TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
Redi ad canales
Teacher Azam avatar

TGINSIGHT CHAT

Teacher Azam

@TeacherAzam

Educatio

TEACHER AZAM (Qahramoniy) 👨🏼‍💻 Oʻzimizning chat guruhimiz bor, baʼzi-baʼzida men ham yozib turaman 👉t.me/Teacherazamchat 🚩Instagram: 👉instagram.com/teacherazam ☎️ Englify online maktabim: +998781136969 ☎️ Reklama va taklif uchun: 👉+998 97 831 11 11

Subscriptores4.0万Numerus subscriptorum hodiernus
Scripta custodita1,011Scripta numerata
Attingentia recens155,300Visiones scriptorum recentium
Scripta recentia

Scripta recentia

Pag. 11 de 85 · 1,011 scripta

Editum Feb 22

🇺🇸 AQSh har yili yangi qarz oladi. 2026-yil fevral holatiga AQShning umumiy qarzi $38.6 trillion bo‘lgan. AQSh bu qarzni “qog‘oz” ko‘rinishida sotadi. Bu qog‘ozlar U.S. Treasury (AQSh davlat obligatsiyalari) deyiladi. Odamlar va davlatlar ularni sotib oladi, chunki AQSh ularga foiz (daromad) to‘laydi, hozir foizlar yuqori, shuning uchun daromadi ham yaxshi. Chet ellik investorlar (boshqa davlatlar) AQSh obligatsiyalaridan jami $9.4 trillion miqdorda ushlab turibdi. Bu rekord daraja. 🇨🇳 Lekin hamma ham sotib olayotgani yo‘q. Ba’zi davlatlar, masalan Xitoy, o‘zidagi AQSh obligatsiyalarini sotyapti. Bu grafik 2024-yil noyabrdan 2025-yil noyabrgacha bo‘lgan davrda AQSh obligatsiyalarini eng ko‘p sotib olgan va eng ko‘p sotgan 20 ta davlatni ko‘rsatadi. Sotib olish tarafida 3 ta davlat $100 mlrd dan oshgan: — Buyuk Britaniya (UK): $122 mlrd — Belgiya: $100 mlrd atrofida — Yaponiya: $100 mlrd atrofida Keyingi o‘rinlarda Kanada va Norvegiya. Bu 5 ta davlat birga bo‘lib, jami $786 mlrd xaridning taxminan 65 foizini tashkil qilgan. 💸 Xitoy AQSh obligatsiyalaridan $86 mlrd sotgan. Bu bir yil ichida yana 11% kamayish degani va Xitoyning AQSh qarzidan asta-sekin uzoqlashib borayotganini ko‘rsatadi. Sababi sifatida Xitoy zaxiralarini oltin va boshqa aktivlarga ko‘proq o‘tkazyapti (diversifikatsiya) ya’ni “faqat dollarga tayanib qolmaylik” deyapti. Braziliya va Hindiston ham obligatsiyalarini kamaytirgan, ikkalasi birga $108 mlrd atrofida qisqartirgan. 💰 Ba’zi davlatlar o‘z valyutasini himoya qilish uchun dollar zaxirasidan foydalanadi (masalan, kursni ushlab turish uchun). Yoki bu “de-dollarization” degan trend bo‘lishi mumkin ya’ni ayrim davlatlar asta-sekin dollarga bog‘liqlikni kamaytirishga harakat qilishi. Manba Yaqinlaringizga ulashib qo‘ying @teacherazam

14,600 views

Editum Feb 21

Jahon aholisining o‘ta qashshoqlikda yashayotgan qismi hech qachon so‘nggi o‘ttiz yildagidek tez kamaymagan edi. 🇨🇳 Ayniqsa, Xitoyda bu ko‘rsatkich juda tez pasaydi va dunyodagi har oltinchi odam shu mamlakatda yashashini inobatga olsak, global darajada qashshoqlikning kamayishiga faqat Xitoyning hissasi ko‘p deb o‘ylashadi. Diagrammada shu savolga javob beruvchi ma’lumotlar aks etgan. Moviy rangda global pasayishni ko‘rishimiz mumkin. Qizil rangda esa, agar ma’lumotlardan Xitoyni chiqarib tashlasak, yuz beradigan pasayishni ko‘ramiz. Xitoydan tashqari dunyoda 1990-yilda aholining 33 foizi o‘ta qashshoqlikda yashagan bo‘lsa, 2025-yilga kelib bu ko‘rsatkich 12 foizgacha kamaydi. 🗺 1990-yildan beri 940 million xitoylikni o‘ta qashshoqlikdan olib chiqqan yirik iqtisodiy o‘sish jahondagi qashshoqlikning kamayishiga salmoqli hissa qo‘shdi. Biroq Xitoydan boshqa mamlakatlar ham bu borada juda katta yutuqqa erishdi. Jahondagi qashshoqlikning kamayishi faqat Xitoy tufayli ro‘y berdi, degan fikr haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. O‘ta qashshoqlik ham Xitoyda, ham dunyoning qolgan qismida kamaygan. So‘nggi o‘ttiz yil ichida dunyo o‘ta qashshoqlikka qarshi kurashda misli ko‘rilmagan yutuqlarga erishdi. 🇺🇿Daryo.uz. bergan ma’lumotlarga ko‘ra esa O‘zbekistonda qashshoqlik darajasi so‘ngi 20 yil ichida 12,5 foizga kamaygan va 2,2 million kishi qashshoqlikdan qutilgan. Fikrlaringiz qanday bu masalaga? @teacherazam

12,300 views

Editum Feb 20

📄 Bitta qiziq fakt topib oldim. U 1965-yilda qaysidir aktivga $100 investitsiya qilganingizda, 2025-yilda uning narxi qancha bo‘lishi haqida Aswath Damodaran ismli NYU professori Stern’dagi ma’lumotlariga asoslanib, har bir aktiv 60 yil davomida qay darajada o‘sganini hisoblab chiqibdi. 🥇 Shuncha muddat davomida eng ko‘p o‘sgan aktiv bu aksiyalar bo‘lgan - 435 barobar o‘sishga ega. Ya’ni siz 1965-yilda $100 tikkaningizda hozirgi pulingiz $43.480 bo‘lar edi. 🥇 Undan keyingi o‘rinni esa oltin olgan. 60 yil davomida $100 lik qiymat $12.364 ga aylangan. 🇺🇿 O‘zbekistonda investitsiya sifatida eng ommalashgan ko‘chmas mulk esa AQShda 60 yil davomida atiga 20 barobar oshgan. Eng kami esa naqd pulning o‘zi. Agar siz naqd pulga 196-yil $100 investitsiya qilganingizda hozir sizda $1489 bo‘lar edi. ❓ Endi qiziq keyingi 60 yilda eng ko‘p o‘sadigan aktivlar qaysi bo‘lishi mumkin? Fikrlaringizni izohda yozib qoldiring Bu postni qarindoshlar guruhiga jo‘natib qo‘ying Manba @teacherazam

13,800 views

Editum Feb 19

📊 2026-yilgi Myunxen xavfsizlik indeksi dunyo bo‘ylab aholining eng jiddiy xavf-xatarlar haqidagi tasavvurlarida farqlar mavjudligini ko‘rsatdi. 2025-yil noyabr oyida har bir mamlakatda 1000 ga yaqin katta yoshli odamlar orasida o‘tkazilgan so‘rovnomaga asoslangan hisobot — turli davlatlarning iqlim o‘zgarishidan tortib geosiyosiy ziddiyatlargacha bo‘lgan tahdidlarga qanday ustuvorlik berishini ko‘rsatadi. Indeks ballari (0 dan 100 gacha) xavflarning beshta jihatini qamrab oladi: umumiy ta’sir, rivojlanish yo‘nalishi, jiddiyligi, yaqinligi va unga tayyorgarlik darajasi. 🇧🇷 Braziliyada iqlim o‘zgarishi (indeks bali=78), ekstremal ob-havo va o‘rmon yong‘inlari (77) bilan bog‘liq xavotirlar ro‘yxatda yuqori o‘rinni egallagan, bu mamlakatning ekologik inqirozlarga nisbatan zaifligini aks ettiradi. 🇮🇳 Shunga o‘xshash tarzda, Hindiston ham iqlim o‘zgarishi (53) va tabiiy yashash muhitining yo‘q qilinishi (51)ni o‘zining asosiy tashvishlari sifatida baholaydi. Germaniya va Buyuk Britaniya uchun kiberhujumlar (tegishlicha 75 va 74 ball) eng asosiy xavotirga aylangan, bu sun’iy intellekt va raqamli xavfsizlik borasidagi kuchaygan tashvishlardan darak beradi. Shu bilan birga, iqtisodiy va moliyaviy inqirozlar Yaponiya (70), Buyuk Britaniya (70) va AQSHda (67) umumiy ustuvor muammo hisoblanadi. 🇨🇦 Kanadada savdo urushlari (68), ekstremal ob-havo va o‘rmon yong‘inlari (65) qo‘rquvi ustunlik qiladi, bu ham iqtisodiy, ham ekologik zaifliklarni aks ettiradi. 🇨🇳 Xitoy esa AQSH (38) va savdo urushlarini (31) o‘zining asosiy muammolari deb hisoblaydi, bu esa uning xavfsizlik istiqbolini shakllantiruvchi geosiyosiy ziddiyatlarni ko‘rsatadi. Hisobot mualliflari avtokratik davlatlarda so‘rovnoma o‘tkazish har doim qiyinchilik tug‘dirishi, chunki respondentlar o‘z fikrlarini erkin ifoda eta olmasliklari sabab Xitoy natijalarini ehtiyotkorlik bilan talqin qilish kerakligini aytadi. Postni yaqinlaringizga jo‘natib qo‘ying Sizni ko‘proq nima tashvishga soladi? Manba @teacherazam

13,200 views

Editum Feb 18

🇺🇸 2012-yilda AQShda pensiya olayotgan nafaqadagilar soni pensiya jamg‘armasiga pul to‘layotgan faol davlat xodimlari sonidan ko‘payib ketdi. Eng qizig‘i, oradan o‘n yildan ko‘p vaqt o‘tsa ham bu holat o‘zgargani yo‘q. Odamlar ko‘proq yashayotgani uchun ular pensiyani uzoqroq yillar davomida oladi, davlat sektorida ishlaydiganlar soni esa tez o‘sayotgani yo‘q. Shuning uchun pensiya tizimiga pul to‘laydiganlar bazasi katta tezlikda kengaymayapti, lekin pensiya oluvchilar ko‘payishda davom etyapti. 2001-yilda 12,7 million faol xodim 7,6 million nafaqadagi odamni pensiya bilan ta’minlagan. 2012-yilga kelib nafaqadagilar 13,3 million bo‘lib, faol xodimlar 13,2 million bo‘lib qolgan. Shundan keyin farq kattalashib borgan. 2023-yilda 19,5 million nafaqadagi odam bo‘lgan, ishchilar esa 13,7 million atrofida qolgan. 2024-yilda faol xodimlar biroz ko‘payib 14,5 millionga chiqqan bo‘lsa ham, nafaqadagilar baribir ancha ko‘p. 👨‍🦳 Pensiya jamg‘armasi odatda uch xil manbadan pul topadi: xodimlarning badallari, ish beruvchi (ya’ni davlat) badallari va jamg‘arma pullarini investitsiya qilib topiladigan daromad. Muammo shundaki, soliq to‘laydigan ishchilar nafaqadagilarga nisbatan kamayib borsa, badal sifatida kirib keladigan pul kamayadi, pensiya sifatida chiqib ketadigan pul esa ortadi. Shu payt pensiya to‘lovlari badallardan ko‘p bo‘lib qoladi. Bu farqni yopish uchun jamg‘arma ko‘proq investitsiyadan tushadigan daromadga suyanishga majbur bo‘ladi. Bu esa xavfni oshiradi, chunki investitsiya bozorlarga bog‘liq. Bozor yaxshi bo‘lsa, daromad ham yaxshi bo‘ladi; bozor yomon bo‘lsa, daromad tushib ketadi. Demak, pensiya tizimi bozordagi tebranishlarga ko‘proq bog‘lanib qoladi. 👥 Odamlar uzoqroq yashagani sayin har bir nafaqaxo‘rga ko‘proq yil pensiya to‘lanadi, davlat sektorida ishchi kuchi sekin o‘sgani uchun esa bu to‘lovlarni “ko‘tarib turadigan” yangi to‘lovchilar soni yetarli tezlikda ko‘paymaydi. Shuning uchun hatto investitsiya juda zo‘r ketgan yillar ham bu katta demografik o‘zgarishni har doim ham to‘liq qoplab bera olmasligi mumkin. Shu vaziyatda siyosatchilar uchun muammo shundaki, tizimni barqaror qilish kerak, lekin odamlarning pensiyasi ham xavfsiz bo‘lib qolishi kerak. Buning uchun odatda badallar miqdorini o‘zgartirish, pensiya qoidalarini qayta ko‘rib chiqish yoki investitsiya strategiyasini o‘zgartirish kabi yo‘llar muhokama qilinadi. Nafaqadagi aholi ko‘payib borayotgani esa faqat pensiya tizimining muammosi emas, bu AQShda aholi qarib borayotgani bilan bog‘liq katta trend bo‘lib, u davlat moliyasiga ham shtat, ham mahalliy darajada bosimni kuchaytirayapti. Manba @teacherazam

12,900 views

Editum Feb 18

Teacher Azam pinned a photo

views

Editum Feb 18

🌙 Barchangizga kirib kelgan Ramazon oyi muborak boʻlsin, barchani ushbu muqaddas oy bilan tabriklayman. Alloh xonadoningizga qut-baraka yogʻdirsin, qalbingizni iymon nurlari bilan yoritsin. Ofiyat sizni tark etmasin. 📌 Bu postni esa pin qilib qoʻyaman. Har saharlik va iftorlik qilayotganda qarab turishingiz uchun. Uyda baribir taqvim bitta joyda turmaydi. 😅 Taqvim qayerdaligini soʻrab qolishsa, mening kanalimni manzilini berib yuboravering Yaqinlaringizga ham joʻnatib qoʻying, ularga ham manfaatli boʻlsin. P. S. Taqvim Toshkent vaqtiga amal qiladi. @teacherazam

17,800 views

Editum Feb 17

🎲 Hayot o‘yindan iborat, faqat uni o‘ynashdan maqsad - qayta-qayta yutish emas, undan xalos bo‘lish. Bu maqolada status, obro‘, pul o‘yinlarini to‘g‘ri o‘ynashni o‘rganasiz. Agar bu maqolani o‘qimasangiz, siz o‘yinni emas, o‘yin sizni boshqarish ehtimolini oshirasiz ❗️ Atiga 3 daqiqa vaqtingiz ketadi Tez bu postni kanalingizga forward qiling, do‘stlaringiga ulashing Maqolani o‘qish @teacherazam

17,600 views

Editum Feb 17

Bugun Naval Ravikantdan yana bir maqola tarjimasi chiqadi Soat 18:00 da Siz o‘zi Naval Ravikantni taniysizmi? @teacherazam

13,400 views

Editum Feb 16

🚮 Ba’zi davlatlar boshqa davlatlardan plastik chiqindini sotib oladi. Sababi plastik chiqindidan arzon xomashyo sifatida foydalanishadi yoki u zavodlarda kerakli jarayonlar (qayta ishlash, granulaga aylantirish) uchun kerak bo‘ladi. Lekin buning ekologik tomoni muammo bo‘lib kelgan. Chunki bu savdo ba’zan shunday ishlaydi: boy davlatlar o‘zining chiqindisini kambag‘alroq davlatlarga sotadi. U yerda esa chiqindini boshqarish tizimi kuchsiz bo‘lgani uchun plastikning bir qismi tabiatga chiqib ketadi (daryoga, dengizga, yerga). 🔽 Yaxshi xabar esa so‘nggi 10 yilda plastik chiqindi savdosi 2/3 qismga yoki 67% ga kamaygan. (Grafikda ham ko‘rsangiz bo‘ladi) 🇨🇳 Bunga eng katta ta’sir qilgan davlat - Xitoy. Oldin Xitoy plastik chiqindini juda ko‘p sotib olar edi. Lekin 2016-yildan boshlab bu keskin kamaydi, 2018-yilda esa Xitoyda plastikni sotib olish taqiqlandi. Shundan keyin ko‘p davlatlar eng katta xaridorini yo‘qotdi. 2024 yilda dunyo bo‘yicha taxminan 5 million tonna plastik chiqindi savdo qilingan. Taqqoslash uchun: bu dunyoda ishlab chiqiladigan plastik chiqindining atigi 1 foizi. 💸 Yana bitta qiziq narsa bor. Hozir plastik chiqindi savdosining ko‘p qismi boy davlatlar o‘rtasida bo‘lyapti. Bu esa yaxshi, chunki bunday davlatlarda chiqindini boshqarish tizimi yaxshiroq bo‘ladi va plastikning tabiatga chiqib ketish xavfi kamayadi. Bu postni yaqinlaringizga jo‘natib qo‘ying Manba @teacherazam

15,700 views

Editum Feb 15

🤖 Bu grafik davlatlarda zavodlar qanchalik robotlashganini ko‘rsatadi. Unda har 1000 ta ishlab chiqarish zavodi ishchisiga nechta robot to‘g‘ri kelishini bilib olasiz. Ya’ni, bu qaysi davlatdagi zavodlarda robotlar ko‘proq ishlayapti? degan savolga javob. 🏭 Bu bilan ishlab chiqarish zavodlari qay darajada avtomatlashtirilganini bilsa bo‘ladi. Davlatlar orasida farq katta: — Koreyada 101 ta; — Singapurda 77 ta; — Xitoyda 47 ta; — Germaniyada 43 ta Lekin o‘rnatilgan robotlarning o‘zini solishtirsak, bu yerda Xitoyning ulushi katta. 🇨🇳 Chunki u yerda oxirgi 12 yil davomida ishlab chiqarish uchun robotlarni o‘rnatish ko‘rsatkichi 12 barobar oshgan. 1 milliard aholi soniga o‘rnatilgan robotlarning ulushi ko‘rsatkichi bilan dunyoda 3-o‘rinni olish bu juda yaxshi ko‘rsatkich. Manba @teacherazam

12,500 views

Editum Feb 14

🇺🇸 Bu grafik AQShda 2019-yil noyabridan 2025-yil oxirigacha ya’ni pandemiyadan oldin va hozirgacha turli narsalarning narxi qancha oshganini ko‘rsatadi. Juda oddiy tushuntirganda agar biror narsa 2019-yilda $100 bo‘lgan bo‘lsa, 26% o‘sish bilan hozir taxminan $126 bo‘lgan degani. 🚘 Rasmda esa eng ko‘p qimmatlashgan xizmat avto sug‘urta - +56.1%. Keyin esa: • gaz - 48.8% • mashina ta’mirlash - 48.8% • kofe - 46.1% • elektr - 40.4% • go‘sht, tovuq, baliq - 38.1% Narxlar umumiy hisoblanganda esa 6 yil davomida odamlar kundalik foydalanadigan xizmatlar 26% ga oshgan. ⬆️ Rasmda esa yana bitta gap bor 65% odamlar o‘tkan yilgiga nisbatan narxlar qimmatlashdi, yashash qiyinlashdi deb hisoblaydi. Shunaqa, bu muammolar AQShda ham bor. ❓ Bizda ushbu mahsulot va xizmatlarning narxlari 2019-yilda qanday edi-yu, hozir qanday? Postni ulashib qo‘ying va yaqinlaringiz bilan muhokama qiling Manba @teacherazam

11,500 views
12•••5•••910111213•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8485