TGINSIGHT CHAT
Ta'lim.uz | Rasmiy kanal
@TALIMUZ
Education🎓@TalimUz – Yangi loyiha! Yangi brend! O'zbekiston va jahon ta'lim sferasida bo'layotgan eng dolzarb rasmiy yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun bizni kuzatishda davom eting! Hamkorlik (reklama): @Talimuz_murojaatbot
Ostatnie posty
Strona 41 z 76 · 912 postów
Opublikowano 8 lut
⚡️Qaysi xususiy oliygohlarda talaba ko'p?! ✅ Hemis tizimi ma'lumotlariga ko'ra: 1⃣. Toshkent Kimyo xalqaro universiteti 36 598 nafar talaba 2⃣. ISFT instituti 29 470 nafar talaba 3⃣. Toshkent amaliy fanlar universiteti 26 460 nafar talaba 4⃣. Termiz iqtisodiyot va servis universiteti 23 888 nafar talaba 5⃣. Osiyo xalqaro universiteti 22 279 nafar talaba 6⃣. Alfraganus universiteti 22 245 nafar talaba 7⃣. University of Business and Science 20 728 nafar talaba 8⃣. Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Samarqand filial 20 283 nafar talaba 9⃣. Iqtisodiyot va pedagogika universiteti 19 138 nafar talaba 🔟. Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Namangan filiali 17 974 nafar talaba Eslatma: Ushbu ro'yxatda faqatgina eng ko'p talabaga ega TOP-10 xususiy oliygoh nomlari keltirilgan. ✅@talimuz
Opublikowano 6 lut
Bilasizmi? Quyidagi oʻqish davrlari pensiyaga chiqishda ish stajiga qo‘shib hisoblanadigan mehnat faoliyati turlari hisoblanadi 🇺🇿 “Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risida”gi Qonunning 37-moddasi “e” bandiga asosan: ➖ Oliy ta’lim muassasalarida; ➖ magistratura va klinik ordinaturada; ➖ stajor-tadqiqotchi izlanuvchilar institutida; ➖ katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutida; ➖ tayanch doktoranturada; ➖ doktoranturada; ➖ chet elda o‘qigan davlari mehnat stajiga qoʻshib hisoblanadigan davrlari hisoblanadi. Talabalar yuqorida keltirilgan taʼlim turlarining kunduzgitaʼlim shaklida oʻqigan boʻlsa pensiyaga chiqayotganida oʻsha oʻqigan davrlari mehnat stajiga qoʻshib hisoblanadi. Asos: https://lex.uz/acts/-112314 ✅@talimuz
Opublikowano 5 lut
Bilasizmi? ⚡️Kollej-texnikumni bitirib OTMga to'g'ridan-to'g'ri hattoki 3-kursdan ham kirish mumkin bo‘ladi! ➖ kollej-texnikumning 1-2 kursidagi ta’lim dasturlari, darsliklari, bilimni baholash mezonlari va muallimlarga talablar oliygohlar bilan bir xil bo‘ladi; ➖ texnikumlarda ham “kredit tizimi” joriy qilinib, fanni o‘zlashtirish bo‘yicha to‘plangan “kreditlar” oliygohlarda tan olinadigan tizim bo‘ladi. Ya’ni, kollej-texnikumda ikki yil davomida yetarli “kredit” to‘plagan o‘quvchilar “2+2” yoki “2+3” dasturlari asosida oliygohlarning ikkinchi yoki uchinchi kurslarida ta’limni davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Kollej-texnikumda o‘qib, faoliyatini ishlab chiqarishda davom ettirmoqchi bo‘lganlarni sohadagi mavqeini oshirish bo‘yicha ham yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi. Endi, kollej-texnikumda “ishchi kasb” yo‘nalishida o‘qiganlar ikki yoki uch yil ishlab, tajriba orttirganidan keyin, imtihon topshirib, “bakalavr”ga teng malaka darajasini olishi mumkin. ✅@talimuz
Opublikowano 4 lut
Umidvor ko'zlarni yig'latmang! Talabalarga tegishli video. Sekingina yuborib qo'ying! ✅@talimuz
Opublikowano 2 lut
⏳Vaqt – eng qimmat boylik! Kunlar, oylar, yillar o‘tmoqda... Lekin biz qimmatli yoshlikni telefon ekranida boy berayotganimizni sezmayapmiz. Bugun o‘zingdan so‘ra: vaqtimni qayerga sarflayapman? Haqiqiy hayotni yashashni boshlash vaqti kelmadimi? Manba: islom.uz Videoni ko‘ring va o‘zingiz xulosa qiling! ✅@talimuz
Opublikowano 2 lut
⚡️Fanlar majmuasi-2025 2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi Eslatma: 2025/2026-o‘quv yili qabul parametrlari tasdiqlanganda yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari uchun fan majmualari qo‘shimcha tasdiqlanadi. Shuningdek, taʼlim yoʻnalishlarini optimallashtirish natijasiga koʻra yoʻnalishlar nomi oʻzgarganda yoki yangi yoʻnalishlar tashkil etilganda mos ravishda tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin. ✅@talimuz
Opublikowano 31 sty
Imtihon oldidan stressni yengish uchun TOP maslahatlar! Imtihon shunday jarayonki, bunda har bir kishi “O'zing o'zinga yordam ber" qabilida ish ko'rishi lozim. Imtihonga har kim turlicha munosabat bildiradi. Demak, bu vaqtda yuzaga keladigan stressga qarshi kurashish yo'llarini ham o'zi o'ylab topadi. Biz quyida sizga taqdim etmoqchi bo'lganimiz – amalda qo'llangan va ishonchli usullardir. ✅Imtihonga tayyorlanishni 17-18 soat qolganda yakunlash tavsiya etiladi. Oxirgi soatlarda katta bosim bilan kitob o'qishning mahsuldorligi ancha past bo'ladi. Tajriba shuni ko'rsatadiki, bilimlar sinoviga juda yaqin qolganda qancha ko'p o'qilsa, shuncha kam esda qoladi. ✅Hayot-mamot hal bo'lishi arafasida o'quv materiallariga betartib ravishda ko'z yugurtirishtavsiya etilmaydi, bu jarayonda dengizdan tomchi esiningizda qoladi, xolos. Natijada imtihon paytida faqatgina omadga tayanishga to'g'ri keladi. ✅Qolgan vaqtni aqliy mehnatdan charchagan organizmni oldindagi sinovga tayyorlashga bag'ishlash foydaliroqdir. ✅Imtihonlardan oldin kechqurun sayrga chiqish, dush qabul qilish kabi har qanday chalg'itadigan va tinchlantiradigan ish bilan shug'ullanish maqsadga muvofiqdir. “Miyani yukdan xalos etish" uchun biror komediya yoki yumoristik ruhdagi ko'rsatuvni tomosha qilish juda foydali. ✅Kulgu stressni yengishga yordam berishdan tashqari ishtahani ochadi, ish qobiliyatini oshiradi, uyquni normallashtiradi va g'ayritabiiy usul bilan fikrlash va tasavvur qilish qobiliyatini yaxshilaydi. Bu narsa ilmiy jihatdan isbotlangan. ✅Imtihondan oldin albatta organizmning talabini qondiradigan darajada to'yib uxlash kerak! Qiyinchiliksiz uxlash uchun esa kunning ikkinchi yarmidagi ratsiondan kofe, shokolad, kola, choy kabi mahsulotlarni chiqarib tashlash kifoya. ✅Tasavvurni ishga soling. Psixologik texnika yordamida imtihon jarayonini ko'z oldingizga keltiring: Siz imtihon o'tkazilayotgan auditoriyaga kirdingiz, biletni tanladingiz, o'z joyingizga o'tirib xotirjam, hech qanday qiyinchiliklarsiz topshiriqlarni bajarib boshladingiz; Iloji boricha imtihon nazoratchilarini ham ko'z oldindizga keltiring: ular o'z qarashlari bilan javobingizdan qoniqish hosil qilganliklarini ko'rsatib turishibdi, imtihon yakunida esa o'zingiz xohlagan bahoni qo'yib berishdi. ⚠️ Shu sahnalarni xotirangizda ko'p marotaba tiklashga harakat qiling va real hayotda ham shunday bo'lishiga ishoning. ❗️Imtihondan oldin uyqu yaxshi bo'lishi uchun kechki ovqatni to'g'ri tashkil qilish ham muhim ahamiyatga ega. Bu paytda iloji boricha uglevodli taomlar iste'mol qilish lozim, tarkibida ko'p miqdorda oqsil saqlagan mahsulotlardan esa o'zni tiygan ma'qul. Uxlashga yotishdan 30-40 minut avval bir stakan issiq suvga bir choy qoshiq asal solib ichsangiz, asab tizmi mustahkamlanadi. ✅@talimuz
Opublikowano 31 sty
Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti qoshida Ingliz tili (General English) va Matematika kurslari uchun qabul ochilganini e'lon qilamiz. 👨🎓Agarda siz ingliz tilini boshlang‘ich darajadan yuqori IELTS ballini olmoqchi bo‘lsangiz, shuningdek matematika kurslarida tahsil olmoqchi bo‘lsangiz, bizga murojaat qiling. Institutimizda: 👉Umumiy ingliz tili (General English); 👉 Matematika. ✍️ Kurslar haqida ma'lumot olish va ro‘yxatdan o‘tish uchun quyidagi telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin: ✍️RO‘YXATDAN O‘TISH UCHUN HAVOLA ☎️ +99871 271-77-00 (ichki raqam: 1139, 1177) 👉Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: Telegram | Instagram | Facebook | Linkedin
Opublikowano 30 sty
#foydali CTRL + A dan Z gacha bo'lgan kombinatsion funksiyalarni o'rganamiz! 😀 Kompyuter klaviaturasidagi Ctrl tugmasi bilan bog'liq amallar ish faoliyatimizda juda as qotadi. Orangizda hechbo'lmasa Ctrl+C va Ctrl+V amallarini ishlatadiganlar albatta topiladi. Lekin boshqa harflar bilan amalga oshiriladigan funksiyalarni bilasizmi? Keling, @Talimuz✅️ kanali orqali shular haqida ma'lumot beramiz: • Ctrl+A = Barchasini belgilash; • Ctrl+B = Matnni qalin qilish; • Ctrl+C = Matnni nusxalash; • Ctrl+D = Duplikat qilish (PowerPoint’da obektlarni ikkitalash); • Ctrl+E = Matnni markazga joylash; • Ctrl+F = Izlash; • Ctrl+G = Guruhlash (PowerPoint’da); • Ctrl+H = O’rniga qo’yish (Word); • Ctrl+I = Kursiv yozish; • Ctrl+J = Matnni sahifa eni bo’yicha yoyish (Word); • Ctrl+K = Giper havola yaratish (Word, Telegram); • Ctrl+L = Matnni chapga joylash; • Ctrl+M = Yangi slayd (PowerPoint); • Ctrl+N = Yangi sahifa (ko’p dasturlarda); • Ctrl+O = Ochish (ko’p dasturlarda); • Ctrl+P = Chop etish (ko’p dasturlarda); • Ctrl+Q = Chiqib ketish (ko’p dasturlarda); • Ctrl+R = Matnni o’ngga joylash; • Ctrl+S = Saqlash (ko’p dasturlarda); • Ctrl+T = Yangi vkladka ochish (Chrome); • Ctrl+U = Matnni ostiga chizish; • Ctrl+V = Joylash (Вставить) (ko’p dasturlarda); • Ctrl+W = Barcha oynalarni yopish (ko’p dasturlarda); • Ctrl+X = Ko’chirib olish (Вырезать) (ko’p dasturlarda); • Ctrl+Y = Oxirgi amalni qaytarish (Ctrl+Z ni teskarisi); • Ctrl+Z = Oxirgi amalni bekor qilish (ko’p dasturlarda). Boshqalarga ham ulashing! ✅️@talimuz
Hashtags
Opublikowano 29 sty
📉O‘zbekistonda eng kam maosh oladiganlar yana – o'qituvchi va shifokorlar! 2024-yil yakuni bo‘yicha O‘zbekistonda o‘rtacha nominal ish haqi 5,3 mln so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2023-yilga nisbatan 17,4% ga o‘sgan. Maoshlar bo‘yicha eng yuqori o‘sish Toshkent shahrida kuzatildi – bu yerda o‘rtacha oylik ish haqi 9 mln so‘mga yetib, 21,4% ga oshdi. Eng yuqori maosh to‘lanadigan sohalar: 🔺Moliya sohasi – 15,2 mln so‘m 🔺Aloqa sohasi – 13,1 mln so‘m 🔺Transport sohasi – 8,1 mln so‘m O‘rtacha darajadagi maoshlar: 🔸Sanoat – 6,4 mln so‘m 🔸Savdo – 6,2 mln so‘m 🔸Qurilish – 5,9 mln so‘m Eng kam maosh oladigan sohalar: 🔻Sog‘liqni saqlash – 3,4 mln so‘m 🔻Ta’lim sohasi – 3,6 mln so‘m ✅@talimuz
Opublikowano 27 sty
⚡️TATU Nurafshon filiali tugatiladi Prezident qarori bilan tashkil etilayotgan “Cyber university” Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nurafshon filiali bino va inshootlariga joylashtiriladi. TATU Nurafshon filiali faoliyati 2024/2025 o‘quv yilidan so‘ng tugatilib, talabalar Toshkent axborot texnologiyalari universitetining tegishli kurslariga ko‘chiriladi. ✅@talimuz
Opublikowano 25 sty
❗️Milliy gvardiyaga o‘quvchilar bilan bog‘liq huquqbuzarlik uchun ma’muriy jazo qo‘llash vakolati berilmoqda Senator Rustam Kalonovga ko‘ra, Milliy gvardiya inspektor-psixologlarining harakatlari bilan maktablardagi davomat o‘tgan yildan buyon50 foizdan 95 foizgacha oshgan. Endilikda Milliy gvardiya organlariga bolalarga ta’lim berish majburiyatlarini bajarmaslik, jamoat joyida sigaret chekish va alkogol iste’mol qilish kabi huquqbuzarliklar bo‘yicha jazo qo‘llash vakolati berilmoqda. Bu xabarni o'sha birinchi hayolingizga kelgan sinfdoshingiz yoki o'quvchingizga yuborib qo'ying! ✅@maktabuz