TGINSIGHT CHAT
Ta'lim.uz | Rasmiy kanal
@TALIMUZ
Education🎓@TalimUz – Yangi loyiha! Yangi brend! O'zbekiston va jahon ta'lim sferasida bo'layotgan eng dolzarb rasmiy yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun bizni kuzatishda davom eting! Hamkorlik (reklama): @Talimuz_murojaatbot
Ostatnie posty
Strona 71 z 76 · 912 postów
Opublikowano 4 mar
#Bilasizmi Oʻqishga kirishda 41 imtiyoz bor 🔠 Davlat qabul komissiyasining 2022-yil 29-dekabrdagi 10-son majlis bayoni bilan “Davlat OTMlariga kirish uchun berilgan imtiyozlarning yagona REYESTRI” tasdiqlangan. Reyestrdan 41 ta imtiyoz turi oʻrin olgan: 1. Imtihonsiz qoʻshimcha davlat granti asosida talabalikka tavsiya etish boʻyicha imtiyozlar (15 ta); 2. Imtihonsiz bazaviy toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etish boʻyicha imtiyozlar (4 ta); 3. Tegishli fan boʻyicha imtihondan ozod etilib, maʼlum miqdorda ball berish boʻyicha imtiyozlar (5 ta); 4. Toʻplangan ballga nisbatan qoʻshimcha ball berish boʻyicha imtiyozlar (2 ta); 5. Qoʻshimcha kvota doirasida tanlovda ishtirok etish boʻyicha imtiyozlar (12 ta); 6. Qoʻshimcha imtiyozlar (3 ta). Shuningdek, reyestrda imtiyozlar tasnifi, imtiyoz berilishiga masʼul vazirlik va idoralar, imtiyoz beriladigan abituriyentlar toifasi hamda imtiyoz berilishida huquqiy asos boʻladigan normativ-huquqiy hujjatlar nomlari keltirilgan. ✅️@talimuz
Hashtags
Opublikowano 4 mar
⚡️O‘zbek tili va adabiyot fanidan o‘qish tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati ✅ Ma’lumki, Bilimni baholash agentligi tomonidan umumta’lim fanlaridan, jumladan, o‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlari o‘tkazib kelinmoqda. 📱O‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar test sinoviga puxta tayyorgarlik ko‘rishlari uchun mustaqil o‘qish tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati e’lon qilingan. 📚 Unda 40 ta badiiy adabiyot ro‘yxati keltirilgan bo‘lib, ushbu adabiyotlar 2024-yilda o‘tkaziladigan o‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun tavsiya sifatida taqdim etilgan. ✍️ Mustaqil o‘qish uchun tavsiya etilgan badiiy adabiyotlar ro‘yxati bilan yuqoridagi pdf faylda tanishish mumkin. ✅@talimuz
Opublikowano 29 lut
⚡️Avval test ishlab, keyin qayerda o‘qish tanlanadi – 2024 yildan abituriyentlar qabuli o‘zgaradi ➖ Keyingi yilgi qabuldan OTMga hujjat topshirgan abituriyentlar avval kirish imtihonlarida qatnashib, so‘ngra to‘plagan balliga qarab yo‘nalishlarni tanlashi mumkin bo‘ladi. Bilim va malakalarni baholash agentligi xodimi bu haqida Kun.uz ga intervyu berdi: "Keyingi yildan yangi tartib ishga tushsa, ro‘yxatdan o‘tish 2 bosqichdan iborat bo‘ladi. Birinchi bosqichda abituriyentlar agentlik tizimiga o‘zining shaxsiy ma’lumotlari bilan birgalikda faqatgina test topshirish fanlari, test topshirish tili va joyini tanlaydi. Lekin OTMlar va yo‘nalishlarni tanlamaydi. Dastlabki ma’lumotlar abituriyentlarning test sinovida ishtirok etishi uchun yetarli bo‘ladi xolos. So‘ng abituriyentlar imtihonga kirib chiqadi. Mana shundan keyin abituriyentning qo‘lida o‘z to‘plagan balli bo‘ladi va u prognoz qila oladi. Masalan, abituriyent imtihonda 120 ball to‘plagan va u tibbiyot oliygohlariga kontraktga o‘tish balli 150 dan kam bo‘lmasligini biladi. Tibbiyot yo‘nalishlarini tanlasa, kira olmasligi ehtimoli yuqori. Buni oldindan to‘la prognoz qilib bo‘lmasligi mumkin, biroq oldingi yillardagi o‘tish ballariga asoslanib, ancha aniq qaror qabul qilish mumkin. Shunda abituriyent balli pastroqligini hisobga olib, bir yil yo‘qotmaslik uchun biologiya yo‘nalishini tanlashi mumkin. Yoki teskari holat ham bo‘lishi mumkin. O‘zim abituriyent bo‘lgan vaqtda bir kursdoshim poytaxtdagi OTMga grantga kira olmayman deb viloyatdagi OTMga hujjat topshirgan. Lekin u juda yuqori ball to‘plagandi va balli bemalol Toshkentdagi OTMlarga grantga yetardi. Yangi tizimda abituriyent avval imtihon topshirib, keyin yo‘nalish tanlasa, bu kabi abituriyentlar to‘g‘ri tanlov qila olishi mumkin." ✅@talimuz
Opublikowano 28 lut
⚡️2024-yil fevral-may oylarida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari 2024-yil fevral-may oylarida ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot, fizika, matematika, kimyo, biologiya, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari tashkil…
Opublikowano 28 lut
📑Abituriyentlar 2024-yilgi kirish imtihonlarida qaysi fanlardan imtihon topshiradi? ➖ 2024/2025-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan. Shuningdek, 2024/2025-o‘quv yili qabul kvotalari tasdiqlangandayangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari fan majmualari qo‘shimcha tasdiqlanadi. ✅️@talimuz
Opublikowano 25 lut
⚡️2024-yil fevral-may oylarida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikatimtihonlari 2024-yil fevral-may oylarida ona(o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot, fizika, matematika, kimyo, biologiya, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari tashkil etiladi. Milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) orqali amalga oshiriladi. 📆 Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar bilan yuqoridagi rasmda tanishish mumkin. 🔗Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola:my.gov.uz/oz/service/891 Izoh: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga muvofiq 2024-yil fevraldan boshlab umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarining natijalari Rash modeli asosida hisoblanadi. ✅️@talimuz
Opublikowano 15 lut
💰Maktabda ishlab qancha topish mumkin, maktabda oylik qancha ? 👩🏫 Umumta’lim maktablarida maosh oyligi xodimlarning toifasi va ma’lumotiga ko‘ra farqlanadi: Direktor: ➖ 3 mln 816 ming 991 soʻm (400 oʻquvchi); ➖ 4 mln 75 ming 625 soʻm (401-880 oʻquvchi); ➖ 4 mln 321 ming 742 soʻm (881-1600 oʻquvchi); ➖ 4 mln 571 ming 634 soʻm (1600dan ortiq). Direktor oʻrinbosarlari: (MMIBDOʻ, OʻTIBDOʻ) ➖ 3 mln 564 ming 956 soʻm (400 oʻquvchi); ➖ 3 mln 816 ming 991 soʻm (401-880 oʻquvchi); ➖ 4 mln 75 ming 625 soʻm (881-1600 oʻquvchi); ➖ 4 mln 321 ming 742 soʻm (1600dan ortiq) Oʻqituvchilar: ➖ Oʻrta maxsus maʼlumotli oʻqituvchi – 2 mln 575 ming 884 soʻm; ➖ Oliy maʼlumotli oʻqituvchi – 2 mln 755 ming 648 soʻm; ➖ Ikkinchi toifali oʻqituvchi – 3 mln 85 ming 100 soʻm; ➖ Birinchi toifali oʻqituvchi – 3 mln 437 ming 741 soʻm; ➖Oliy toifali oʻqituvchi – 3 mln 798 ming 941 soʻm. Psixologlarning maoshi: ➖Oliy ma’lumotli psixolog – 2 mln 480 ming 85 so‘m; ➖O‘rta maxsus ma’lumotli psixolog – 2 318 295 so‘m; ➖Ikkinchi toifali psixolog – 2 mln 655 ming 871 so‘m; ➖Birinchi toifali psixolog – 2 mln 836 ming 138 so‘m; ➖Oliy toifali psixolog – 3 mln 8 ming 762 so‘m. Kutubxonachilarning maoshi: Kutubxona mudiri: 👉O‘rta maxsus ma’lumotli – 1 mln 814 ming 665 so‘m; 👉Oliy ma’lumotli – 1 mln 979 ming 953 so‘m. Kutubxonachi: 👉O‘rta maxsus ma’lumotli – 1 mln 573 ming 586 so‘m; 👉Oliy ma’lumotli – 1 mln 656 ming 406 so‘m. CHQBT rahbari: 2 mln 755 ming 648 soʻm. Tuman (shahar) maktabgachacha maktab ta'limi bo'limlari metodistlari – 3 798 941 so'm. © Manba ✅️@talimuz
Opublikowano 12 lut
#foydali CTRL + A dan Z gacha bo'lgan kombinatsion funksiyalarni o'rganamiz! 😀 Kompyuter klaviaturasidagi Ctrl tugmasi bilan bog'liq amallar ish faoliyatimizda juda as qotadi. Orangizda hechbo'lmasa Ctrl+C va Ctrl+V amallarini ishlatadiganlar albatta topiladi. Lekin boshqa harflar bilan amalga oshiriladigan funksiyalarni bilasizmi? Keling, @Talimuz✅️ kanali orqali shular haqida ma'lumot beramiz: • Ctrl+A = Barchasini belgilash; • Ctrl+B = Matnni qalin qilish; • Ctrl+C = Matnni nusxalash; • Ctrl+D = Duplikat qilish (PowerPoint’da obektlarni ikkitalash); • Ctrl+E = Matnni markazga joylash; • Ctrl+F = Izlash; • Ctrl+G = Guruhlash (PowerPoint’da); • Ctrl+H = O’rniga qo’yish (Word); • Ctrl+I = Kursiv yozish; • Ctrl+J = Matnni sahifa eni bo’yicha yoyish (Word); • Ctrl+K = Giper havola yaratish (Word, Telegram); • Ctrl+L = Matnni chapga joylash; • Ctrl+M = Yangi slayd (PowerPoint); • Ctrl+N = Yangi sahifa (ko’p dasturlarda); • Ctrl+O = Ochish (ko’p dasturlarda); • Ctrl+P = Chop etish (ko’p dasturlarda); • Ctrl+Q = Chiqib ketish (ko’p dasturlarda); • Ctrl+R = Matnni o’ngga joylash; • Ctrl+S = Saqlash (ko’p dasturlarda); • Ctrl+T = Yangi vkladka ochish (Chrome); • Ctrl+U = Matnni ostiga chizish; • Ctrl+V = Joylash (Вставить) (ko’p dasturlarda); • Ctrl+W = Barcha oynalarni yopish (ko’p dasturlarda); • Ctrl+X = Ko’chirib olish (Вырезать) (ko’p dasturlarda); • Ctrl+Y = Oxirgi amalni qaytarish (Ctrl+Z ni teskarisi); • Ctrl+Z = Oxirgi amalni bekor qilish (ko’p dasturlarda). Boshqalarga ham ulashing! ✅️@talimuz
Hashtags
Opublikowano 12 lut
Xususiy oliygoh litsenziyasi to'xtatilsa (tugatilsa) talabaning taqdiri nima bo'ladi? Oliy ta’lim vazirligi bergan so’nggi ma’lumotga ko’ra, vazirlik 6 ta xususiy OTMning litsenziyasini bekor qilish bo‘yicha sudga ariza bergan. Shu o’rinda savol tug’iladi, agar xususiy OTMlar litsenziyasi olib qo’yilsa, undagi talabalar nima qiladi? Bunga javoban vazirlik ular ko’chada qolmasligini aytmoqda. ❌Ammo amaldagi tartib-qoidalarda lisenziyasi bekor qilingan oliygoh talabalarining o‘qishini ko‘chirish masalasi aniq belgilanmagan. ✅️@talimuz
Opublikowano 6 lut
⚡️Tegma noziklar o‘qimasin! Profilingga 3-4 ta "siqilgan" rasmni qo‘yib olib, o‘zingcha hayotdan xafasan. 2-3 ta xatto o‘zing ham tushunmaydigan "chiroyli" gaplarni bilib olib, "aqlli baxtsiz"ni yoqvolasan! Hayotdan adolat kutib yashaysan. Ammo esingdan chiqarma, hayot senga hech narsani va'da qilmagan! Ijtimoiy tarmoqlarda kayfiyatingning har bir modulini ommaga ko‘rsatib yurishdan biror naf bor deb o‘ylaysanmi? Hh, ular sening kayfiyatingga "tupurib qo‘ygan"! Hammaga o‘zining muammosi qiziq! O‘zingni omadsiz, jabrdiyda qilib ko‘rsatish o‘rniga (qo‘pol bo‘lsa ham aytaman) ketingni ko‘tar, harakatga tush! Hayotda har bir narsadan hikmat izla! Hattoki, Alloh yozishni qalbimga solgan mana shu postni o‘qib turganingdan ham bir xayr qidir! O‘zingning yashashga arzirli orzu-maqsadlaring bo‘lmasa, tug‘ilishing sababchilari — ota-onangning orzu-maqsadlarini amalga oshirish uchun yasha! Ular sendan o‘zing o‘ylaganingdan-da ko‘proq narsa kutishlarini va ular kutayotgandan-da ko‘prog‘i qo‘lingdan kelishiga ishonishlarini mendan ham yaxshi bilasan! Shunday ekan, har kuningni g‘aflatda o‘tkazmoqlikdan voz kech-da, harakatga tush! Bugunoq, yo‘q, yo‘q, hoziroq! Lekin shu gaplar ham ta'sir qilmasa, BILGANINGNI QIL! ✅️@talimuz
Opublikowano 5 lut
⚡️Rasman: Endilikda kollej-texnikumni bitirib OTMga to'g'ridan-to'g'ri hattoki 3-kursdan ham kirish mumkin bo‘ladi! ✅ Yangi o‘quv yilidan boshlab texnikumlarda o‘qitish “Akademik” va “Ishchi kasb” ta’lim komponentlarining uzviyligini ta’minlaydigan yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yiladi. Bunda: ➖ kollej-texnikumning 1-2 kursidagi ta’lim dasturlari, darsliklari, bilimni baholash mezonlari va muallimlarga talablar oliygohlar bilan bir xil bo‘ladi; ➖ texnikumlarda ham “kredit tizimi” joriy qilinib, fanni o‘zlashtirish bo‘yicha to‘plangan “kreditlar” oliygohlarda tan olinadigan tizim bo‘ladi. Ya’ni, kollej-texnikumda ikki yil davomida yetarli “kredit” to‘plagan o‘quvchilar “2+2” yoki “2+3” dasturlari asosida oliygohlarning ikkinchi yoki uchinchi kurslarida ta’limni davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Kollej-texnikumda o‘qib, faoliyatini ishlab chiqarishda davom ettirmoqchi bo‘lganlarni sohadagi mavqeini oshirish bo‘yicha ham yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi. Endi, kollej-texnikumda “ishchi kasb” yo‘nalishida o‘qiganlar ikki yoki uch yil ishlab, tajriba orttirganidan keyin, imtihon topshirib, “bakalavr”ga teng malaka darajasini olishi mumkin. ✅@talimuz
Opublikowano 2 lut
⚡️Rasman: Yangi oliy ta'lim vaziri tayinlandi 🇺🇿 Prezident farmoni bilan Qo‘ng‘irotboy Avezimbetovich Sharipov Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimiga tasdiqlandi. U bunga qadar Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori edi. Undan avval Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirining birinchi o‘rinbosari, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori lavozimlarida ishlagan. Vazirlik 3 oy vazirsiz qolgan edi Avvalgi Oliy ta'lim vaziri Ibrohim Abdurahmonov 2023-yil oktyabr oyi oxirida qishloq xo‘jaligi vaziri etib tayinlangandi va shundan buyon vazir o'rni bo'sh edi. ✅@talimuz