TGINSIGHT CHAT
Teacher Azam
@TeacherAzam
EducatioTEACHER AZAM (Qahramoniy) 👨🏼💻 Oʻzimizning chat guruhimiz bor, baʼzi-baʼzida men ham yozib turaman 👉t.me/Teacherazamchat 🚩Instagram: 👉instagram.com/teacherazam ☎️ Englify online maktabim: +998781136969 ☎️ Reklama va taklif uchun: 👉+998 97 831 11 11
Scripta recentia
Pag. 8 de 85 · 1,011 scripta
Editum Mar 19
NVIDIA qanchalik katta? Tasavvur qiling, oddiy chip ishlab chiqaradigan bitta kompaniya shunchalik kattalashib ketdiki, endi u dunyodagi eng boy davlatlar bilan bellashmoqda. 💸 Nvidia kompaniyasining narxi hozir qariyb 4,6 trillion dollar. Agar u davlat bo‘lganida, daromad jihatidan AQSh, Xitoy va Germaniyadan keyin dunyoda to‘rtinchi o‘rinda turardi! 2025-yilda Nvidia boyligi bo‘yicha Yaponiya, Hindiston va Angliya kabi yirik davlatlarni ham ortda qoldirdi. Albatta, kompaniyaning pulini davlatning yillik daromadi bilan solishtirish uncha to‘g‘ri emas. Lekin bu Nvidia qanchalik daromad qilyotganini aniq ko‘rsatadi. 🇯🇵 Eng qizig‘i nima bilasizmi? Samaradorlik! Yaponiyada 124 million odam mehnat qilib topadigan pulni, Nvidia atigi 36 000 ta xodimi bilan yig‘moqda. Xo‘sh, ular qanday qilib bunday natijaga erishdi? Buning siri — sun’iy intellekt (SI). Hozir hamma SI uchun milliardlab pul sarflayapti. Nvidia esa shu pullar oqib keladigan eng markaziy joyda turibdi. 😱 Talab shu qadar ko‘pki, chiplar yetishmayapti. Kompaniya rahbari Jensen Xuangning aytishicha, yangi chiplar zavoddan chiqmasidanoq sotilib ketyapti. Mijozlar ularni talashib olyapti. Buning ustiga, sun’iy intellekt endi faqat ChatGPT’ga o‘xshagan botlardan iborat emas. Nvidia endi robotlar, o‘ziyurar mashinalar va aqlli zavodlar — ya’ni “jismoniy SI” uchun ham chiplar qilyapti. Bu degani, ularning bozori kelajakda yana yuz baravar kattalashadi. Faqat chiplar emas! Nvidia’ning yutug‘i faqat zo‘r apparat yasashida emas. Ularda “CUDA” degan maxsus dasturiy ta’minot bor. Dasturchilar shunga qattiq o‘rganib qolgan. Boshqa kompaniyaning chipiga o‘tish juda qiyin va qimmatga tushadi. ⚔️ Milliarder Uorren Baffet aytganidek, ular o‘z qasrining atrofini chuqur xandaq bilan o‘rab olgan. Raqobatchilar ularga yaqinlasha olmaydi! Postni yaqinlaringizga ulashib qo‘ying @teacherazam
Editum Mar 18
Tilingiz sizni soxta shaxsiyatga qamab qo‘yadi va buni o‘zingiz bilmaysiz. Oqibatda o‘zingiz uchun imkoniyatlar eshigini o‘zingiz yopib berasiz. Oxirgi vaqtlar meni qiziqtiryotgan Stoitsizm falsafasida aynan bu jarayon qanday bo‘lishi mumkinligi haqida maqola ko‘rib qoldim. Uni esa o‘zbek tilga tarjima qildik. Biroz vaqtingizni oladi, lekin imkoniyatlar eshigini ochishning judayam oson usulini bilib olasiz. 👉Maqolani o‘qish Men 1, men 2, men 3 degan kommentariya yozmang. Kap-katta bo‘lib qoldingiz. Do‘stlaringizga ulashib qo‘ying va fikrlaringizni yozib keting. @teacherazam
Editum Mar 17
Teacher Azam pinned «Assalomu alaykum, do‘stlar! 😋 Oramizda yetkazib berish (dostavka) xizmatida ishlaydiganlar bormi? Bugun aynan sizlar bilan gaplashmoqchi edim. Kuryer bo‘lish oson emas. Qishning sovug‘i, yozning issig‘i bor. Ba’zida asabiy mijozlar uchrab turadi. ☺️ Lekin…»
Editum Mar 17
Assalomu alaykum, do‘stlar! 😋 Oramizda yetkazib berish (dostavka) xizmatida ishlaydiganlar bormi? Bugun aynan sizlar bilan gaplashmoqchi edim. Kuryer bo‘lish oson emas. Qishning sovug‘i, yozning issig‘i bor. Ba’zida asabiy mijozlar uchrab turadi. ☺️ Lekin har bir ishning o‘ziga xos gashti ham bo‘ladi. Savol: 1. Ishingizning qaysi jihati qiynaydi, lekin mas’uliyat bilan yondashganingiz uchun shu qiyinchilikni yengib o‘tasiz? 2. Shu qiyinchiliklarga qaramay, bu ishdagi qaysi jihat sizga ko‘proq yoqadi? Ikkala savolga javoblaringizni izohlarda yozib keting. Bir loyiha qilyapmiz, unda asosiy qahramon bo‘lishingiz mumkin. @teacherazam
Editum Mar 16
2026-yilgi Oskar mukofotining asosiy xulosalari 15-mart kuni Los-Anjelesda 98-Oskar mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Al Jazeera nashriniga ko‘ra, kechaning eng yorqin yulduzi rejissyor Pol Tomas Andersonning “One Battle After Another” Jang ustiga jang filmi bo‘ldi. 🤜 Asosiy raqobat Sinners (Gunohkorlar) va One Battle After Another o‘rtasida kechdi. Sinners rekord darajadagi 16 ta nominatsiyani nomzod sifatida qo‘yilgan bo‘lsa-da, asosiy mukofotlar Andersonning siyosiy trilleriga nasib etdi. U jami 6 ta Oskar, jumladan, “Eng yaxshi film” va “Eng yaxshi rejissyor” yo‘nalishlarida g‘olib bo‘ldi. Faoliyati davomida ko‘plab nominatsiyalarga qo‘yilgan Anderson nihoyat o‘zining ilk Oskarini (Rejissura va Moslashtirilgan ssenariy uchun) qo‘lga kiritdi. Maykl B. Jordan (Michael B. Jordan) Sinners filmidagi egizaklar roli uchun o‘zining birinchi “Eng yaxshi aktyor” mukofotini oldi. “Eng yaxshi aktrisa” mukofotini esa Jessi Bakli “Hamnet” filmidagi roli uchun oldi. 1️⃣ Oskarlar tarixida birinchi marta kasting (aktyorlar tanlovi) uchun mukofot topshirildi va uni “One Battle After Another” kasting-direktori Kassandra Kulukundis qo‘lga kiritdi. Siz Oskarga nominatsiya sifatida qo‘yilgan filmlardan qaysi birini ko‘rgansiz? @teacherazam
Editum Mar 15
Ben Affleck o‘zining sun’iy intellekt bilan ishlaydigan kompaniyasini Netflix’ga sotdi. Affleck aytishicha, u AI bilan birinchi tanishganda bu texnologiya uni juda qo‘rqitgan, keyin esa uni haqiqatan foydali yangilik deb ko‘ra boshlagan. 📺 Netflix Affleck ochgan InterPositive degan postproduksiya (film suratga olingandan keyingi montaj va texnik ishlovlar) kompaniyasini qancha pulga sotib olganini aytmagan. Affleck bu kompaniyani ko‘p reklama qilmagan, hatto AI ijodkorlik qilolmaydi deb ham aytgan: masalan, u Joe Rogan podkastida AI mazmunli narsa yozolmaydi va noldan film yaratolmaydi degan. ❗️ Lekin Affleckning InterPositive kompaniyasi Sora yoki Veo kabi “matndan video yaratadigan” texnologiya emas. Uning vazifasi boshqacha: u filmning o‘zidan olingan kadrlar asosida uni o‘rganib, postproduksiyada yordam beradi. Masalan, kadrni qayta kesib yaxshiroq ko‘rsatish (reframing), noto‘g‘ri yorug‘likni tuzatish, kaskadyorlardagi simlarni olib tashlash kabi ishlarni yengillashtiradi. Bu yangilik esa kino industriyasi AI’ga asta-sekin sovuqqon emas, amaliy vosita sifatida qaray boshlayotganini ko‘rsatadi. Gollivud avvallari AI ijodkorlarning ishini tortib oladi, mualliflik huquqlarini buzadi deb juda xavotirda edi. 🔍 Affleck InterPositive’ni 2022-yilda boshlagan va maqsad montajda mantiq va izchillikni ushlab turadigan AI yaratish bo‘lgan. Ular hatto AI rejissyorning niyatini o‘zgartirib yubormasligi, oxirgi qaror baribir odamlar qo‘lida qolishi uchun cheklovlar ham qo‘shgan Kelishuvga ko‘ra, Affleck Netflix’da senior advisor (katta maslahatchi) sifatida ham ishlaydi. AI ham asta-asta kino olamiga kirib bormoqda. Bu postni ko‘p kino ko‘radigan tanishingizga jo‘natib qo‘ying @teacherazam
Editum Mar 14
💍 Nikoh juda qadimiy institut bo‘lsa ham, oxirgi 50–70 yilda juda tez o‘zgarib ketdi. Odamlar kamroq turmush va kechroq turmush quryapti. 🇺🇸 AQSh misolida har 1000 kishiga yiliga nechta nikoh to‘g‘ri keladi? — 1920-yilda AQShda har 1000 kishiga 12 ta nikoh to‘g‘ri kelgan bo‘lgan (bugungidan taxminan 2 baravar ko‘p). — 1946-yilda urushdan keyin eng yuqori nuqta: 16.4ta nikoh har 1000 kishiga to‘g‘ri kelgan. 1970-1972-yillardan beri nikoh qurish sezilarli darajada tushib, hozirgi tarixdagi eng past darajaga yaqinlashdi. 🇬🇧 Angliya va Uels misolini ham ko‘rib chiqamiz: — 1940-yilda tug‘ilgan ayollarning 30 yoshga kelib 90 foizi turmush qurgan, erkaklarda 83 foizga to‘g‘ri keladi — 1990-yilda tug‘ilganlarda esa 30 yoshga kelib turmush qurgan ayollar 29%, erkaklar esa 20% ni tashkil qiladi. OWID buni 2 sabab bilan tushuntiradi. Birinchisi hozirgi odamlarda umuman turmush qurmaydiganlar ko‘paygan, ikkinchisi turmush quradiganlarning o‘zi ham kechroq turmush quryapti. AQShda 18–24 yoshlar orasida turmush qurmasdan sherigi bilan yashash ulushi 1968–2018 oralig‘ida 0.1% dan 9.4% gacha oshgan. Angliya va Uelsda 2022-yilda turmush qurganlarning taxminan 90 foizi nikohdan oldin birga yashab ko‘rgan. 📃 OWID nega bunday bo‘lyotganiga bir nechta omillar sabab bo‘lganini aytadi: — kontratseptivlar (homiladorlikni rejalash) kengaygani; — ayollarning mehnat bozorida ishtiroki oshgani; — turmush qurmasdan ham yashashni istagan yoshlarga ko‘proq huquqlar berilgani Oila instituti bunday tarzda o‘zgaryotganiga sizning fikringiz qanday? Manba @teacherazam
Editum Mar 13
Amerikaliklar AI ularning hayotiga kirib kelayotganidan xavotirda ekan. 🤖 Pew Research Center o‘tkazgan so‘rovnomaga ko‘ra, 50% odam “kundalik hayotda AI ko‘payayotgani meni ko‘proq tashvishlantiradi” degan (2021-yilda bu ko‘rsatkich 37% edi). Faqat 10% bu ularga yoqyotganini aytgan, 38% esa ham bu ularga yoqyotganini ham bundan qo‘rqyotganini ko‘rsatgan. Ko‘pchilik AI insonning ba’zi muhim qobiliyatlarini yemiradi deb o‘ylaydi. Ularning fikriga ko‘ra 53% “ijodkorlik yomonlashadi” deydi (faqat 16% “yaxshilanadi” degan). 50% odam esa “odamlar orasidagi munosabatlar yomonlashadi” deydi, “yaxshilanadi” deganlar esa atigi 5%. 🤖 Shu bilan birga, odamlar AI’ni butunlay yomon ham demayapti. Ularning deyarli 3/4 qismi AI kundalik mayda vazifalarda (reja tuzish, eslatma, oddiy yordam) hech bo‘lmasa biroz yordam berishiga rozi. Lekin din yoki “juft topish” kabi shaxsiy masalalarda AI aralashishini ko‘pchilik yoqtirmaydi. Aksincha, ob-havo prognozi yoki yangi dori yaratish kabi katta ma’lumot tahlili kerak bo‘ladigan ishlar uchun AI’ga ko‘proq ochiq. Sizning AI haqida fikrlaringiz qanday? Siz undan qo‘rqyapsizmi yoki hursandmisiz? Manba @teacherazam
Editum Mar 12
Dunyoda kinoteatrga tushish madaniyati qanday o‘zgaryapti? 📺 Ba’zi 2026-yil “Oscar”ga nomzod filmlar kinoteatrlarda yaxshi daromad qilgan. Lekin striming ya’ni Netflix kabi platformalar ko‘paygani uchun ko‘p odamlar ularni uyda ko‘rishni tanlayapti. Pew Research o‘tkazgan so‘rovnomaga ko‘ra, 2025-yil yozida amerikaliklarning 53 foizi oxirgi 1 yilda kinoteatrga borganini aytgan, 7% esa umuman hech qachon kinoteatrga bormagan. 18–29 yoshdagilarning 2/3 qismi kinoga borgan, 65 yoshdan kattalarda esa bu ko‘rsatkich 39%. 🔼 Kinoteatrga borish eng cho‘qqisiga chiqqan davr 2002-yil bo‘lgan: AQSh va Kanadada 1.6 mlrd bilet sotilgan (odam boshiga deyarli 5 ta). 2019-yilda ham 1.2 mlrd bilet sotilgan, lekin 2020-yilda pandemiya sabab bilet savdosi 81% ga, 231.6 mln ga tushib ketgan. Keyin esa bu jarayon asta tiklanishni boshladi. 2025-yilda 769.2 mln bilet sotilgan odam boshiga taxminan 2 ta. Bu 2020-yildan ancha yaxshi, lekin 2002-yilgi ko‘rsatkichning yarmidan ham kam. 💸 Daromad ham shunga o‘xshash: 2002-yilda kassalar inflyatsiyani hisobga olganda $16.4 mlrd bo‘lgan, 2020-yilda $3 mlrd, 2025-yilda esa taxminan $9 mlrd atrofida. Siz-chi, oxirgi marta qachon kinoga tushgan edingiz? Manba @teacherazam
Editum Mar 11
🇪🇺 10 yil oldin Yevropa Ittifoqida qazilma yoqilg‘ilardan (ko‘mir, gaz, neft) olingan elektr miqdori quyosh va shamoldan olingan elektrdan taxminan 3 marta ko‘p edi. Lekin o‘tgan yili birinchi marta quyosh va shamol birgalikda ishlab chiqargan elektr miqdori ko‘mir, gaz va neftdan olinadigan elektr miqdoridan ko‘proq bo‘ldi. Ularning ulushi umumiy elektr ishlab chiqarishning 30% dan sal ko‘prog‘ini tashkil qildi. Buni grafikda ham ko‘rish mumkinki quyosh va shamol ulushi tez o‘sib borgan, qazilma yoqilg‘ilaridan olinadigan elektr ulushi esa pasaygan. 💨 Qiziq tomoni bu rekord 2025-yilda shamol unchalik yaxshi bo‘lmagan paytda ham yuz berdi, chunki shamol tezligi past bo‘lgani uchun shamol stansiyalari elektrni kamroq ishlab chiqaradi. Yana quruq ob-havo sabab gidroenergetika (suv elektri) ham kamaydi, shuni qoplash uchun gazdan foydalanish biroz oshgan. ❓ Davlatlarga quyosh va shamol energiyasidan foydalanish ko‘p afzalliklar beradi. Misol uchun: 1️⃣ Importga kamroq bog‘lanadi Ko‘mir, gaz, neftning katta qismi ko‘p mamlakatlarda tashqaridan keladi. Quyosh va shamol esa o‘zlariniki, uni sotib olmaydi. Natijada davlat energiya mustaqilligiga yaqinlashadi. 2️⃣ Narxlar barqarorroq bo‘ladi Quyosh va shamolning yoqilg‘isi tekin. Ularga pul to‘lamaydi. Asosiy xarajatlar qurilish, uskunalar, tarmoq. Keyin esa ishlab chiqarish narxi odatda barqaror bo‘ladi. Gaz-neft esa bozor, urush, sanksiya, transport muammosi bo‘lsa, darrov qimmatlashadi. 3️⃣ Havo ifloslanishi kamayadi Ko‘mir va neft yoqilganda tutun chiqadi. Bu nafaqat CO₂, balki odam sog‘lig‘iga zararli narsalar (PM2.5, SO₂, NOx). Kamroq ifloslanish kamroq kasallik degani, kamroq shifoxona xarajati, odamlar esa ko‘proq ishlaydi. 4️⃣ Chekka joylarga ham imkon Quyosh elektrini katta stansiya bo‘lmasdan ham qilish mumkin: maktab, shifoxona, zavod tomiga panel o‘rnatib. Bu chekka chekka qishloqlarga ham elektr yetib borishini ta’minlaydi. Do‘stlaringizga ham ulashib qo‘ying @teacherazam
Editum Mar 10
🎙 2025-yilga kelib AQShda audio formatlarning 40 foizi podkastlar hissasiga to‘g‘ri keladi va radioda esa 39 foiz. Tarixda birinchi marta radioni podkast frmati ortda qoldirdi. Oraliqdagi farq atigi bir foizni tashkil qilsa-da, bu radioning ushbu sohada o‘n yil davomida uzluksiz yetakchilik qilgan davrini tugatdi. 2015-yilda audio formatlarning 75 foizi radio, atigi 10 foizi esa podkastlar ulushiga to‘g‘ri kelgan edi. 🦠 Lekin pandemiya parchasini o‘zgartirib yubordi. Statista tomonidan e’lon qilingan, 2021-yilda Qo‘shma Shtatlar va Kanadada AM/FM radiosini kamroq tinglashning asosiy sababi odamlarning mashinada kamroq vaqt o‘tkazish bo‘lgan. Respondentlarning 71 foizi mashinada sayohat qilish kamayganini ta’kidlagan bo‘lsa, 60 foizdan ortig‘i turmush tarzidagi o‘zgarishlarni ham sabab qilib ko‘rsatgan. 📺 Podkastlar endi shunchaki audiolar, balki Spotify va YouTube kabi platformalarda tarqatiladigan video shakllarni ham o‘z ichiga oladi. “Roots Analysis” tahliliy kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, jahon podkasting bozorining hajmi 2025-yildagi 36,34 milliard dollardan 2035-yilga kelib 432,04 milliard dollargacha o‘sishi kutilmoqda. 📱 Biz ham NQE podkastni tashkil qilganmiz va hozir YouTube’da 100,000 dan ko‘proq tinglovchilarimiz bor. Manba @teacherazam
Editum Mar 9
“Pew” tadqiqot markazining 20–26-yanvar kunlari AQShning 8512 nafar voyaga yetgan fuqarosi o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazgan. 🇺🇸 Qatnashchilarning 58 foizi Prezident Donald Trampga nisbatan salbiy munosabatda ekanini, 40 foizi esa ijobiy munosabatda ekanini bildirgan. Qolgan 2 foizi esa Trumpni tanimas ekan. 🤣 Menga Pushkin bir jahon deydiganlar ham bor ekan. Prezidentni tanimasa-ya? Vitse-prezident JD Vensga odamlar salbiyroq munosabatda. 52% uni yoqtirmasligini, 38% esa yoqtirishini bildirgan. Taxminan har o‘ntadan biri (9%) Vens haqida eshitmaganini aytgan. Qatnashchilarning yarmi (48%) Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar vaziri kichik Robert F. Kennedyni yoqtirmasligini, 44 foizi esa yoqtirishini bildirgan. U haqida eshitmaganlar juda ozchilikni (6%) tashkil etadi. Davlat kotibi Marko Rubio ham ijobiy 44% ishtirokchi tomonidan salbiy baholangan. Taxminan har o‘ntadan ikki kishi (19%) u haqida eshitmaganini aytgan. Amerikada shunaqa gaplar ekan Trumpni yaxshi ko‘radigan do‘stlaringizga jo‘natib qo‘ying Manba @teacherazam