TGINSIGHT CHAT
Ta'lim.uz | Rasmiy kanal
@TALIMUZ
Education🎓@TalimUz – Yangi loyiha! Yangi brend! O'zbekiston va jahon ta'lim sferasida bo'layotgan eng dolzarb rasmiy yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun bizni kuzatishda davom eting! Hamkorlik (reklama): @Talimuz_murojaatbot
Ostatnie posty
Strona 68 z 76 · 912 postów
Opublikowano 30 kwi
⚡️Maktab bitiruvchilari imtihon topshiradigan fanlar ro'yxati-2024 ➖ 9-sinflar uchun imtihonida tushadigan savollar va baholash mezonlarini yuklab oling! ✅️@talimuz
Opublikowano 29 kwi
⚡️Maktab bitiruvchilari imtihon topshiradigan fanlar ro'yxati-2024 ➖ 11-sinflar uchun bitiruv imtihonida tushadigan savollar va baholash mezonlarini yuklab oling! ✅️@talimuz
Opublikowano 27 kwi
O'zbekistonda eng kam oylik shifokor va o‘qituvchilarda 📊 Statistika agentligi 2024-yilning yanvar-mart oylari bo‘yicha ish haqi yuzasidan ma’lumotlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, hamon shifokorlar va o‘qituvchilarning oyligi boshqa sohalarga nisbatan taqqoslanganda eng quyi o‘rinda qolmoqda. ✅@talimuz
Opublikowano 27 kwi
⚡️B1+ sertifikatga ega o'quvchilar shu fanga oid davlat attestatsiyasidan ozod etiladi! ➖ 2024-yilgi maktab bitiruvchilari chet tili boʻyicha attestatsiyadan ozod bo'lishlari uchun tasdiqlangan til sertifikatlari roʻyxati bilan tanishing. Bundan tashqari, davlat ta'lim tashkilotlari tomonidan berilgan B1 va undan yuqori sertifikatga ega o'quvchilar ham belgilangan mazkur fanlardan ozod etiladi. ✅@talimuz
Opublikowano 26 kwi
Kelajak bunyodkori - O‘qituvchidir 🇹🇷Turk ijodkorlari tomonidan olingan qisqa, lekin juda taʼsirli videorolik. Bunda bir o‘qituvchining birinchi va oxirgi ish kuni mohirona ifodalangan. O‘qituvchi sinfdagi 30 ta o‘quvchidan 30 xil asar yaratishi mumkin. ✅@talimuz
Opublikowano 25 kwi
⚡️Endilikda huquqshunoslik fanidan ham milliy sertifikat yo'lga qo'yilmoqda! 🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi orqali abituriyentlar ayni vaqtda quyidagi fanlar bo'yicha sertifikat uchun imtihon topshirib oldindan ballni naqd qilib qo'yish mumkin: 1️⃣ Matematika 2️⃣Biologiya 3️⃣ Kimyo, 4️⃣Fizika 5️⃣Ona tili va adabiyot 6️⃣Tarix 7️⃣Geografiya 8️⃣Rus tili va adabiyoti 9️⃣Qoraqalpoq tili va adabiyoti Shuningdek, bu ro'yxatga huquqshunoslik fani ham qo'shilmoqda. 3-may kuni ilk marta huquqshunoslik fanidan sertifikat uchun testlar aprobatsiyasi bo'ladi. ❌Sertifikat berilmaydi. ✅ Aprobatsiyada qatnashish bepul! Ro'yxatdan o'tish: ➖https://my.uzbmb.uz/service/98 ✅@talimuz
Opublikowano 23 kwi
⚡️Ingliz tili bo‘yicha B2 va undan yuqori darajaga ega bo‘lgan yoshlarning professional darajadagi xalqaro IT-sertifikatlarni olish hamda o‘qish xarajatlari to‘liq qoplab beriladi 🇺🇿 Vazirlar mahkamasining "Xalqaro IT-sertifikatlarga ega yosh mutaxassislarni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" qaroriga ko‘ra: Xalqaro IT-sertifikatlarga ega yoshlarning o‘qishi hamda ushbu sertifikatlarni olish uchun sarf qilgan xarajatlarining 60 foizgacha bo‘lgan qismini qoplab beriladi. Shuningdek, ingliz tili bo‘yicha B2 va undan yuqori darajaga ega bo‘lgan yoshlarning professional darajadagi xalqaro IT-sertifikatlarni olish hamda o‘qish xarajatlarini to‘liq qoplab berish belgilandi. Bunda yoshlar xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali elektron tarzda ariza yuboradi. ✅@talimuz
Opublikowano 20 kwi
⚡️Enditexnikum talabalarining chet tili o‘rganish pulini davlat to‘lab beradi 🇺🇿Hukumatning yangi qaroriga ko‘ra, chet tili o‘rganishni xohlovchi professional ta’lim muassasa o‘quvchilariga yengilliklar berilyapti. Unga ko‘ra, professional ta’lim muassasalariga jalb etilgan ta’lim oluvchilar chet tilini mustaqil ravishda o‘rganib, xalqaro yoki unga tenglashtirilgan sertifikatni taqdim etgan taqdirda, ta’lim oluvchi tomonidan chet tilini o‘qish uchun sarflangan xarajatlarning 50 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan oshmagan qismi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi. BHMning 10 baravari 3,4 mln so‘mga teng. ✅@talimuz
Opublikowano 19 kwi
⚡️Bu ro'yxatdagi maktablarda ishlashga rozi bo'lsangiz oylik ish haqingizga 100% ustama qo'shib beriladi! 🇺🇿 Maktabgacha va maktab ta‘limi vazirining 2024-yil 26-martdagi 95-son buyrug‘i bilan 2024-2025-oʻquv yili uchun taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarroʻyxati tasdiqlandi. Ushbu ro‘yxatdan jami 545 ta maktab o‘rin olgan bo‘lib, ularda dars berish uchun boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega oʻqituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz (bir maʼmuriy birlik doirasida 50 foiz)maxsus ustamalar belgilanadi. ✅ Boshqa hududlardan jalb qilingan o‘qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar ular borgan maktab ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar ro‘yxatidan chiqarilgan yildan keyingi yil uchun ham to‘lanadi. ✅@talimuz
Opublikowano 18 kwi
Rash modelibo'yichamilliy sertifikat imtihoni natijasi qanday hisoblanadi? ✅ Hozirda milliy sertifikat imtihonlarining test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblanmoqda. Bunda talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi: 🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja; 🔹 65 - 69,9 ball — A daraja; 🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja; 🔹 55 - 59,9 ball — B daraja; 🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja; 🔹 46 - 49,9 ball — C daraja. ✅Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi: 🔸 A+, A darajali sertifikat uchun— tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball; 🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball; 🔸A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun— tegishli majburiy fandan maksimal ball. ✅@talimuz
Opublikowano 15 kwi
💡Parta joylashtirish bo'yicha idealar! Ushbu videoda maktab, texnikum, universitet va boshqa ta'lim beriladigan auditoriyalarni klassik jihozlashdan zerikkan ustozlar uchun ajoyib yechimlar keltirilgan. Sizga qaysi usul ko'proq yoqdi? ✅@talimuz
Opublikowano 13 kwi
⚡️2024/2025-o‘quv yiliga qadar barcha xorijiy tillar o‘qituvchilari kamida B2 darajadagi sertifikatga ega bo‘lishi lozim 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 2021-yil 19-maydagi 312-son qaroriga muvofiq: ➖2024/2025-o‘quv yiliga qadarumumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan barcha xorijiy tillar o‘qituvchilarikamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozimligi belgilangan. 🚀Ushbu xabarniB2 sertifikatni olmasdan ishlab yurgan ustozlarga yuborib qo'ying! ✅@talimuz