TGINSIGHT CHAT
Teacher Azam
@TeacherAzam
EducatioTEACHER AZAM (Qahramoniy) 👨🏼💻 Oʻzimizning chat guruhimiz bor, baʼzi-baʼzida men ham yozib turaman 👉t.me/Teacherazamchat 🚩Instagram: 👉instagram.com/teacherazam ☎️ Englify online maktabim: +998781136969 ☎️ Reklama va taklif uchun: 👉+998 97 831 11 11
Scripta recentia
Pag. 42 de 85 · 1,011 scripta
Editum Jul 14
Bu safar Kiber uz jamoasi ekspertlari tomonidan muvaffaqiyatsizlikka mahkum qilinganiga qaramay olam shumul natijalarga erishgan o'yinlar haqida video tayyorlashibdi! To'liq video ⬇️ https://youtu.be/Gzhttf_weBo?si=xBjn1ObNkfwTzsmI
Editum Jul 12
Engage H2O yozgi kino va foto maktabiga ariza topshiring. Qatnashish bepul. Engage H2O bu xalqaro loyiha. U suv tanqisligi va iqlim oʻzgarishlarini yoritadi. Oʻzbekiston Kino havaskorlari assotsatsiyasi koʻmagida loyiha yozgi maktabni ochayapti ekan. Oʻqish davomida: — video olish; — kompozitsiya; — montaj; — animatsiya; — postproduksiya asoslarini oʻrganasiz va suv tanqisligidan aziyat chekayotgan hamjamiyatlar uchrashasiz. Yakunda esa film yoki fotoseriya yaratib topshirasiz. Birinchi bosqich Toshkentda 5-15-avgust oraligʻida, ikkinchi bosqich esa amaliy mashgʻulot boʻlib, 18-28-avgust kunlari boʻladi. Eng yaxshi ishlar Bryussel, Toshkent va boshqa mintaqaviy tadbirlarda namoyish etiladi Talablar: — Ekologiya va suv muammolariga qiziqish; — Mavzu doirasida film va suratlar yaratish istagi; — 18 yoshdan katta va Oʻzbekiston fuqarosi boʻlsangiz. Oʻqitish tillari: oʻzbek va rus ❗️Ariza topshirish shartlari va ariza shakllari o‘zbek, rus va ingliz tillarida mana bu havolada. Barcha hujjatlar [email protected] elektron manziliga yuboriladi. Ariza topshirish muddati — 2025-yil 15-iyulgacha! Agar sizda yozgi maktab yoki ariza topshirish qoidalari bo‘yicha savollar tug‘ilsa, murojaat qilishingiz mumkin: 📱 Telegram: @Nigina31 📱 Instagram direct: @uafma_uz ✉️ Email: [email protected] @teacherazam
Editum Jul 11
The grass is greener on the other side ✍️ Bu ibora boshqa joylar, vaziyatlar yoki sharoitlar odamning ayni paytda turgan joylaridan ko‘ra jozibaliroq ko‘rinishini anglatadi. Mavjud holatdan qoniqmaslik va yaxshilikka intilishni ifodalash uchun ishlatiladi. “She thought that a different job would make her happier, but now she realizes that the grass isn’t always greener on the other side.” ✍️ Oʻzbek tilida ushbu iboraning varianti qanday boʻladi? Doʻstlaringizga ulashib qoʻying Kanalga ulanish: @teacherazam
Editum Jul 11
🧱 Ismda sir yashiringan. “Tanjiro” — bu shunchaki ism emas. Yapon tilida “tan” — ko‘mir, “jiro” — ikkinchi o‘g‘il degani. Bu Tanjiro’ning oilaviy kasbi (ko‘mirchilik) va oiladagi o‘rni bilan bevosita bog‘liq. Oddiy ism ortida butun hikoyaning ildizi yashiringan deyish mumkin. 🎥 Susambil kanalida bu kabi mayda, ammo muhim detallar haqida ham so‘z boradi: 👉 Videoni shu yerda ko‘rishingiz mumkin:https://youtu.be/HihVX1i30fA #Tanjiro#DemonSlayer#SusambilTahlil
Editum Jul 11
Bu safar Kiber uz jamoasi ekspertlari tomonidan muvaffaqiyatsizlikka mahkum qilinganiga qaramay olam shumul natijalarga erishgan o'yinlar haqida video tayyorlashibdi! To'liq video⬇️ https://youtu.be/Gzhttf_weBo?si=xBjn1ObNkfwTzsmI
Editum Jul 10
Bu podkastimiz mehmonlari Barno Muqimova va Maftuna Arabbayevna boʻldi. 🎙 Ular bilan ong va ruhiyatning inson muvaffaqiyatiga taʼsiri haqida gaplashdik. Qanday fikrlaydigan insonlar hayotda koʻproq muvaffaqiyatli va baxtli boʻlishi, ulardagi koʻnikmalar, shukrni qanday qilish kerakligi, hayotdagi yagona oʻzgarmas konstanta haqida bilib olasiz Podkastni koʻring va fikrlaringizni izohda yozib keting 📺 Koʻrish: https://youtu.be/IvEqqPTp1LA
Editum Jul 9
Navbat endi throwʼga 🔻Throw away: Otib yuborish - Example: Don’t throw away those old books; donate them instead. 🔻Throw up: Koʻngil aynishi - Example: The food made him feel sick, and he had to throw up. 🔻Throw off: Chalgʻimoq, chalkashtirmoq - Example: The sudden change in plans threw her off for the entire day. 🔻Throw on: Tez kiyinib olish - Example: She had to throw on some clothes and rush out the door. 🔻Throw in (something): Biror narsa qoʻshish - Example: Let’s throw in some extra spices to enhance the flavor. 🔻Throw out: Tashlab yubormoq - Example: It’s time to throw out these old newspapers cluttering the room. 🔻Throw down (the gauntlet): Pastga tashlash - Example: He threw down the gauntlet and challenged his opponent to a match. 🔻 Throw around: Muhokama qilmoq - Example: They like to throw around big ideas but rarely follow through. 🔻 Throw back: Ortga qaytish - Example: The movie’s retro style throws back to the 80s. Misollarning tarjimasini izohda yozib keting Doʻstlaringizga ulashib qoʻying Kanalga ulanish: @teacherazam
Editum Jul 8
Mark Zukerberg OpenAI, Anthropic va Google kabi raqobatchilardan bir yo‘la 11 nafar eng yaxshi dasturchini o‘ziga jalb qildi. Mark o‘zining bu “o‘ta aqlli” jamoasini tuzish uchun $14,3 milliard sarfladi va har bir mutaxassisga o‘tish evaziga $100 milliongacha mukofot taklif etdi. Jalb qilingan xodimlar orasida OpenAI ning yetakchi mutaxassislari - Tapit Bansal, Lukas Beyer, Aleksandr Kolesnikov va Syaoxua Chjai bor. Ularning barchasi GPT-4 va barcha kichik modellarning hammualliflaridir. Biz futbolchilarning transferlari haqida koʻp gapiramiz, lekin biznesda ham mana shunday katta transferlar boʻladi. 🤨 Koʻryapmizmi? Doʻstlaringizga ulashib qoʻying Kanalga ulanish: @teacherazam
Editum Jul 8
Tugunlar nazariyasi — bu matematik fan bo‘lib, fazodagi iplar yoki halqalar qanday chigallashishi va bir-biridan farqlanishini o‘rganadi. U topologiyaning bo‘limi hisoblanadi va har bir tugun ipni uzmasdan silliq holga keltirish mumkinmi, degan savol atrofida quriladi. Tugunlar maxsus belgilar — invariantlar orqali farqlanadi. Ushbu nazariya DNK molekulasi shaklidan tortib, kvant fizikasi va kriptografiyagacha ko‘plab sohalarda qo‘llaniladi. Oddiy ko‘rinsada, tugunlar murakkab matematik tuzilmalardir. 📹 Videoga havola: https://youtu.be/74-__wAbkTA?si=o2nMo_Pe3G91pxRC
Editum Jul 7
🕯Avloniy qanday vafot etgan? 1934-yil. Abdulla Avloniy hayotdan ko‘z yumdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, u tishini oldirayotgan chog‘da qoniga infeksiya tushgan, yuzining keskin shishgani qayd etilgan. Ammo tarixiy tafakkur faqat faktlar bilan emas, savollar bilan ham yashaydi. Ba’zilar bu o‘limni tasodif deb bilmaydi. Chunki Qatag‘on siyosati bu davrda allaqachon boshlangan edi. Avloniy esa so‘z kuchi bilan ongni o‘zgartirgan shaxs edi. Zahar. Og‘riq. Sukut. Bu faqat tarix emas — bu hanuz javobsiz qolayotgan savollardir. 🎙 Ushbu nozik tafsilotlar haqida Qurultoy podkastining eng ta’sirli sonida. 🎭 Xalq artisti Gavhar Zokirova xotiralari bilan. 📺 Tomosha qiling: https://youtu.be/cISifa5w36s
Editum Jul 6
Cambridge Dictionaryʼga qoʻshilgan 3 ta yangi soʻz 1. Glampervanningnoun /ˈglæm.pə.væn.ɪŋ/ — an’anaviy kempingdan ko‘ra qulayroq va hashamatli bo‘lgan kemping furgonida dam olish Glampervanning - bu kemping zavqini hashamatli dam olish bilan birlashtirishdir. Tasavvur qiling, yulduzlar ostida uxlash, ajoyib manzaralar oldida uyg‘onish va landshaftlarni o‘rganish kabi sayohatning barcha afzalliklaridan bahramand bo‘lib, shinam yotoq, to‘liq jihozlangan oshxonaga ega furonda dam olish. 2. Airport theorynoun /ˈeə.pɔːt ˌθɪə.ri/ — ijtimoiy tarmoq tendensiyasi bo‘lib, unda sayohatchilar aeroportga parvozdan bir necha soat oldin emas, balki parvoz boshlanishidan 15-20 daqiqa oldin yetib kelishi. Buni TikTok ommalashtirdi, u yerda boʻlayotgan tendensiyaga koʻra siz samolyotga chiqishdan atigi 15 daqiqa oldin aeroportga yetib kelishingiz, xavfsizlik nazoratidan bemalol o‘tishingiz va hatto parvozga ulgurishingiz mumkin emish. Stress yo‘q, kutish yo‘q. TikTokʼda ushbu soʻz bilan ishlangan trendlar 400 milliondan koʻrishga erishgan. 3. Me-moonnoun /ˈmiː.muːn/ — o‘zingiz uchun hashamatli tarzda dam olishingiz Ijtimoiy tarmoqda yangi turmush qurganlarlar oʻz asaloylarini qanday oʻtkazayotganligi haqidagi videolar toʻlib ketdi. Bunga javoban me-moon tendensiyasi rivojlanayapti. Yaʼni bunda odamning bir oʻzi sayohatga chiqadi. Doʻstlaringizga ulashib qoʻying Kanalga ulanish: @teacherazam
Editum Jul 6
Agar balki qo‘lga tushib qolmaganida lavozimidan bo‘shamas edi. 100 dan ortiq jarimaning bekor qilinishi — katta ta’sir kuchini ko‘rsatadi. Biroq bu, aslida, qonunga hurmatsizlik va mansab vakolatini suiiste’mol qilishdan boshqa narsa emas. @lazizhamidov