TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
Redi ad canales
Teacher Azam avatar

TGINSIGHT CHAT

Teacher Azam

@TeacherAzam

Educatio

TEACHER AZAM (Qahramoniy) 👨🏼‍💻 Oʻzimizning chat guruhimiz bor, baʼzi-baʼzida men ham yozib turaman 👉t.me/Teacherazamchat 🚩Instagram: 👉instagram.com/teacherazam ☎️ Englify online maktabim: +998781136969 ☎️ Reklama va taklif uchun: 👉+998 97 831 11 11

Subscriptores4.0万Numerus subscriptorum hodiernus
Scripta custodita1,011Scripta numerata
Attingentia recens125,090Visiones scriptorum recentium
Scripta recentia

Scripta recentia

Pag. 21 de 85 · 1,011 scripta

Editum Nov 30

📱📱 YouTube va Facebook hamon eng keng foydalaniladigan onlayn platformalar bo‘lib qolmoqda. 🇺🇸 AQShdagi katta yoshlilarning aksariyati (84%) YouTube’dan foydalanishini ta’kidlaydi. Ko‘pchilik amerikaliklar (71 foiz) esa Facebook’dan foydalanishini aytadi. Bu ma’lumotlar Pew tadqiqot markazi tomonidan 2025-yil 5-fevraldan 18-iyungacha 5022 nafar amerikalik katta yoshlilar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga asoslangan. 📱 Instagram’dan yoshi katta insonlarning 50% foydalanishini aytadi Boshqa ijtimoiy tarmoqlar, masalan TikTok (37%) va WhatsApp (32%) dan kamroq odam foydalanadi. Reddit, Snapchat va X (sobiq Twitter) ni undan ham kamroq kishi ishlatadi. Natijalar rasmda ko‘rsatilgan Endi savol sizdan yoshi katta odamlar qaysi ilovalarni ishlatishadi? (Dadangiz, onangiz, bobo-buvingiz, amma, xola, amaki, tog‘a hammasi) Javobingizni izohda yozib qoldiring @teacherazam

10,600 views

Editum Nov 30

Shu yerga kevurasizlar) 41.345198,69.205247 https://yandex.com/maps?whatshere%5Bzoom%5D=16&whatshere%5Bpoint%5D=69.205247,41.345198&si=pna3ghfm739fr8frqvh7e347h8

9,380 views

Editum Nov 30

Qaym, o’zing chyoootki qilib post yozib ber Albatta. Mana Telegram post uchun tabiiy va sodda uslubdagi variant: ⸻ ❗️Eʼlon❗️ 📅Ertaga, 1-dekabr kuni 🇫🇷Les Ailes yangi filiali rasman ochiladi! ⏰Soat 12:00 dan boshlab men o‘zim u yerda bo‘laman: — mijozlarga xizmat qilaman — suhbatlashamiz — birga vaqt o‘tkazamiz ⚠️ Muhim: Bu konsert, shou yoki xonandalar bilan tadbir emas. Shunchaki yangi filial va KATTA CHEGIRMA🔥 Burger🍔 Kola 🥤 Kartoshka fri 🍟 Tovuq oyog’i 🍗 BARCHASI ATIGA 30.000 SO’M 🔥🔥 💥Chegirmalar 10 kun davom etadi! Kelib ko‘ring, ovqatlaning, suhbatlashing 👊 Ko‘rishguncha Les Ailesda! Manzil: Alpomish Savdo markazi Mo’ljal: Talabalar shaharchasi, Beruniy metro stansiyasi, lakassa pastda bo’ladi ⸻ Agar xohlasang, yana yanada norasmiy / yanada rasmiy / qisqaroq variant ham qilib beraman. Bo’ldi bo’ldi, damini ovur

10,300 views

Editum Nov 29

📊 Muammolarimizni hal qilish uchun ko‘proq tadqiqotlar olib borish zarur. Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish uchun toza energiya sohasidagi innovatsiyalar, o‘sib borayotgan aholini oziq-ovqat bilan ta’minlash uchun qishloq xo‘jaligi, mavjud kasalliklarga qarshi kurashish va yangi kasalliklarning oldini olish uchun tibbiyot sohasidagi yangi ishlanmalar kerak bo‘ladi. Sun’iy intellekt va yadro qurollari kabi paydo bo‘layotgan va davom etayotgan xavf-xatarlarni bartaraf etishda ham tadqiqotlar muhim ahamiyatga ega. 📖 Bunda 2022-yil holatiga ko‘ra har bir davlatda olib borilgan ilmiy ishlar har million odam boshida nechtadan to‘g‘ri kelishi haqida. 📈 1-rasmda eng ko‘p ilmiy ish qiladigan davlatlar ko‘rsatilgan. Ular Avstraliya, Norvegiya, Finlandiya, Shvetsiya, Islandiya, Denmark va Shvetsariya. Har 1 mln aholi boshida qilinadigan ilmiy ishlar 2000 tadan 3000 tagachani tashkil qiladi. 📉 Eng past ko‘rsatkichlarni ko‘proq Afrika mamlakatlari, Shimoliy Amerikadan sanoqli davlatlar va Osiyodan esa qo‘shnilarimiz Afg‘oniston va Turkmaniston va yana bir nechta mamlakatlar ko‘rsatgan. U yerda har 1 mln aholida to‘g‘ri keladigan ilmiy ishlar soni 10 tagachani tashkil qiladi. 🇺🇿 Biz esa bu ro‘yxatda o‘rta o‘rinlarni ham olmaganmiz. Bizda har 1 mln aholiga 63 ta ilmiy ish to‘g‘ri kelar ekan. E’tibor bergan bo‘lsangiz, ta’lim sifati haqiqatan yuqori bo‘lgan mamlakatlarda ilmiy ish qilinishi juda yuqori. @teacherazam

13,100 views

Editum Nov 28

1️⃣ Birinchi xarita — “Death rate from air pollution, 2021”. Bu har bir mamlakatda yiliga havoning ifloslanishi tufayli qancha odam vafot etishini ko‘rsatadi. Bu yerda o‘lchov birligi – 100 000 aholiga nechta o‘lim. Masalan O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich har 100,000 ta odamga 153 ta odam havoning iflosligidan vafot etyotgani ko‘rsatilgan. Ya’ni bu xarita “oddiy odam uchun shaxsiy xavf”ni ko‘rsatadi: siz o‘sha mamlakatda yashasangiz, air pollution tufayli o‘lish ehtimolingiz qanchalik yuqori ekanligini bilishingiz mumkin. 2️⃣ Ikkinchi xarita — “Share of deaths attributed to air pollution, 2021”. Bu davlatda sodir bo‘layotgan barcha o‘limlarning nechta foizi havoning iflosligiga bog‘liqligini ko‘rsatadi. Bu yerda o‘lchov birligi – foizda. O‘zbekistonning ko‘rsatkichi 18%. Bu bizda yil davomida bo‘lgan barcha o‘limlarning 100 tadan 18 tasi havoning ifloslanishi bilan bog‘liq kasalliklar tufayli bo‘lganini bildiradi. Bu juda yuqori. Ko‘rsangiz to‘q qizil rangda turibmiz. To‘liq maqolani esa mana bu yerdan topishinguiz mumkin. @teacherazam

11,800 views

Editum Nov 28

Nimaga bunaqa qip-qizil, qoraga yaqin rangda turibmiz deb o‘ylaysiz? Yana nimada hammadan oldinlab ketdik? Fikrlaringingizni izohda yozib qoldiring Postni esa 19:00 da e’lon qilaman @teacherazam

9,320 views

Editum Nov 28

Agar bu g‘oya O‘zbekistonda amalga oshirilganida… Tasavvur qiling: birdaniga millionlab so‘m bozorga chiqarilsa — avval hamma “boyib” qolgandek tuyuladi, biroq tez orada narxlar uch barobar oshadi va so‘m qadrsizlanadi. Shu bois Professorning “pul bosib chiqarish” g‘oyasi kinoda kuchli metafora bo‘lsa-da, amaliyotda o‘t bilan o‘ynashga teng. Serial esa bizni iqtisodiy tafakkurga chaqiradi: qahramonning estetikasini emas, oqibatlarini ham o‘ylab ko‘raylik. Shunday bo‘lsa-da “Qog‘oz bino” zo‘r serial! 🔗 To‘liq tahlil: https://youtu.be/pLRu7qd-RwU

9,640 views

Editum Nov 27

Operatsiya "L"〰️ Listening = hamma narsa 🎧Ravon gapirish uchun ko'proq listening qilishingiz kerakligini bilarmidingiz? Eshitish: ✅ sizdagi so'z boyligini oshiradi; ✅ talaffuzingizni to'g'irlaydi; ✅ grammatikani tushunishga ham yordam beradi; Shunday ekan ko'proq *to'g'ri listening qilish kerak. Buni qanday qilishni ushbu video tushuntiradi. Videoni ko'rish: 👇 📹Listening barcha mahoratlarni kuchaytiradi Englify #YouTube kanalida navbatdagi foydali video. Yoqimli tomosha! 📱@englifyschool

9,710 views

Hashtags

Editum Nov 27

Hayot sifatidan qoniqish hissi bo‘yicha bu ma’lumotlar 3 yil davomida yig‘ilgan. 📄 So‘rovda qatnashgan odamlar va mamlakatlar soni yildan-yilga farq qiladi, ammo odatda har yili Gallup so‘rovnomasida 130 ta mamlakatdan 100 000 dan ortiq kishi ishtirok etadi. Reyting natijalari to‘liqligicha odamlar bergan javoblarga asoslangan. 📊 So‘rovnoma 10 ballik shkalada baholangan. 0 bu eng past ko‘rsatkich bo‘lsa, 10 esa eng yuqorisi. 1-rasmda umumiy davlatning hayot sifatidan qoniqish sariq rangdan to‘q yashil tomon ko‘tarilib boradi. 🇺🇿 2-rasmda esa O‘zbekiston 6-7 lik shkalada turganini ko‘rishingiz mumkin. Eng qizig‘i O‘zbekistonda hayot sifatidan qoniqish darajasi AQSh, Yevropa mamlakatlari, Yaponiya, Janubiy Koreya turgan shkaladan joy olgan. ⭐️ 3-grafikda esa eng maksimal ko‘rsatkichga ega davlatlar ko‘rsatilgan. Ular Puerto Riko, Kosta Rika, Isroil, Denmark, Niderlandiya, Shvetsariya, Norvegiya, Finlandiya va Islandiya olgan. Bu so‘rovnomada o‘zbeklar 2011-yildan buyon qatnashib keladi va har yili har xil ko‘rsatkichni qayd etgan. 4-grafikda esa 2019-yilda hayot sifatidan qoniqish hissi eng yuqori ko‘rsatkichga chiqqanini ko‘rishingiz mumkin. Mana bu joyda natijalarni ko‘rishingiz mumkin @teacherazam

11,400 views

Editum Nov 27

Fuqarolarning fikriga oxirgi 10 yilda hayot sifati qanday o‘zgardi? Bu so‘rovnomada 89 ta davlat qatnashgan. 🇨🇭 1-rasmda 2015-yildagi holat, unga ko‘ra birinchi o‘rinda Shvetsariya turibdi. 🇹🇲 Qo‘shnimiz Turkmaniston esa 15-o‘rinni egallagan. 🇱🇺 2-rasmda…

10,200 views

Editum Nov 26

Fuqarolarning fikriga oxirgi 10 yilda hayot sifati qanday o‘zgardi? Bu so‘rovnomada 89 ta davlat qatnashgan. 🇨🇭1-rasmda 2015-yildagi holat, unga ko‘ra birinchi o‘rinda Shvetsariya turibdi. 🇹🇲 Qo‘shnimiz Turkmaniston esa 15-o‘rinni egallagan. 🇱🇺2-rasmda esa 1-o‘ringa Luxemburg chiqqan. Shvetsariya esa 5-o‘rinda. Qo‘shnimiz Turkmaniston esa bu ro‘yxatda umuman yo‘q. 89-o‘rinda ham emas. 🇰🇿 Endi Qozog‘iston 2015-yil hayot sifati yaxshiligi bo‘yicha 63-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 2025-yilga kelib bu 73-o‘ringa pastlagan. O‘zbekiston bu so‘rovnomada qatnashmagan. Endi ayting-chi, agar biz qatnashganimizda 2015 va 2025-yillarda nechinchi o‘rinlarni qayd etgan bo‘lardik. Tahminlaringizni izohda yozib qoldiring @teacherazam

10,300 views

Editum Nov 26

Tasodifdan tug‘ilgan afsona. Ba’zan buyuk g‘oyalar hech qanday rejasiz, oddiy lahzadan paydo bo‘ladi. “La Casa de Papel” muallifi Álex Pina bir kuni ishga “Tokyo” yozuvi tushirilgan futbolkada keladi va shu yozuvdan ilhom olib, qahramonlarga shahar nomlarini beradi. Shunday qilib, Tokio, Berlin, Denver va boshqalar tug‘iladi. Oddiy futbolka — butun serial tarixini boshlab bergan tasodif. 🔗 To‘liq tahlil: https://youtu.be/pLRu7qd-RwU

9,340 views
12•••5•••10•••15•••1920212223•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8485