TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
Redi ad canales
Teacher Azam avatar

TGINSIGHT CHAT

Teacher Azam

@TeacherAzam

Educatio

TEACHER AZAM (Qahramoniy) 👨🏼‍💻 Oʻzimizning chat guruhimiz bor, baʼzi-baʼzida men ham yozib turaman 👉t.me/Teacherazamchat 🚩Instagram: 👉instagram.com/teacherazam ☎️ Englify online maktabim: +998781136969 ☎️ Reklama va taklif uchun: 👉+998 97 831 11 11

Subscriptores4.0万Numerus subscriptorum hodiernus
Scripta custodita1,011Scripta numerata
Attingentia recens203,100Visiones scriptorum recentium
Scripta recentia

Scripta recentia

Pag. 41 de 85 · 1,011 scripta

Editum Jul 22

Mumbai shahridagi Dhavari xarobasi Hindistonning 2-raqamli milliarderi Gautam Adani tomonidan qayta rekonstruksiya qilinar ekan. 641gektarga milliarder $11 milliard investitsiya kiritmoqchi. U yerda hashamatli uylar, ofislar, sanoat bloklari, ta’lim markazlari, shifoxonalar, yashil hududlar va shahar transport tuzilmasini qurmoqchi emish. Agar hammasi rejadagidek ketsa, milliarder $14 milliard daromad qiladi, undan $3 milliardi esa sof foyda. Adani bu bilan faqat shahar qurmoqchi emas, balki Hindiston iqtisodiyotini yaxshilamoqchi. “Xarobadan chiqqan millioner” filmi ham ayni o‘sha Dhavari xarobasida suratga olingan. U yerda yashaydigan aholining juda ko‘pi kambag‘al. Hashamatli uylarni juda kam miqdordagi odamlar sotib olishi mumkin. Qolganlarni qanday qilib qayerga ko‘chirishi ko‘proq qiziq. 😅 Yoki shunday ekskovator bilan kelib buzib tashlasharmikan? Bloomberg‘dan olindi. Kanalga ulanish: @teacherazam

15,500 views

Editum Jul 22

🎓 Toshkentda 9-10-11-sinfda o‘qiydigan ukangiz, singlingiz yoki tanishlaringiz bormi? Rahimov School Ibn Sino filialida 9-10-11 sinflarga 100% li grant e’lon qildik. Bu yilgi natijalarimiz: • O’quvchilarimiz darslikdan tashqari 2355+ marta kitob o’qib topshirishdi. • 55% o’quvchimizni kitobxon qildik. • 91% ota-onamiz bizni tavsiya qilishni boshlashdi. • Bitiruvchilarimiz hammalari natija qilishdi. O’tgan yilgi natijalardan ikki barobar oshira oldik. • 80% o’qituvchilarimiz attestatsiyadan o'tib, maktabimizda ishlarini davom ettirishyapti. ❗️Lokomotiv filialimizda ko’p sinflar deyarli to’lib bo’ldi. Bunday bepul oʻqish imkoniyat tez-tez boʻlmaydi. Shuning uchun kim uchundir bu hayotini o‘zgartiradigan nuqta bo‘lishi mumkin! 👉Grantga ro‘yxatdan o‘tish uchun koʻk yozuv ustiga bosing👈 @RahimovSchool | @RS_IbnSino

14,000 views

Editum Jul 21

Ingliz tilida tanishishni va tanishtirishni oʻrganamiz • Let me introduce - Tanishtirishga ruxsat bering • I’d like you to meet someone - Men sizni kim bilandir tanishtirmoqchiman. • Do you know each other? - Tanishmisizlar? • Have you been introduced? - Sizni tanishtirishdimi? • Nice / I’m so pleased to meet you - Tanishganimdan xursandman • Iʼve heard a lot about you. - Men siz haqingizda ko‘p eshitganman. • It’s good to have you here - Sizni bu yerda ko‘rish yoqimli. • Thank you for having me here - Meni taklif qilganingiz uchun tashakkur • Have we met before? - Biz ilgari hech qayerda uchrashmaganmidik? • Do we know each other? - Tanishmizmi? • I don’t think we’ve met - Biz tanish emasmiz shekilli. • I believe we haven’t met before - Biz tanish emasmiz shekilli. • What should I call you? - Sizni nima deb atasam ekan? • Please, call me... - Iltimos, meni chaqiring... Doʻstlaringizga ham ulashib qoʻying Kanalga ulanish: @teacherazam

15,800 views

Editum Jul 20

Endi Chorvoqqa nima boʻladi? 🎙 Temur Akhmedov va Moʻtabar Xushvaqtova bilan Chorvoq suv omborida qurilishi mumkin boʻlgan Sea Breeze Uzbekistan haqida gaplashdik. Jamoatchilikning loyihaga boʻlgan munosabati, loyiha qurilishi uchun nimalar talab qilinishi, Oʻzbekiston ekologiyasiga boʻlgan taʼsiri, butun loyihani bitta investorga berishning oqibatlari, jahon tajribasi qanday boʻlgani haqida bilib olasiz. Sizning munosabatingiz ushbu loyihaga qanday? 👉 Podkastni koʻrish: https://youtu.be/Gc4fQj-ZWPE Kanalga ulanish: @teacherazam

16,900 views

Editum Jul 19

7 xil maqsad nima? Ular insonning asosiy qadriyatlari yoki jamiyatga qoʻsha oladigan hissasining xilma-xil shakllarini ifodalaydi. Har bir soha, har bir kasb mana shu 7 xil maqsadlarning birini ichiga kiradi. 1. Act of service — boshqalarga yordam berish, ximat koʻrsatish. Misol uchun ofitsiant, sotuv menejeri, yetkazib beruvchi. 2. Creation — biror narsani noldan yarata olish. Misol uchun rassom, shoir, ssenarist, dizayner. 3. Invention/Innovation — yangi gʻoya yoki texnologiya oʻylab topish. Misol uchun muhandis, arxitetkor, startap asoschisi. 4. Leadership — odamlarni ilhomlantirish, ularga yoʻl-yoʻriq koʻrsatish, qaror qabul qilish jarayonlarini boshqarish. Misol uchun loyiha menejeri, direktor, komandir. 5. Seeking Truth — taqdiqot va tahlil orqali izlanish, oʻrganish. Misol uchun jurnalist, tergovchi, data-analitik 6. Healing — odamlarga jismoniy, ruhiy yoki ijtimoiy jihatdan yordam berish. Misol uchun shifokor, psixolog, fitnes trener. 7. Connection/Communication — odamlarni bogʻlash, fikrlarini yetkazish. Misol uchun marketolog, tarjimon, podkaster. Bir insonda bu maqsadlarning bir nechtasi boʻlishi ham mumkin. Shifokor (healing) bir payni oʻzida xususiy klinika rahbari (leadership) boʻlishi va odamlarni davolaydigan yangi texnologiya (invention/innovation) ustida ishlashi mumkin Sizning maqsadlaringiz ushbu yettitadan qaysi biriga to‘g‘ri keladi? 👉 Toʻliq podkastni koʻring: https://youtu.be/IvEqqPTp1LA Kanalga ulanish: @teacherazam

18,000 views

Editum Jul 19

Biz tabiiy bo'ladigan separatsiyaga qarshimiz, shuning uchun jamiyatimizda muammo arimaydi. Parda Podkastda Dilshod Utarov bilan ajoyib suhbat bo'lgan. Ko'ringlar: https://youtu.be/iHj0bPJ8sdc?si=A4yJeVwceyDo1sY7

16,400 views

Editum Jul 18

Hood “Hood” so‘zi ko‘plab ma’nolarga ega 🔹 Asosiy ma’nosi - kapyushon yoki g‘ilof. Masalan, yomg‘irdan himoyalanish uchun boshga hoodʼni kiyish mumkin: “He pulled up his hood as it started to rain.” 🔹 Ammo hood amerikacha jargonda tuman yoki odamlar yashaydigan joy (neighborhood so‘zidan olingan) ma’nosida ham ishlatiladi. 🔹 Jinoiy muhitda esa “hood” gangster yoki bezori degan ma’noni anglatadi. Kambag‘allarni himoya qilgan va boylarni talagan mashhur qahramon Robin Hoodʼning ismi nega bunday ekanligi tushungandirsiz. Doʻstlaringizga ham ulashib qoʻying Kanalga ulanish: @teacherazam

17,600 views

Editum Jul 17

3 ta muhim iboralar ✔️Call of duty Bu ibora ko‘pincha yuqori darajadagi mas’uliyat va sadoqat talab qilinadigan kasbiy rollarni tavsiflash uchun ishlatiladi, masalan, harbiy xizmat, huquqni muhofaza qilish organlari yoki tibbiyotda. The firefighter didn't hesitate to rush into the burning building; it was a true call of duty ✔️Can't hold a candle (to) Bu idioma biror shaxsning biror faoliyat yoki sohada boshqa shaxsga nisbatan ancha yomon yoki kam qobiliyatli ekanligini ifodalash uchun ishlatiladi. Despite his efforts, he can't hold a candle to her when it comes to mathematical skills. ✔️In the bad books Bu idioma biror ish yoki xatti-harakat tufayli boshqa birovning ishonchi yoki e’tiborini yo‘qotgan vaziyatni ifodalaydi. He's in the boss's bad books after missing the deadline for the project. Doʻstlaringizga ham ulashib qoʻying Kanalga ulanish: @teacherazam

18,200 views

Editum Jul 17

O‘qituvchilar qiz bola o‘quvchilarga “Yordam!” deb emas, balki “Yong‘in!” deb baqirishni o‘rgatishadi, chunki “Yong‘in!” so‘zi odamlarning e’tiborini tezroq va kuchliroq tortadi. Bu so‘z xavfni aniq va darhol bildiradi, shuning uchun atrofdagilar tezroq harakat qilishi va yordamga kelishi mumkin. “Yordam!” so‘zi ko‘proq umumiy bo‘lib, ba’zida odamlar buni shovqin deb qabul qilishi yoki noaniq tushunishi mumkin. “Yong‘in!” esa favqulodda holat belgisi sifatida yanada samaraliroq ishlaydi va xavfsizlik choralarini tezroq ishga solishga yordam beradi. Shu sababli, o‘qituvchilar xavfsizlikni ta’minlash uchun aynan shu signalni qo‘llashni maslahat berishadi. Видеога ҳавола: https://youtu.be/I3qvfU7V0fU?si=7GlWP_EkWzn5VVSq

15,300 views

Editum Jul 16

Eng vahshiy mavjudot, lekin eng oliyjanobi ham Nima uchun inson tabiatida bunchalik ko'p jirkanchlik, vahshiylik, oliyjanoblik borligi va uni tushunib yetish uchun men nimalar qilganim, siz nima qilishingiz mumkinligi haqida. Videoni ko'rish: 👇 📹Nega inson eng jirkanch va eng oliyjanob mavjudot? YouTube'da fikrlaringizni yozib qoldirishingizni iltimos qilaman! Chunki bunday mavzularda video tayyorlashdan maqsad faqatgina fikr bo'lishish emas balki boshqalar fikrini eshitish, o'rganish. #MonoPodcast 2 #YouTube Yoqimli tomosha! Kanalga ulanish: @teacherazam

15,700 views

Editum Jul 16

New York shahriga yangi mer saylanyapti. U musulmon bo‘lgani uchun ko‘pchilik u haqida har xil gaplarni gapirishgan. Twitter’dagi ayrimlar uning 2 ta farzandi bor ekanligini va buni hammadan yashirishini muhokama qilgan. Yoki saylovoldi vaqtida odamlarga bandanalar tarqatganida shahar kengashining sobiq nomzodlaridan biri buni hijob deb vahimaga tushgan va buni odamlarga tushuntirishga harakat qilgan. Ma’lumot uchun bandana ro‘molchadan ozgina kattaroq to‘rtburchak mato. Mer Zohran Mamdani esa: “Axir Islom davlatining eng muhim tarkibiy qismlari hotdog, kabutar va Metro kartasi” deb kinoyali ohangda gapirgan. Bu rasmlar aynan u tarqatgan bandanalarda bo‘lgan. Shunaqa gaplar... Nega biz musulmonlar doim mana shunday g‘alati shubhalar ostida qolamiz ekan-a? 😅 👉Toʻliq videoni mana bu yerda koʻring Kanalga ulanish: @teacherazam

15,400 views

Editum Jul 15

Ingliz tilida afsuslanish qanday boʻladi? 01. I’m so sorry - Meni kechiring 02. Do not take it to heart - Ko‘nglingga olma 03. I screwed up - Men hamma narsani barbod qildim 04. That’s too bad - Juda achinarli 05. That’s a bummer - Juda yomon boʻldi 06. It’s / What a shame - Juda achinarli 07. I regret - Afsusdaman 08. I feel bad about it - Bundan o‘zimni yomon his qilyapman 09. I didn’t mean to - Men demoqchi emas edim 10. My mistake - Mening xatoyim 11. I feel terrible about it - Men bundan uyalaman. 12. It’s my fault - Bu mening aybim. 13. My bad - Bu mening xatom 14. I didn’t see it coming - Men bunday bo‘lishini o‘ylamagan edim. 15. It won’t happen again - Men boshqa bunday qilmayman. 16. How can I make it up to you? - Sening oldingdagi gunohimni qanday yuvsam ekan? Oʻzi xatoyingiz boʻlsa, tan olasizmi? 😅 Kanalga ulanish: @teacherazam

24,300 views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••3940414243•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8485