TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
Redi ad canales
Teacher Azam avatar

TGINSIGHT CHAT

Teacher Azam

@TeacherAzam

Educatio

TEACHER AZAM (Qahramoniy) 👨🏼‍💻 Oʻzimizning chat guruhimiz bor, baʼzi-baʼzida men ham yozib turaman 👉t.me/Teacherazamchat 🚩Instagram: 👉instagram.com/teacherazam ☎️ Englify online maktabim: +998781136969 ☎️ Reklama va taklif uchun: 👉+998 97 831 11 11

Subscriptores4.0万Numerus subscriptorum hodiernus
Scripta custodita1,011Scripta numerata
Attingentia recens161,500Visiones scriptorum recentium
Scripta recentia

Scripta recentia

Pag. 19 de 85 · 1,011 scripta

Editum Dec 18

Duolingo 2025-yilning hisobotini berdi 🇯🇵 2025-yilda yapon tili dunyo bo‘ylab eng ko‘p o‘rganilyotgan to‘rtinchi tilga aylandi (nemis tilini ortda qoldirdi), koreys tili esa 6-o‘rinni egalladi (italyan tilini ortda qoldirdi). 🇬🇧 Bu yil ingliz tilini o‘rganish yanada ommalashdi va 154 mamlakatda eng mashhur tilga aylandi - bu 2024-yilga nisbatan 14 foizlik o‘sishni ko‘rsatdi. Hozirda ingliz tili eng mashhur ikki til qatoriga kirmaydigan atigi 25 ta mamlakat qoldi, xolos. Qiziq tomoni shundaki, ingliz tilini o‘rganish hatto AQSH, Shvetsiya va Tanzaniya kabi ingliz tilida bilimi yuqori bo‘lgan yoki rasmiy til maqomiga ega bo‘lgan mamlakatlarda ham yuqori o‘rinlarni egallamoqda. 🇨🇳 Xitoy tili Argentina, Braziliya, Kolumbiya, Fransiya, Germaniya, Indoneziya, Meksika, Polsha, Janubiy Koreya, Ispaniya, Tailand va Turkiyada eng tez o‘syotgan tilga aylangan. 🇺🇿 O‘zbekistonda eng ko‘p o‘rganilyotgan til ingliz tili, ikkinchi o‘rinda esa rus tili Siz bu yil qaysi tilni o‘rganishni boshladingiz? @teacherazam

16,200 views

Editum Dec 18

Xoʻsh, xoʻsh, xoʻsh, xoʻsh Bu nima boʻldi ekan? @teacherazam

15,100 views

Editum Dec 17

Bu yil “Yil odami” kim bo‘ldi? 🧠 “Sun’iy intellekt me’morlari” payshanba kuni Time jurnali tomonidan yilning eng sara shaxsi deb e’tirof etildi. Ya’ni bitta odam emas, bir nechta odamlar. Jurnal 2025-yilni sun’iy intellekt sahasini ortga qaytarib bo‘lmaydigan darajada rivojlangan davr sifatida tilga oldi. 📔 Fikrlaydigan mashinalar davrini yaratgani, insoniyatni hayrat va xavotirga solgani, bugunni o‘zgartirgani uchun “Sun’iy intellekt me’morlari” TIME jurnalining 2025-yildagi “Yil odami” deb tanlangan. Jurnal texnologiyaning o‘zini emas, balki odamlarni - “sun’iy intellektni tasavvur qilgan, loyihalagan va yaratgan shaxslarni” maxsus ravishda tanladi. ✍️ 1930-yillardagi "Osmono‘par bino ustidagi tushlik" fotosuratini eslatuvchi muqova tasvirlaridan birida nur ustida o‘tirgan sakkizta texnologiya sohasidagi yetakchi liderlar ko‘rsatilgan: Meta rahbari Mark Zukerberg, AMD rahbari Liza Su, Tesla rahbari Ilon Mask, Nvidia rahbari Jensen Xuang, OpenAI rahbari Sem Altman, Google’ning DeepMind bo‘limi rahbari Demis Xassabis, Anthropic rahbari Dario Amodei hamda o‘tgan yili o‘zining World Labs startapini ishga tushirgan sun’iy intellekt sohasidagi kashfiyotchi Fey-Fey Li. 💻 Yana bir muqova tasvirida kompyuter qismlariga o‘xshatib yasalgan ulkan "AI" harflarini o‘rab turgan qurilish temir panjaralari tasvirlangan. Bu butun dunyodagi yil odami varianti edi. 🇺🇿 Keling endi biz O‘zbekistonning yil odamini aniqlaymiz? Sizningcha u shaxs kim? @teacherazam

14,000 views

Editum Dec 16

🔥 NASA ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi yigirma yil ichida dunyoda o‘rmon yong‘inlarining ekstremal faolligi ikki baravardan ko‘proq oshgan. ❄️ Yong‘in mavsumlari nafaqat uzayib bormoqda, balki mavsumdan tashqari bo‘ladigan o‘rmon yong‘inlari ham ko‘payib bormoqda. 2021-yil qishida Kolorado shtatida sodir bo‘lgan va shtat tarixidagi eng qimmat o‘rmon yong‘iniga aylangan Marshall yong‘ini bunga yorqin misol bo‘la oladi. ⛽️ Shu bilan birga, o‘rmon yong‘inlari bilan bog‘liq chiqindilar ko‘paymoqda. 2001-yildan 2023-yilgacha NASA tadqiqotchilari o‘rmon yong‘inlari natijasida uglerod chiqindilari 60 foizga oshganini aytgan. Kaliforniya va unga qo‘shni G‘arbiy shtatlar AQSH tarixidagi ko‘plab eng moliyaviy vayronkor o‘rmon yong‘inlarining markazi bo‘lgan. Ro‘yxatning boshida 2025-yil yanvar oyidagi Pacific Palisades va Eaton Fires yong‘inlari turibdi, ular birgalikda misli ko‘rilmagan 65,0 milliard dollar zarar keltirgan. 🔥 Keyingi o‘rinlarda Kaliforniyadagi yana uchta yirik o‘rmon yong‘inlari: 2018-yil iyunidagi yong‘inlar (30,0 milliard dollar), 2017-yil iyunidagi yong‘inlar (23,2 milliard dollar) va 2020-yil avgustdagi yong‘inlar (19,9 milliard dollar), ular Oregon va Vashingtonga ham tarqalgan. Aslida, ro‘yxatga olingan 10 ta eng qimmat o‘rmon yong‘inlarining 9 tasi Kaliforniya va boshqa G‘arb shtatlarida sodir bo‘lgan, bu esa mintaqaning ekstremal yong‘in hodisalariga nisbatan yuqori zaifligini ko‘rsatadi. @teacherazam

14,000 views

Editum Dec 15

O‘rta klassga umri davomida qancha pul kerak? 📊 Investopedia 2025-yil uchun “American Dream” (Amerika orzusi) deb tasavvur qilinadigan o‘rta sinf orzusidagi hayot tarzining narxini bir uy xo‘jaligi misolida hisoblab chiqdi. Unda 1 ta o‘rta klassdagi xo‘jalikka umr davomida ketadigan pul miqdori 5 million dollardan sal ko‘proq ekan. Bu hisob-kitob amerikaliklar ko‘p uchratadigan 8 ta orzu-maqsadlar to‘plami asosida shakllantirilgan. Ular: - pensiya; - tibbiy xarajatlar; - uy-joyga ega bo‘lish; - 2 ta farzand tarbiyasi va kollej xarajatlari; - yangi mashinalar; - yillik ta’til; - uy-hayvonlari; - to‘y. 🌟 So‘rov natijalariga ko‘ra, odamlarning katta qismi bu komponentlarni “orzuning bir qismi” deb biladi. 🩼 Eng ko‘p xarajat— pensiyaga ketadi. Doimiy daromad olishni to‘xtatganda, 65 va undan yoshi katta odamlarning o‘rtacha yillik xarajati $63,906 ni tashkil qildi. Bu xarajatni 20 nafaqa davri uchun qoplash uchun $1,6 mln nafaqa jamg‘armasi kerak. Bunda inflatsiyaning yillik o‘sish foizi 2,5% hisoblangan. 🧑‍⚕ Sifatli tibbiyotdan foydalanish amerikaliklarning navbatdagi orzusi. 22 yoshdan 86 yoshgacha umumiy $414,208 dollar ketishi hisoblangan. 🏡 Uy-joy narxlarining doimiy o‘sishi va yuqori ipoteka stavkalari tufayli uyga egalik qilish orzusi hech qachon bugungidek qimmat bo‘lmagan. 2025-yilda uy-joyning o‘rtacha narxi taxminan $415 000 tashkil etadi. Hatto 20% boshlang‘ich to‘lov bilan ham, 6,69% li 30 yillik ipoteka oxir-oqibat uy sotib oluvchiga uyning pulini to‘lash uchun dastlabki xarid narxidan deyarli 2 barobar ko‘p mablag‘ sarflashiga olib keladi. 👨‍👩‍👧‍👧 Uchinchi yirik bloklardan yana biri — ikki farzand + kollej. Hisob-kitobda bolalarning parvarishi, ta’limi, transporti, ovqati kabi zaruriy xarajatlar, ustiga kollej xarajatlari qo‘shiladi; maqolada bu yo‘nalishning o‘zi $876,092 ga chiqqani qayd etiladi. 🚙 Shuningdek, yangi mashinalar har 10 yilda ikki donadan xarid qilinganda va to‘lovlarga kredit, sug‘urta, texnik xizmat xarajatlari kiritiladi; qayta sotishdan tushadigan qiymat esa hisobga olinmaydi va narx $900,346 ni tashkil qiladi. To‘liq maqolani o‘qish Bizda qancha bo‘lishi mumkin deb o‘ylaysiz? @teacherazam

12,800 views

Editum Dec 14

😌 Jahon kino sanoati 2025-yilning ikkinchi milliard dollarlik filmiga ega bo‘ldi. Birinchisi esa Lilo va Stitch edi. Bu - Zootopia 2. Bu animatsion film 17 kun ichida 1 mlrd dollar kassa yig‘ishga ulgurdi. Zootopia 2 animatsion filmlar ichida eng tez 1 mlrd dollarga erishgan film ham bo‘ldi. 📱 Disney o‘tkan yili “Inside Out 2” va “Moana 2” multfilmlari bilan ham 2 mlrd dollarlik daromadga erishgan edi. Sizga bu animatsion filmlardan qaysi biri ko‘proq yoqqan? Qaysi birini ko‘rgansiz? @teacherazam

14,000 views

Editum Dec 13

🎬 2025-yil so‘zi | Cambridge Dictionary talqiniga ko‘ra Parasocial — bu odamning bir tomonlama (yakka) “aloqa” his qilishi. Ya’ni siz tanish bo‘lmagan mashhur inson (bloger, aktyor, qo‘shiqchi), yoki serial/kitob qahramoni, hatto AI bilan go‘yo yaqinlik bordek, u sizni tushunadigandek his qilasiz, lekin u tomon sizni tanimaydi va real munosabat yo‘q. 👩‍🎤 Teylor Svift va Trevis Kels nikohlari haqida e’lon qilganida, ko‘plab muxlislar ularni o‘zlariga ularni yaqin deb his qilishni boshlagan. 📱 Bundan tashqari odamlarning ChatGPT’ni sirdosh, do‘st yoki hatto sevgilisi sifatida qabul qilishi ham parasocial munosabatlarga misol bo‘ladi. Bu holat foydalanuvchilar uchun hissiy jihatdan ahamiyatli – va ba’zi hollarda tashvishli – aloqalarga hamda bunday munosabatlarning oqibatlari haqidagi xavotirlarga sabab bo‘lyapti Bu haqida Cambridge Dictionary yozgan @teacherazam

12,900 views

Editum Dec 12

🎬 2025-yil so‘zi | Oxford Dictionary talqiniga ko‘ra Rage bait - g‘azabli xo‘rak. Bu ingliz tilida yaxlit bitta so‘z 📱 Ijtimoiy tarmoqda foydalanuvchilar e’tiborini tortish uchun, g‘azab yoki norozilikni keltirib chiqarishga qaratilgan atayin ishlab chiqilgan onlayn kontent. Bunday material asabiylashtiruvchi yoki haqoratli bo‘lib, odamlarda salbiy his-tuyg‘ularni uyg‘otishga mo‘ljallangan. 🔠 Bu so‘zni aniqlash uchun 30,000 odam 3 kun davomida ovoz berish jarayonida qatnashgan. Oxirgi 12 oyda ham bu so‘zning qo‘llanilishi 3 baribarga oshgan. Bu internet olamida bo‘layotgan tartibsizliklar bilan bog‘liq. Manba @teacherazam

13,500 views

Editum Dec 11

🇺🇸 Amerikaliklar umri davomida vaqtini kimlar bilan o‘tkazadi? Mana bu grafikka qarang, men sodda qilib tushuntirishga harakat qilaman. 🧒 15–20 yosh atrofida - Ko‘p vaqtini oila va do‘stlar bilan o‘tkazadi. - Yolg‘iz o‘tkazadigan vaqt ham bor, lekin keksa odamlarnikidek ko‘p emas. - Turmush o‘rtog‘i, farzandlar va ishdagi hamkasblar hali deyarli yo‘q. 🧑 20–30 yosh atrofida - Do‘stlar bilan bo‘ladigan vaqt o‘tkazish ko‘payadi. - Hamkasblar bilan vaqt paydo bo‘ladi, chunki odamlar ishlashni boshlaydi (eng ko‘p vaqt ular bilan) - Oila (ota-ona) bilan vaqt kamayadi. - Turmush o‘rtog‘i bilan vaqt asta-sekin ortib boradi. 👨‍🦰 30–45 yosh atrofida: - Bu yoshda odamlar kunini asosan: turmush o‘rtog‘i, farzandlari va biroz hamkasblar bilan o‘tkazadi. - Farzandlar bilan vaqt aynan shu yillarda eng ko‘p bo‘ladi (o‘rtacha 3–4 soatgacha). - Ota-ona va aka-uka bilan vaqt o‘tkazish asta-sekin kamayadi. - Do‘stlar bilan vaqt ancha tushib ketgan. 👱‍♂️ 45–60 yosh atrofida - Farzandlar ulg‘aygani sari ular bilan vaqt kamayadi. - Turmush o‘rtog‘i bilan vaqt deyarli barqaror – 3 soatdan ortiq. - Hamkasblar bilan vaqt bor, lekin asta kamayadi (pensiyaga yaqinlashgani sari). - Eng qiziq joyi yolg‘iz vaqt o‘tkazish tez-tez oshib boradi. 👨‍🦳 60–80 yosh atrofida - Ishdagi hamkasblar deyarli yo‘q – pensiya. - Farzandlar va boshqa oila a’zolari bilan vaqt juda oz. Asosiy vaqt bir qismi – turmush o‘rtog‘i bilan, eng katta qismi esa – yolg‘iz. 70–80 yoshda odamlar kuniga o‘rtacha 7–8 soatgacha yolg‘iz vaqt o‘tkazishadi. E’tibor bergan bo‘lsangiz, Amerikaliklarning yolg‘iz vaqt o‘tkazishi eng yuqori va o‘sib borgan 🇺🇿 Bu tendensiya bizda menimcha boshqacha bo‘lsa kerak Manba @teacherazam

14,800 views

Editum Dec 10

🎙 Bu suhbat aslida iqtisod, siyosat yoki tarix haqida emas — insonlar qanday qaror qabul qiladi, jamiyatlar qanday yo‘l tanlaydi, va davlatlar nima uchun muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz bo‘ladi degan katta savolning atrofida gaplashdik. Biz dunyoning bugungi holatiga boshqa ko‘z bilan qaradik: qudrat, valyuta, iqtisodiy markazlarning siljishi, Yevropaning sekinlashuvi, Xitoyning tezlashuvi, dollar kuchining psixologiyasi va nima uchun ba’zi davlatlar farovonlikka, boshqalari esa kuchga intilishi haqida gaplashdik. 🇺🇿 O‘zbekiston esa bu katta rasm ichida o‘z yo‘lini izlayotgan davlat sifatida ko‘rinadi. O‘rta sinfning zaiflashuvi, tezlashgan hayotning inson ruhiyatiga bosimi, iqtisodiy o‘sishga chang va ekologiya kabi “ko‘rinmaydigan omillar”ning ta’siri — bularning barchasi bizni shunchaki statistikaga emas. 👉 Podkastni ko‘ring: https://youtu.be/qchQlhiI2Js @teacherazam

12,200 views

Editum Dec 9

Global Peace Index bu davlatlarda tinchlikning qay darajada ekanligini ko‘rsatadi 📊 2025-yilgi statistika ham chiqibdi. Bunda 3 ta asosiy yo‘nalish va 23 ta ko‘rsatkich asosida tinchlik darajasi baholangan. Global Peace Index 2025 163 ta davlatni qamrab oladi. Umuman olganda o‘rtacha ko‘rsatkich 6 yildan beri yomonlashib kelmoqda. 🕊 74 ta davlatda tichlik holati yaxshilangan bo‘lsa, 87 tasida yomonlashgan. Eng tinch davlatlar Islandiya, Irlandiya, Avstriya, Yangi Zelandiya, Shveytsariya. Eng notinchlari esa Rossiya, Ukraina, Sudan, Kongo DR, Yaman. 🕊 Endi World Peace Index baholanadigan 3 ta yo‘nalish bu: 1. Societal Safety and Security – Jamiyat xavfsizligi va barqarorligi 2. Ongoing Domestic and International Conflict – Ichki va tashqi mojarolar 3. Militarisation – Davlat qanchalik harbiylashgan Bu yerda davlatlarning tinchligini baholashda ichki xavfsizlik, siyosiy barqarorlik, ichki zo‘ravonlik ahamiyati 60% ni tashkil qiladi. Tashqi tinchlik esa 40%. 🥉 Endi ichki va tashqi tinchlikni baholashda 23 ta ko‘rsatkich borligini aytgan edim. Ichki tinchlik ko‘rsatkichlari (60%): 1. Perceptions of criminality – aholi va ekspertlar nazarida jinoyatchilik darajasi. 2. Security officers and police rate – aholi soniga nisbatan politsiya/xavfsizlik xodimlari soni. 3. Homicide rate – qotilliklar soni (100 ming kishiga nisbatan). 4. Incarceration rate – qamoqxonadagi aholi ulushi. 5. Access to small arms – fuqarolar uchun qurol-yarog‘ga erkinlik darajasi. 6. Intensity of internal conflict – ichki qurolli mojarolar qanchalik kuchli. 7. Violent demonstrations – zo‘ravon namoyishlar va tartibsizliklar chastotasi. 8. Violent crime – zo‘ravon jinoyatlar (qurolli talonchilik, tajovuz va hokazo). 9. Political instability – hukumat barqarorligi, to‘satdan almashish xavfi. 10. Political terror scale – siyosiy repressiya, qiynoq, davlat tomonidan zo‘ravonlik darajasi. 11. Weapons imports – davlatning qurol importi. 12. Terrorism impact – terrorchilik hujumlari soni va oqibati. 13. Deaths from internal conflict – ichki mojarolarda halok bo‘lganlar. 14. Internal conflicts fought – davlat hududi ichida bo‘lib o‘tgan qurolli mojarolar soni va davomiyligi. Tashqi tinchlik ko‘rsatkichlari (40%): 15. Military expenditure (% of GDP) – YAIMga nisbatan harbiy xarajat. 16. Armed services personnel rate – aholi soniga nisbatan harbiy xizmatchilar soni. 17. UN peacekeeping funding – BMT tinchlikparvar missiyalariga ajratiladigan mablag‘. 18. Nuclear and heavy weapons capabilities – yadroviy va og‘ir qurol salohiyati. 19. Weapons exports – qurol eksporti. 20. Refugees and IDPs – o‘sha davlatdan chiqqan qochqinlar va ichki ko‘chirilganlarning ulushi. 21. Neighbouring countries relations – qo‘shni davlatlar bilan munosabatlar (tinchmi, keskinmi). 22. External conflicts fought – davlat o‘z hududidan tashqarida qaysi urushlarda qatnashyapti, soni va davomiyligi. 23. Deaths from external conflict – tashqi urushlarda halok bo‘lganlar soni. 5️⃣ Bu yerda har bitta ko‘rsatkich 5 ballik shkala asosida baholanadi va o‘rinlar aniqlanadi. 1-o‘rin eng tinch, 163-o‘rin eng notinch degani Mana bu yerda faylning to‘liq variantini yuklab olsangiz bo‘ladi @teacherazam

12,400 views

Editum Dec 9

2025-yilda davlatlarning tinchlik indeksi chiqibdi. Endi shu haqida uzun post yozyapman. Bu postda davlatlarni tinch deyish uchun ular qanday kategoriyalarda baholanishini bilib olasiz. Postni 19:00 da kuting @teacherazam

9,600 views
12•••5•••10•••15•••1718192021•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8485