TGINSIGHT CHAT
Teacher Azam
@TeacherAzam
EducatioTEACHER AZAM (Qahramoniy) 👨🏼💻 Oʻzimizning chat guruhimiz bor, baʼzi-baʼzida men ham yozib turaman 👉t.me/Teacherazamchat 🚩Instagram: 👉instagram.com/teacherazam ☎️ Englify online maktabim: +998781136969 ☎️ Reklama va taklif uchun: 👉+998 97 831 11 11
Scripta recentia
Pag. 9 de 85 · 1,011 scripta
Editum Mar 8
Sizning kuchingiz va qaroringiz bilan amalga oshirilgan ishlarning natijasi bilan bo’lishmoqdaman😁
Editum Mar 8
Hozirgi kunda BMTga a’zo 193 mamlakatdan 13 tasida hukumatni ayollar boshqaradi. Ular qatorida qayta saylangan Barbados bosh vaziri Mia Mottli, hamda Yaponiyada bosh vazir lavozimini egallagan Sanae Takaichi bor. 🇦🇽 Boshqa amaldagi ayol rahbarlardan farqli o‘laroq, ayrim mamlakatlarda ulardan avval ham ayollar hukumat tepasida bo‘lgan. Masalan, Kristrun Frostadottir 2024-yilda Islandiyaning uchinchi ayol bosh vaziriga aylangandi. 1️⃣ BMTga a’zo 193 mamlakatdan 63 tasida ayol kishi rahbarlik qilgan. Birinchisi Shri-Lanka bo‘lib, u yerda Sirimavo Bandaranaike 1960-yilda bosh vazir sifatida o‘zining birinchi muddatini boshlagan. Keyingi o‘n yil ichida Hindiston va Isroilda ham ilk ayol rahbarlar paydo bo‘lgan. 🔼 Dunyo miqyosida ayollar rahbarlik qilgan mamlakatlar soni 1990-yildan beri muttasil o‘sib bormoqda. Bir yil ichidagi eng katta o‘sish 2010-yilga to‘g‘ri kelgan: o‘shanda beshta mamlakatda – Avstraliya, Kosta-Rika, Qirg‘iziston, Slovakiya hamda Trinidad va Tobagoda ilk bor ayollar hukumat tepasiga kelgandi. 2025-yilda Yaponiya, Namibiya va Surinamda birinchi marta ayollar hukumat rahbari bo‘ldi. 🇧🇧 Barbados bosh vaziri Mia Mottli qariyb sakkiz yillik faoliyati bilan hozirda lavozimdagi eng uzoq vaqt ishlab kelayotgan ayol rahbar hisoblanadi. 🥳 Bayramingiz yana bir marta muborak aziz ayollar Manba @teacherazam
Editum Mar 8
Kunduziy aytganidek: “8-mart bugun, ko‘z-yoshingni art bugun”, - demayman. Men sizlarni tabriklamoqchiman (sizlar deganda bu yerda ayol-qizlarimiz nazarda tutildi) 8-mart muborak bo‘lsin! 🌷 🥳 Bugun barcha ayollarni, qizlarni bayram bilan tabriklayman. Sizga sog‘lik, xotirjamlik, quvonch va ko‘ngil to‘qligini tilayman. 🙂 Yuzingizdan tabassum, hayotingizdan baraka arimasin. Biz erkaklarning baxtiga doimo sog‘-omon bo‘ling Bayramni yaxsh o‘tkazing @teacherazam
Editum Mar 7
Biz sizni eshitdik Xalq o’z qarorini chiqardi. Siz hammaga bittadan avtomobil bersangiz bo’lardi, lekin siz eng to’g’ri qarorni qabul qildingiz😁 Ertaga yangi video, kuting😁
Editum Mar 7
Yigitlar, rostini aytinglar. Hammamizda kamida bir marta shunaqa bo‘lgan: 8-mart keladi… va biz 7-mart kechasi yoki 8-mart ertalab bu sanani birdan eslaymiz 😅 Shunaqa paytda: “Endi nima qilaman?”, - degan panika boshlanadi Yaxshiyam hozir Yandex Lavka bor ekan. Gullarni ko‘rdim, savatchaga tashladim — 15 daqiqada eshik oldida. Romantika — romantika, lekin ba’zida logistika ham juda muhim 😄 Barcha ayollarni 8-mart bilan tabriklayman! 🌷
Editum Mar 7
Editum Mar 6
Odamlarni o‘z yurtining nimasi bilan faxrlanadi? Mana shuni aniqlash uchun Pweresearch tadqiqotchilari izlanib ko‘ribdi. 📃 Ular 25 mamlakatdagi 30 mingdan ortiq kishidan "Mamlakatingiz bilan faxrlanishingizning sababi nimada?" deb so‘ragan. Ular o‘z mamlakatidagi xalq va xilma-xillik, uning hukumati va iqtisodiyoti, madaniyati va turmush tarzi haqidagi fikrlarini aytishgan. 🇬🇧 Misol uchun britanliyaliklar o‘zlarining samimiy va halol odamlari bilan faxrlanar ekan. Amerikaliklar mamlakatining erkinlik huquqlari bilan, Argentina fuqarolari esa o‘zlarining xalqi va hamjihatligi bilan faxrlanadi. 🇫🇷 Fransuzlar o‘z san’ati, madaniyati va taomlarini maqtaydi. Isroilliklar esa o‘zlarining taqvodor ekanligini aytishadi ) 🇯🇵 Yaponiyaliklar o‘zlarining mehnatsevar, samimiy, boshqalarni hurmat qilishini alohida ta’kidlagan. 🇹🇷 Bizga hozir eng yaqini turklar o‘zlarining mehmondo‘stligi va vatanparvar ekanligi bilan faxrlanadi. Biz ham Teacher A’zam kanalida shu so‘rovnomani tashkil qilib ko‘ramiz. 🇺🇿 Siz O‘zbekistonning aynan nimasi bilan faxrlanasiz? Javobingizni izohda yozing. Yana ham ko‘proq javob olishimiz uchun postni yaqinlaringizga ulashing, ular ham javoblarini yozishsin. Manba @teacherazam
Editum Mar 5
Ko‘pchilik o‘zini yaxshi odam deb o‘ylaydi. Balki siz ham shular qatoridadirsiz. 🫴 Lekin bitta savol ham bor, bunday yaxshi inson bo‘lishingiz sizga hech narsa qimmatga tushmagan paytdagina ishlaydimi? Siz juda odobli, odamlarga mehribon, samimiy, va’dasida turadigan bo‘lishingiz mumkin, lekin ko‘p holatda sizning bu versiyangiz niyatingizda bo‘ladi. 💯 Haqiqiy hayotda esa haqiqiy axloqingiz niyatingiz bilan emas, badal bilan o‘lchanadi. Chunki niyat qilish bepul va zararsiz. Harakat esa deyarli doim nimadandir voz kechishni talab qiladi Ana o‘sha paytda kimligingiz bilinadi. Agar siz ham “men niyatim yaxshi edi” degan gap bilan o‘zingizni ovutib yurgan bo‘lsangiz, bu maqola sizga yoqadi. Maqolani o‘qish Do‘stlaringizga jo‘natib qo‘ying, ularga ham foydali bo‘ladi @teacherazam
Editum Mar 5
Bugun 19:00 da navbatdagi long read chiqadi Dunyoda nimalar bo‘lyotgani, nimalar o‘zgaryotgani haqidagi ma’lumotlardan tashqari, sizni fikrlashga undaydigan, yangi perspektiva ochadigan maqolalarni ham tarjima qilib turibmiz. Yangi maqola chiqqincha mana shularini o‘qib tursangiz bo‘ladi. 1. 2026-yilda qanday yashab qolish mumkin 2. Diqqatni saqlab qolish yo‘li 3. Kreativ bo‘lish bo‘yicha 12 tavsiya 4. Muvaffaqiyatga erishishning siri 5. O‘yin o‘ynashdan maqsad uni yutish emas, balki... 🔔 Maqolani o‘qish uchun kanalda bildirishnomani yoqib qo‘ying. Bu postni esa yaqinlaringizga ulashib qo‘ying @teacherazam
Editum Mar 4
Xalqi ishonmaydigan davlat: Amerika 🇺🇸 So‘nggi yetmish yil ichida amerikaliklarning hukumatga bo‘lgan ishonchi keskin tushib ketgan. 1964-yilda aholining 77 foizi hukumat to‘g‘ri qaror qabul qilishiga ishonishini bildirgan bo‘lsa, 2025-yil sentyabr holatiga ko‘ra, bu ko‘rsatkich atigi 17 foizni tashkil etmoqda. Yuqoridagi jadval Pew tadqiqot markazi ma’lumotlariga tayanib qilingan. Milliy inqirozlar paytida ishonch vaqti-vaqti bilan ortgan bo‘lsa-da, umumiy yo‘nalish avlodlar davomida uning davomiy kamayib borayapti. Hukumatga bo‘lgan ishonch eng yuqori cho‘qqiga 1964-yilda chiqqan: o‘shanda amerikaliklarning 77 foizi hukumatga ishonishini aytgan. 💰 Bu holat 1960-yillarning oxiri va 1970-yillarning boshlarida o‘zgara boshlagan. 1970-yilga kelib ishonch darajasi 54 foizgacha pasaydi, 1974-yilda esa “Watergate” mojarosi ortidan 36 foizgacha tushib ketgandi. Watergate mojarosi Nixonning saylov jamoasiga yaqin odamlar 1972-yilda Demokratlar shtabiga yashirincha kirib tinglash aparatlari o‘rnatishga uringani va qo‘lga tushgani haqida. Oq uy esa buni tan olish o‘rniga, tergovni to‘xtatishga va hammasini yopishga urinib, muammoni kattalashtirib yuborgan. Oxiri prezident o‘zi yozib olgan audio yozuvlarni sudga berishga majbur bo‘ladi va 1974-yilda iste’foga chiqadi. 🛫 11-sentyabr voqealaridan so‘ng ishonch bir necha oy ichida 44 foizdan 54 foizga ko‘tarildi. Bu aholining aksariyati hukumatga ishonch bildirgan so‘nggi holatlardan biri bo‘lgan. Boshqa inqirozlar paytida ham shunga o‘xshash, biroq kichikroq o‘sishlar kuzatildi. Misol uchun 2020-yil boshida, COVID-19 pandemiyasi avjida ishonch darajasi qisqa muddatga 24 foizgacha ko‘tarildi. Biroq, bu kabi ko‘tarilishlar qisqa muddatli bo‘lib, ishonch darajasi tezda avvalgi past holatiga qaytdi. 📥 2000-yillarning o‘rtalaridan buyon hukumatga bo‘lgan ishonch kamdan-kam hollarda 30 foizlik marradan oshgan. 2010-yillar va 2020-yillarning boshlarida esa bu ko‘rsatkich ko‘pincha 20 foizdan ham pasayib ketdi. 2025-yil sentyabr holatiga ko‘ra, amerikaliklarning atigi 17 foizi hukumatga ishonishini aytishgan. Endi bu raqamlar 2026-yilda yana ham pastga tushishi mumkin Manba Yaqinlaringiz bilan muhokama qilish uchun ularga jo‘natib qo‘ying @teacherazam
Editum Mar 3
2025-yilning birinchi yarim yilligida Google’dan hukumatlar talabiga ko‘ra 25,000 ga yaqin ma’lumotni o‘chirib tashlanibdi. 🔍 Bu 2011-yildagi holatdan 25 barobar yuqori ekan. Buni Google’ning o‘zi shaffoflik hisobotida e’lon qilgan. 2025-yilda o‘chirib tashlagan ma’lumotlarning 4958 tasi “maxfiylik va xavfsizlik” sabab bo‘lgan. Buni qarang-a? Haqiqatan xavfsizlik uchunmikan yoki biz bilishimiz kerak bo‘lmagan ma’lumotlarmikan? Qiziq jihati 2011-yilda yomon so‘zlar ishtirok etgan va kattalar uchun mo‘ljallangan 50 ta kontent o‘chirilgan. 2025-yilda esa bu raqam 0 ga teng. 2011-yilda esa hukumatlar tomonidan hech qanday tartibga solingan mahsulot va xizmatlar, milliy xavfsizlik, mualliflik huquqi bo‘yicha kontentlar o‘chirilishi talab qilinmagan. Negadir 2025-yilda yuqoridagi kategoriyalar bo‘yicha o‘chirib tashlash so‘rovlari keskin oshgan. 💭 Endi qiziq bir prognoz ham bor ekan: 2026-yilda hukumatlar tomonidan kontent o‘chirilish talabi 50,000 ga chiqishi kutilmoqda. Hukumatlar biz qanday ma’lumotlarni bilib qolishimizdan qo‘rqadi, nega prognoz raqami yuqori? Bu xabarni yaqinlaringizga ulashing, muhokama uchun navbatdagi qiziq mavzu Manba @teacherazam
Editum Mar 3