TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
Redi ad canales
Teacher Azam avatar

TGINSIGHT CHAT

Teacher Azam

@TeacherAzam

Educatio

TEACHER AZAM (Qahramoniy) 👨🏼‍💻 Oʻzimizning chat guruhimiz bor, baʼzi-baʼzida men ham yozib turaman 👉t.me/Teacherazamchat 🚩Instagram: 👉instagram.com/teacherazam ☎️ Englify online maktabim: +998781136969 ☎️ Reklama va taklif uchun: 👉+998 97 831 11 11

Subscriptores4.0万Numerus subscriptorum hodiernus
Scripta custodita1,011Scripta numerata
Attingentia recens131,690Visiones scriptorum recentium
Scripta recentia

Scripta recentia

Pag. 23 de 85 · 1,011 scripta

Editum Nov 21

🔥Master-klassda qatnashish uchun 6 mingdan ortiq inson to'plandi. 👉Master-klassga qo'shilish 📌 Ertaga, 20:00 da boshlaymiz, siz ham qo'shiling.

10,700 views

Editum Nov 21

11,500 views

Editum Nov 21

🌞 Dunyoda quyosh energiyasiga bo‘lgan talab rekord darajada oshyapti 🇨🇳 Visual Capitalist’ning yangi tahliliga ko‘ra, kelajakda qurilishi rejalashtirilgan quyosh elektr stansiyalari bo‘yicha Xitoy mutlaq yetakchi bo‘lishi mumkin. Ularning qurilishi rejalangan quvvati — 671 gigavattga yaqin va bu butun dunyo bo‘yicha kelajakda quriladigan quyosh batareyalarining uchdan bir qismiga teng. 🗺 Qolgan yirik davlatlardagi quyosh stansiyalarining hajmi (AQSh, Hindiston, Braziliya, Ispaniya va boshqalar) Xitoynikiga yetgani yo‘q. ⚡️ Maqolada aytilishicha, dunyodagi eng katta 15 ta davlat kelajakdagi quyosh energiyasining 80 foizidan ortig‘iga egalik qiladi. Bu esa quyosh energiyasi global miqyosda qanchalik strategik yo‘nalishga aylanganining isboti. @teacherazam

11,700 views

Editum Nov 21

📚Konspekt yozish an’anasi qadimdan bor, lekin bugun boshqa bosqichda. Avvallari shogirdlar ustozning har bir so‘zini qo‘l bilan yozib olar edi. Endi esa bunga hojat yo‘q. Samsung Galaxy S25’dagiNote Assist leksiya audiosini matnga aylantiradi, qisqartiradi va eng muhim joylarini saralab beradi. O‘qiydiganlar, o‘qituvchilar va band odamlarga juda qulay. Yoqing — qolganini AI qiladi. ✍️✨ @teacherazam

9,290 views

Editum Nov 20

🎙 O‘zbekistonda tibbiy tekshiruv madaniyati nega sust? Nega ko‘pchilik odamlar og‘riq chidab bo‘lmas darajaga chiqqanda, shifokorga boradi? Mioma, infarkt, skrining, profilaktika — bularning hammasi aslida qanchalik xavfli va oldini olish mumkin bo‘lgan kasalliklar? 🧑‍⚕ Bu epizodda biz tajribali mutaxassislar bilan O‘zbekiston tibbiyot tizimidagi real muammolar, odamlar sog‘lig‘iga beparvolik qilishining psixologik sabablari, infarktning yosharyishi, miomaning keng tarqalishi, va davlat hamda xususiy sektorning kelajakdagi o‘rni haqida suhbatlashdik. 📄 Shuningdek, OVI.uz loyihasining ichki mexanizmlari, investorlar bilan ishlash jarayoni, nega bu loyiha shunchalik katta umid uyg‘otayotgani va tibbiy xizmatlar infratuzilmasini qanday o‘zgartira olishi haqida birinchi manbadan eshitasiz. Agar siz tibbiyot, sog‘liq, davlat tizimi yoki sog‘liqni raqamlashtirish kelajagiga qiziqsangiz — bu epizodni albatta ko‘ring. Ko‘rish: https://youtu.be/fPOlwfL6s_c @teacherazam

10,800 views

Editum Nov 20

Ivodzima janggi — Ikkinchi Jahon urushining eng qonli va eng ramziy janglaridan biri bo‘lib, 1945 yil fevral oyida AQSh va Yaponiya qo‘shinlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan. Bu kichik orol strategik jihatdan juda muhim edi, chunki u yerdan uchirilgan yapon samolyotlari AQSh bombardimonchi samolyotlariga xavf tug‘dirardi. Jang 36 kun davom etdi. AQSh dengiz piyodalari qattiq qarshilikka uchrashdi, chunki yaponlar orol ostida ulkan tunnel tizimlari va yashirin bunkerlar qurib, mudofaani juda kuchaytirgan edi. Agar siz Ivodzima jangining strategik ahamiyati, tarixiy oqibatlari yoki askarlarning hayotiy hikoyalari haqida ko‘proq bilmoqchi bo‘lsangiz, videoni tomosha qiling: https://youtu.be/SJ756mD3d8E

10,800 views

Editum Nov 19

Kecha iqtisodiy o‘sishga qaramasdan nega odamlar o‘zlarini baxtsizroq his qilishi haqidagi fikrlaringizni so‘ragan edim. ✍️ Bugun esa shu bildirilgan fikrlardan bir nechtasini siz bilan ulashmoqchiman. @teacherazam

13,600 views

Editum Nov 18

11,100 views

Editum Nov 18

Hammaga salom, bu Teacher Azam😎 Pastda audio bo’ladi, va izohlarda muhokama qilamiz Zo’r mavzu olib keldim

10,900 views

Editum Nov 18

Teacher Azam ingliz tilini 0 dan qanday o'rgangan bo'lardi? Teacher Azam: 🤔 "O’ylanib qoldim, hozirgacha olgan barcha bilim va tajribalarim o’zim bilan qolib, lekin ingliz tilini bilmaydigan bo’lsam... va ingliz tili o’rganishni bugun, hozirgi zamon imkoniyatlari bilan 0 dan boshlaganimda qanday o’rgangan bo’lardim?" Teacher Azamning javoblari bir postga sig'madi, shuning uchun YouTube video olib yubordik. Ko'rila! Videoni ko'rish: 👇 📹Teacher Azam ingliz tilini 0 dan qanday o'rgangan bo'lardi? #YouTube Yoqimli tomosha! 📱@englifyschool

11,700 views

Hashtags

Editum Nov 18

🇺🇸 Amerikada 2025-yil yarmigacha eng ko‘p sotilgan top-20 ta mashina Ular uchta guruhga bo‘lingan: 1. Truck - Orqa yukxona (kuzov) bor, kuchli, yuk tashishga mos mashinalar. 2. SUV - Sport Utility Vehicle. Ko‘p maqsadli, baland va kuchli mashinalar 3. Sedan - Klassik past kuzovli, qulay va tejamkor mashinalar. 🚙 Ford F-Series 412,848 ta sotilgan avtomobil bilan Amerikaning eng mashhur transporti bo‘lib qolmoqda. Undan keyin Chevrolet Silverado (284,038 ta) va Toyota RAV4 (239,451 ta) turadi. 🚚 Bozorda yo‘ltanlamaslar ustunlik qilib, top-20 sotuvning 47 foizini (1,49 million avtomobil) tashkil etadi. Pikaplar 37 foiz (1,17 million) va sedanlar 16 foiz (505 ming) ulushga ega. 🚛 Eng ko‘p sotiladigan beshta avtomobilning barchasi pikap yoki ixcham yo‘ltanlamaslardir. Bu iste’molchilar an’anaviy sedanlarga qaraganda foydaliroq va ko‘p qirrali avtomobillarni afzal ko‘rishini ko‘rsatadi. 🇺🇿 Sizningcha O‘zbekistonda eng ko‘p xarid qilinyotgan 10 ta mashina qaysi? @teacherazam

9,650 views

Editum Nov 17

🌉 Kaliforniya — eng ko‘p aholiga ega shtat bo‘lib, mamlakatdagi uysizlar soni bo‘yicha ham yetakchi o‘rinda turadi. 2024-yil yanvar oyiga kelib, bu yerda 187 000 dan ortiq uysiz shaxs mavjud. Odatda uysizlar soni umumiy aholi soniga bog‘liq bo‘lsa-da, ayrim istisnolar ham bor. 🗽 Masalan, Nyu-York (uysizlar soni bo‘yicha 2-o‘rin, umumiy aholi soni bo‘yicha 4-o‘rin), Vashington (uysizlar soni bo‘yicha 3-o‘rin, umumiy aholi soni bo‘yicha 13-o‘rin) va Massachusets (uysizlar bo‘yicha 5-o‘rin, umumiy aholi soni bo‘yicha 16-o‘rin) Nima uchun uysizlar soni ko‘p? 📊 Misol uchun Kalifornia ijara narxlari bo‘yicha AQShdagi eng qimmat shtat. Oyiga $2500–3500 atrofida. O‘rtacha odamning bu narxni to‘lashga oylik daromadi yetmaydi. Yil bo‘yi issiq ob-havo ko‘chada yashashning imkoni bor. 🇺🇸 Nyu Yorkda esa aholi soni juda ko‘p. Bundan tashqari Manxetten, Bruklin, Queens — ijara narxlari butun dunyoda eng qimmat hududlar qatoriga kiradi. Nyu-York qonun bo‘yicha har bir odamga boshpana berishga majbur. Bu ham yaxshi, ham yomon: Yaxshi tarafi odamlar ko‘chada kamroq yotadi Yomon tarafi esa boshqa shtatlardan ham odamlar yordam olish uchun Nyu-Yorkga keladi. @teacherazam

9,950 views
12•••5•••10•••15•••202122232425•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8485