TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Powrót do kanałów
Ta'lim.uz | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT CHAT

Ta'lim.uz | Rasmiy kanal

@TALIMUZ

Education

🎓@TalimUz – Yangi loyiha! Yangi brend! O'zbekiston va jahon ta'lim sferasida bo'layotgan eng dolzarb rasmiy yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun bizni kuzatishda davom eting! Hamkorlik (reklama): @Talimuz_murojaatbot

Subskrybenci15.6万Obecni subskrybenci kanału
Śledzone posty912Liczba indeksowanych postów
Niedawny zasięg414,200Suma ostatnich wyświetleń
Ostatnie posty

Ostatnie posty

Strona 26 z 76 · 912 postów

Opublikowano 20 lip

⚡️24-25 iyul kunlari akademik litseylarga kirish test sinovlari boʻlib o'tadi Kirish test sinovlari 2025-yil 24-iyul kuni respublikamizning barcha hududida, 25-iyul kuni Toshkent shahrida Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan maxsus belgilangan hududlarda ikki smenada oʻtkaziladi. Test sinovlarini oʻtkazilish vaqti: 🟢birinchi smena soat 9:00 da; 🟢ikkinchi smena soat 15:00 da boshlanadi. ❗️Eslatma: Abituriyentlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1.5 (bir yarim) soat oldinshaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi. Test sinovi o‘tkaziladigan hudud abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan bo‘ladi. #Qabul2025#Imtihon ✅@talimuz

29,500 views

Opublikowano 19 lip

⚡️Magistratura va bakalavriat davlat granti 2025/2026 va kelgusi uch o‘quv yilida davlat oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatning KUNDUZgi ta’lim shakli hamda MAGISTRATURA bo‘yicha o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari: ✅BAKALAVRIAT ▪️ 2025/2026-o‘quv yili uchun – 35 ming 500 ta; ▪️ 2026/2027-o‘quv yili uchun – 36 ming 023 ta; ▪️ 2027/2028-o‘quv yili uchun – 36 ming 460 ta; ▪️ 2028/2029-o‘quv yili uchun – 36 ming 761 ta. ✅MAGISTRATURA: ▪️ 2025/2026-o‘quv yili uchun – 9 ming 922 ta; ▪️ 2026/2027-o‘quv yili uchun – 10 ming 191 ta; ▪️ 2027/2028-o‘quv yili uchun – 10 ming 477 ta; ▪️ 2028/2029-o‘quv yili uchun – 10 ming 784 ta. Kvotalar bo‘yicha ko‘pchilikda savol tug‘ilgani tabiiy. Chunki o’tgan yildan boshlab kvotalarni tasdiqlashda yangi tizimga o’tilgan va buni avvalgilaridan bir qancha farqi bor: 1️⃣Birinchidan, kvotalar OTMlar kesimida emas, balki yo‘nalishlar kesimida e’lon qilindi; 2️⃣Ikkinchidan, kvotalar faqat davlat granti uchun e’lon qilindi, to‘lov-kontrakt uchun yo‘q; 3️⃣Uchinchidan, kvotalar faqat kunduzgi ta’lim shakli uchun e’lon qilindi, kechki va masofaviy uchun yo‘q. ‼️XULOSA: hali kvotalar to‘liq tasdiqlanmadi, hozircha chala. Oliygohlar, to‘lov-kontrakt, ta’lim shakllari va tillar kesimidagi kvotalar tasdiqlanishini yana kutish kerak. Qancha kutishimiz noma’lum, bu Davlat qabul komissiyasiga bog‘liq. ✅@talimuz

38,400 views

Opublikowano 19 lip

#xushxabar IMO 2025: Terma jamoamiz a’zolari o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdi O‘zbekiston Terma jamoasi a’zolari hozirda Avstraliyada bo‘lib o‘tayotgan 66-Xalqaro Matematika Olimpiadasida ishtirok etib, o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani qo'lga kiritdi. Umumiy hisobda: 4 ta kumush, 1 ta bronza jami — 5 ta medal! G‘oliblarimiz bilan quyida tanishing: Elbek Zohidjonov – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, 10-sinf o‘quvchisi (kumush medal), Asadbek Boboqulov –“Artel Technical School” NTMning 11-sinf o‘quvchisi (kumush medal), Rasulbek G‘afforov – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, 10-sinf o‘quvchisi (kumush medal), Behruz Elmurodov – Mirishkor tuman 21-maktab, 11-sinf o‘quvchisi (kumush medal), Ozodbek Axtamov – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, 11-sinf o‘quvchisi (bronza medal), Umarbek Ubaydullayev – Sergeli tuman ixtisoslashtirilgan maktabi, 7-sinf o‘quvchisi (Honourable mention). Ma'lumot uchun, ushbu nufuzli xalqaro fan olimpiadasi sovrindori bo‘lgan o‘quvchilar quyidagicha taqdirlanadi: 2-oʻrin uchun: ➖ oʻquvchilarga — 562 mln 500 ming soʻmdan (1 ming 500 baravar); 3-oʻrin uchun: ➖oʻquvchilarga — 375 mln soʻm (1 ming baravar). Eslatib o‘tamiz: Terma jamoa a’zolari joriy yil davomidaQirg‘izistonhamda Xitoyda tashkil qilingan qo‘shma o‘quv yig‘in mashg’ulotlarida ishtirok etdi. Ma’lumot uchun: O‘zbekiston terma jamoasi 2024-yilgi Xalqaro Matematika Olimpiadasida jami 2 ta kumush, 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan edi. Barcha g‘oliblarni tabriklaymiz va kelgusi olimpiadalarda ulkan zafarlar tilaymiz! Ishonamiz, yoshlarimizning kelasi safar natijalari bugungidan ham yuqori boʻladi! Hilola Umarova ✅@talimuz

33,500 views

Hashtags

Opublikowano 18 lip

⚡️4-kun natijalari e’lon qilindi 📆 2025-yil 17-iyul kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi. Abituriyentlar oʻz ballarini quyidagi botlar orqali hoziroq bilib olishlari mumkin: 👉@bmba_natija_bot 👉@bmba_natija_1bot 👉@bmba_natija_2bot 👉@bmba_natija_3bot 👉@bmba_natija_4bot ❗️Ushbu botlar orqali mandat saytida nechinchi o'rinda turganingizni ham aniqlashingiz mumkin! Bundan tashqari, my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda. mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. Barchaga yuqori natijalar yor bo'lsin!

33,300 views

Opublikowano 17 lip

​⚡️Rasman: 3-kun natijalari e’lon qilindi 📆 2025-yil 16-iyul kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi. Abituriyentlar oʻz ballarini quyidagi botlar orqali hoziroq bilib olishlari mumkin: 👉@bmba_natija_bot 👉@bmba_natija_1bot 👉@bmba_natija_2bot 👉@bmba_natija_3bot 👉@bmba_natija_4bot ❗️Ushbu botlar orqali mandat saytida nechinchi o'rinda turganingizni ham aniqlashingiz mumkin! Bundan tashqari, my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda. mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. Barchaga yuqori natijalar yor bo'lsin!

33,800 views

Opublikowano 17 lip

​​#Natijalar#Tarqating#Tezkor ❗️Natijasini kutayotganlarga tarqatamiz Kecha imtihon topshirgan abituriyentlarning natijalari bugun 23:59ga qadar e’lon qilinadi. Natijalarni bot orqali ko'rish mumkin Quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasini yuborgan holda natijalarni olishingiz mumkin: 👉@e_dtm_mandatbot 👉@e_dtm_mandat1bot 👉@e_dtm_mandat2bot 👉@e_dtm_mandat3bot 👉@e_dtm_mandat4bot Botga Abituriyent ruxsatnomasini .PDFshaklda tashlang yoki abituriyent ruxsatnomasining QR-kodi (natijani ko‘rish uchun havola) ni botgа yuboring! Barchaga yuqori natijalar yor bo'lsin! ✅@talimuz

32,900 views

Opublikowano 17 lip

⚡️Abituriyent qaysi hollarda imtihondan chetlashtiriladi? Vazirlar Mahkamasining tegishli (03.04.2018 yildagi 261-son) qarori bilan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibi belgilangan. ❌ Unga ko‘ra, quyidagi hollarda abituriyent test sinovlari jarayonidan chetlashtiriladi va natijalari chiqarilmasligiga asos bo‘ladi: 🔸 test sinovlari o‘tkaziladigan hududga yoki binoga kirishda mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya qurilmalari va boshqa vositalar, shpargalkalar olib kirishga harakat qilsa, olib kirgan bo‘lsa yoki ulardan test sinovlari davomida foydalansa; 🔸 test materiallarini boshqa abituriyentga uzatsa yoki ularga yordam bersa; 🔸test sinovlari jarayonida bir-biri bilan gaplashsa; 🔸test materiallarini binodan tashqariga olib chiqsa, test topshiriqlari kitobi varag‘ini yirtsa; 🔸 test sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugagandan so‘ng test materiallarini topshirishdan bosh tortsa; 🔸 test sinovlari jarayonida videokuzatuvlar orqali abituriyentning tartib va qoidalarga amal qilmaganligi aniqlansa. Bundan tashqari, abituriyentning test sinovlarini topshirish vaqtida guruhdan chiqishi taqiqlanadi, chiqqan abituriyentlar qaytadan test sinovlariga qo‘yilmaydi. Test materiallarisiz, guruh nazoratchisi kuzatuvi ostida guruhdan chiqish hollari bundan mustasno. ✅@talimuz

33,400 views

Opublikowano 16 lip

🧐Mandat saytida ayni vaqtda nechinchi o'rinda turibsiz? 🤔 O'z natijangizni raqiblaringizniki bilan taqqoslab ko'rdingizmi? Ehh, bunday ma'lumotlarni bilmasdan qanday sabr qilib o'tiribsiz? Axir imkoni borku! Ayniqsa, aqlli botlar sizga bunda yordam beradi Botga ruxsatnomangizni (PDF) yuboring: 👉@e_dtm_mandatbot 👉@e_dtm_mandat1bot 👉@e_dtm_mandat2bot 👉@e_dtm_mandat3bot 👉@e_dtm_mandat4bot Ha, to'g'ri! Test sinovlari davom etmoqda, lekin har kuni siz o'z natijalaringizni boshqa siz kabi fanlar majmuasi bo'yicha test topshirgan abituriyentlar bilan solishtirib borishingiz mumkin. Eslatib o'tamiz, ushbu ma'lumotlar har kuni natijalar e'lon qilingach yangilanadi!

36,000 views

Opublikowano 16 lip

​⚡️Rasman: 2-kun natijalari e’lon qilindi 📆 2025-yil 15-iyul kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi. Abituriyentlar oʻz ballarini quyidagi botlar orqali hoziroq bilib olishlari mumkin: 👉@e_dtm_mandatbot 👉@e_dtm_mandat1bot 👉@e_dtm_mandat2bot 👉@e_dtm_mandat3bot 👉@e_dtm_mandat4bot ❗️Botga Abituriyent ruxsatnomasini .PDF shaklini yoki QR kod qismini alohida rasm qilib yuboring! Bundan tashqari, my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda. mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. Barchaga yuqori natijalar yor bo'lsin!

34,900 views

Opublikowano 16 lip

❌Testdan chiqqanlar testlardan norozi! O'tgan yili huquq, bu yil matematika Abituriyentlar fikricha, kitobda yo'q joylardan test savollari tuzilgan, algebra o'rniga geometriyadan ko'proq savollar tushgan. ✅@talimuz

34,700 views

Opublikowano 16 lip

Har kimning orzusi bor. Kimdir shunchaki diplom olishni xohlaydi. Kimdir esa bilimi bilan o‘z yo‘lini topmoqchi. AMMO FARQ BITTA: Qayerda o‘qish kerak? 💙 Osiyo xalqaro universiteti — o‘z orzusini mahkam tutadiganlar joyi! Bu yerda: ➡️35 ta bakalavriat ➡️14 ta magistratura ➡️25 ta ordinatura ➡️ 11 ta doktorantura yo‘nalishlaridaqabul ochiq. Abituriyentlarni nimalar kutmoqda? ✔️ Talabalar uchun qulay kampuslar; ✔️ Turar joy bilan ta’minlash; ✔️ Xalqaro tajriba uchun amaliyot dasturlari; ✔️ Zamonaviy darslar va har jabhada yo‘l ko‘rsatuvchi ustozlar; ✔️ Iqtidorlilar uchun 200 ta grant. Kunduzgi, kechki yoki masofaviy ta’lim — siz uchun qaysi biri qulay bo‘lsa, aynan shu shakl mavjud. 📥Bugunoq ariza yuboring. 📄Litsenziya(№ 715238, 10.11.2022-y.) 📞Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +998553050009 Reklama

33,100 views

Opublikowano 15 lip

​⚡️Rasman: 1-kun natijalari e’lon qilindi 📆 2025-yil 14-iyul kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi. Abituriyentlar oʻz ballarini quyidagi botlar orqali hoziroq bilib olishlari mumkin: 👉@e_dtm_mandatbot 👉@e_dtm_mandat1bot 👉@e_dtm_mandat2bot 👉@e_dtm_mandat3bot 👉@e_dtm_mandat4bot Botga Abituriyent ruxsatnomasini .pdf shaklda yuboring! Bundan tashqari, my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda. mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. Barchaga yuqori natijalar yor bo'lsin!

40,700 views
12•••5•••10•••15•••20•••2425262728•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••7576