TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
Redi ad canales
Teacher Azam avatar

TGINSIGHT CHAT

Teacher Azam

@TeacherAzam

Educatio

TEACHER AZAM (Qahramoniy) 👨🏼‍💻 Oʻzimizning chat guruhimiz bor, baʼzi-baʼzida men ham yozib turaman 👉t.me/Teacherazamchat 🚩Instagram: 👉instagram.com/teacherazam ☎️ Englify online maktabim: +998781136969 ☎️ Reklama va taklif uchun: 👉+998 97 831 11 11

Subscriptores4.0万Numerus subscriptorum hodiernus
Scripta custodita1,011Scripta numerata
Attingentia recens167,500Visiones scriptorum recentium
Scripta recentia

Scripta recentia

Pag. 38 de 85 · 1,011 scripta

Editum Aug 14

IELTS’dan 9.0 olish nima qilish kerak? Ingliz tilni o’zini yaxshi bilishkamlik qiladi. Imtihonda sizni nimalarga qarab baholashlarini ham bilishingiz shart. 🗿 Ana shunda siz nima uchun pastroq bal olayotganingizni aniq bilolasiz va o’sha kerakli nuqtani yaxshilashingiz mumkin bo’ladi. Qarabsizki IELTS natijangiz ham yaxshilanadi. Hozirgina YouTube'ga chiqqan videomizda IELTS imtihoni qanday bo'lishini batafsil tushuntirib berganmiz. Videoni ko'rish: 👇 📹IELTS’da sizni qanday baholashadi? 9.0 olish uchun nima qilish kerak? #YouTube 🥳Yoqimli tomosha! 📱@englifyschool

14,900 views

Hashtags

Editum Aug 14

Nega gʻoyalar puldan ham muhimroq? Shahzod Bahodirov bilan boʻlgan podkastda moderatorimiz Barno Muqimova aynan mana shu savolga javob berdi. Warren Buffet va uning doʻsti Charli Mungerning biznes sherikligi nega uzoq davom etganining sababi ham aynan gʻoyalar edi. Sizda ham gʻoyalar haqida gaplashadigan doʻstingiz bormi? 👉 Podkastni koʻrish: https://youtu.be/B2-sKCUWFs0 @teacherazam

14,300 views

Editum Aug 14

"Ayollar hozirgi kunda "jertva" ni yoqishgandek ko'rinadi. Semirib ketishida boshqani ayblaydi.Odam o'zini qo'lga olib, bilganicha harakat qilishi kerak"- dietolog Barno Suleymanova. To’liq video: https://youtu.be/6SQz6va4gag

12,500 views

Editum Aug 13

Hozirgi yoshlar uchun eng muhim koʻnikma Oxirgi paytlar informatsiyaga toʻla dunyoda yashayotgan yoshlar uchun 1 dona koʻnikma yoki mahorat kerak boʻlganda, u nima boʻlishi haqida juda koʻp oʻyladim. Bu tillarni oson oʻzlashtirish, AyTi, maʼlumot izlay olish yoki nimanidir samarali oʻrgana olish boʻlishi mumkin. Lekin mana shu koʻnikmalarning oʻzagida yotgan va busiz yuqoridagilarni oʻrganish imkonsiz boʻlgan boshqa asosiy koʻnikma ham bor. Bu — teran fikrlay olish qobiliyati Cal Newportʼning “Deep work“ oʻzbek tilidagi “Diqqat” kitobida mana shu haqida yozilgan. Kitobning asosiy mazmuni teran fikrlash haqida. Hozirgi paytda butun dunyoda bizning eʼtiborimizga kurash ketmoqda. Istalgan joyingizga kirsangiz, hamma oʻzining maʼlumotini oʻzining minbaridan tarqatishga harakat qiladi. Bu normal holat. Bu bilan oʻzim ham shugʻullanaman. Lekin shularni filtr qila olish, kerakli paytda voz kechishni bilish va maqsadingiz sari harakat qila olish eng muhim koʻnikma. Bu zamonaviy tilda detox ham deyiladi. Shuning uchun teran fikrlagan holda, keraksiz narsalardan ayni vaqtda kechishni odat qiling. Oʻzi bu kitobni oʻqiganmisiz? @teacherazam

14,600 views

Editum Aug 12

Ijtimoiy tarmoqlar ChatGPT-5 haqida koʻplab negativ izohlarga toʻlib ketdi. Uni koʻpchilik “мусор” deb atashmoqda. Asosiy shikoyatlar nimalardan iborat oʻzi? — foydalanuvchilarning savollariga GPT-5 emas balki uning kichik modeli GPT-5 mini javob bermoqda. — yuklama ortib ketishi tufayli notoʻgʻri yoki xatolar bilan javob beryapti. — GPT-5 deyarli barcha jihatdan oldingi modellardan orqada qolmoqda. U GPT-4o kabi suhbatda yoqimli, GPT-4.5 kabi ijodkor, GPT-o3 kabi aqlli emas. — $20 sotib olgan obunachilardan oldingi modellar olib qoʻyildi. Faqat GPT-5ʼning oʻzi qoldi. — Redditʼda ham foydalanuvchilar Sem Altmandan eski modellarni qaytarishni soʻrab yozishyapti. Eksployt kanalidan tarjima qilindi Siz ham ishlatib koʻrdingizmi ChatGPT-5ʼni? Tajribangiz qanday boʻldi? @teacherazam

15,900 views

Editum Aug 11

🌀 Multiolamning kaliti… bolakaymi? Marvel bu safar bizni chindan ham larzaga soldi. “Fantastik To‘rtlik: Birinchi Qadamlar” filmida hali yurishni ham o‘rganmagan Franklin Richards ya’ni Reed va Syu Shtormning o‘g‘li “Power Cosmic” kuchini ishlatib onasini tiriltiradi. Bu kichkina bola oddiy bola emas. U multiolam qudrati bilan tug‘ilgan mavjudot. Post-kredit sahnasida esa barcha geeklarni hushidan ketkazadigan lahza: Sherman Doom ko‘rinadi. Endi barchasi o‘zgarmoqda va qiyomat kuni boshlanmoqda. 📽 Marvelning koinotdagi eng yirik krossoverlari aynan shu bolakay atrofida shakllanishi rejalashtirilgan. Susambil’ni ko‘ring — tafsilotlar o‘sha yerda.👉🏻https://youtu.be/OFSul4gwaPU?si=0tCSR1PonDqAeMYG

12,600 views

Editum Aug 10

Bugungi podkastda SAT mentor Yorqinbek Zafarovich bilan SAT, oila, Amerika orzusi haqida gaplashdik. Podkastni koʻrib: - SAT olish uchun nimalar kerakligi; - birinchi IELTSʼgami yoki SATʼga tayyorlanish zarurligini; - Amerikaga grant yutish uchun nimalar muhimligi haqida bilib olasiz. Podkastni koʻrib, oʻz fikrlaringizni izohda yozib qoldiring. 👉 Podkastni koʻrish: https://youtu.be/Cj2FMzXXwZo @teacherazam

13,900 views

Editum Aug 9

FOMO — fear of missing out, ya’ni “nimanidir o‘tkazib yuboraman” degan ichki bezovtalik. Sog‘lom dozada u insonni hushyor qiladi, o‘sishga turtki bo‘ladi. Lekin mutlaqo FOMO bo‘lmasa-chi? Bu ham xavfli. FOMO umuman yo‘qligining salbiy tomonlari: — Imkoniyatlarni koʻrmay qolish yoki ularni juda ham kech sezish; — Komfort zonaga tushib qolish. Bu sizni shaxsiy rivojlanishdan toʻsadi; — Ishda, hayotda oʻzgarishlarga moslashishingiz sustlashadi; — Hayotingizda bir xillik kuchayadi. Gʻoyalar kelishi kamayadi. Xullas FOMOʼsi yoʻq odam Erkin Vohidov aytgandek: “Menga Pushkin bir jahon-u, menga Bayron bir jahon” deb qoladi. Unday insonlarning dunyoni suv bossa, toʻpigʻiga chiqmaydi. Podkastni koʻrish: https://youtu.be/B2-sKCUWFs0 @teacherazam

14,500 views

Editum Aug 8

TikTokʼda eng koʻp like yigʻgan edit videolar 1-video: Disneyʼning multfilmlari Runaway qoʻshigʻi bilan edit qilingan. Videoni koʻrib bolalikka qaytasiz. TikTokʼda 44 mln 600 mingdan koʻp koʻrilgan. 2-video: UNO oʻyinida hamma sizni yutqizdi deb oʻylaganda yutib ketsangiz, sizda boʻladigan his koʻrsatib berilgan. Anime koʻrgandek boʻlasiz. TikTokʼda 33 mln 700 mingdan koʻp koʻrilgan. 3-video: Bu video ham sizni bolalikka qaytaradi. Nostalgiya boʻladi. TikTokʼda esa 28 mln 900 mingdan koʻp koʻrilgan. 4-video: Ronaldoning multfilm qahramonlari bilan futbol oʻynaganini koʻrganmisiz? Bu video esa 19 mln 200 mingdan koʻp like yigʻgan. Ularning Instagram akkauntlari esa mana bular: 1. Aditonya 2. Legendarjay 3. Gonjutsuu 4. Brknsergio Siz bu videolarni Istagramʼda koʻrganmisiz? @teacherazam

14,900 views

Editum Aug 8

"2 yil o'tdi, haligacha qulupnay, yaltiragan olmani yemayman"- Nargis Qosimova. Parda Podcast’da ekologik muammolar, chiqindi biznesi, zaharli mevalar haqida mutaxassislar bilan suhbat chiqdi. To’liq video: https://youtu.be/wIJIm-CTXaU

12,500 views

Editum Aug 7

😫Charchaganda ingliz tilini qanday o'rganish kerak? - Dars qilishga kelganda charchoq his qilayotgan bo'lsangiz... - Yoki kun bo’yi ishlab charchaganingizga qaramasdan baribir ingliz tili o'rganmoqchi bo'lsangiz, Bu videomiz aynan siz uchun tayyorlangan. Videoni ko'rish: 👇 📹Charchagan bo’lsa ham ingliz tili o’rganish yo’li #YouTube 🥳Yoqimli tomosha! 📱@englifyschool

12,100 views

Hashtags

Editum Aug 7

Bill Burr jurnalistga hozir ularda yetishmayotgan jihat haqida ajoyib fikrlarni aytdi. Jurnalist: “Hozir bo‘layotgan boykotlar, zo‘ravonliklar haqida nima deysiz?” Bill Burr: “Men yangiliklarni ko‘rmayman. Nima bo‘layotganidan umuman xabarim yo‘q. Men Instagramda odamlarning mototsikldan yiqilib tushayotganini, sherlar va sirtlonlarning urishishini tomosha qilaman. Men shular bilan shug‘ullanaman. Bunday savollarni qiziqchiga berishingiz to‘g‘ri emas. Siz jurnalistsiz-ku.” Jurnalist: “To‘g‘ri, lekin qiziqchilar ham joriy voqealardan xabardor bo‘lishi kerak-ku.” Bill Burr: “Yo‘q, yo‘q. Bu bahona. Bu mas’uliyatdan qochish. Sizlar yana jasoratli bo‘lishingiz kerak, lekin hozir bu narsa sizlarda yo‘q. Sizlar doim: “Shuni o‘ylash kerakmi?” deb savol berasizlar. Axborotni xuddi savol berayotganday qilib taqdim qilasizlar, lekin aslida odamlarni o‘z fikringizga yo‘naltiryapsizlar. Sizlarda ilgari bo‘lgan dadillik yo‘q. Uni qayta topishingiz kerak. Mening vazifam esa boshqa. Men shunchaki masxarabozman.” Video ostida esa odamlar ajoyib va qiziqarli izohlar ham qoldirgan. Mana ulardan ayrimlarining tarjimalari: — Sahnada ham, undan tashqarida ham ajoyib talant egasi; — Jurnalistlarning mashhur odamlarga bunday savollar berishi yoqadi, ular esa “Qachondan beri men dunyoni qutqaradigan odam bo‘lib qoldim?”, deyishadi“ — U “men shunchaki masxarabozman” deganida, una boʻlgan hurmatim yanada oshdi; — Mainstream media - bu faqat bitta katta propaganda mashinasi. @teacherazam

14,800 views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••353637383940•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8485