TGINSIGHT CHAT
Kitobxonlar Davrasi (rasmiy kanal)
@kitobxonlar_d
LibriFacebook ijtimoiy tarmog'idagi "Kitobxonlar davrasi" guruhining telegramdagi rasmiy kanali. Facebookdagi guruhga link: https://m.facebook.com/groups/159059447495836 Bog'lanish uchun : @kitobxonlar_davrasibot
Post recenti
Pag. 28 di 35 · 415 post
Pubblicato 25 set
«Ҳеч ўйлаб кўрганмисан - аниғини билолмайсану - лекин, балки, сен бу жин ургур ҳаётингдаги энг бахтли дақиқаларингни ўтказиб бўлгандирсан-у, олдинда сени фақатгина касаллик ва азоб кутаётгандир?» («Яланғоч» филмидан) Француз маърифатпарвари Вольтер 1747-йил ўз даври муаммоларини ўзида акс эттирган аммо қадим шарқдан сўйлагувчи, асосан тақдир масаласидаги фалсафий қарашларни баён қилиб бермиш асари «Задиг»ни оммага тақдим этди. Бу асар ибтидосидан интиҳосигача заҳматкаш Задигнинг ҳаётида рўй берган воқеалардаги кетма-кет бахтсизликлар тасвирини ўз ичига олади десак қай маънода муболаға бўлиши мумкин, бироқ китоб ўқилиш жараёнида ўқувчи онгида келажак ҳаётга нисбатан ишончсизлик ҳосил қилиши эҳтимолдан йироқ эмас. https://telegra.ph/Volter-Zadig-09-25
Pubblicato 25 set
#Taqriz tanlov 2 Volter Zadig yoki Taqdir • Asarning Zadig bilan bevosita bog‘liqligi deyarli barcha voqealar uning atrofida sodir bo‘ladi va Volterning va o‘sha davr kishilarining fikrlarini o‘zida mujassam etgandir. Zadigga deyarli barcha sohalarda o‘z davridagi insonlardan kam bo‘lmagan bilimga ega ekanligi va qalbi pok, to‘g‘riso‘z inson ekanligi yozuvchi tomonidan alohida ta'kidlanadi va shu hislatlari uchun ko‘pincha pand ham yeydi. Asar sujeti bir qarashda 1001kecha ertaklarini eslatib yuboradi va ko‘pchilik asarlardan farqli ravishda baxtli yakun topadi. Endi asar haqidagi fikrlar va Volterning qarashlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, Volter ham o‘z davri uchun yetarli bilimlarga ega bo‘lgan(huddi Zadigdek) bundan tashqari Mirzo Ulug‘bek haqida ham iliq fikrlari mavjud. Bundan ko‘rinib turibdiki Volter ham Sharq madaniyati, falsafasiga qiziqqan va asarlarida unga murojaat qilgan. Buni asar boshlanishida Sa'diydan boshlaganidan ham ko‘rishimiz mumkin. Zadig boshisan o‘tkazadigan voqaelar bevosita o‘sha davrdagi vaziyat haqida fikrlashga undaydi. Biz bilamizki 17-asrgacha asosan rivojlanish sharq davlatlarida bo‘lgan. Shunga ko‘ra asar voqaelari ham Bobilda bo‘lib o‘tishi bejiz emasdir. Zadig astronomiyadan yaxshi xabardor bo‘ladi va bu bilimlari asnosida boshqalardan masalan kohinlardan o‘zgacha fikrlaydi va shuning uchun tanqidlarga uchraydi. Ilm fan rivojlanmagan davrlargacha bu hol mavjud bo‘ganini hayotda ham ko‘rishimiz mumkin. Zadigning halolligi to‘g‘riso‘zligi ko‘pincha unga pand beradi. U asosan nimani qachon qanday aytishda xatolarga yo‘l qo‘yadi. Hayotda bilim va iqtidori bo‘lishiga qaramasdan ko‘p qoqilgach Zadigda ham pessimistik kayfiyat paydo bo‘ladi. Agar qattiqqo‘l bo‘lganimda men bilan bu voqealar bo‘lmasdi ham deydi. Bu bir tarafdan to‘g‘ri hayotda doim ham ko‘ngilchanglik ketmaydi, kerakli vaziyatlarda qat'iyat va iroda namoyish qilish kerak. Volter asarda Zadig hatti harakatlari misolida o‘z davri va undan keyin ham dolzarb bo‘lgan masalalarga to‘xtalib o‘tgan. Masalan uning turli dinga va ilohlarga e'tiqod qiluvchi savdogarlarni yarashtirib qo‘yganini olaylik, o‘sha paytdan hozirgacha ham turli din va insonlar o‘rtasidagi nizolarni tinchlik bilan hal etishni, huddi Zadig aytganidek, hammasining yaratuvchisi bitta, odamlar turli dinlarga ilohlarga sig‘insa ham Xudo bitta degan fikrni ilgari surgandek. Bundan tashqari, qonunlar haqida ham ajoyib fikrni keltirib o‘tadi. Aybdorlarni jazolagandan ko‘ra jinoyatni oldini olish afzalligi, qonunlar kishilarni qo‘rqitish uchun emas balki ularga yordam berish uchun yaratilgan deb hisoblashi bundan bir necha asr ilgari aytilgan bo‘lsa ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan. Bu fikrlarni ta'minlashga harakat qilinmoqda(xususan bizda ham). Volter asardagi voqealarni bayon qilar ekan asosan taqdir ilohiyligi insonning undan qochib qutula olmasligiga ishora qiladi, ammo hamma narsa taqdirdan ekan deb kutishni emas insonni o‘zini ham harakat qilishini uqtiradi xuddi Iezradning Zadigni harakat qilishga undaganidek. Yuqoridagilarni Iezradning quyidagi so‘zlari bilan xulosa qilmoqchiman, "Odamlar hech narsa bilmasdan hamma narsa to‘g‘risida hukm chiqaradilar" shunday ekan har bir narsani chuqur o‘rganib,ko‘r ko‘rona emas, bilib xulosa chiqarish, avvalo, o‘ziga va so‘ngra boshqalar taqdiriga bevosita aloqador qarorlar qabul qilagotganda bilmasdan, yuzaki yondashmaslik kerak. Firdavsiy Shoydullayev
Hashtags
Pubblicato 25 set
#Taqriz_tanlov "Ko'ngul ozodadur, dunyoga arz ehtiyoj etmas..." Dunyo ajib, dunyo sinoatli, unda sen kutgan va kutmagan, hayolingga kelmagan sinovlarga duch kelasan. Har qanday holatda ham inson insoniyligini, qalbning sofligini saqlashga intilmog'i kerak. Yozuvchi va davlat arbobi Xayriddin Sultonning ham bu asarida yaxshilik va yomonlik o'rtasidagi azaliy kurash o'ziga xos tarzda ochib berilgan. Bu kitobda ko'ngil pokligini so'nggi nafasga qadar saqlab qolgan yigit fojeasi tasvirlangan. Avvalo, asar mumtoz adabiyot vakili Gulxaniyning "Zarbulmasal" asariga hamohang tarzda yoriltilganki, ushbu mumtoz asar haqida ham tasavvurlar paydo bo'ladi, va o'z navbatida o'quvchida qiziqish uyg'otadi. Asar qahramonining Muhammad Sharif bilan bo'lgan hayoliy suhbatlar,kitobning asosiy mazmunini ochib berishda muhim ahamiyatga ega.Yozuvchi asar qahramoni, adabiyot bo'limida ishlaydigan G'ulom tilidan o'sha davrdagi odamlar, siyosiy tuzum haqida yumor va satiraga boy fikrlarni kitobxon ixtiyoriga tashlaydi. Asarni bir necha qismga bo'lib o'qish mumkin. Dastlab, o'sha paytdagi yolg'onchi, vadaboz, ikkiyuzlamachi insonlar achchiq kulguga olinadi. ,,Zarbulmasal"da keltirilgan Yodgor lofchi haqidagi latifani eshitib, G'ulom agar bu lofchi hozir yashaganida bormi, osmondagi farishta kabi halol ko'rinar edi deydi va Rohibar va Muovin haqida aytib beradi. Rohibarni Gitlerni o'limiga ham bog'lab,qahramonga chiqargan muovinni tilyog'lamachiligidan yoqa ushlaysan. Rohibar esa uysiz, qiynalgan ishchilarni oldida tez orada uy bilan ta'minlaymiz deb to'rt bolasi va xotini bilan ijarada yurgan Jalol maxsumning qo'yniga puch yong'oq to'ldirib, g'arib ko'nglini battar ezg'ilab, shahardan ko'chib ketishiga majbur qolganini hazm qilishda og'ir holat. Nafsning quli bo'lgan, uni qondirish uchun ilmnida payxon qilgan obraz domla Eshmuhamedov rolida sayoz ilmi bilan bilimli yoshlarni ko'ksidan itaruvchi insonlar timsolini unda ko'rdim. Shu o'rinda yozuvchi, o'sha paytda adabiyot vakillarining bir- biriga dushmanligi, milliy mumtoz adabiyotni har qanday yo'l bilan bo'lsada yuzaga chiqarmaslik harakatini ochib bergan. Millionlarning ko'z yoshi, qoni evaziga million tonnaga yetgan paxta. Yetti yoshdan yetmish yoshgacha degan o'xshatish paxta terimiga bag'ishlangan bo'lsa kerak. Bolalar va onalar o'limi ko'payganda, odamlarning o'rtacha yoshi tobora pastlab borayotganda ham butun millat paxtaga jalb etilgan, Rohibarlar o'sha paytda ham televizor orqali chiroyli shiorlar o'qish bilan band bo'lgan. Dalada esa o'n ikki yoshli go'dak yolg'iz opasinida tashlab, boqiy dunyoga rihlat qilgan. Muhabbat ...Muhabbat...Muhabbat, Kim o'tmagan sening ko'changdan!?...Ismi Qunduz edi-yu, o'zi Yulduz edi. Sof sevgi har kimga ham nasib bo'lmaydigan nodir tuyg'udir. Bunday hazinaga ega bo'lgandan keyin, uni ko'z qorachig'idek asrash muhim. Aks holda, Qunduz aytganidek ularning sevgi gulzorini qonxo'r ho'kiz payhon qiladi... Endi esa boshda ayriliq, yovuz ayriliq. Nega bunday bo'ldi? Axir, Qunduz Layli emasdi, G'ulom Majnun! ... Lekin taqdirning borligi ham haq gap, taqdir shuni istadi ... Ijaradagi uch xonali uy...Hamma voqea Shu yerda boshlanib, shu yerda yakun topdi. Uyning egalari nopoklik yo'li bilan pul topib, hatto, g'arib otasini ham parvarish qilmaydigan nokas odamlar. Ularga ham taqdirning atagani bor...Sherlonboy qamoqda... Asarda Shodiyor ismli hal qiluvchi ahamiyatga ega qahramon ham e'tiborini tortadi. U har narsani pul bilan o'lchaydigan, to'qlikka sho'xlik qiladigan, axloqsizlikdan qaytmaydigan, umrini yolg'on, vaqtinchalik kayfu- safo uchun baxshida etadigan insonlarning namunasidir. Bunday insonlar hamisha yaxshi insonlar uchun xavfli: ularni toptaydi, bulg'aydi, G'ulom kabi umriga zomin bo'ladi. Asar yakunida hayolimga bir fikr keldi: ,,Odam bo'lib keldik, odam bo'laylik ..." Artikov Rustam
Hashtags
Pubblicato 25 set
#тақриз_танлов “Кўнгил озода”ни ўқир эканман Муннабой деган ҳинд киноси хаёлимга келди. Кинонинг бош қаҳрамони узлуксиз равишда Маҳатма Ганди ҳақида ўқиши натижасида кўзига Ганди кўринадиган, унга йўл-йўриқ кўрсатадиган бўлиб қолади. Бизнинг Ғуломжон ҳам “Зарбулмасал”ни муттасил мутолаа қилиши оқибатида Гулханийга ошно тутинди. Баьзан Муҳаммад Шариф билан тортишарди, бьзан хафалашарди, бьзан эса фикрлари бир жойдан чиққани учун завқланарди. Аслида Ғуломнинг кўзига кўринаётган, унга дўст тутинган Гулҳаний Ғуломнинг ўзи эди. Унинг ички “мен”и эди. Ҳар биримиз икки шахсдан иборатмиз. Ботинимда бир Гуласал бўлса, зоҳиримда бир Гуласал мавжуд. Бу иккиюзламачилик деганимас. Ғуломжон Гулханий билан тортишяпман деб ўйларди-ю аслида ўзи билан тортишарди. Гулханий Зарбулмасал орқали унинг тафаккурига ўрнашиб олганди холос. Х. Султон Ғуломжон образини жуда мос танлаган. Ғуломжон мозий адабиётини ўрганаётган илмий ҳодим. Агар унинг ўрнига банкир, доктор ёки деҳқон танланганда асарга ёпишмасди. Банкирлар адабиётчилар сингари ҳаёлпараст бўлмайди(ҳаёлпарастликни бу ерда ижобий тушунилсин). Адабиётшуносларгина Ғуломжон каби адабийчаниям адабийчасида сўзлолади. Асар учун “Зарбулмасал” айнан мос вариантдир. Қарийб икки аср аввалги “Зарбулмасал”даги воқеалар, одамлар ҳозир-ҳозир ҳам мавжуд. Тубанлашса тубанлашганки ҳечам ўзгармаган (Гулҳаний айтаётган ҳар бир масалида Ғуломжоннинг кўз олдига айрим шахслар келиши далил). Сеп можороси ҳозир ҳам борми? Бор! Ёлғончиликлар борми? Бор. Ортиғи билан топилади. Тобелик қуллик борми? Бор. Инкор этманг ҳамма шакли мавжуд. Инсон мавжуд экан, турли оғир-енгил ташвишлар билан синалади. Ғам чоғи натижа эмас, жараён муҳим. Кўплар дард келган пайт эсанкираганидан озода кўнглига гард юқтириб қўяди. Синовга осон енгилади. Ғуломжонга келган синов Шодёр эди. Ҳаёт уни севгани билан бир марта синаганини биламиз. Аммо бу синов кейинги имтиҳоннинг биринчи босқичи эмасмиди? Чунки Қундуз Шодёр сингари вахший йиртқич қўлида эзғилангани эҳтимолдан ҳоли эмас-ку! Ғуломжолннинг тақдири фожеали якун топган бўлса-да, у кўнгилни озода сақлаб қололди. Унинг ғалабаси шунда. Унинг қалби уйғоқ. Қаҳрамонимиз Гулҳаний билан Шодёр тарбияси хусусида тортишиб қолган чоғ унинг хаёлидан қуйидаги фикрлар ўтади: “Шубҳасиз мулла Гулханий эски замонлар- киши кишига ўртоқ, дўст ва биродар эмас, бир-бирига бўри бўлган давр фарзанди, бинобарин, ҳаётий ақидаси ҳам шунга яраша бўлуви табиийдир” Бечора Ғулом билмайдики ўзи яшаётган замон одамларининг олдида Гулҳаний даврининг шахслари ип эшолмайди. У пайти одамлар бир-бирига бўри бўлган бўлса, ҳозирнинг одамлари такомиллашиб, ҳайвонийликнинг янги-янги версияларини ишлаб чиқишяпти. Шодёр ҳам ўша кашфиётлардан биримасми? Маълумот учун: Асарда “Зарбулмасал”даги қуйидаги байтлар келтирилган: Кўнгул озодадур дунёға арзи эҳтиёж этмаз, Тариқат солики бу йўлда майли издивож этмаз. Бу ғазал мавжуд бўлган китобча Ф.Исҳоқов томонидан нашрга тайёрланиб 1974-йилда чоп этилган. Бироқ Ҳ. Ёқубов томонидан нашрга тайёрланиб, 1958-60-йилларда чоп этилган китобда эса ушбу байт : Кўнгул озурдадир дунёға арзи эҳтиёж этмаз, Тариқат солики бу йўлда майли издивож этмаз. Тарзида берилган. “Кўнгил озурда” дегани озор топган ранжиган деганидир. “Озода” сўзини ҳам, “озурда” сўзини ҳам байтга қўйиб айтилса, маьно чиқаверади. Менингча, Ҳ. Султон Ф. Исҳоқовнинг нашридан фойдаланган ҳолда асарини “Кўнгил озодадур” деб номлаган. Агар “Кўнгул озурдадир” деб номлаганда ҳам мос тушаверган бўларди. Чунки қаҳрамонимиз кўнгли ҳам озода, ҳам озурдадир. Gulasal Qodirova
Hashtags
Pubblicato 25 set
Fransiyalik yozuvchi va faylasuf Voltaire qalamiga mansub ushbu qisqa roman bosh qahramon Zadigning boshdan kechirganlarini yoki boshqacha aytganda, unga bitilgan taqdiri azal haqida soʻzlab beruvchi qisqa hikoyalar jamlanmasidan iborat. Insonlarga yaxshilik qilish, mehr koʻrsatish, yordam berish bu barcha zamonlarda, dinlarda, madaniyatlarda eng oliy insoniy fazilatlardan hisoblanadi va yaxshilik hech qachon javobsiz qolmasligi, inson qilgan yaxshiligi ortidan baxtga erishishi taʼkidlanadi. Bu hayotda siz va biz kuzatadigan odatiy hol, shunday emasmi? Lekin Zadigning hayotida esa avvaliga buning tamoman aksi yuz beradi. U nimaiki yaxshi ish qilmasin, odamlarga yordam qoʻlini choʻzmasin, uning barcha amallari unga faqatgina baxtsizlik keltiradi. https://telegra.ph/Volter---Zadig-09-25
Pubblicato 25 set
https://telegra.ph/Volter--Zadig-09-25
Pubblicato 23 set
Volter. Zadig yoki taqdir qissasi. O‘rta asr Yevropasiga nazar tashlasak, yozuvchi va tarixshunoslarning Sharq falsafasi, madaniyati, ilm-fan va hukmron sulolalar tarixiga katta e’tibor qaratganiga guvoh bo‘lamiz. Fransuz adabiyotining buyuk namoyondalaridan biri Volter ham ozining qator asarlarida mazkur mavzuga ahamiyat bergan, bu jihatdan uning “Zadig yoki taqdir” asari diqqatga sazovordir. Ilk mutolaada ertaknamo tasavvur uygotuvchi mazkur qissani Volter shaxsiga yondashib, qayta oqiganda uning qanchalik falsafiy ohanglarga boy ekanligini anglash mumkin. 👇👇👇 https://telegra.ph/Volter-Zadig-yoki-taqdir-qissasi-09-23
Pubblicato 18 set
#Taqriz_tanlov Xayriddin Sultonovning “Kongil ozodadur” qissasiga taqriz Jaholat qurbonlari Adabiyotshunoslar XX asr ozbek nasrini ikkinchi yuksak choqqiga qiyos etadilar. Darhaqiqat, bu davrda adabiyotimiz shu qadar yangroq ovozga ega boldiki, bu ovoz yillar otsa-da, oz ohanrabosini yoqotmay kelmoqda. Olamshumul ixtirolarning kashf qilinishiga muhtojlik turtki bolgani kabi bu davrdagi erksizlik, hukmron tuzum zulmi adabiyotimizda shunday ijobiy “portlash” sodir etgan bolsa, ajab emas. Mazkur davr adabiyotini kuzatish davomida asarlarda ijtimoiy muammolarning yaqqol boy korsatganiga guvoh bolamiz. Albatta, bu asosli ham. Zero, M.Sholoxov ta’kidlaganidek: “Kitobxon derazang roparasida qanday daraxt osishini, qishloging oldida qanday daryo oqib otishini bilmasa, sen qanday yozuvchi bolding?” Shunday ekan, oz muhiti bilan qiziqmagan, millat dardini asarlarida aks ettirmagan yozuvchini chinakam ijodkorlar safiga qoshib bolmaydi. Xayriddin Sultonov ham oz ijod na’munalari bilan nasrimiz gulshanini yashnatayotgan iste’dodli nosirlardan biridir. Adibning biz tahlil qilmoqchi bolgan “Kongil ozodadur” asari istiqlol ostonalarida (1986-yil) yaratilgan bolib, davrning dolzarb masalalari, mafkura tazyiqi, umuman, qayta qurish yillaridagi ijtimoiy muammolarni qamrab oladi. Asar konsentrik sujet asosida (tasvirlangan voqealar xronologik ketma-ketlikda emas, aralash tarzda) yaratilgan bolib, asosan, personaj tilidan hikoya qilinadi. Asarda xayoliy-hayotiy voqealarga qorishiq millat dardi ustalik bilan singdirilganki, “Zarbulmasal” asaridagi kabi majoz orqali haqiqiy hayotga ishoralar boy korsatgandek boladi. Asarning markaziy qahramoni, fojeali muhabbat va qismat egasi Gulom qissa nomiga monand sofdil, samimiy, vijdoni uygoq shaxs. Buni birgina yoshlik gorligi tufayli Tursunning ustidan kulganligi uchun qanchalik azoblanganligi sahnasidan ham anglash mumkin. Adib shu orinda qahramon xarakterini tavsiflay turib, davrning chirkin siyosatini ham ifoda qilib otgan. Umuman, muallif asarga qistirma epizod – Tursun obrazini kiritishdan maqsadi ham ayni shu: paxta siyosatining qanchalik shafqatsiz avj olganligi va hukmron tuzum xalqni arzon ishchi kuchiga aylantirib qoyganligi; millat kelajagi bolgan yosh avlodga ham rahm qilinmaganligini korsatish bolgan. Ayni shunday sahna Togay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” asarida ham mavjud: murgak bolaning bevaqt vafoti kitobxon qalbini larzaga solsa-da, oz davrida mutlaqo ahamiyatsiz qaralgani bugungi kunda eng oliy qadriyat hisoblangan inson huquqlari, qadr-qimmatining qanchalar arzon bolganligidan darak beradi… Shuningdek, adib Rahmon boboga qilinayotgan munosabat va Safar, Shodiyor obrazlari orqali yot mafkura ta’sirida ozligini yoqotayotgan millat haqida qaygurib sozlaydi. Shuning barobarida hayotning har qanday qoraliklarini yuvib ketuvchi pokiza muhabbatni tarannum etadiki, qissa orqali yuzaga kelgan xiyla tushkunlikni tos-tos qilib yuboradi. Yakuni kongilsiz bolgan bu begubor munosabatda akslangan haqli fikrlar kitobxon ongiga beixtiyor muhrlanadi: “Muhabbatning yagona sharti bor, bu – tenglikdir, bu tuygu yoq joyda har qanday ezgu niyat gorat topur, ishq olamida birovning qulligi-yu ikkinchi birovning istibdodi boshlanur…” Muhabbati, umri-da fojeaga yuz tutgan qahramon oquvchi qalbida vijdon sofligi, kongil ozodaligi hamma narsadan ustun ekanligiga dalil bolib qoladi. Asar songida hayot yelkanlariga urilib, yonalishni yoziq tomon buruvchi taqdirning muhaqqaq ekanligiga iymon keltiriladi: “…anda Boyogli bildiki, taqdirni tadbir yengi bilan yashirib bolmas ekan…” Maftuna Nurboyeva
Hashtags
Pubblicato 18 set
Ko‘ngil ozodadir Inson ushbu hayotda yashar ekan ro'parasida hamisha ikki yo'l turadi.Yorug' manzillarga olib boruvchi va tubanlik botqog‘iga uloqtiruvchi.Tanlash esa hamisha o'z qo'limizda. Asarda bizga oyna qilib ko'rsatilgan ikki yo'lning oqibat-u natijalari kishini o'yga toldiradi.Nega beshafqat taqdir harom yo'llar iskanjasiga tushib qolgan "o'yinchog'i"ni eng sodda va beg'ubor qullari hayotiga sinov qilib yuboradi? Ha Shodiyor bir sinov edi, vosita edi. Agar asarga bunday obraz kiritilmaganda yozuvchi G'ulomning bu qadar sodda va ozoda ko'nglini bunchalik muvaffaqiyatli bera olmasdi.Asardan ko'p narsa oldim. G'ulomning eng pok va aziz tuyg'usi bo'lgan muhabbat hissini yagona deb bilmog'i, hatto uni tushlaridanda qizg'onmog'i ayrim yigitlarimiz yuragiga har on "o'nlab" tashrif buyuradigan muhabbatni yodga soladi.Ko'ngli bu qadar ozoda bo'lgan yigitning bu dunyoda poklikdan boshqa hech narsaga arzi ehtiyoj etmas. U ham Shodiyor singarilarga qo'shilishib ketmog'i mumkin edi, lekin bunga bunday "nahs bosgan" uyga ozoda ko'ngil ko'nib turolmas.G'ulomdek yashayotganlar oramizda ko'p.Bunday insonlarni qadrlamoq kerak.Asarni o'qishni hammaga tavsiya qilaman.O'qing, o'rganing, ibrat oling. F. Qo‘zimurodova Kanal: @kitobxonlar_d
Pubblicato 17 set
Kitobxonlar Davrasi (rasmiy kanal) pinned «Тақризлар танловининг 2-босқичи учун асарларни эълон қиламиз: 1. Ўзбек адабиётидан Хайриддин Султоновнинг "Кўнгил озодадир" асари қўйилади. Асар ёзувчи йигит ҳаёти ва жамият аҳволи ҳақида ҳикоя қилади. 2. Жаҳон адабиётидан француз файласуфи ва ёзувчиси Вольтернинг…»
Pubblicato 13 set
Гобсек. Онере де Балзакнинг ҳудди шу ном билан аталувчи асариннг бош қаҳрамони Жан Эстер ван Гобсек. Гобсек билан асар аввалида танишган ўқувчи Гобсек тимсолида жуда ҳасис ва инсонийликдан йироқ бир ҳудбин олтинпарастни кўради. Зеро, бу қаҳрамоннинг “Дунёда бахт-саодатдан ҳам ишончли, кетидан қувса арзийдиган фақат бир нарса бор. Бу... олтин. Инсоннинг барча кучи олтинда мужассамлашган” каби сўзлари ўқувчига уни шундай ўйлаш учун асос бўлаолади. Бироқ инсоннинг биргина сўзига асосланиб унга таъриф бераолмаймиз. Ҳўш, Гобсек тамомила инсонийликдан йироқми? Йўқ. Дунёда бундай инсоннинг ўзи йўқ. Инсон бу дунёга гард-ғуборсиз келади. Ҳаёт синовлари ва ташқи муҳит инсонни тарбиялайди. Натижада кимдир бу театр дунёда ёвуз, амалпараст, олижаноб ва риёкор рўлларини ижро этади. Аммо ёвузлик ин қурган қалбларнинг бир бурчида ёруғлик шула таратиб туриши таъбий. Жан Эстер ван Гобсек ҳам ашаддий олтинпараст бўлсада биз уни инсофсизликда айблай олмаймиз. У инсонларга қалб билан эмас, балки ақл билан ёрдам беради. Дервилнинг гапларини эсланг: “Мен қарзимни олиб келиб, ҳаммасини тўлаб, ундан қутулганимдан кейин ётиғи билан мендан қандай ниятда бунчалик кўп процент ҳақ олдингиз ва ўз дустингизга ёрдам қилиш истагингиз бор экан, нега бу ҳимматни тамомила беғараз қилмадингиз, деб сўрадим. “Ўғлим, мен сени миннатдорлик билдириш заруратидан халос қилдим, қолаверса, сен ўзингни менга муте билмайсан.” Дарҳақиқат, Гобсекнинг яқин дўсти Дервил қандай мағрур ва инсофли одам, унинг Гобсек кулбасига пул сўраб келган кунида остонада туриб ўзига-ўзи айтган сўзлари уни яқиндан билишимизга имкон беради: “Э, йўқ, халол одам ҳамиша ҳамма ерда ўз обрўсини сақлаши керак. Пул деб хокитупроқ бўлиш ярамайди” Балзак бу асари билан ўша давр жамиятининг иккиюзламачи ва мунофиқ “оқсуяклар”ига Гобсек орқали кўзгу тутади. Боиси, нега Дервил у билан дўст тутунди, ҳатто у ўлгандан сўнг фарзандларини Гобсек ҳеч иккиланмай боқиб олишига ишонди, нега граф де Ресто мол-мулкини ишониб ашаддий судхўр Гобсекнинг номига ўтказиб берди. Эътибор беринг асарда Гобсек томонда ким турибти? Бири ўта мағрур, бировга бош эгшдан кўра бошини узиб ташлашни афзал қўрадиган Дервил. Икинчиси, жуда содда ва кўнгилчан граф де Ресто. Гобсекни ҳушламайдиганлар эса жамиятни бир қобиғида ўралиб залолатга ботаётган киборлар табақаси. Энди савол туғилади. Гобсек ёмон инсон бўлмаса нима учун у ўлими сўнгида бир қишлоқ тўйиши мумкин бўлган озиқ-овқатни одамларга беришдан кўра уларни моғорлаб кетишига индамай қараб турди? Онере де Балзак бошқа тоифа инсонлар хаёти ва муаммоси замирида қахрамонимизнинг салбий хислатларини яшириб турди ва асар сўнгида унинг олийхиммат эмас, балки сутхўр эканини эслатиб қўяди. Аммо, бу билан Гобсекни инсофсиз ва салбий қаҳрамон деёлмаймиз. Ахир, ҳаётда бутинича яхши ва ёмон инсон бўлмаганидек, адабиятда ҳам бутинича салбиё ва ижобий қаҳрамонлар бўлмайди. Келинг гапни қисқа қиламиз, Гобсек сохталкни ва калондимоғликни хушламайдиган Онере де Балзакнинг ўз даври жамиятига тутган кўзгуси. Табиийки, ҳар ким бу кўзгуда ўз аксини кўрди ва кўриб келмоқда. Maftuna Ismanjanova Канал: @kitobxonlar_d
Pubblicato 13 set
#Men_tugatgan_kitob #J_K_Rowling Harry Potter series kitoblari orasida eng qizig'i va yozuvchi hayolotining nodir asarlaridan biri. Harry Potter haqida filmlarni deyarli barchamiz ko'rganmiz, kino ijodkorlariga, xususan Emma Watsonga, hurmat saqlagan holda shuni aytishim mumkinki, kitob filmdan anchagina qiziqroq va to'liqroq. Buni siz asarni o'qish jarayonida anglab yetasiz. Filmda asarni asosiy masmunini ko'rsatib beruvchi voqealar ko'rsatilgan bo'lsada, shu asosiy voqealarga sabab bo'luvchi kichik, lekin muhim joylari tushib qoldirilgan. Tarjimasini o'qib ko'rmadim, lekin ingliz tilidagisidagi yozuv tili, jumlalar va badiiylik yuqori darajada deb o'ylayman. Ingliz tilini biladiganlar uchun, bunday kitoblar barcha til malakalarini o'stirishga yordamchi bo'ladi. #HIGHLY_RECOMMENDED... Artikov Rustam