TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
Redi ad canales
Teacher Azam avatar

TGINSIGHT CHAT

Teacher Azam

@TeacherAzam

Educatio

TEACHER AZAM (Qahramoniy) 👨🏼‍💻 Oʻzimizning chat guruhimiz bor, baʼzi-baʼzida men ham yozib turaman 👉t.me/Teacherazamchat 🚩Instagram: 👉instagram.com/teacherazam ☎️ Englify online maktabim: +998781136969 ☎️ Reklama va taklif uchun: 👉+998 97 831 11 11

Subscriptores4.0万Numerus subscriptorum hodiernus
Scripta custodita1,011Scripta numerata
Attingentia recens171,300Visiones scriptorum recentium
Scripta recentia

Scripta recentia

Pag. 12 de 85 · 1,011 scripta

Editum Feb 13

❄️ Qishki Olimpiada uchun qor va sovuq shart. Muammo esa iqlim isib borgani sari ko‘p joylarda qishlar kamroq qorli va ba’zan iliqroq bo‘lyapti. Shuning uchun Olimpiada tobora ko‘proq sun’iy qorga tayanyapti. Sun’iy qor oddiy suvdan muz kristallari qilib tayyorlanadi. Farqi shundaki, uni tabiat emas, mashina texnikalar yasaydi va havoga purkaydi. Mutaxassislar iqlim isishi davom etsa, Qishki Olimpiadani o‘tkazishga mos joylar kamayishini aytyapti. 🔽 Oldingi 19 ta mezbon hududning barchasi 1981–2010-yillarda Olimpiadani o‘tkazishga iqlim jihatdan mos bo‘lgan, lekin 2050-yillarga borib faqat 10–11 taga, 2080-yillarda esa bu 6 tagacha kamayishi mumkin. IOC muhokamalarida esa 2040-yillarga borib atigi 10 ta davlat qishki qor sportlarini o‘tkazishi mumkinligi haqida gaplar bor. 🌨 Endi sun’iy qorni yasash uchun qancha ko‘p qor ketadi? Misol uchun bu yil bo‘lyotgan 2026 Milano Cortina Olimpiadasida 948,000 m³ taxminan 948 million litr suv sarflangan. Qorning 85% qismi sun’iy bo‘lgan. Yaxshiroq tushunishingiz uchun 💧 Bu suv 1.3 million odamning 1 yil davomida ichadigan suv miqdori bilan teng. 2022 Beijing Qishki Olimpiada o‘yinlarida esa 2,790,000 m³ taxminan 2.79 milliard litr suv ketgan. Qorning 100% sun’iy bo‘lgan. Bu esa taxminan 3.8 million odam uchun 1 yil ichimlik suvi degani. 🌞 Iqlim isib borishi Qishki Olimpiada o‘yinlarining xarajatlari oshishiga, ko‘proq energiya va resurslar ketishiga sabab bo‘lyapti. Sizning fikringiz qanday? Bu postni yaqinlaringizga jo‘natib qo‘ying. Manba @teacherazam

12,400 views

Editum Feb 12

Bu vizualda 2024-yilda davlatlar R&D’ga qancha pul sarflagani ko‘rsatilgan. R&D degani: yangi dori, yangi texnologiya, yangi ixtiro, yaxshiroq telefon, kuchliroq batareya, energiya yechimlari kabi narsalarni yaratish uchun qilinadigan ilmiy ishlar. Xitoy 2024-yilda R&Dga $785.9 mlrd sarflab, tarixda birinchi marta AQShdan o‘zib ketgan. 2024-yilda dunyo bo‘yicha R&D xarajatlari taxminan $2.87–$2.9 trillion bo‘lgan, va shuning katta qismi Osiyo hissasiga to‘g‘ri keladi. Avvallari uzoq yillar AQSh yetakchi edi, endi esa Xitoy ilm-fan va texnologiyada kuchli raqib bo‘lib boryapti. 🇨🇳 Xitoyning dunyo R&D ulushi (ya’ni, dunyodagi umumiy ilmiy xarajatlarning qanchasi Xitoyniki) 2000-yilda 4.0% edi, 2024-yilda 27.4% ga chiqdi. Janubiy Koreya va Hindiston ham R&Dni ko‘paytiryapti, shu sabab Osiyo innovatsiya markaziga aylanib boryapti. Xitoyda ko‘p pul davlat orqali taqsimlanadi: davlat laboratoriyalari va milliy rejalarga mos yo‘nalishlar (masalan energiya, biotexnologiya, ilg‘or texnologiyalar) ko‘p qo‘llab-quvvatlanadi. 🇺🇸 AQSh 2-o‘rinda: $781.8 mlrd. AQShda R&D’ning katta qismini xususiy kompaniyalar tortadi (masalan Amazon, Alphabet, Meta kabi yiriklar). Xitoy + AQSh birga dunyodagi R&D pulining 54.7% ini tashkil qiladi. 🇯🇵 Yaponiya 3-o‘rin: $186.0 mlrd. Yevropadan top-10 ichida Germaniya 4-o‘rin, Buyuk Britaniya 6-o‘rin, Fransiya 8-o‘rin, lekin 2000-yildan beri ularning dunyodagi ulushi kamaygan. 🇪🇺 Shunga qaramay, Yevropada ham yaxshi xabar bor: 2024-yilda Yevropa Ittifoqi kompaniyalarining R&D xarajati sog‘liqni saqlashda +13%, energiya sohasida +19.8% o‘sdi. E’tibor bersangiz rivojlangan davlatlarda ilmiy ishlarga ajratiladgan xarajatlar juda yuqori Bu postni kursdoshlar guruhiga tashlab qo‘ying Manba @teacherazam

13,300 views

Editum Feb 12

Zamonaviy kasblarni bepul o‘rganing 🎓 Toshkent shahar kasbiy ko‘nikmalar mintaqaviy markazi (Toshkent KOICA) Toshkentda joylashgan o‘quv markaz. Bu yerda ishsizlar yoki yangi kasb o‘rganmoqchi bo‘lganlar zamonaviy kasblarni bepul va amaliy tarzda o‘rganadi. Markaz Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi va Koreyaning KOICA tashkiloti hamkorligida ochilgan. Maqsad bozorda talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha mutaxassis tayyorlash. Qaysi yo‘nalishlar bor? — IT (axborot texnologiyalari) — Mashinasozlik va payvandlash — Avtomobilga texnik xizmat va ta’mirlash — Elektronika, elektrotexnika, avtomatlashtirish 📖 O‘qish 8 oy: 6 oy dars va amaliyot, 2 oy ishlab chiqarish amaliyoti. O‘qishni tugatganlarga rasmiy diplom beriladi. Viloyatdan kelganlar uchun bepul yotoqxona mavjud. Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida ayrim toifadagi tinglovchilarga 1 271 000 so‘m stipendiya beriladi. Ular: — kambag‘al oila reyestridagilar — nogironligi bo‘lganlar — viloyatdan kelib o‘qiydiganlar 📃 Bu loyiha odamlarga kasb o‘rganib, ish topish va barqaror daromad qilishga yordam beradi. Manzil: Toshkent sh, Sergeli t, Sergeli-8a Tel: (71)251-19-03 (94)660-88-03 Telegram: @koica_uz Facebook: @koica.uz Instagram: @vtctuz Sayt: vtct.uz

17,100 views

Editum Feb 11

🧠 Generativ AI (masalan, ChatGPT yoki Copilotga o‘xshash matn yozib beradigan sun’iy intellekt) kuchayib borgani sari, turli kasblardagi ko‘p vazifalar AI yordamida bajariladigan yoki avtomatlashtiriladigan bo‘lib boryapti. 📱 Buni yaxshiroq tushuntirish uchun Microsoft Research tadqiqot o‘tkazdi: ular 2024-yil yanvaridan sentyabrigacha bo‘lgan davrda Microsoft Bing Copilot bilan qilingan 200 mingdan ortiq suhbatlarni tahlil qilishdi va natijalarni infografika shaklida tayyorlashdi. Unda AI eng ko‘p ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan 40 ta kasb reyting qilib chiqarilgan. Reyting Microsoft’ning quyidagilar bo‘yicha hisobiga asoslangan: • AI ishga oid vazifalarda qanchalik ko‘p ishlatiladi • AI u vazifalarni qanchalik yaxshi bajara oladi • Umuman olganda, AI u kasbga qanchalik mos keladi 🤖 Microsoft AI ta’sirini 3 ta ko‘rsatkich bilan o‘lchagan. Bular 0 dan 1 gacha bo‘lgan ball. Ko‘rsatkich 1 ga yaqin bo‘lsa, shuncha kuchliroq degani: • Qamrov (Coverage) - Bu kasbga tegishli vazifalar Copilot suhbatlarida qanchalik ko‘p uchraydi. • Bajarish (Completion) - Copilot o‘sha vazifalarni qanchalik tez va muvaffaqiyatli bajaradi. • Umumiy moslik balli (Overall AI Applicability Score) - AI bu kasbdagi vazifalarga qanchalik mos ekanini ko‘rsatadigan umumiy ball (hammasi qo‘shib baholanadi). ❗️ Muhim joyi ball baland chiqsa ham, bu kasb to‘liq yo‘q bo‘lib ketadi degani ham emas. Bu o‘sha kasb ichidagi ko‘p vazifalarni AI yordamchi sifatida bajarib berishi yoki ancha yengillashtirishi mumkin. Masalan, tarjimonlar va sinxron tarjimonlar bo‘yicha: • Qamrov: 0.98 (bu mavzudagi vazifalar suhbatlarda juda ko‘p uchraydi) • Bajarish: 0.88 (AI ko‘p vazifalarni yaxshi uddalayapti) Shuning uchun ularning umumiy moslik balli eng yuqori: 0.49 📝 Reytingning yuqori qismida yana tarixchilar va yozuvchilikka o‘xshash ishlar ham bor. Shuningdek, AI chat tizimlari allaqachon mijoz bilan ishlaydigan rollarda uchraydigan ko‘p vazifalarni bajara olyapti, masalan: • savdo vakillari • call-center / customer service operatorlari • telemarketing • konsyerj (mehmonxona yoki servisda yo‘naltiruvchi xodim) Ro‘yxatning yuqorisida ko‘proq ijod va muloqotga bog‘liq ishlar bo‘lsa ham, texnik kasblarda ham AI mosligi o‘rtacha yoki yuqori chiqdi, masalan: • data scientist (ma’lumot tahlilchisi) • web developer (sayt tuzuvchi) • management analyst • market research analyst (bozor tadqiqotchisi) ✅ Qiziq tomoni: eng ko‘p ta’sir ostidagi 40 kasbning barchasida bajarish (completion) ballining o‘rtachasi 0.87 chiqdi. Ya’ni, AI suhbatlarda unga topshirilgan ishlarning ko‘pini bajara olyapti. Ko‘p hollarda bu kasblar qaror, ijod, yoki inson bilan muloqotni talab qiladi. Shu sababli AI ko‘proq o‘rnini bosuvchi emas, yordamchi bo‘lib ishlaydi. Amalda u odamlarni ishsiz qilishdan ko‘ra, ko‘pincha ish unumdorligini oshiradi. Lekin bir xil takrorlanadigan, standart ishlar (doim bir xil tartibda bo‘ladigan vazifalar) AI keng kirib borgan sari tezroq o‘zgarishi mumkin. 👷 Bunga qarama-qarshi ravishda, jismoniy mehnat va joyida tez qaror talab qiladigan ishlar AI ta’siriga kamroq uchraydi. Masalan: • stanok yoki mashina operatorlari • ta’mirlash ustalari • parvarishlovchi va qarovchilar. Chunki bunday ishlarni avtomatlashtirish hali ham qiyin. Manba Sun’iy intellekt ishimizni olib qo‘yadi deydigan odamlarga jo‘natib qo‘ying @teacherazam

13,200 views

Editum Feb 10

🗞 Hukumat va ommaviy axborot vositalariga bo‘lgan ishonch turli mamlakatlarda bi-biridan farq qiladi Ushbu grafik o‘nlab mamlakatlardagi 34 mingga yaqin odamlarning javoblariga asoslanib, odamlar ommaviy axborot vositalariga yoki hukumatga ko‘proq ishonishini ko‘rsatadi. Ma’lumotlar 2026 yilgi Edelman Trust Barometridan olingan. 🏢 Saudiya Arabistoni, BAA, Xitoy va Singapur kabi mamlakatlarda hukumatga ishonch ommaviy axborot vositalariga nisbatan yuqoriroq. 🇸🇦 Eng yetakchisi esa Saudiya Arabistoni: hukumatga ishonch darajasi 89 foiz bo‘lsa, ommaviy axborot vositalariga 66 foiz - farq 23. Yevropa va Amerikaning ko‘p qismida esa ishonch hukumatga emas, balki ommaviy axborot vositalariga ko‘proq qaratilgan. 📰 Fransiya, Ispaniya, AQSH va Buyuk Britaniya kabi mamlakatlarda, umumiy ishonch darajasi past bo‘lsa-da, ommaviy axborot vositalariga ishonch hukumatga nisbatan yuqoriroq. 🇫🇷 Eng pastki ko‘rsatkichni Fransiya olgan: bu yerda atigi 30 foiz aholi hukumatga ishonsa, ommaviy axborot vositalariga 40 foiz ishonch bildiradi. Keniyada ommaviy axborot vositalari foydasiga eng katta farq kuzatiladi: ommaviy axborot vositalariga 70 foiz odam ishonsa, hukumatga atigi 47 foizi ishonch bildiradi. 😮 Aksincha, Shvetsiya, Yaponiya va Janubiy Koreyada hukumatga ishonch biroz yuqoriroq, ammo ularning mutlaq ko‘rsatkichlari Osiyo yoki Yaqin Sharqdagi mamlakatlarga qaraganda pastroq. Irlandiya esa ommaviy axborot vositalari va hukumatga ishonch teng bo‘lgan yagona mamlakat hisoblanadi. Manba Yaqinlaringizga jo‘natib, ulardan so‘rab ko‘ring: hukumatga ko‘proq ishonishadimi yoki OAVga? @teacherazam

12,200 views

Editum Feb 9

Bir soatlik mehnatga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot nima degani? 🤔 Bu ko‘rsatkich “bir soat ishlaganda mamlakat o‘rtacha qancha qiymat (pulda) yaratadi?” degani. Ya’ni bu maosh emas. Bu “ishga tushgan har 1 soat iqtisodiyotga qancha qiymat qo‘shdi” degan unumdorlik o‘lchovi. Yuqoridagi ma’lumotni olsak, O‘zbekistonda o‘rtacha 1 soat ish iqtisodiyotga $11.9, Koreyada 1 soat ish $54, Irlandiyada 1 soat ish $158 qiymat qo‘shadi degani. Misol uchun siz limonad sotishingiz kerak va sizda 2 ta variant bor. Birinchisi limonadni qo‘lda tayyorlash, ikkinchisi blendr va texnikalarda tayyorlash. Endi ikkala misolni ko‘rib chiqamiz. 1-varinatda: qo‘lda, sekin ishlaysiz. 1 soatda 10 ta limonad tayyorlab sotasiz. Har biri 10 000 so‘m. 1 soatda 100 000 so‘m qiymat. 2-variantda: blender, muzlatkich, yaxshi joy, tez xizmat. 1 soatda 50 ta limonad tayyorlab sotasiz. 1 soatda 500 000 so‘m qiymat. Ikkalasida ham vaqt bir xil. Farq shundaki ikkinchi variantda asboblar yaxshiroq, jarayon tezroq, mijoz ko‘proq. Nega endi mamlakatlar orasidagi farq katta bo‘ladi? 👇 Bu u yerdagi odamlar ko‘proq mehnat qiladi, biz esa dangasamiz degani emas. Bu ko‘proq quyidagi omillarga bog‘liq: 1. Texnologiya va uskunalar: zamonaviy zavod, robotlar, tez internet, yaxshi logistika bo‘lsa 1 soatda ko‘proq ish va qiymat chiqadi 2. Ta’lim va malaka: murakkab ish masalan chip yaratish, dori ishlab chiqarish, dastur yozish ko‘proq qiymat yaratadi. 3. Kuchli va noyob sohalar: AyTi, farmatsevtika, moliya kabi sohalar odatda 1 soatda juda katta qiymat beradi. Oddiy xomashyo yoki arzon xizmatlarda qiymat pastroq bo‘ladi. 4. Boshqaruv va tartib: jarayonlar yaxshi tashkil qilingan bo‘lsa, vaqt kam yo‘qotiladi. Buni do‘stlaringizga jo‘natib qo‘ying @teacherazam

12,700 views

Editum Feb 9

🔼 Iqtisodchi Pol Krugman: “Unumdorlik hamma narsa emas, ammo uzoq muddatda u deyarli hamma narsa”, - degandi. Ishchilar bir xil vaqt ichida ko‘proq qiymat yarata olsa, iqtisodiyot tezroq o‘sishi va hayot sifati yaxshilanishi mumkin. Grafikda Penn World Table tomonidan e’lon qilingan Janubiy Koreya va Yaponiyaning unumdorlik ko‘rsatkichi aks ettirilgan. U bir soatlik mehnatga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot (YAIM) miqdorini ko‘rsatadi. 🇰🇷 2000-yildan buyon Janubiy Koreyaning unumdorligi ikki barobardan ziyod oshdi va bir paytlar Yaponiya bilan mavjud bo‘lgan katta farqni qisqartirdi. Hozirda hatto qo‘shnisidan ham o‘zib ketgan. Janubiy Koreyada bir soatlik mehnatga to‘g‘ri keladigan YaIM soatiga $54 ni, Yaponiyada esa $49 ni tashkil qiladi. Endi mehnatkash xalq deb yaponlarni emas, koreyslarni aytamizmi? 👨‍🔬 Unumdorlikka ko‘plab omillar ta’sir ko‘rsatsa-da, Koreyada bitta omil alohida ajralib turadi: bu innovatsiyalarga bo‘lgan intilish. Mamlakat yalpi ichki mahsulotining deyarli 5 foizini ilmiy tadqiqot ishlariga sarflaydi. Bu jahondagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Ro‘yxatda birinchi o‘rinni Irlandiya $158,2 ikkinchi o‘rinni Norvegiya $130,1, uchinchi o‘rinni esa Shvetsariya $99,9 bilan egallagan. 🇺🇿 O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich $12 ni tashkil qiladi. Bu postni yaqinlaringizga jo‘natib qo‘ying. Manba @teacherazam

12,300 views

Editum Feb 8

🤖 Bu diagramma Xalqaro robototexnika federatsiyasi (IFR) ma’lumotlariga ko‘ra, sanoati rivojlangan mamlakatlarda har yili qancha yangi robot o‘rnatilayotganini ko‘rsatadi. Sanoat robotlari deganda avtomatik boshqariladigan, qayta dasturlanadigan va ko‘p maqsadli qurilmalar nazarda tutiladi. Ma’lumotlar faqat jismoniy mehnatning o‘rnini bosadigan sanoat robotlari haqida. Dasturiy ta’minot yoki iste’molchi texnologiyalari esa hisobga olinmaydi. 🤖 Diagrammada 2011-yilda Xitoy, AQSH, Yaponiya, Germaniya va Janubiy Koreya taxminan bir xil miqdorda robot o‘rnatgan. Biroq, keyingi o‘n yillikda hammasi boshqacha o‘zgardi. 2023-yilga kelib, Xitoyda yillik o‘rnatish 276 ming robotgacha yetdi, bu 12 barobar o‘sish degani. 🤖 Xuddi shu davrda AQSH, Yaponiya, Germaniya va Janubiy Koreyadagi o‘rnatishlar ham ko‘paydi, ammo ancha sekin. Ularning hech biri hatto ikki baravarga ham o‘smadi. Eng katta o‘sishni ko‘rsatgan AQSH 2011-yildagi 21 ming yangi o‘rnatgan bo‘lsa, 2023-yilda 38 mingtaga yetdi xolos. 🇨🇳 IFR foydalanilyotgan robotlarning umumiy soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ham e’lon qiladi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha Xitoy 2023-yilda 1,76 million atrofidagi robot bilan eng katta o‘rnatilgan bazaga ega. O‘zining yirik ishlab chiqarish sektoriga taqqoslaganda Xitoyning hozirgi robotlar zaxirasi alohida ajralib turmaydi. Lekin bu ma’lumotlarni boshqa davlatlar bilan taqqoslaganda vaziyat tez o‘zgarayotganini bildiradi. Xitoy keyingi darajaga chiqyotganining sababi robotlarmikan? Bu postni ulashib qo‘ying @teacherazam

13,400 views

Editum Feb 7

“Our world in data”ning urush va tinchlik mavzusidagi kontentlari asosan urushda halok bo‘lgan odamlarga qaratilgan. 🚸 Biroq, urushning yana boshqa ko‘plab yomon oqibatlari ham bor: u odamlarning sog‘lig‘ini yomonlashtiradi, ularni ishsiz qoldiradi va uylaridan chiqib ketishga majbur qiladi. Diagrammada Suriyada bo‘lgan urush misol qilib ko‘rsatilgan. 2011 yilda urush boshlanganidan beri janglarda 400 mingdan ortiq odam halok bo‘lgan. ☠️ Shu bilan birga, yillik o‘lim holatlari ko‘paygan, chunki boshqa sabablar bilan ham ko‘ra ko‘proq odamlar vafot etishni boshlagan. Ayniqsa, yosh bolalar ko‘proq jabr ko‘rdi: taxminlarga ko‘ra, bolalar o‘limi soni yiliga ikki baravardan ham ko‘proqqa oshgan. Urush, shuningdek, millionlab odamlarni o‘z uylarini tark etishga majbur qilgan: jami yetti milliondan ortiq kishi Suriya ichida ko‘chib yurgan bo‘lsa, deyarli shuncha odam boshqa mamlakatlarda qochqin sifatida yashayapti. 💰 Odamlarning tirikchilik qilishi ham ancha qiyinlashgan. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaIM bilan o‘lchanadigan o‘rtacha turmush darajasi urush boshlanganidan beri ikki baravardan ko‘proqqa pasaygan. Natijada qashshoqlik va ochlik keskin oshdi. $9600 dan $4200 ga tushgan Bu ma’lumotlar baribir aniq raqamlar emas, chunki urush sharoitida ma’lumotlarni to‘plash qiyin va xavfli. 👩‍⚕️ Bu shuni ko‘rsatadiki, urush oqibatlarini tushunish uchun biz keng nuqtai nazarga ega bo‘lishimiz va uning sog‘liqqa, aholi ko‘chishiga va turmush darajasiga ta’sirini ko‘rishimiz kerak. Bu faqat ikki davlat o‘rtasidagi jang emas, balki butun boshli tizimni o‘zgartirib yuboradigan jarayon. Buni tanishlaringizga jo‘natib qo‘ying. Keyingi muhokama uchun sizga yangi mavzu @teacherazam

12,800 views

Editum Feb 6

Unicef bir qiziq statistikani e’lon qilibdi. 👦 U yerda 13-15 yosh orasidagi bolalar o‘z tengdoshlari tomonidan oxirgi 30 kun ichida zo‘ravonlikka uchragani ko‘rsatiladi. Visual Capitalist’da asosan Yevropa mamlakatlari tahlil qilingan. Unga ko‘ra har 4 tadan 1 ta bola tengdoshlari tomonidan zo‘ravonlikka uchraydi. Foizda esa 24 foiz. 🔼 Misol uchun eng yuqori ko‘rsatkich Litvada - 47%, eng pasti esa Ispaniyada - 11% Men esa o‘zimizga yaqin mamlakatlarning statistikasiga qiziqib ko‘rdim. 🌏 Afg‘onistonda bu ko‘rsatkich 44%, Qozog‘istonda 15%, Qirg‘izistonda 29%, Tojikistonda 27%. Turmaniston va O‘zbekistonning ma’lumotlari ko‘rsatilmagan afsuski. 🤩 Ro‘yxatdagi eng zo‘r ko‘rsatkich esa Malayziyada - 9%, eng yomoni esa Misr - 70%. Ma’lumotlar asosan 2021-22-yillarning ma’lumotlariga asoslanadi. 📱 Shu statistikalarni o‘qib, YouTube’dagi mana shu videom esimga tushib ketdi. Bu bilan nima uchun zo‘ravonlikka qarshi kurashish muhimligini tushunasiz. Mana men terpilaman, men yozuvchiman. Agar menga kimdir tahdid qilsa, men yozaman, men telefon qilaman melitsiyaga. Men okamga telefon qilmayman. Melitsiyaga telefon qilaman. Sizlar ham xuddi shu yo‘lga o‘tishingiz kerak. 👉 Bu postni sinfdoshlar, kursdoshlar guruhiga tashlab qo‘ying. @teacherazam

14,700 views

Editum Feb 5

😨 Umid qilaman telefoningiz o‘chirilgan (fonda Bethovenning 5-simfoniyasi) Siz esa xonaning bir burchagida o‘tirib, o‘zingizni zo‘rga telefoningizni yoqishdan tiyib turibsiz 😱 Chunki bugungi maqolani o‘qisangiz, o‘zingizni-o‘zingiz aldashga hech qanaqa sabab topa olmay qolasiz. Bu juda qo‘rqinchli, to‘g‘rimi? Hay, mayli. Qo‘rqinchli hikoyamizni shu joyida tugatamiz. (Bethovenning simfoniyasini ham o‘chiring) Bu maqola qanday odamlarning atrofida bo‘lishingiz, qanday ishlarni qilishingiz sizni rivojlantirishi haqida. Naval Ravikant atrof muhitning ta’siri haqida ajoyib gaplarni yozib qoldiribdi, biz esa uni tarjima qildik. Bu postni maksimal darajada tarqating va yaqinlaringiz bilan muhokama qiling 👉Maqolani mana bu yerda o‘qing @teacherazam

21,700 views

Editum Feb 5

Naval Ravikantdan maqola tarjima qilinyapti Ogohlantiraman. Bu maqolani o‘qigandan keyin meni yomon ko‘rib qolishingiz mumkin, chunki sizda harakat qilmaslikka bahona qolmaydi. Shuning uchun ehtiyot bo‘lasiz 18:00 da iloji bo‘lsa, telefoningizni o‘chirib qo‘ying, chunki maqolani o‘qib qo‘yishiz xavfi bor. @teacherazam

15,500 views
12•••5•••101112131415•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8485