TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Powrót do kanałów
Ta'lim.uz | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT CHAT

Ta'lim.uz | Rasmiy kanal

@TALIMUZ

Education

🎓@TalimUz – Yangi loyiha! Yangi brend! O'zbekiston va jahon ta'lim sferasida bo'layotgan eng dolzarb rasmiy yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun bizni kuzatishda davom eting! Hamkorlik (reklama): @Talimuz_murojaatbot

Subskrybenci15.6万Obecni subskrybenci kanału
Śledzone posty912Liczba indeksowanych postów
Niedawny zasięg1,045,500Suma ostatnich wyświetleń
Ostatnie posty

Ostatnie posty

Strona 69 z 76 · 912 postów

Opublikowano 13 kwi

#foydali ​Abituriyentlar uchun ilm olish sirlari 1⃣. Qibla tomonga qarab dars qiling. Qibla tomonga qarab dars qilsangiz, olgan bilimingiz ziyoda va barakali bo'ladi. 2⃣. Maqsad qo'ying. Dars qilishga yoki kitob o'qishga o'tirganingizda o'z oldingizga maqsad qo'ying. Uni yakunlamaguncha o'rningizdan turmang. 3⃣. Chalg'ituvchi omillarni cheklang. Darsni hech kim sizni chalg'itmaydigan joyda qiling. Telefoningizni o'chirib qo'ying va bor diqqatingizni ilm olishga qarating. 4⃣. O'tirgan xolda dars qiling. Hech qachon yotgan holatingizda kitob o'qimang, dars qilmang. Chunki uxlab qolish extimolingiz juda yuqori. ⚡️Barcha abituriyentlarga tarqating! ✅️@talimuz

90,900 views

Hashtags

Opublikowano 11 kwi

«Agar shu maktabning 11-sinf bitiruvchilaridan 70 foizi oliy ta’limga o‘qishga kirsa, hamma ustozlarni Turkiyaga dam olgani yuboraman» Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovning Paxtaobod tumani 45-maktab ustozlari va bitiruvchilari bilan uchrashuvidan lavha. ✅@talimuz

88,700 views

Opublikowano 8 kwi

​📈Dunyoning eng yaxshi TOP-200 ta universitetlari qaysi davlatlarda joylashgan: 🇺🇸 AQSH: 56 🇬🇧 Britaniya: 25 🇩🇪 Germaniya: 21 🇨🇳 Xitoy: 13 🇦🇺 Avstraliya: 11 🇳🇱 Niderlandiya: 11 🇨🇦 Kanada: 8 🇨🇭 Shveysariya: 7 🇰🇷 Janubiy Koreya: 6 🇸🇪 Shvesiya: 6 🇫🇷 Fransiya: 5 🇭🇰 Gong Kong: 5 🇯🇵 Yaponiya: 5 🇧🇪 Belgiya: 4 🇩🇰 Daniya: 3 🇮🇹 Italiya: 3 🇸🇬 Singapur: 2 🇦🇹 Avstriya: 1 🇫🇮 Finlyandiya: 1 🇮🇪 Irlandiya: 1 🇲🇴 Makao: 1 🇳🇿 Yangi Zelandiya: 1 🇳🇴 Norvegiya: 1 🇷🇺 Rossiya: 1 🇿🇦 Janubiy Afrika: 1 🇪🇸 Ispaniya: 1 🇹🇼 Tayvan: 1 Times Higher Education 2024 ✅@talimuz

87,400 views

Opublikowano 8 kwi

⚡️Rasman! 10-aprel – Ramazon hayiti 🇺🇿 O‘zbekiston musulmonlari idorasi mamlakatda joriy yilda Ramazon hayiti 10-aprel, chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qaror qabul qildi. ✅@talimuz

82,500 views

Opublikowano 6 kwi

⚡️Rasman: Prezident maktablari ustozlarining oylik maoshiga 350% ustama to‘lanadi 🇺🇿 Prezident farmoniga ko‘ra: Prezident maktablarining mahalliy o‘qituvchilariga ularning tarif stavkasiga nisbatan 350 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lash tartibi joriy etiladi. 👉 Bunda, ustama pedagoglar tomonidan quyidagi shartlarning barchasi bajarilgan taqdirda to‘lanadi: ➖ Kembridj (Cambridge Assessment International Education) xalqaro ta’lim dasturlari asosida dars beriladigan fanlarni o‘qitish bo‘yicha 3 ta (Introductory, Extension, Marking) kursni muvaffaqiyatli tugatish va bu haqida tegishli sertifikat olish; ➖ Prezident maktablarida kamida 1 yillik ish stajiga va chet tilini bilish bo‘yicha kamida C1 darajadagi yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lish. ✅@talimuz

86,200 views

Opublikowano 5 kwi

​⚡️Rasman: Ko‘p tarmoqli shifoxonalarda talabalar uchun internatura tashkil etildi 🇺🇿 Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i bilan 2024/2025-o‘quv yilidan tibbiyot OTMlarining bitiruvchi kurs talabalari uchun ko‘p tarmoqli tibbiyot tashkilotlarida ish haqi to‘lanadigan birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslari (internatura) tashkil etiladi. 🗓 Unga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yili qabulida hujjat topshiruvchilarga qulaylik yaratish maqsadida ro‘yxatdan o‘tish jarayoni onlayn tarzda – ta’lim muassasalarining rasmiy veb-saytlari orqali amalga oshiriladi. Qabul 5–20-avgust kunlari (shu kuni ham) amalga oshiriladi. ✅@talimuz

78,300 views

Opublikowano 4 kwi

⚡️Magistraturaga kirishdagi majburiy chet tili sertifikat talabi sabab oliygohlar 3 yilda 206 mlrd 435 mln so‘m yo‘qotgan! 🇺🇿 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ–5117-son qarori tartibga solish ta’sirini baholashdan o‘tkazilmoqda. Vazirlik tomonidan mazkur qaror bo‘yicha to‘ldirilgan TSTB hisobotie’lon qilindi. ➖ Unga ko‘ra, til sertifikati talabi natijasida magistratura uchun ajratilgan kvotalar ochiq qolganligi tufayli oliy ta’lim muassasalari uchun yuzaga kelgan moliyaviy yo‘qotishlar 2021–2023-yillar oralig‘ida jami 206 mlrd 435 mln so‘mni tashkil etgan. Bu borada moliyaviy yo‘qotishlar 2021-yilda 18 mlrd 690 mln so‘mni, 2022-yilda 101 mlrd 865 mln so‘mni, 2023-yilda 85 mlrd 880 mln so‘mni tashkil etgan. Ma’lumot uchun, til sertifikati talabi natijasida magistratura uchun 2021-yilda 20,7 foiz kvota ochiq qolgan bo‘lsa, 2022-yilda 80,2 foiz, 2023-yilda 62,6 foiz kvota ochiq qolgan. 📉 Shuningdek, hujjat topshirgan yoki talabgorlar soni so‘nggi 3 yilda 12,5 baravarga kamaygan. ✅@talimuz

89,700 views

Opublikowano 4 kwi

📈TOP-1000 oliygohlar-2024 ✅ Ushbu ro‘yxatda dunyoning xalqaro darajada e’tirof etilgan QS reytingida birinchi 1000 talik ro‘yxatidan joy olganeng kuchli xorijiy oliy ta’lim muassasalari keltirilgan. ❌ Birorta O‘zbekiston oliygohi bu ro‘yxatdan joy olmagan, lekin qo‘shni Qozog‘iston Respublikasining naqd 20 ta oliygohi ushbu reytingdan joy olgan. ✅@talimuz

67,400 views

Opublikowano 3 kwi

⚡️Tan olinadigan sertifikatlar-2024 ➖ 2024-yilgi maktab bitiruvchilari chet tili boʻyicha attestatsiyadan ozod bo'lishlari uchun tasdiqlangan til sertifikatlari roʻyxati bilan tanishing. Bundan tashqari, davlat ta'lim tashkilotlari tomonidan berilgan B1 va undan yuqori sertifikatga ega o'quvchilar ham belgilangan mazkur fanlardan ozod etiladi. ✅@talimuz

78,000 views

Opublikowano 2 kwi

⚡️14 xil Yurisprudensiya yo'nalishi mavjud! 🇺🇿 2024-yilda abituriyentlar “Yurisprudensiya” mutaxassisligi bo‘yicha 14 ta ta’lim yo‘nalishiga o‘qishga kirishlari mumkin: 1. Yurisprudensiya: faoliyat turlari bo'yicha 2. Yurisprudensiya: islom huquqi 3. Yurisprudensiya: qishloq xo‘jaligi huquqi 4. Yurisprudensiya: xalqaro-huquqiy faoliyat 5. Yurisprudensiya: xalqaro transport huquqi 6. Yurisprudensiya: biznes huquqi 7. Yurisprudensiya: davlat yuridik faoliyati 8. Yurisprudensiya: jinoiy-huquqiy faoliyat 9. Yurisprudensiya: transchegaraviy suv munosabatlari 10. Yurisprudensiya: xalqaro huquq va qiyosiy huquq. 11. Yurisprudensiya: yer munosabatlari. 12. Yurisprudensiya: fuqarolik va biznes huquqi. 13. Yurisprudensiya: tergov faoliyati 14. Yurisprudensiya: prokurorlik faoliyati. ✅@talimuz

89,700 views

Opublikowano 31 mar

⚡️2024-yilgimaktab bitiruvchilarining attestatsiya fanlari ro‘yxati e’lon qilindi! 🟥Majburiy fanlar: 1⃣ Ona tili va adabiyoti (yozma, insho) 2⃣ Matematika (yozma) 3⃣ O‘zbek tili (yozma va og‘zaki) 4⃣ Chet tili (yozma yoki og‘zaki) 5⃣ O‘zbekiston tarixi (yozma yoki og‘zaki) 🟨Tanlov fanlar (bitiruvchilar bittasini tanlashi kerak): ➖ Kimyo ➖ Fizika ➖ Huquq ➖ Geografiya ✅@talimuz

97,700 views

Opublikowano 28 mar

⚡️Endi Toshkent davlat texnika universitetining diplomi butun dunyoda tan olinadi 2023-yilning 2-6 oktyabr kunlari Toshkent davlat texnika universitetida ta’lim sifatining jahon standartlari va mezonlariga muvofiqligi Germaniyaning ASIIN tashkiloti tomonidan baholangan edi. Baholash natijasiga ko‘ra, universitetning - Elektr energetikasi (elektr ta’minoti) - Metallurgiya bakalavriatura ta’lim yo‘nalishlari, - Elektr ta’minoti (sanoat korxonalari va shaharlar) - Metallurgiya (metall turlari bo’yicha) magistratura mutaxassisliklari 5 yil muddatga xalqaro akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Ta’kidlash joizki, xalqaro akkreditatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma ta’lim va xizmatlarning sifati, ularning xalqaro talablarga muvofiqligi kafolatlarini tasdiqlaydi va ushbu dasturlar bo‘yicha oliy ta’lim to‘g‘risidagi diplom butun dunyoda tan olinadi. ✅@talimuz

109,000 views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••6768697071•••7576