TGINSIGHT CHAT
Teacher Azam
@TeacherAzam
EducatioTEACHER AZAM (Qahramoniy) 👨🏼💻 Oʻzimizning chat guruhimiz bor, baʼzi-baʼzida men ham yozib turaman 👉t.me/Teacherazamchat 🚩Instagram: 👉instagram.com/teacherazam ☎️ Englify online maktabim: +998781136969 ☎️ Reklama va taklif uchun: 👉+998 97 831 11 11
Scripta recentia
Pag. 28 de 85 · 1,011 scripta
Editum Oct 21
O‘YINLARDAGI TIRIK DUNYONI QANDAY YARATISHADI? 👨💻🌍 Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, o‘yinlardagi personajlar qanday qilib o‘z hayoti bilan yashaydi? Kiber Uz kanali bu murakkab texnologiyalar ortida nimalar turganini batafsil tushuntirib beribdi. Bu videodan keyin ishlab chiquvchilar mehnatiga hurmatingiz yanada oshadi. Kod ortidagi mo‘jizani kashf eting! 👇 ➡️ To‘liq videoni bu yerda tomosha qiling: https://www.youtube.com/watch?v=tcSPCEstZJ8
Editum Oct 20
Nega O‘zbekistonda futbol rivojlandi? 🎙 Ushbu podkastda O‘zbekiston futboli, Olimpiada yo‘llanmasi va “Ko‘rinmas medal” hujjatli filmi haqida gaplashdik. Mehmonlarimiz bilan 2000-yillar boshidagi futbol tizimi qanday ishlagani, Eronga qarshi o‘yin, Jahon chempionatiga chiqish ehtimoli va O‘zbekiston futbolining burilish nuqtalarini tahlil qildik ⚽️ Bu podkastni ko‘rib o‘zbek futboli haqida bilmagan ma’lumotlaringizni bilib olasiz. Podkast nafaqat futbol haqidagi ma’lumotlar, balki ichki kechinmalar, tanqid va orzular bilan to‘la. Futbolni yurakdan his qiladiganlar — tomosha qilish shart! 👉 Tomosha qilish: https://youtu.be/1FOd6SL9cRI @teacherazam
Editum Oct 19
Semizlik darajasi 🌍 Semizlik mahalliy muammo bo‘lmay qoldi - hozir u sog‘liqni saqlash tizimlari uchun global muammoga aylandi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab 900 millionga yaqin kattalarda tana massasi indeksi 30 va undan yuqori. 🗺 Eng yuqori ko‘rsatkichlar Tinch okeani mintaqasi, Amerika Qo‘shma Shtatlari va Fors ko‘rfazi mamlakatlarida qayd etilgan bo‘lib, ularda semiz odamlar ulushi 40-75% ga yetadi. Yevropa mamlakatlarida semizlik darajasi bir-biridan sezilarli darajada farq qiladi, Fransiya, Shveytsariya va Daniyada 10-13% bo‘lsa, Ruminiya va Vengriyada 30% dan ortiq. Lotin Amerikasida bu ko‘rsatkichlar odatda yuqori bo‘lib, Venesuelada 23 foizdan Chilida 39 foizgacha. Afrika va Sharqiy Osiyoda esa bu sezilarli darajada past, garchi ular o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lsa ham. 🇺🇿 O‘zbekiston esa 30% lik ko‘rsatkichga kirganini ko‘rsangiz bo‘ladi xaritadan. @teacherazam
Editum Oct 19
“Salo” – film emas, ruhiy stress testi 🎬 Pier Paolo Pasolini’ning “Salo yoki Sadomning 120 kuni” filmi bu oddiy kino emas, balki tomoshabinning sabrini, insoniylik chegarasini sinovdan o‘tkazadigan asar. Shu bois uni ko‘p kishi “ko‘rish qiyin” deb ataydi. Bu filmni ko‘rish go‘yoki jamiyatning eng qorong‘i burchagiga oynadan qarashga o‘xshaydi. Shuning uchun ham u ko‘plab mamlakatlarda taqiqlangan. Film haqida batafsil tahlilni “Susambil” YouTube kanalida tomosha qiling. 🔗https://youtu.be/WRcZCRLygM8
Editum Oct 18
Ushbu grafik Jahon savdo tashkiloti ma’lumotlari asosida dunyodagi eng yirik tovar eksport qiluvchi 30 ta davlatni ko‘rsatadi. 🇨🇳 2024-yilda jahon tovarlari eksportining 14,6 foizi Xitoy hissasiga to‘g‘ri keldi, bu umumiy ko‘rsatkichning eng yuqori ulushi. Butun dunyo eksport summasi $24,5 trillion bo‘lsa, 30 ta davlatniki $20,3 trillionni tashkil qiladi. 2024-yil O‘zbekistonda eksport hajmi esa $26,94 milliardni tashkil qilgan. @teacherazam
Editum Oct 17
🇪🇺 Yevropadagi yangiliklarga bo‘lgan ishonch xaritasiga qarasangiz, u yerdagi odamlar ommaviy axborot vositalariga turlicha ishonch bildirishini ko‘rasiz. Shimoliy va G‘arbiy Yevropada yangiliklarga ishonch ancha yuqori. Finlyandiya (67%), Daniya (56%), Norvegiya va Portugaliya (ikkalasi ham 54%). U yerdagi odamlarning aksariyati yangiliklarni ishonchli deb hisoblaydi. 🇫🇷 Biroq Buyuk Britaniyada va ayniqsa Fransiyada vaziyat butunlay boshqacha. Masalan, Fransiyada aholining atigi 29 foizi yangiliklarga ishonadi, bu qit’adagi eng past ko‘rsatkichlardan biri ekan. 🇬🇷 Janubiy va Sharqiy Yevropada ham yangiliklarga ishonch kam, ko‘pincha 40 foizdan past. Eng past ko‘rsatkichlar Vengriya va Gretsiyada bo‘lib, u yerda respondentlarning atigi 22 foizi yangiliklarni ishonchli deb hisoblaydi. Manba Bizda odamlarning nechi foizi yangiliklarga ishonadi deb o‘ylasiz?
Editum Oct 16
Yana o‘sha zoomer’lar, bu safar Madagaskarda 🇲🇬 19-sentyabr kuni mamlakat poytaxti Antananarivoda suv va elektr ta’minotidagi uzilishlar davom etavergach 2 ta deputat tinch namoyish qilgan edi. Lekin ularni hukumat hibsga olgach, zoomer’lar “Ampy Zay” shiori, o‘zbekchada “Bo‘ldi yetadi” shiori ostida bosh ko‘tardi. ⚡️ Kuniga 10 soatlab davom etadigan uzilishlar, narxlarning oshishi va korrupsiya haqidagi shikoyatlar mamlakat bo‘ylab tez tarqaldi. 📱 25-sentyabrdan boshlab zoomer’lar prezident Andri Rajoelinaning iste’fosini talab qilishni boshladi. Ular Instagram, TikTok va memlar bilan vaziyatni yanada ommalashtirdi. Bosim ostidagi prezident esa 2-oktyabr kuni bosh vazir boshchiligidagi butun kengashni tarqatib yubordi va 6-oktyabrda yangi bosh vazirni sayladi. Lekin zoomer’lar bunga ko‘nishmadi, ular prezidentning o‘zi ham ketishini aytib namoyishlarni to‘xtatmadi. 🪖 12-oktyabrda esa armiya ham zoomer’lar tarafga o‘tdi va namoyishchilarga qarata o‘q uzishni rad etishdi. 13-oktyabr kuni prezident fransuz harbiy samolyoti yordamida mamlakatdan chiqib ketdi. Birinchi bo‘lib Nepalda, ikkinchi bo‘lib Marokashda, uchinchi bo‘lib Madagaskarda Z-avlod bosh ko‘tardi. Bu 1 oy ichida bo‘layotgan voqealar Hukumatlarga zoomerlar bilan ishlash qiyin bo‘lyaptimi? @teacherazam
Editum Oct 16
🗣Ingliz tilida gapirish uchun 12 ta zamonlarni hammasini bilishingiz shart emas. Chunki ingliz tilida, 90-95% holatlarda atigi 5 ta zamon ishlatiladi. 🔥 Hozirgina YouTube'ga chiqqan videomizda Mr. Javohir aynan o'sha eng ko'p ishlatiladigan 5 ta zamonni qisqa va lo'nda qilib tushuntirib berganlar. ⭐️ Biz kontentlarimizda yangi yuzlarni kashf qilishni boshladik. Kirib tomosha qilishingiz va qo'llab-qo'ltiqlashingiz mumkin. (Mr. Mike ham albatta biz bilan) Videoni ko'rish: 👇 📹5 ta zamon = ingliz tilining 90% qismi. #YouTube 👀Yoqimli tomosha! 📱@englifyschool
Hashtags
Editum Oct 15
Saratonning qanday turlari keng tarqalgan? Saraton o‘limning asosiy sabablaridan biridir, ammo uning tarqalishi mintaqalar bo‘yicha sezilarli darajada farq qiladi. Xalqaro saraton tadqiqotlari agentligi (IARC) ma’lumotlariga ko‘ra, eng ko‘p tashxis qo‘yilgan saraton turlariga o‘pka, ko‘krak, kolorektal, prostata, oshqozon va jigar saratoni kiradi. Bu farqlar turmush tarzi, atrof-muhit, ovqatlanish, genetika va sog‘liqni saqlash qay darajda ekanligiga bog‘liq. 1️⃣ O‘pka saratoni (barcha yangi holatlarning 12,4 foizi, 2,5 million) Xitoy, Rossiya va Sharqiy Yevropada eng ko‘p uchraydi. Sabablari esa chekish, havoning ifloslanishi va zararli mehnat sharoitlari kiradi. 2️⃣ Ko‘krak bezi saratoni (11,6%, 2,3 mln) Shimoliy Amerika, G‘arbiy Yevropa va Avstraliyada ko‘proq uchraydi, bu gormonal o‘zgarishlar, kech tug‘ish va semizlik bilan bog‘liq. 3️⃣ Kolorektal saraton (9,6%, 1,9 million) AQSH, Kanada, Avstraliya va Yevropa uchun xos bo‘lib, u yerda qayta ishlangan go‘sht iste’moli, fast-fud va kam harakatli turmush tarzi keng tarqalgan. 4️⃣ Prostata bezi saratoni (7,3%, 1,5 million) skrining usullari rivojlangan mamlakatlarda ko‘proq uchraydi Bu esa uni erta aniqlash imkonini ham beradi. 5️⃣ Oshqozon saratoni (4,9%, 970 000) Osiyoda, ayniqsa, an’anaviy ovqatlanish (dudlangan va tuzlangan oziq-ovqatlar miqdori yuqori) va Helicobacter pylori infeksiyasining yuqori tarqalishi tufayli keng tarqalgan. 6️⃣ Jigar saratoni (4,3%, 830 000) Osiyo va Afrikada ko‘proq uchraydi, bu gepatit B va C infeksiyalarining yuqori ko‘rsatkichlari, spirtli ichimliklar iste’mol qilish va ifloslangan oziq-ovqat bilan bog‘liq. 7️⃣ Bachadon saratoni (3,3%, 660 000) OPVga qarshi emlash qamrovi pastligi va skrining dasturlari yetarli emasligi sababli Afrika, Janubiy Amerika va ba’zi Osiyo mamlakatlarida eng keng tarqalgan. 👨🦰 Erkaklarda o‘pka saratoni (15,2%), prostata saratoni (14,2%) va kolorektal saraton (10,4%) ko‘proq tashxislanadi. Saratonning bu turlari rivojlanishiga chekish, kasbiy xavf-xatarlar va genetik moyillik asosiy rol o‘ynaydi. 👩🦰 Ayollarda ko‘krak bezi saratoni (23,8%), o‘pka saratoni (9,4%) va kolorektal saraton (8,9%) ko‘proq uchraydi. Ayollar o‘rtasida o‘pka saratoni bilan kasallanishning ko‘payishi chekuvchi ayollar sonining ko‘payishi bilan bog‘liq. @teacherazam
Editum Oct 15
Yakudza guruhlarining barmoqlarini amputatsiya qilish uslubi, o‘ziga xos va qo‘rqitish uchun ishlatiladigan an’anadir. Yakudza a’zolari, xato yoki tartib buzilishi uchun o‘z barmoqlarini, odatda, "yubitsume" deb ataladigan usulda kesishadi. Bu amaliyot, ularning sadoqatini va tashkilotga bo‘lgan itoatini ko‘rsatishning ramzi sifatida qabul qilinadi. Bu mafiya qanday qo‘rqinchli odatlari bor? Barchasi haqida videoda bilib oling: https://youtu.be/TnHPU36By9Y
Editum Oct 14
Oʻzbekistonda biznes qilish uchun eng yaxshi joymi? 🇺🇿 Avvalgi mehmonimiz: “Oʻzbekiston — biznes qilish uchun eng yaxshi joy”, - degan edi Ammo bu safargi mehmonimiz bunga qisman qoʻshilmadi: “Qulaylik kim uchun? Agar xalqaro investor oʻz pulini olib chiqib keta olmasa, qanday qilib kirsin?” deb javob berdi ⚖️ Feruzkhan Yakoubkhodjaevning fikricha, Oʻzbekistonda biznes muhiti shakllanib bormoqda, lekin barqaror qoidalar, kafolatlar va investorlar huquqlarining himoyasi hali toʻliq yoʻlga qoʻyilmagan. 💬 Sizningcha-chi, Oʻzbekistonda haqiqatan ham biznes qilish osonmi? Izohlarda fikringizni yozing 👉 Podkastni ko‘rish: https://youtu.be/L0qv7c6RKPw?si=cnLcFdhmxIs0dUpc @teacherazam
Editum Oct 14
"Yoshlikdan qiz va yigitga ikki xil standartlarni o'rgatib qo'yishgan"- Safarova Saodat. Parda Podcastning navbatdagi sonida ijtimoiy tarmoqlarda faol blogerlar bilan er-xotin munosabatlari, farzand tarbiyasi va standartlar haqida suhbatlashishgan. To'liq video: https://youtu.be/eiftbp2QXUU