TGINSIGHT CHAT
Ta'lim.uz | Rasmiy kanal
@TALIMUZ
Education🎓@TalimUz – Yangi loyiha! Yangi brend! O'zbekiston va jahon ta'lim sferasida bo'layotgan eng dolzarb rasmiy yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun bizni kuzatishda davom eting! Hamkorlik (reklama): @Talimuz_murojaatbot
Ostatnie posty
Strona 72 z 76 · 912 postów
Opublikowano 1 lut
⚡️Yaxshi yangilik:Xususiy maktab ochganlarga yengilliklar berilmoqda! 🇺🇿 Prezidentning tegishli qaroriga (PQ-49-son, 31.01.2024-yil) ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan: ➖ nodavlat umumiy o‘rta taʼlim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun tijorat banklarining o‘z mablag‘lari hisobidan bozor foiz stavkalarida milliy valyutada ajratiladigan, qiymati 20 milliard so‘mgacha bo‘lgan kreditlar bo‘yicha, foiz stavkasining Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshadigan, lekin uning 1,5 baravaridan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun kompensatsiya taqdim etiladi; ➖ nodavlat umumiy o‘rta taʼlim tashkilotlari uchun binolarni yangidan qurgan yoki o‘zining bino va inshootlarida umumiy o‘rta taʼlim faoliyatini yo‘lga qo‘ygan tadbirkorlik subyektlariga 5 yil muddatga ushbu taʼlim tashkilotlari faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan kommunal xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi; ➖2030-yil 1-yanvargacha yuridik shaxslarga o‘z mablag‘lari hisobidan nodavlat umumiy o‘rta taʼlim tashkilotlari binolarini qurish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarning foyda solig‘ini hisoblashda 2 yil davomida teng ulushlarda chegirib tashlash huquqi beriladi. ✅@talimuz
Opublikowano 1 lut
⚡️Javoblar varaqasi-2024 🇺🇿Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan 2024/2025-o‘quv yili qabuli kirish test sinovlarida abituriyentning bilimini baholash uchun javoblar varaqasi namunasitasdiqlandi. ✅@talimuz
Opublikowano 31 sty
O‘qituvchi - kelajagimiz bunyodkoridir! Uzoq yillar davomida buyuk kelajak haqida ko‘p gapirdik: "Yoshlar kelajagimiz bunyodkoridir". Aslida xato shior bu. ✅Kelajagimizning haqiqiy bunyodkori - bugungi o‘qituvchilardir. O‘zbekistonning kelajagi - o‘qituvchilarning asaridir. Bugun yozilayotgan asaridir. Bugungi o‘quvchilarga zamonaviy talablarga javob bera oladigan o‘qituvchilarsiz, labaratoriyalarsiz, kitoblarsiz xalqaro darajadagi standartlarga mos ta’lim bermasdan, ertaga buyuk kelajakni kutish - eng katta xatodir. ✅@talimuz
Opublikowano 30 sty
⚡️Bu yil ham maksimal ball 189 bo'ladi! 🇺🇿Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlaritasdiqlandi. ✅Unga ko‘ra, majburiy fanlarga mos 3 fan: ➖ Ona tili x 10 ta; ➖ Matematika x 10 ta; ➖ O‘zbekiston tarixi x 10 ta; 30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball. ✅Bakalavriat yo‘nalishiga mos 2 fan: ➖1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball ➖2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball 60 ta savoldan jami 156,0 ball. Umumiy 2024/2025-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball –189 ballni tashkil etadi. ✅@talimuz
Opublikowano 29 sty
Farzandlar uchun berilgan eng katta sovg‘a – ular uchun ajratilgan vaqt va berilgan bilim! 📹 Turk ijodkorlari tomonidan ishlangan ushbu ijtimoiy rolikdan ko'plab xulosaga kelish mumkin... Yagona najot - bu ilm. Farzandlarimizga yorqin kelajakni faqatgina ularga berilgan sifatli ta'lim orqaligina kafolatlay olamiz! ✅@talimuz
Opublikowano 26 sty
⚡️Talabalar uchun kontrakt to‘lovlarini “PayMe” to‘lov tizimi orqali komissiyasiz (0%) onlayn to‘lash imkoniyati yaratildi ➖Buning uchun “PayMe” to‘lov tizimida “To‘lovlar” sahifasiga kiring. 1. “Ta’lim” bo‘limidan “Оплата за ВУЗы”ni tanlang. 2. JSHSHIR raqami hamda to‘lov summasini kiriting va to‘lovni amalga oshiring. Bunda “Tafsilotlar” tugmasini bosish orqali shartnoma bo‘yicha oxirgi to‘lov summasini va qarzdorlikni ham ko‘rishingiz mumkin. ❌PayMe mobil ilovasida to‘lov amalga oshirilganda komissiya (0%) olinmaydi. Shuningdek shartnoma to‘lovini 👉my.gov.uzportali orqali hamda 👉“Zoomrad” mobil ilovasi orqali ham komissiyasiz (0%) onlayn to‘lash mumkin. ✅@talimuz
Opublikowano 25 sty
⚡️Endilikda bitiruvchi talaba yakuniy attestatsiyani qanday topshirishni o'zi tanlaydi ✅ Amaldagi tartibga ko‘ra, yakuniy davlat attestatsiyasi quyidagilardan biri ko'rinishida topshirilishi mumkin. 1️⃣Majburiy fanlardan (fanlararo) yakuniy davlat attestatsiya sinovi; 2️⃣ Diplom loyihasi himoyasi; 3️⃣ Bitiruv malakaviy ishi (magistrlik dissertatsiyasi) himoyasi. Bularning qay birini tanlash bitiruvchilarning iqtidori, xohishi va ta’lim xususiyatidan kelib chiqqan holda oliy ta’lim muassasasi Kengashi qarori bilan belgilanadi. ✅@talimuz
Opublikowano 22 sty
Bilasizmi? 💵Talaba farzandli bo‘lganida unga oliy ta’lim muassasasi tomonidan bir martalik suyunchi puli beriladi ➖ Talaba oliy ta’lim muassasasiga arizani bola tug‘ilgan kunidan boshlab olti oydan kechiktirmay taqdim etadi va unga rahbariyat tomonidan belgilangan nafaqa pulini 10 kundan kechiktirmay to‘lab berish majburiy hisoblanadi. Hozirgi kunda nafaqa puli miqdori mexnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 70,3 foizini tashkil etadi. 2023-yil 1-dekabrdan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori — oyiga 1 050 000 so‘m etib belgilangan. Kerakli hujjatlar: ✅ OTM rektori nomiga ariza ✅ Pasport nusxasi ✅ Tug‘ilganlik haqida guvohnoma nusxasi ✅@talimuz
Opublikowano 21 sty
⚡️O'zbekistonda faqatgina Mikrokreditbank ta'lim krediti uchun arizalar qabulini boshladi ➖ Mikrokreditbank rasmiy sahifasida oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat va magistratura bosqichi bo'yicha to'lov-kontrakt asosida o'qishga tavsiya etilgan talabalarga ta'lim krediti ajratish boshlaganini e'lon qildi. ➖ Kredit miqdori: Cheklov yo‘q; ➖ Qaytarish muddati: 7 yil muddatga; ➖ Foizi: Yigitlarga 14% Qizlarga 0%; Kimlarga beriladi: ➖ Davlat va nodavlar OTM talabariga ➖kunduzgi, sirtqi va kechki taʼlim shakliga ➖ bakalavr yoki magistrga ➖ to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan ➖ yoki o‘qishini ko‘chirgan talabalarga beriladi. ✅@talimuz
Opublikowano 20 sty
⚡️Andijon Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi – Eng yaxshi texnikum-2023tanlovi g'olibi deb topildi! 🇺🇿20-dekabrdan 20-yanvarga qadar@talimuz sahifasida tashkil etilgan "Eng yaxshi texnikum-2023" tanlovi doirasida 235 nafar nomzodlar ichida 39.557 ovoz bilan mutlaq g'olib deb topildi. Yaqin kunlar ichida ushbu muassasaga tanlovning maxsus statuetkasi yetkaziladi. TOP-10 kuchlilar ro'yxati: 1⃣ Andijon jamoat salomatligi texnikumi 2⃣ Qo'qon temir yo'l texnikumi 3⃣ Chust jamoat salomatligi texnikumi 4⃣ 2-Namangan jamoat salomatligi texnikumi 5⃣ Boysun ko'p tarmoqli texnikumi 6⃣ Ishtixon jamoat salomatligi texnikumi 7⃣ Samarqand temir yo'l texnikumi 8⃣ Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti texnikumi 9⃣ Mizacho'l agrosanoat texnikumi 🔟 Nukus tibbiyot va IT texnikumi Eslatib o'tamiz, 21-yanvar 09:00dan boshlab barcha ishtirokchilar @EDUStatbot orqali sertifikatlarining PDF formatini yuklab olishlari mumkin. ✅@talimuz
Opublikowano 20 sty
⚡️Rishton pedagogika kolleji – Eng yaxshi kollej-2023tanlovi g'olibi deb topildi! 🇺🇿20-dekabrdan 20-yanvarga qadar@talimuz sahifasida tashkil etilgan "Eng yaxshi kollej-2023" tanlovi doirasida 129 nafar nomzodlar ichida 12.642 ovoz bilan mutlaq g'olib deb topildi. Yaqin kunlar ichida ushbu muassasaga tanlovning maxsus statuetkasi yetkaziladi. TOP-10 kuchlilar ro'yxati: 1⃣ Rishton pedagogika kolleji 2⃣ Marg'ilon pedagogika kolleji 3⃣ Quva pedagogika kolleji 4⃣ Bulung'ur pedagogika kolleji 5⃣ Oltiariq pedagogika kolleji 6⃣ Farg'ona pedagogika kolleji 7⃣ Baxmal pedagogika kolleji 8⃣ Baxmal 2-son pedagogika kolleji 9⃣ Chust pedagogika kolleji 🔟 Paxtakor pedagogika kolleji Eslatib o'tamiz, 21-yanvar 09:00dan boshlab barcha ishtirokchilar @EDUStatbot orqali sertifikatlarining PDF formatini yuklab olishlari mumkin. ✅@talimuz
Opublikowano 20 sty
⚡️Yakkabog' tuman 2-son kasb-hunar maktabi – Eng yaxshi kasb-hunar maktabi-2023tanlovi g'olibi deb topildi! 🇺🇿20-dekabrdan 20-yanvarga qadar@talimuz sahifasida tashkil etilgan "Eng yaxshi kasb-hunar maktabi-2023" tanlovi doirasida 317 nafar nomzodlar ichida 33.305 ovoz bilan mutlaq g'olib deb topildi. Yaqin kunlar ichida ushbu muassasaga tanlovning maxsus statuetkasi yetkaziladi. TOP-10 kuchlilar ro'yxati: 1⃣ Yakkabog' 2-son kasb-hunar maktabi 2⃣ Baxmal 2-son kasb-hunar maktabi 3⃣ Qarshi 1-son kasb-hunar maktabi 4⃣ Jarqo'rg'on 2-son kasb-hunar maktabi 5⃣ Chilonzor 1-son kasb-hunar maktabi 6⃣ Sho'rchi 3-son kasb-hunar maktabi 7⃣ Yuqori Chirchiq kasb-hunar maktabi 8⃣ Shahrisabz 2-son kasb-hunar maktabi 9⃣ To'rtko'l 1-son kasb-hunar maktabi 🔟 Namangan 1-son kasb-hunar maktabi Eslatib o'tamiz, 21-yanvar 09:00dan boshlab barcha ishtirokchilar @EDUStatbot orqali sertifikatlarining PDF formatini yuklab olishlari mumkin. ✅@talimuz