TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Powrót do kanałów
Ta'lim.uz | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT CHAT

Ta'lim.uz | Rasmiy kanal

@TALIMUZ

Education

🎓@TalimUz – Yangi loyiha! Yangi brend! O'zbekiston va jahon ta'lim sferasida bo'layotgan eng dolzarb rasmiy yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun bizni kuzatishda davom eting! Hamkorlik (reklama): @Talimuz_murojaatbot

Subskrybenci15.6万Obecni subskrybenci kanału
Śledzone posty912Liczba indeksowanych postów
Niedawny zasięg972,900Suma ostatnich wyświetleń
Ostatnie posty

Ostatnie posty

Strona 67 z 76 · 912 postów

Opublikowano 14 maj

Joriy yilda Respublikamizdagi akademik litseylargakirish imtihonlari qanday bo'ladi? 🇺🇿 2023/2024-oʻquv yili uchun akademik litseylarning ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi o‘tkaziladigan FANLAR MAJMUASI, TEST TOPSHIRIQLARI SONI hamda BAHOLASH MEZONLARI tasdiqlangan. Joriy yilda ham katta ehtimol bilan shu tartib o'zgarishsiz qoldiriladi. 👉 Barcha test topshiruvchilar uchun topshiriqlar soni jami 60 ta bo‘lib, shundan 20 tasio‘quvchining intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo‘yicha hamda ta’lim yo‘nalishlariga mos ikkita fan bo‘yicha esa, jami 40 ta test savollari tushadi. 📈Maksimal ball — 146: ➖IQ — 1.1*20 =22; ➖1-fan — 3.1*20=62; ➖2-fan — 3.1*20=62. ✅@talimuz

80,300 views

Opublikowano 13 maj

​⚡️Rasman: Bitiruv oqshomi ta'qiqlanadi! 2023-2024-oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazish davomida quyidagilar taqiqlanadi: ➖ turli restoran va kafelar, xonadonlarda “Bitiruv oqshomlari”ni oʻtkazish, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestasiyalarini oʻtkazishda, taʼlim muassasalarini yangi oʻquv yiliga tayyorlash borasida oʻquvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul mablagʻlarini yigʻish; ➖ bitiruv tadbirlarida oʻquvchilardan qimmatbaho sovgʻalar uchun pul yigʻish, bitiruv kechalariga atab qimmat kiyimlar olish, yengil avtomashinalarda sayr tashkil etish. ➖ oʻquvchilarning guruh-guruh boʻlib xiyobonlar, istirohat bogʻlari, choʻmilish havzalariga borishi. Bitiruvchilarga yuborib qo'ying! ✅@talimuz

86,900 views

Opublikowano 10 maj

⚡️Grantga aza, kontraktga mazzami? Kontraktda oʻqiyotgan talaba keyingi yil grantda oʻqishi mumkinligi haqidagi xabarlar tarqaldi. Unga koʻra, endilikda davlat granti 4 yilga bitta talabaga emas, balki har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanadi. ✅ Yaʼni grantga kirgan talaba yaxshi oʻzlashtira olmasa, keyingi yil kontraktga tushishi yoki aksincha kontraktga kirgan talaba yaxshi oʻqisa, keyingi yili grantga oʻtishi mumkin. ✅@talimuz

87,500 views

Opublikowano 9 maj

⚡️Testdan so‘ng abituriyentga yo‘nalish tanlashga 10-15 kun vaqt beriladi Avval test, keyin yo‘nalish tanlash tartibining texnologik nizomi ishlab chiqilyapti, tez orada e’lon qilinadi. Tayyor bo‘lgach, tartib tushunarli roliklar tarzida abituriyentlarga taqdim etiladi. Yo‘nalish tanlash uchun abituriyentga 10-15 kun vaqt berilishi mumkin. ✅@talimuz

77,400 views

Opublikowano 8 maj

⚡️Rasman: Magistratura va doktoranturaga qabuldagi chet tili sertifikati bo‘yicha yengilliklar berildi 🇺🇿 Magistratura va doktoranturaga qabul qilishda xorijiy tilni bilish to‘g‘risidagi sertifikat talabi quyidagicha o‘zgartiriladi: ➖ ta’lim dasturini xorijiy tilda yakunlagan talabalar uchun sertifikat talabi bekor qilinadi; ➖ soha xususiyatidan kelib chiqib madaniyat, san’at, sport, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ishlab chiqarish, muhandislik ishi, qishloq xo‘jaligi, veterinariya, arxitektura va qurilish, fizika va tabiiy fanlar, transport xizmatlari yo‘nalishlari bo‘yicha sertifikat talabi bir pog‘ona – B1 darajasiga tushiriladi. Sertifikat talabi xorijiy tillar yo‘nalishlarida C1 darajada, aniq fanlar, biologiya, matematika, huquq, jurnalistika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va iqtisodiyot yo‘nalishlarida B2 darajada saqlanadi. ✅@talimuz

83,600 views

Opublikowano 8 maj

📈Kontrakt narxi oshishi kutilmoqda! 🇺🇿 Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Shohruh Daliyevning aytishicha, bir talabani oʻqitish davlatga yiliga 12–15 million soʻmga tushmoqda. “Talabalar uchun stipendiyalar miqdorini oshirish masalasini oʻylab koʻrishimiz kerak. Toʻlov–kontrakt miqdori ham pandemiya davridan beri oshirilmadi. Bir talabaga sarflanayotgan pul, u toʻlayotgan kontrakt miqdoridan ancha koʻp”. ✅@talimuz

58,200 views

Opublikowano 6 maj

⚡️Rasman: Endi davlat granti 4 yilga bitta talabaga emas, balki har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanadi Ya’ni grantga kirgan talaba yaxshi o’qimasa, keyingi yil kontraktga tushishi mumkin. Yoki aksincha kontraktga kirgan talaba yaxshi o’qisa, keyingi yili grantga o’tishi mumkin. 🇺🇿 Bu haqda bugun Shavkat Mirziyoyev huzurida oliy ta’lim tizimi bo‘yicha bo‘lgan taqdimotda aytildi. Davlatimiz rahbari bu tizimni adolatli yo‘lga qo‘yish, yoshlarga va ota-onalarga yetkazish zarurligini ta’kidladi. ✅@talimuz

93,400 views

Opublikowano 6 maj

⚡️Ayrim tibbiyot yo‘nalishlarida faqat grantga qabul bo‘ladi 🇺🇿 2023-yilgi qabuldan “Psixiatriya”, “Tibbiy psixologiya” va “Narkologiya” klinik ordinatura va magistratura mutaxassisliklariga qabul faqat davlatgranti asosida bo‘lmoqda. Ya’ni bu yo‘nalishlarga kiradigan magistratura va ordinatura talabalari kontrakt asosida emas, faqat grant asosida o‘qiydi. Xabarni tibbiyot yo‘nalishida o‘qiydigan yoki shu yo‘nalishda o‘qimoqchi bo‘lgan tanishlarimizga yuborib qo‘yamiz. ✅@talimuz

75,200 views

Opublikowano 5 maj

⚡️5 yil mehnat staji bor o'rta maxsus darajadagi ayol-qizlarimiz diqqatiga! 🇺🇿 Vazirlar Mahkamasining “Mutaxassisligi boʻyicha kamida besh yil mehnat stajiga ega boʻlgan xotin-qizlarni Davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibini tasdiqlash haqida” 2022-yil 9-iyundagi 322-son qarori tasdiqlangan. Shunga koʻra, 1-maydan, 1-iyunga qadar mutaxassisligi boʻyicha besh yil mehnat stajiga ega boʻlgan xotin-qizlarni Davlat oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga alohida qabul parametrlari doirasida tanlovda ishtirok etishi uchun tavsiyanoma olish maqsadida murojaat etgan talabgor xotin-qizlarning arizalari https://xotin-qizlar.uz/ platformasi orqali qabul qilish boshlandi. Batafsil:https://telegra.ph/Hotin-qizlar-uchun-yana-bir-imtiyoz-05-15 ✅@talimuz

94,400 views

Opublikowano 4 maj

⚡️Qabul boshlanishiga 1.5 oy qoldi! 🇺🇿 Amaldagi tartiblarga ko'ra, 20-iyundan 20-iyulgacha davlat oliygohlariga hujjat topshirish jarayoni bo'lib o'tadi. Abituriyentlar my.uzbmb.uz saytining “Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga qabul” bo‘limi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishadi. Bundan tashqari my.gov.uz portali orqali ham hujjat topshirish mumkin. Rejalashtirilgan ishlarga ko'ra, joriy yilgi qabuldan hujjat topshirgan abituriyentlar avval kirish imtihonlarida qatnashib, so‘ngra to‘plagan balliga qarab yo‘nalishlarni tanlashi mumkin bo'ladi. ✅@talimuz

74,700 views

Opublikowano 2 maj

​Xususiy oliygoh talabalari 3-kursdan boshlab qonuniy tarzda ishlashi mumkin 🇺🇿 Hukumatning "Taʼlim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarga malakali o‘qituvchi-pedagoglarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi (15.10.2021 646-son) qaroriga binoan, pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi kechki, sirtqi bo‘limlarining 3-kursida tahsil olayotgan talabalarga maktablarda dars berish huquqi berilgan. Ushbu tartib davlat va nodavlat OTM talabalari uchun birdek amal qiladi. Avvalgi tartibga binoan talabalar 4-kursdan boshlab maktablarda dars berishlari mumkin edi. ✅@talimuz

86,800 views

Opublikowano 30 kwi

Bu yil ham maksimal ball 189 bo'ladi! 🇺🇿Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlaritasdiqlangan. ✅Unga ko‘ra, majburiy fanlarga mos 3 fan: ➖ Ona tili x 10 ta; ➖ Matematika x 10 ta; ➖ O‘zbekiston tarixi x 10 ta; 30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball. ✅Bakalavriat yo‘nalishiga mos 2 fan: ➖1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball ➖2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball 60 ta savoldan jami 156,0 ball. Umumiy 2024/2025-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball –189 ballni tashkil etadi. ✅@talimuz

74,500 views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••656667686970•••7576