TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Back to channels
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot avatar

TGINSIGHT CHAT

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

@hetmuloqot

Business and startups

"HUDUDIY ELЕKTR TARMOQLARI" AJ Toshkent sh, Osiyo kо‘chasi, 8 Ishonch telefoni: 71 207 23 76 E-mail: [email protected] Murojaat uchun @HET_admin Call center: 1154 Facebook: facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari Sayt: het.uz

Subscribers9.0万Current channel subscribers
Tracked posts1,004Indexed post count
Recent reach96,840Sum of recent post views
Recent posts

Recent posts

Page 6 of 84 · 1,004 posts

Posted Apr 1

📌 📌 📌 📌 📌 📌 KORRUPSIYA – TARAQQIYOT KUSHANDASI! 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

7,800 views

Posted Apr 1

📌 📌 📌 📌 📌📌 FARG‘ONA VILOYATIDA 1,4 MLRD SO‘MLIK ELEKTR ENERGIYASIDAN NOQONUNIY FOYDALANISH HOLATI ANIQLANDI Avval xabar berganimizdek, hududlarda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat xizmati (bo‘limi) va Elektr energiyasi oqimlari va yo'qotishlarni hisobga olish, hududlar bilan ishlash departamenti hamda IJQK departamenti mutasaddilari ishtirokida energiya resurslarini talon-toroj qilish holatlarini aniqlash yuzasidan reyd tadbirlari davom etmoqda. O‘tkazilayotgan tadbirlar davomida iste’molchilar tomonidan elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini mensimasdan davlat mulkidan o‘zboshimchalik bilan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanmoqda. Kuni kecha, Farg‘ona viloyati Oltariq tumanida o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida "A.S.B" kо‘p tarmoqli fermer xо‘jaligi tomonidan о‘rnatilgan hisoblagichga qasddan tashqi ta’sir о‘tkazgan holda о‘rnatilgan tamg‘ani buzib, elektr energiyasidan noqonuniy holatda foydalanib kelish holati aniqlandi. Moddiy zararni aniqlash bo‘yicha qayta hisob-kitob natijalariga ko‘ra, fuqaro tomonidan davlat manfaatlariga jami 1,4 mlrd. so‘m so‘m zarar yetkazganligi aniqlanib, tegishli tartibda to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

7,770 views

Posted Apr 1

📌 📌 📌 📌 📌 📌 Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbirida ishtirok etmoqda. “Xalqimiz azal-azaldan Navro‘z kunlarida, oilasida farzand tug‘ilganida tomorqasiga, maydon va xiyobonlarga, yo‘l chetlariga yaxshi niyat bilan ko‘chat qadagan, gul-u rayhonlar ekkan. Biz xalqimizga xos bunday ezgu qadriyatlar zamirida besh yildan buyon “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirib, har yili 200 million tup ko‘chat ekib kelyapmiz”, – dedi davlatimiz rahbari. O‘tgan davrda 2 ming gektardan ziyod maydonda 942 ta yashil bog‘ va yashil jamoat parklari,47 ta massivda “Yangi O‘zbekiston bog‘lari” barpo etildi. Respublikaning tog‘, cho‘l va adirlarida 256 ming gektar o‘rmon tashkil qilindi. Orolning qurigan tubida 2 million gektar maydonda yashil qoplamali himoya o‘rmonzorlari yaratildi. Shamol va qum-chang bo‘ronlari zararli ta’sirining oldini olish maqsadida 33 ta tumanda 60 kilometrli “yashil belbog‘” hosil qilindi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

7,480 views

Posted Apr 1

📌 📌 📌 📌 📌 📌 AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH TIZIMI TAKOMILLASHTIRILMOQDA О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2026-yil 13-mart kuni “Xalq murojaatlari bilan ishlash tizimini yangi darajaga kо‘tarish va jamoatchilik fikrini chuqur tahlil qilish”ga bag‘ishlab о‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi ijrosini taminlash maqsadida belgilangan dasturga muvofiq “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan aholi murojaatlari bilan ishlash tizimida olib borilayotgan ishlar xususida “О‘zbekiston 24” radiokanalining “Radiomuloqot” dasturining navbatdagi sonida ma’lumot berildi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

5,750 views

Posted Apr 1

📌 📌 📌 📌 📌 📌 #Naqdsiz_hisob_kitob 2026-yil 1-apreldan quyidagilar uchun to‘lovlar faqatgina bank kartalari yoki elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshiriladi: – elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvidan foydalanganlik uchun to‘lovlar (bundan bank kassalari orqali amalga oshiriladigan toʻlovlar mustasno); – transportlarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari orqali aholiga neft-gaz mahsulotlarini sotish va elektrda harakatlanadigan transportlarni zaryadlash bo‘yicha xizmatlar. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

6,660 views

Posted Mar 31

📌 📌 📌 📌 📌 📌 AHOLI MUROJAATI E’TIBORDA Prezidentimiz tomonidan belgilangan ustuvor vazifalar ijrosi doirasida aholi murojaatlarini tezkor va samarali ko‘rib chiqish ishlari tizimli ravishda olib borilmoqda. Xususan, Toshkent shahar Olmazor tumanidagi “Zarhal” MFY hududida iste`molchilarning elektr ta’minotiga oid murojaatlari asosida amaliy choralar ko‘rilmoqda. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱het.uz

7,790 views

Posted Mar 31

📌 📌 📌 📌 📌 📌 "HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI" AJ "HUDUDIY QURILISH-MONTAJ DIREKSIYASI" FILIALIGA YANGI ELEKTROMOBILLAR TOPSHIRILDI Aholining elektr energiyasi taʼminotiga boʻlgan talabini qondirish, joylarda elektr tarmoqlari xizmatini rivojlantirish, zarur infratuzilma tarmogʻini shay qilish maqsadida “Hududiy qurilish-montaj direksiyasi" filiali moddiy-texnik imkoniyatlari oshirib borilmoqda. Shu maqsadda elektr energiyasi bilan barqaror hamda sifatli ta’minlash, xizmat ko‘rsatish jarayonlarini yanada takomillashtirish maqsadida filialga 5 ta zamonaviy elektromobillar topshirildi. Mazkur transport vositalari energetika tizimida xizmat ko‘rsatish tezkorligini oshirish hamda ishlab chiqarish jarayonlarini yanada samarali tashkil etishga xizmat qiladi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

6,850 views

Posted Mar 31

📌 📌 📌 📌 📌 📌 Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatida islohotlar natijadorligi hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Yigʻilishda yirik investitsiya loyihalariga alohida eʼtibor qaratildi. Jumladan, “Namangan” erkin iqtisodiy zonasining “Sabzazor” massivida umumiy qiymati 547 million dollarlik 15 ta loyihani to‘liq amalga oshirish uchun qo‘shimcha elektr podstansiyasi qurish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Chust tumanida quvvati 60 megavatt bo‘lgan yashil energiya loyihasini amalga oshirish uchun 24 gektar yer maydoni ajratish taklifi ilgari surildi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

8,350 views

Posted Mar 31

📌 📌 📌 📌 📌 📌 O'ZARO TAJRIBA ALMASHISH: JIZZAXLIK ENERGETIKLAR FARG‘ONADAGI ISH JARAYONLARI BILAN TANISHDI “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruv raisining topshirig‘iga muvofiq, hududlar o‘rtasida tajriba almashish, zamonaviy yondashuvlarni keng joriy etish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filialining bir guruh mutaxassislari Farg‘ona viloyatida bo‘ldi. Tashrif davomida energetiklar “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning ishlab chiqarish va ta’mirlash yo‘nalishlaridagi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Xususan, korxona tasarrufidagi polimer izolyatorlar, SIP armaturalar, traverslar hamda temir-beton tayanchlar ishlab chiqarish uchastkalarida bo‘lib, bu yerda mahsulotlarni tayyorlashning zamonaviy bosqichlari, sifat nazorati va texnologik jarayonlar o‘rganildi. Shuningdek, mehmonlar elektr qurilmalarini ta’mirlash bo‘limi faoliyati bilan ham tanishib, mavjud texnika va uskunalardan unumli foydalanish, ta’mirlash ishlarini qisqa muddatlarda va sifatli tashkil etish borasidagi amaliy tajribalarni o‘rgandilar. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

8,980 views

Posted Mar 31

📌 📌 📌 📌 📌 📌 AHOLI MUROJAATI IJOBIY HAL ETILDI Andijon tumanining “Haqiqat” mahallasida istiqomat qiluvchi aholi tomonidan elektr ta’minoti bilan bog‘liq murojaat kelib tushgan edi. Mazkur murojaat Andijon tuman elektr ta’minoti korxonasi hamda tuman hokimligi hamkorligida atroflicha o‘rganilib, ijobiy hal etildi. Xususan, murojaat asosida hududdagi eskirgan 12 dona yog‘och tayanchlar zamonaviy temir-beton tayanchlarga almashtirildi. Amalga oshirilgan ushbu ishlar natijasida elektr tarmoqlarining ishonchliligi oshirilib, iste’molchilarga sifatli va uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berish imkoniyati yanada yaxshilandi. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

9,250 views

Posted Mar 30

📌 📌 📌 📌 📌 📌 AHOLI MUROJAATLARI — DOIMIY E’TIBORDA Prezidentimiz rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda aholi murojaatlariga tezkor va samarali javob berish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan edi. Ushbu topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Toshkent hududiy filiali tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Yangiyo‘l shahar elektr ta’minoti bo‘limi ishchi guruhi tomonidan “Bog‘bon” MFY aholisidan kelib tushgan murojaatlar joyida o‘rganildi. Iste’molchilarning elektr ta’minoti sifatini yaxshilash borasidagi so‘rovlari yuzasidan amaliy choralar ko‘rilib, muammolar o‘z vaqtida hal etildi. Xalq bilan muloqot va murojaatlar bilan ishlash jarayonlari davom etmoqda. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

10,400 views

Posted Mar 30

📌 📌 📌 📌 📌 📌 SIRDARYODA 470 MLN SO‘MLIK NOQONUNIY ELEKTR ENERGIYASIDAN FOYDALANISH HOLATI ANIQLANDI “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Sirdaryo hududiy filiali tomonidan o‘tkazilgan tungi reyd davomida Sirdaryo tumani “U. U. U. Y” fermer xо‘jaligida elektr energiyasidan hisoblagichdan tashqari, tarmoqqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu holat natijasida 470 mln so‘m miqdorida zarar yetkazilgan. Holat yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib, to'plangan hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etildi. Hurmatli iste’molchilar, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish javobgarlikka sabab bo‘lishini eslatib o‘tamiz. 📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz

9,760 views
12•••45678•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384