TGINSIGHT CHAT
Teacher Azam
@TeacherAzam
EducatioTEACHER AZAM (Qahramoniy) 👨🏼💻 Oʻzimizning chat guruhimiz bor, baʼzi-baʼzida men ham yozib turaman 👉t.me/Teacherazamchat 🚩Instagram: 👉instagram.com/teacherazam ☎️ Englify online maktabim: +998781136969 ☎️ Reklama va taklif uchun: 👉+998 97 831 11 11
Scripta recentia
Pag. 37 de 85 · 1,011 scripta
Editum Aug 22
Enidning sevgi uchburchagi Ikkinchi mavsum Enid uchun ham sinov bo‘ldi. U endi shunchaki 2-darajali qahramon emas, balki o‘zining murakkab sevgi uchburchagi bilan syujetni tortib ketdi. Faqat bitta narsa aniq: bu chiziq o‘tgan mavsumdagidek ishlamadi. Ya’ni Enidning syujet chizig‘i serialning eng zaif nuqtasi bo‘ldi. 👉 Batafsil tahlilni Susambil YouTube kanalida tomosha qiling: https://youtu.be/vZhM8Qm_uYI
Editum Aug 21
🗣️ YouTube kanalimizda yangi video Writing mahoratini kuchaytirishga yordam beradigan 3 ta oddiy lekin samarali usullar. Bu usullar ingliz tilidayam, o’zbek tilidayam yozish mahoratingizni kuchaytiroladi. 📌 IELTS natijangiz ham albatta yaxshilanadi. Videoni ko'rish: 👇 📹Writing kuchaytirish uchun eng samarali 3 usul. #YouTube Yoqimli tomosha! 📱@englifyschool
Hashtags
Editum Aug 21
Abraham Linkolnning 19-asrdagi portreti soxta ekan Hozir rasmlar AI va turli deepfakeʼlar yordamida tahrirlanyapti. Lekin bunday texnologiyaning boshqacha variantidan ancha oldin ham foydalanishgan ekan. AQSh prezidenti Abraham Linkolnning eng mashhur rasmi 1864-yil fevral oyida Anthony Berger tomonidan olingan. Lekin u feyk. Toʻgʻrirogʻi feyk emas, boshi oʻziniki, tana va rasmdagi detallar umuman boshqa odamniki. Oʻsha boshqa odam AQSHning vitse-prezidenti John C. Calhoun boʻlgan. Uning rasmi esa 1852-yil olingan ekan. Bundan surʼatdagi rasmiylikni oshirish koʻzda tutilgan ekan oʻsha zamonlarda. Bizda esa hozir shunday ishlarni plagiat deyishadi. Chap tarafda Calhoun, oʻng tarafda esa faqat kallasi almashtirilgan, qolgan hammasi Calhounniki boʻlgan Abraham Linkoln. Manbaa Ehhhh, tarixga ham ishonch qolmayapti @teacherazam
Editum Aug 21
Eslab ko'ring, Mafia o'yini o'z davrida qanchalik ommalashgan edi. O'sha unutilmas muhit, chuqur syujet va gangster dunyosi. Bu o'yinni aynan bizning avlod yaxshi eslaydi va qadrlaydi. Yaqinda "Mafia" o'yinining davomi — Mafia: The Old Country chiqibdi. O'yinni o'ynashga vaqt topa olmasangiz ham, Kiber Uz kanali siz uchun maxsus videorolik tayyorlagan. Unda o'yinning asosiy yangiliklari, xususan, voqealar joyi — Sitsiliya va o'yinga qo'shilgan ko'pgiona yangiliklar qatorida pichoq duelining qanday ekanligi haqida ham ma'lumotlar beriladi. Videoni ko'rish uchun havola
Editum Aug 20
🎙 Ushbu podkastda biz shaxsiy rivojlanish va zamonaviy hayotdagi eng ko‘p muhokama qilinayotgan masalalarni tahlil qildik. Suhbat davomida inson xulq-atvori, zamonaviy trendlar, erkaklar, oila qadriyatlari va sun’iy intellektning kelajagi kabi mavzular atrofida fikr almashdik. Suhbatda muhokama qilingan asosiy mavzular: — Introvert va ekstrovertlik farqlari — Kofe, eltanin va kayfiyatga ta’siri — Nega bugun ADHD trendga aylandi? — Zamonaviy hype va tendensiyalar sababi — Oila qadriyatlari va tanlovlarda erkak/ayol mas’uliyati — Kibr, media va insonlarni hafa qiladigan haqiqatlar — Kitob tavsiyalari, tavakkal qilish va “kam o‘ylab – ko‘proq harakat qilish” g‘oyasi — The Secret filmi va motivatsion yondashuvlar — Sun’iy intellekt, miya va kelajak texnologiyalari 💡 Davron Turdiyev o‘z kuzatuvlari, kurslari va kitoblaridan olingan xulosalarini ochiqchasiga bo‘lishdi. Shuning uchun ham bu epizod ko‘plab savollarga javob topishga yordam beradi. 👉 Podkastni koʻring: https://linktw.in/aebPTa @teacherazam
Editum Aug 20
Bloger kontent uchun katta serqatnov yo‘lga somon qoplangan katta bo‘laklarni tashlab qo‘yib, kim to‘xtab olib qo‘ysa, pul berayotganmish. Tovba, sog‘mas bular, g‘irt jinoyat-ku bu, kimdir ko‘rmay kelib urilsa, to‘satdan ko‘rib, chetlab o‘taman deb boshqa mashina bilan avtohalokat sodir qilsa nima bo‘ladi? @lazizhamidov
Editum Aug 19
Golfchi pashsha sabab 1,45 million dollar yutib olibdi BMW Championship turnirida Tommi Flitvudning urgan to‘p chuqurdan millimetrlar masofada to‘xtab qoladi. Ammo 28 soniyalik kutishdan keyin chuqurchaga tushibdi. Bunday boʻlishiga sabab aynan shu toʻpcha ustida yurga pashsha ekan. Keyin Flitvud FedEx Cup reytingida beshinchi o‘ringa ko‘tarilib, 728,750 dollarlik sovrinlarga qo‘shimcha ravishda 1,45 million dollar bonusga ega bo‘libdi. Bitta pashsha sabab odamlarning hayoti oʻzgarib ketyapti. 😅 @teacherazam
Editum Aug 19
Яхши фикрлар, яхши таклифлар эътибордан четда қолаверса, кейинги сафар одамнинг таклиф бергиси ҳам келмайди. Профессор Қозоқбой Йўлдошевнинг айтишича, кўпчиликда танқидий фикрларга нотўғри ёндашув мавжуд. Улар шундай дейди: “Сенлар танқид қилаверасан. Лекин ечим бермайсан.” Профессор эса буни шундай тушунтиради: “Фикр берадиган одам, муаммони еча оладиган жойда эмаслиги учун ҳам фикр беради. Йўқса, бу муаммони унинг ўзи аллақачон ҳал қилган бўларди.” 🔗 Тўлиқ суҳбатни бу ерда тингланг: https://youtu.be/pwMSSUwMCuM
Editum Aug 18
Yoshligimizda hayvonlar qishki olimpiadasi boʻlar edi. Oʻsha vaqti uni haqiqat deb oʻylaganman. Lekin asta-asta bunday voqealar haqiqatga aylanyapti. Faqat hayvonlar misolida emas, robotlar bilan. BBC shu haqida maqola chiqaribdi. Xitoyning Bejing shahrida birinchi robotlar olimpiadasi oʻtkazilibdi. Robot sportchilar yengil atletika, futbol, raqs va jang san’ati kabi bir qator musobaqalarda bellashgan. AQSH, Germaniya va Yaponiya kabi 16 mamlakatdan ishtirokchilar kelgan. Bularning barchasi Xitoyning gumanoid robototexnika bo‘yicha global yetakchi bo‘lishga intilishining bir qismi. Qaydam, keyinchalik robotlarga fuqarolik ham berilar, balki yana 10 yillardan keyin odamlar bilan bitta olimpiada yoki jahon chempionatlarida qatnashishar. Keyinchalik esa ular oʻrnatgan rekordlarni faqat oʻzidan kuchli robotlar yangilay olar. Qarang dunyo qayerga qarab ketyapti, yoki men vahima qilyapmanmi? @teacherazam
Editum Aug 17
AI bilan muhabbat: Yangilanishdan keyin hislar yoʻqoldi OpenAI yaqinda e’lon qilgan GPT-5 yangilanishdan keyin AI yigit topgan ko‘plab ayollar o‘zlarini yolg‘iz his qilishmoqda. Ular uchun yangi versiya sovuq, hissiz va begona bo‘lib qolganini aytib yozishyapti ekan. “Jane” taxallusli ayol besh oy davomida GPT-4o bilan suhbatlashgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu oddiy suhbat emas, balki shaxsiy va samimiy boʻlgan. Lekin yangilanishdan keyin o‘sha ovoz va ohang butunlay o‘zgarganini aytgan. Jane buni uyga qaytib kelganda, mebellar joyidan ko‘chirilgan emas, balki butunlay buzib tashlanganga oʻxshatgan. Reddit’da ham “MyBoyfriendIsAI” kabi forumlarda yuzlab odamlar o‘z dardini bo‘lishmoqda. Ko‘plar “GPT-4o ketdi, men do‘stimni, sevgilimni yo‘qotdim” deb yozib tashlagan. Norzilikdan keyin Sam Altman chiqish qilib, muammoni tan oldi. Unga ko‘ra, kompaniya ikki yo‘lni taklif qilgandi: — GPT-4o ni qayta ishga tushirish va “Plus” foydalanuvchilariga yana foydalanish imkoniyatini berish; — GPT-5 ni hissiyot jihatidan iliqroq, samimiyroq qilish ustida ishlash. Eʼtirozlar shu darajada koʻp boʻldiki hozir Plus foydalanuvchilari uchun 4o modeli ochib qoʻyildi. Endi menda savol bor OpenAI foydalanuvchilarni yangi oʻzgarishlar bilan xursand qilsinmi yoki ularning hissiy ehtiyojlarini birinchi o‘ringa qo‘ysinmi? Manba @teacherazam
Editum Aug 16
Tug‘ilgan kuningiz qanchalik tez-tez takrorlanadi? Ma’lum bir sanada tug‘ilishlar sonining ko‘p yoki kamligi jamiyatlarning qadriyatlari, mavsumiy o‘zgarishlar va hatto shifoxonalarning ish jadvaliga qarab turli davlatlarda turlicha bo‘ladi. Misol uchun Rojdestvo yoki Yangi yil kabi bayramlarda tug‘ilishlar soni eng kam bo‘lib kelgan, chunki bu sanalarda ham tabiiy, ham rejalashtirilgan tug‘ilishlar soni pasayadi. Yaponiyada 1-yanvar sanasida madaniy urf-odatlar va shifoxonalarning yopilishi tufayli tug‘ilish kam uchraydi. Jahon miqyosida 29-fevral eng noyobi, chunki u faqat to‘rt yilda bir marta keladi. Eng ko‘p tugilishlar sentyabr oyining boshi va o‘rtalarida uchrar ekan. 9-sentyabr AQSH, Kanada va Buyuk Britaniyada eng ko‘p bola tugilgan kun hisoblanadi. Bu bayramlar oyi bo‘lgan dekabrda homiladorlik holatlari ko‘payganidan dalolat beradi. Ba’zi hududlarda esa avgust oyining oxirida yuqori ko‘rsatkichlar kuzatiladi. Ushbu qonuniyatlar biologik mavsumiylik, madaniy an’analar va rejalashtirilgan tug‘ruq jadvallari uyg‘unligi ko‘pchilik odamlarning dunyoga kelish vaqtini qanday belgilashini ko‘rsatadi. Jadvaldagi 1 eng ko‘p uchraydigan, 366 eng kam uchraydigan tugilgan kun. Ranglar qanchalik to‘q rangda bo‘lsa, u sanada tug‘ilgan insonlar shunchalik ko‘p. Qancha och rangda bo‘lsa, shunchalik tug‘ilishlar soni kam. Manba @teacherazam
Editum Aug 15
Ishlamasangiz, oʻzingiz istab pul toʻlaysiz Ishsiz xitoyliklar “soxta ofislar”da kunlarini oʻtkazmoqda. Buning uchun pul ham toʻlashadi. Nega? Hozir Xitoyda ishsizlik darajasi 14% dan yuqori va mana shu holatda ishsiz yoshlar oʻzlarini ishlayotgandek koʻrsatish uchun maxsus tashkil qilingan kompaniyalarga pul toʻlashmoqda. Misol uchun 30 yoshli Shuy Chjouning o‘z biznesi bor edi, ammo 2024-yilda inqirozga uchradi. Bir muddatdan keyin “Pretend To Work” yaʼni Ishlayotgandek Koʻrin kompaniyasiga kuniga 30 yuan, taxminan $4,2 dan toʻlay boshladi. U yerda u xuddi shunday - o‘zlarini ishlayotgandek ko‘rsatayotgan beshta “hamkasblar”ga qo‘shildi. Bunday kompaniyalar Xitoyda tobora ko‘payib boryapti ekan. Mutaxassislarning aytishicha, haqiqiy bo‘lmagan ofislar yoshlarga kunlarini tartibga solish va ish izlashda keyingi qadamlarni rejalashtirish imkonini berar emish. “Men o‘zini foydasiz deb his qilishni istamaydigan odamlarga ish o‘rnini emas, balki o‘ziga bo‘lgan hurmatni sotyapman. ”, - deydi Pretend To Work kompaniyasining nomi oshkor qilinmagan egasi. Maqolaning ingliz tilidagi toʻliq versiyasi mana bu yerda Kelajakda yana qanday shunaqa noodatiy voqealar koʻpayadi deb oʻylaysiz? @teacherazam