TGINSIGHT CHAT
Ta'lim.uz | Rasmiy kanal
@TALIMUZ
Education🎓@TalimUz – Yangi loyiha! Yangi brend! O'zbekiston va jahon ta'lim sferasida bo'layotgan eng dolzarb rasmiy yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun bizni kuzatishda davom eting! Hamkorlik (reklama): @Talimuz_murojaatbot
Ostatnie posty
Strona 66 z 76 · 912 postów
Opublikowano 27 maj
⚡️ Rasman! Keyingi yildan maktablarda birorta qog'oz hujjat qolmaydi.Tizim to'liq elektronlashadi! Keyingi o‘quv yilidan boshlab maktab hujjatlari to‘liq elektron shaklda yuritiladi. ❗️Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalangan holda maktab ta’limi jarayonini ortiqcha qog‘ozbozlikdan holi etish orqali samaradorlikka erishiladi va boshqaruv jarayonlarini shaffofligi ta’minlanadi. Xususan, elektron baholar tabeli “emaktab.uz” platformasida avtomatik tarzda shakllanadi va ota-onalar uchun tizimdan yuklab olish imkoniyati yaratiladi. ✅@talimuz
Opublikowano 26 maj
#eslatma ❌Kelasi yildan sertifikati yo'q abituriyentlar ba'zi yo'nalishlarga hujjat topshira olmaydi! 🇺🇿 2025/2026 o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi. ❓Bu nima degani? Ya’ni kelasi yildan boshlab, qaysi yo‘nalishda chet tili birinchi fan (3,2 ball) bo‘lsa, o‘sha yo‘nalishga faqat sertifikati borlargina hujjat topshira oladi. ✅@talimuz
Hashtags
Opublikowano 26 maj
❌ Endi kvotalar qaysidir oliygohga alohida berilmaydi, balki yo‘nalishlarga ajratiladi! 🇺🇿 Endi davlat grantini OTMlar kesimida taqsimlash amaliyoti bekor qilinib, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida tasdiqlash tartibi joriy etiladi. ❓Bu nima degani? Xushnudbekning tushuntirishicha, endi davlat granti falon universitet uchun berilmaydi, balki yo‘nalish uchun ajratiladi. Masalan, Toshkent davlat yuridik universiteti uchun aniq grant o‘rni bo‘lmaydi, balki yurisprudensiya yo‘nalishi uchun umumiy grant kvotasi ajratiladi. Bunda respublikadagi barcha OTMlardagi yurisprudensiya yo‘nalishiga topshirgan abituriyentlar orasida kvota doirasida eng yuqori ball to‘plaganlari, qaysi OTMga topshirganidan qat’i nazar, grantga kiradi. Bu degani endi ayrim OTMlarda grantga kirgan bironta talaba bo‘lmasligi mumkin. Rejaga ko‘ra, davlat grantining barcha kvotasini bitta OTM olib qo‘yishining oldini olish maqsadida 50% lik cheklov qo‘yiladi. ✅@talimuz
Opublikowano 25 maj
⚡️Rasman: Qabul endi 5-iyundan boshlanadi. Atigi, 10 kun qoldi! 🇺🇿Prezidentning tegishli farmonigako'ra, 2024/2025 o‘quv yilidan boshlabdavlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkazilishi belgilansin. Bunda: 👉abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ratest sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi; 👉 davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi: ➖birinchi bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi; o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi; ➖ikkinchi bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi. ✅@talimuz
Opublikowano 24 maj
⚡️Javoblar varaqasi-2024 🇺🇿Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan 2024/2025-o‘quv yili qabuli kirish test sinovlarida abituriyentning bilimini baholash uchun javoblar varaqasi namunasitasdiqlangan. ✅@talimuz
Opublikowano 23 maj
⚡️DIQQAT!ONLAYN TEST BOSHLANDI! ➖Testda qatnashmaganlar afsuslanadi! ➖Yakunda barchaga sertifikat beriladi! 📆 Bugun, 23-may kuni @imtihonmarkazi tomonidan 7⃣-onlayn test tashkil etiladi. Testlar sifatiga 100% javob beriladi. Kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko'rayotgan barcha abituriyentlar ishtirok etishi shart! Yo‘nalish tanlab, testlarni yuklab oling! 👉 Huquq + Ingliz tili 👉 Ingliz tili + Matematika 👉 Ingliz tili + Ona tili 👉 Kimyo + Biologiya 👉 Matematika + Ingliz tili 👉 Matematika + Ona tili 👉 Matematika + Fizika 👉 Ona tili + Ingliz tili 👉 Ona tili + Matematika 👉 Ona tili + Tarix 👉 Tarix + Geografiya 👉 Tarix + Ingliz tili 👉 Tarix + Ona tili 👉 Biologiya + Ona tili 👉 Biologiya + Kimyo 👉 Kimyo + Matematika 👉 Geografiya + Matematika 👉 Ona tili + Русский язык 👨🏻💻Testga ro‘yxatdan o‘tish: 👉 Ro‘yxatdan o‘tish ✅@imtihonmarkazi
Opublikowano 23 maj
SIZ DAVLAT GRANTI ASOSIDA O'QISHGA QABUL QILINDINGIZ! Abituriyentlar uchun atalgan ajoyib she'r Sabr qiling deyishdi sabr qilyapmiz O'ylayverib o'zimizga jabr qilyapmiz Tushlarimiz folbin kabi taʼbir qilyapmiz Biz ham bir quvonchga to'laylikda O'qishga grand asosida kiraylida. Bu sobiq DTM qo'ydiku ko'p o'ylatib Testlarni ham belgiladik qoyillatib Ota onamiz baxtdan voy... voyillatib Ko'zlarida quvonchini ko'raylikda O'qishga grant asosida kiraylikda..... Niyatimiz Oliy unvon olish xalos Va albatta yaxshi inson bo'lish xalos Menga esa poytaxtda qolish xalos Biz ham bir kerilib yuraylikda O'qishga grant asosida kiraylida..... Ag'darilsin yelkadagi baland tog'lar O'chib ketsin ko'ngildagi turli dog'lar Bizni kutar baland bino, so'lim bog'lar Biz ham to'yib to'yib uxlaylikda 😃 O'qishga grant asosida kiraylida..... Bir yil kutdik ikki uch yil oz emas Bizga grantdan pastrog'i soz emas Bizchalik hech kim ishqiboz emas Bilim bilan davlatimiz qo'llaylikda O'qishga grant asosida kiraylikda..... Quloq tutsin Xudo bizning nomamizga Nasib qilsin talabalik hammamizga Maqtanaylik tog'a xola ammamizga O'lsak ham talaba bo'lib o'laylikda 😃 O'qishga grand asosida kiraylikda... Yaxshi niyat yaxshi bo'lsa amalga oshar Erta bilmam kimga qanday taqdir shoshar Lekin biling egilmasin mag'rur boshlar Kantrak bo'lsa bo'lsin to'laylikda 😯 Bo'lmasa grand asosida kiraylikda.... Sabr qiling deyishibdi sabr qiling Sizga shubha qilganlarga jabr qiling Tushingizni faqat yaxshi taʼbir qiling Duo qiling duo qiling duo qiling Hammamiz quvonchga to'laylikda O'qishga grand asosida kiraylikda... ✅️@talimuz
Opublikowano 22 maj
⚡️ERTAGA ONLAYN TEST BO'LADI! ➖Bu testda yanada yangi testlar bor! ➖Yakunda hammaga sertifikat beriladi! 📆 Payshanba, 23-may kuni @imtihonmarkazi tomonidan 7⃣-onlayn test tashkil etiladi. Testlar sifatiga 100% javob beriladi. Kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko'rayotgan barcha abituriyentlar ishtirok etishi shart! 📆Test vaqti: 23-may (kun davomida) 💻Test tillari: O'ZBEK VA RUS 💳Ishtirok etish narxi: BEPUL 📲Ro‘yxatdan o‘tish shart Yo‘nalish tanlang va ro‘yxatdan o‘ting! (Bot almashdi, qaytadan ro'yxatdan o'ting) 👉 Huquq + Ingliz tili 👉 Ingliz tili + Matematika 👉 Ingliz tili + Ona tili 👉 Kimyo + Biologiya 👉 Matematika + Ingliz tili 👉 Matematika + Ona tili 👉 Matematika + Fizika 👉 Ona tili + Ingliz tili 👉 Ona tili + Matematika 👉 Ona tili + Tarix 👉 Tarix + Geografiya 👉 Tarix + Ingliz tili 👉 Tarix + Ona tili 👉 Biologiya + Ona tili 👉 Biologiya + Kimyo 👉 Kimyo + Matematika 👉 Geografiya + Matematika 👉 Ona tili + Русский язык 👨🏻💻Testga ro‘yxatdan o‘tish: 👉 Ro‘yxatdan o‘tish ✅️@imtihonmarkazi
Opublikowano 21 maj
Qaysi fanlardan imtihon topshirishingizni bilasizmi? 🇺🇿 2024/2025-oʻquv yili uchun bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy)) imtihon topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlangan. 2024/2025-oʻquv yili qabul parametrlari tasdiqlangandayangi tashkil etilgan taʼlim yoʻnalishlari fan majmualari qoʻshimcha tasdiqlanadi. ✅️@talimuz
Opublikowano 18 maj
⚡️Endi talabalarga 2 xilda grant beriladi ✅ Talabalarga grant 2 turda taqsimlanadi: 100 foizlik va 50 foizlik. Talaba birinchi kursni tugatgach, unga grant bir yillik o‘zlashtirish ko‘rsatkichiga qarab beriladi. Masalan, bir guruhga 50 nafar bola grant asosida qabul qilindi. Jami guruhda esa 200 talaba bor. Ularga ajratiladigan grantning 50 foizi 100 foizlik, qolgan yarmi esa 50 foizlik grant bo‘ladi. Bunda jami 50 ta grantning 25 tasi 100 foizlik, qolgan 25 tasi esa 50 foizlik grant bo‘ladi. Demak, kontraktda o‘qiyotgan talaba 50 foizlik grant olishi uchun ham yaxshi o‘zlashtirishga ega bo‘lishi kerak. Bizda GPA – o‘zlashtirish ko‘rsatkichi uchdan beshgacha hisoblanadi. Shu GPA ko‘rsatkichi eng yuqori bo‘lganlarga 100 foizlik grant, pastroq bo‘lganlarga esa 50 foizlik grant beriladi. Ushbu tartib1-kurslardan boshlanadi. ✅@talimuz
Opublikowano 17 maj
⚡️Davlat oliy ta'lim muassasalarida kontraktni bo'lib to'lash muddatlari Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar: 👉 belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25% ni uchun 15-sentabrgacha(yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgacha) Ikkinchi va undan keyingi bosqichtalabalari: 👉1-oktabrgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatgacha); Barcha kurs talabalari: 👉 kamida 50% 1-yanvargacha; 👉 75% 1-aprelgacha; 👉 100% 1-iyulgacha(yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatlargacha); xorijiy fuqarolar uchun OTM rahbariyati belgilagan muddatlargacha; Nodavlat oliygohlarda kontrakt to'lash muddatlari talaba va OTM o'rtasidagi shartnomaga asosan belgilanadi. ✅@talimuz
Opublikowano 16 maj
⚡️Rasman!2024-yildan boshlab o‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi! O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish balli sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball, boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi. Bunga qadar barcha yo‘nalishlar uchun – 56,7 ball edi. Bu degani, endilikda masalan, tibbiyot yo'nalishlariga testda 94,5 balldan kam ball to'plganlar kira olmaydi. Xattoki kvotalar bo'sh qolib ketsa ham. Bundan bilimi past bo'lsada, kvotalar ko'pligi sabab tasodifan o'qishga qabul qilinish holatlarini to'xtatish maqsad qilingan. ✅@talimuz