TGINSIGHT CHAT
Teacher Azam
@TeacherAzam
EducatioTEACHER AZAM (Qahramoniy) 👨🏼💻 Oʻzimizning chat guruhimiz bor, baʼzi-baʼzida men ham yozib turaman 👉t.me/Teacherazamchat 🚩Instagram: 👉instagram.com/teacherazam ☎️ Englify online maktabim: +998781136969 ☎️ Reklama va taklif uchun: 👉+998 97 831 11 11
Scripta recentia
Pag. 39 de 85 · 1,011 scripta
Editum Aug 6
Edinburgʼdagi Portobello High School va Queensferry High School oʻquvchilar uchun sinov tarzida o‘z telefonlarini sumkalarda saqlashlari kerak bo‘lgan siyosatni joriy etyapti ekan. S1 dan S6 (12-18 yosh oʻrtasidagi sinflar) gacha bo‘lgan barcha o‘quvchilar o‘quv kuni davomida mobil telefonlarni xavfsiz va qulflanadigan maxsus xaltalarda saqlashlari kerak boʻladi. Saqlash xaltachalari magnit yordamida qulflanadi va ochiladi, xaltachalar o‘quv kuni davomida o‘quvchilarning yonida boʻladi. Tashabbus diqqatni jamlashni yaxshilash va sinfdagi chalg‘ishlarni kamaytirishga qaratilgan. Rasmiylar ham ushbu cheklovlar maktabda oʻquvchilar oʻrtasidagi muloqotni taʼminlashini va ruhiy salomatlikni yaxshilashga yordam berishini aytgan. Telefonsiz tizim olti oy davomida o‘quvchilar, ota-onalar va vasiylar bilan muloqotdan so‘ng joriy etilibdi. Ularning 86 foizi ushbu tizim joriy etilishini qo‘llab-quvvatlagan. Bizning payti bir-birlaringiz bilan gaplashma deb urishishgan boʻlsa, endi bir-biri bilan gaplashish uchun nimadirlar qilishyapti. Ota-onalar ham oldin uyga kirgizisha olishmagan boʻlsa, hozir tashqariga chiqara olmayapti 😅 @teacherazam
Editum Aug 6
🧠 "Marvel nihoyat dadil qadam tashladi" Bu safar ekranda ko‘radigan filmimiz faqat bolalar ko‘radigan sifatsiz mahsulot emas. Chunki bu safar filmni insoniy hislar bilan boyitishgan. Vizual effektlar ba’zi joylarda pand berishini hisobga olmasa, film haqiqatdan eng yaxshi superqahramon filmlaridan biri. Bu film Marvel hali ham ko‘nglimizga yo‘l topa olishini eslatdi. Susambil tahlilida film haqida ko‘plab narsalar yoritildi. 📎https://youtu.be/OFSul4gwaPU?si=0tCSR1PonDqAeMYG
Editum Aug 5
Meduzapro Instagramida juda qiziq videolarni ulashdi. Har yili yozda AQShda kameralar tulki va chiyaboʻrilarning batut nima ekanligini tushunishga urinayotgan videolarini yozib oladi. Bu safar AIʼning sharafi bilan shunday videolarning koʻpi soxta chiqdi. Bu kimnidir qoʻrqitishi mumkin, lekin biz yangi dunyoga qadam qoʻyyapmiz. Shu bilan yashashni oʻrganishimiz kerak. Xuddi shunday oʻzgarishlar kitob chiqqanda ham, mashina chiqqanda ham, internet chiqqanda ham boʻlgan, deb sizlarni ovutmayman. Men ham qoʻrqib ketyapman. Haqiqatan bunaqasi hech qachon boʻlmagan, nima qilishni bilmayman. (Xonada boshimni changallab yugurib yuribman) @teacherazam
Editum Aug 5
Bizda pul ko'p. To'y qilamiz. Beshik to'y, sunnat to'y, bir yoshga kirsa, uni ham katta qilib o'tkazishadi. Parda Podkastda dolzarb mavzu ko'tarilibdi. To'liq video: https://youtu.be/6oCC_7HqYr4?si=fqp7ncmI6xngAG8T
Editum Aug 4
Agar siz Wikipediaʼdan biror maqolaning 1-havolasiga bosib keyingi maqolaga oʻtsangiz va yana oʻsha maqolaning birinchi havolasiga bosib davom ettiraversangiz, har doim falsafaga oid maqolaga duch kelasiz. Oʻzimda ham sinab koʻrdim. Mana shu maqola bilan boshladim. 9 ta maqoladan keyin falsafa haqidagi maqola chiqdi. 2016-yilda odamlar buni erinmasdan hisoblab ham chiqibdi. Wikipediaʼdagi barcha maqolalarning 97 foizi falsafaga oid maqolaga borib taqalar ekan. Bir vaqtning oʻzida ham ajoyib, ham gʻalati @teacherazam
Editum Aug 4
The little nightmares o'yini falsafasi ko'pchilikni qoyil qoldirgani hech kim uchun sir emas deb o'ylayman. Ayniqsa kema qahramonlarini tarixida juda ham ta'sirli. Kiber Uzdagi do'stlarimiz erinmasdan shu o'yin dunyosi haqida tahliliy video rolik chiqarishibdi. Agarda bugungi kechki ovqat uchun qiziqarli video qidirayotgan bo'lsangiz bu videoni tavsuyu! 📹Videoni bu yerda tomosha qilishingiz mumkin!
Editum Aug 4
1Fit maxsus taklif e’lon qiladi! 🔥 Faqat 4, 5 va 6-avgust kunlari — yillik abonementni eski narxda xarid qilish uchun so‘nggi imkoniyat Abonement oyiga atigi 474 500 so‘m. ❗️7-avgustdan boshlab narx oshadi Yagona abonement bilan O‘zbekistonning 6 shahridagi 400 dan ortiq sport klublarga kirish mumkin: Toshkent, Samarqand, Buxoro, Namangan, Andijon, Navoiy. 🏋️♂️ Har kuni fitnes, suzish, yoga, boks va boshqa sport turlari bilan shug‘ullaning 👉1Fit ilovasini yuklab oling va sport bilan shug‘ullanishni bugunoq boshlang!
Editum Aug 3
Bu poyga emas. Spektakl. 🎥 Ijodkorlar “Formula 1” filmni haqiqiy trassada suratga olishdi. Bred Pitt esa haqiqiy mashinani o‘zi haydadi. CGI grafikasi faqat xavfli sahnalarda ishlatilgan. Qolgan hammasi real. Pit-stop, to‘qnashuvlar, issiq shinalar va sovuq strategiyalar — barchasi haqiqiy. Shuning uchun bu film 2025-yilning haqiqiy shov-shuviga aylandi. 📽 Susambil trassaning orqasida nimalar borligini ochib bergan. Tavsiya qilamiz: https://youtu.be/dVP_AJTIyXI
Editum Aug 2
Iyul oyida qanday kontentlar chiqardim? 01. Oʻzbekistonda oila instituti podkasti 02. Xonim hujjatli filmi 03. B1 darajadagilar bilishi kerak boʻlgan 30 ta fraza 04. Picture description 05. Ingliz tilini ChatGPT bilan oʻrganish uchun foydali promtlar 06. Cambridge Dictionaryʼga qoʻshilgan 3 ta yangi soʻz 07. 11 nafar dasturchi transferi haqida 08. Navbat endi throwʼga 09. Ruhiyat va ongning inson baxtli boʻlishidagi roli podkasti 10. The grass is greener on the other side 11. Ingliz tilida afsuslanish qanday boʻladi? 12. Nyu Yorkka mer boʻlgan birinchi musulon odam 13. Eng vahshiy mavjudot, lekin eng oliyjanobi ham 14. 3 ta muhim iboralar 15. Hood nima? 16. 7 xil maqsad nima? 17. Endi Chorvoqqa nima boʻladi podkasti 18. Ingliz tilida tanishishni va tanishtirishni oʻrganamiz 19. Mumbai shahridagi Dhavari xarobasi 20. Xitoy birinchilikka chiqayapti 21. Sustainable Development Goals nima? 22. Zoomerʼlarning qarashi 23. Faqat ayollar uchun dating ilova chiqibdi 24. BMT falastinliklarga davlat qurishga yordam berishini aytgan 25. Behavioral changes nima? Kanalga ulanish: @teacherazam
Editum Aug 1
Muvaffaqiyatli muvaffaqiyat muvaffaqiyat emas! 🎙 Jamiyatimizda bolaning muvaffaqiyati boshqacha oʻlchanadi: mashina, pul va uy bilan. Aslida hammasi ham bu darajada murakkab emas. Biz bu podkastda bola qanday tarbiyalansa muvaffaqiyatga erishishi, biznesdagi haqiqiy tavakkalchilik qanday boʻlishi, tarbiyada ota-ona qanday yoʻl tutishi kerakligi, haqiqiy tadbirkorning oddiy odamdan fikrlashdagi farqini real holatlar va natijalar bilan koʻrib chiqdim. Bugungi mehmonimiz Thompson oʻquv markaz, maktab va bogʻchalar tarmogʻi asoschisi Shahzod Bahodirov boʻldi. Fikrlaringizni yozib keting. 👉 Podkastni koʻrish: https://youtu.be/B2-sKCUWFs0 Kanalga ulanish: @teacherazam
Editum Jul 31
Bu film o‘zini yo‘qotganlar uchun. U endi yosh emas. Orzulari avariyada chil-parchin bo‘lgan. Lekin ichida hanuz yonayotgan narsa bor: tezlikka bo‘lgan ishonch. 🎬 “Formula 1” filmi qaytish haqida. Balki sen ham o‘zingni qayerdadir yo‘qotgandirsan. Shunda bu film senga o‘zingni topish uchun ishtiyoq beradi. Susambil esa bu ruhiy qatlamni tahlil qilgan. O‘qib baho bering. 🔗 Havola: https://youtu.be/dVP_AJTIyXI
Editum Jul 30
Behavioral changes — xulq-atvor o‘zgarishlari deganda shaxs yoki guruhning xatti-harakatlarida, odatlarida va hissiy munosabatlarida kuzatiladigan sezilarli o‘zgarishlar nazarda tutiladi. Bu o‘zgarishlar vaqtinchalik yoki doimiy bo‘lishi va ularga ruhiy ta’sirlar, atrof-muhit omillari yoki salomatlik bilan bog‘liq sabablar turtki bo‘lishi mumkin. Xulq-atvor o‘zgarishida odamlar odatda quyidagi 6 ta bosqichdan o‘tadi. 1. Oldindan o‘ylamaslik bosqichi Bu bosqichda odatda odamlar mavjud muammoni e’tiborsiz qoldiradi yoki inkor etadi. 2. Mulohaza bosqichi Bunda ular o‘zgarishlarning ijobiy va salbiy tomonlarini bir-biriga solishtirib ko‘radi. 3. Tayyorgarlik bosqichi Bunda ular o‘zgarishni amalga oshirish uchun nimalar qilish kerakligini rejalashtiradi. 4. Harakat bosqichi Bunda ular qo‘yilgan maqsad sari birinchi qadamlarini tashlaydi. 5. Davom ettirish bosqichi Bunda ular uzoq muddat davomida o‘zgarishlarni saqlab qoladi. 6. Qaytish bosqichi Bunda xatolar va muvaffaqiyatsizliklar bo‘ladi. Odamlar davom etish yoki etmaslikni qaror qiladi. Podkastni ko‘rish: https://youtu.be/Gc4fQj-ZWPE?si=e4zwlJ_1NPdH_foM Kanalga ulanish: @teacherazam