'rinni egallagani uchun SERTIFIKAT bilan taqdirlanadi. Tanlovning ramziy sovg'asi hisoblangan muassasa nomi tushirilgan statuetka esa tez orada o'z egalariga yetkaziladi. Tanlovdagi ishtirokingiz uchun rahmat! @talimuz
Opublikowano 8 sty
❗️"Yilning eng yaxshi ta'lim muassasalari-2025" tanloviyakunlandi! 📊 13-dekabrdan 5-yanvargacha davom etgan ushbu tanlov to'laqonli so'rovnomaga asoslangan bo'lib, yakuniy natijaga ko'ra Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi barcha ta'lim muassasalari va xususiy maktablarning keng jamoatchilik fikri asosidagi eng yaxshilari aniqlandi. Eng yaxshi davlat oliygohi: Huquqni muhofaza qilish davlat akademiyasi Eng yaxshi nodavlat oliygoh Osiyo xalqaro universiteti Eng yaxshi akademik litsey IIV Andijon akademik litseyi Eng yaxshi kasb-hunar maktabi Mirzacho'l kasb-hunar maktabi Eng yaxshi kollej Baxmal 2-son pedagogika kolleji Eng yaxshi texnikum Jizzax shahar 2-son politexnikumi Eng yaxshi xususiy maktab Topex school Barcha ishtirokchilar @EDUStatbot orqali sertifikatlarining PDF formatini yuklab olishlari mumkin. G'oliblar esa biz bilan quyidagi bot orqali bog'lanishlarini so'rab qolamiz: 👉@Talimuz_murojaatbot @talimuz
Opublikowano 5 sty
⚡️"Yilning eng yaxshi ta'lim muassasalari-2025" tanloviga start berildi Ushbu tanlov to'laqonli so'rovnomaga asoslangan bo'lib, uning yakuniy natijasiga ko'ra Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi barcha ta'lim muassasalari va xususiy maktablarning…
Opublikowano 4 sty
⚡️Ijarada turadigan talabalar diqqatiga: 7-yanvargacha ulgurib qoling! 🗓 1-yanvar sanasidan boshlab ijara shartnomaga kompensatsiya olish uchun ariza berish ochildi. Ushbu jarayon har doimgidek, oyning 7-sanasiga qadar davom etadi. Ijara shartnoma uchun arizani, aslida, istalgan kunda yuborsangiz bo‘ladi. Faqat oyning 7-sanasiga qadar yuborilgan so‘rovlargagina mazkur oy uchun shartnoma miqdorining ma’lum qismi qoplab beriladi. Ya’ni hatto 8-sanada ariza yuborsangiz ham keyingi oyga qolib ketasiz. Xizmatdan quyidagi havola orqali o‘tib foydalanishingiz mumkin: https://my.gov.uz/uz/service/1310 @talimuz
Opublikowano 3 sty
⏳So'rovnoma tugashiga 2 kun qoldi 🏆G'oliblar kimligi esa deyarli aniq! Kategoriyalardagi TOP-10 yetakchilar: (3-yanvar 15:30 holatiga) Davlat oliygohlari 1⃣Huquqni muhofaza qilish davlat akademiyasi 2⃣Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti 3⃣Namangan davlat chet tillari instituti 4⃣Milliy esterada san'ati instituti 5⃣Cyber university 6⃣JIDU 7⃣Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o'zgarishlarini o'rganish instituti 8⃣TDIU 9⃣SamDU 🔟Chirchiq davlat pedagogika universiteti Nodavlat oliygohlar 1⃣OXU 2⃣Perfect university 3⃣ISFT 4⃣Sarbon universiteti 5⃣Abu Rayhon Beruniy universiteti 6⃣UBS 7⃣Alfraganus 8⃣XIU 9⃣Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti 🔟TITU Akademik litseylar 1⃣IIV 2-son Toshkent akademik litseyi 2⃣IIV Andijon akademik litseyi 3⃣IIV Farg'ona akademik litseyi 4⃣IIV Nukus Temurbeklar maktabi harbiy akademik litseyi 5⃣IIV Qoraqalpoq akademik litseyi 6⃣ IIV Xorazm akademik litseyi 7⃣IIV Samarqand akademik litseyi 8⃣IIV Sirdaryo akademik litseyi 9⃣IIV Namangan akademik litseyi 🔟IIV Jizzax akademik litseyi Kasb-hunar maktablari 1⃣Mirzacho'l kasb-hunar maktabi 2⃣Baliqchi 2-son kasb-hunar maktabi 3⃣Jizzax shahar kasb-hunar maktabi 4⃣Qamashi 3-son kasb-hunar maktabi 5⃣Amudaryo 2-son kasb-hunar maktabi 6⃣Angor 1-son kasb-hunar maktabi 7⃣Dehqonobod 1-son kasb-hunar maktabi 8⃣Sariosiyo 2-son kasb-hunar maktabi 9⃣Amudaryo 1-son kasb-hunar maktabi Texnikumlar 1⃣Jizzax shahar 2-son politexnikumi 2⃣Jizzax raqamli texnologiyalari texnikumi 3⃣Jizzax pedagogika texnikumi 4⃣Toshkent transport texnikumi 5⃣2-son Respublika jamoat salomatligi texnikumi 6⃣Ko'p tarmoqli tibbiyot texnikumi 7⃣Kattaqo'rg'on jamoat salomatligi texnikumi 8⃣Amudaryo muhandislik-texnologiyalar texnikumi 9⃣Guliston jamoat salomatligi texnikumi 🔟Toshkent pedagogika texnikumi Xususiy maktablar 1⃣Al-Beruniy international school 2⃣Al-Xorazmiy international school 3⃣Wisdom school 4⃣Anor School 5⃣Yuksalish maktablari 6⃣Academia international school 7⃣Al-Jabr school 8⃣Asia School (Jizzax) 9⃣As-Sodiq school 🔟Advantage school Eslatib o'tamiz, tanlov to'laqonli so'rovnomaga asoslangan bo'lib, yakuniy natijalar kategoriyalar bo'yichaeng ko'p ovoz to'plagan nomzodg'olib deb topiladi va tanlovning ramziy sovg'asi, ya'ni muassasa nomi tushirilgan maxsus statuetkalar va rahbariyatiga tashakkurnoma taqdim etiladi. @talimuz
Opublikowano 2 sty
⚡️Qishki o‘qishni ko‘chirish uchun arizalar qabuli 10-yanvardan boshlanadi Qishki perevodda faqatgina Davlat OTMlariaro faqat 2 ta uzrli sababga asosan qishda o‘qishni ko‘chirsa bo‘ladi. ➖talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish istagidagilarga; ➖davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lganlarga (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida). Talabalar tomonidanhududiy ishchi guruhlarga quyidagi hujjatlar 20-yanvargacha offlayn shaklda taqdim etiladi: ➖o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to‘ldiriladi); ➖talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli); ➖pasport nusxasi; ➖yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar. Shu vaqtga qadar qishki perevodda arizalar onlayn shaklda sayt orqali to'ldirilmagan. Kerakli hujjatlar har bir OTMda tashkil etilgan ishchi guruhga talaba yoki uning yaqin qarindoshlari tomonidan shaxsan topshirilgan. Lekin joriy yildan onlayn ariza topshirish imkoniyati yaratilishi mumkin. @talimuz