TGINSIGHT CHAT
Ta'lim.uz | Rasmiy kanal
@TALIMUZ
Education🎓@TalimUz – Yangi loyiha! Yangi brend! O'zbekiston va jahon ta'lim sferasida bo'layotgan eng dolzarb rasmiy yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun bizni kuzatishda davom eting! Hamkorlik (reklama): @Talimuz_murojaatbot
Ostatnie posty
Strona 33 z 76 · 912 postów
Opublikowano 7 cze
⚡️Ham perevod uchun, ham abituriyent bo'lib oliygohga hujjat topshirishingiz mumkin O'qishni ko'chirmoqchi bo'lgan talaba oliygohga abituriyent bo'lib ham hujjat topshirishi mumkin. Buning uchun, 5-iyun va 25-iyun oralig'ida my.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent sifatida oliy ta'lim muassasasiga hujjat topshirishi mumkin va saytga diplom yoki attestat raqamini kiritishi kifoya. Agarda ushbu hujjatni oliygohiga topshirgan bo'lsa raqamini bilmasa taxminan noto'g'ri raqam kiritsa ham bo'laveradi. 15-iyul sanasidan boshlanadigan o'qishni ko'chirish uchun qabul jarayonida ham tegishli sayt orqali "perevod" uchun hujjat topshirishi imkoniyatiga ega. Bunda transkript yuklansa kifoya. ✅Abituriyent va "perevodchilar" uchun test bir xil vaqtda bo'lmasligi sababli bemalol imtihonga kirib chiqishi va muvaffaqqiyatli o'tganidan so'ng, keyinchalik o'z xoxshiga ko'ra birini tanlashiga to'g'ri keladi. ❗️Bir vaqtda ikki xil jarayonga hujjat topshirish ta'qiqlanmagan va bu keyinchalik talabaga hech qanday muammo tug'dirmaydi. Ammo bir vaqtning o'zida ikkita oliy ta'limda o'qish imkoniyati mavjud emas. ✅@talimuz
Opublikowano 7 cze
Har bir buyuk inson ortida bir o‘qituvchi bor. Bugun siz o‘sha buyuk yo‘lni tanlashingiz mumkin! 🗓Osiyo Xalqaro Universiteti 2025/2026–o‘quv yili uchun PEDAGOGIKA va TA’LIM yo‘nalishlariga qabul OCHIQ! Siz quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha hujjat topshirishingiz mumkin: ✅ Pedagogika ✅ Psixologiya ✅ Boshlang‘ich ta’lim ✅ Maktabgacha ta`lim ✅ Maxsus Pedagogika 📌Agar bolalar bilan ishlash, insonlar hayotini ijobiy tomonga o‘zgartirishni istasangiz — bu yo‘nalish aynan siz uchun! 🌐Ro'yxatdan o'tish: qabul.oxu.uz 📞Biz bilan bog'lanish: +998553050009
Opublikowano 7 cze
❗️O'qishga kirish oson yo'nalishlar ✅ Ushbu faylda kontraktga o‘tish balli eng past bo‘lgan yo‘nalishlar bilan tanishishingiz mumkin. Eslatma: Abituriyent talabalikka tavsiya etilishi uchun maksimal ballning hech bo‘lmasa, 30 foizini to‘plashi kerak. Bu — 56,7 ball bo‘ladi. Ro'yxatdagi yo‘nalishlar o'tgan yilgi o'tish ballari asosida tayyorlangan, eng minimal ball to‘plab talaba bo‘lish mumkin bo‘lganlari. E’tiborli bo‘ling: bu yo‘nalishlar faqat kunduzgi ta’lim shaklida emas, balki boshqa ta’lim shakllari ham bor. Yaqinlarga maksimal tarqating, Bu juda foydali ma'lumot! ✅@talimuz
Opublikowano 5 cze
⚡️Bugundanabituriyentlar qabuli boshlandi Bugun, 5-iyun kuni, davlat oliygohlarida abituriyentlar qabul boshlandi. Qabul jarayonlari my.uzbmb.uz saytida 25-iyungacha bo‘lib o‘tadi. ℹ️ESLATMA: hozircha faqat fanlar majmuasi tanlanadi xolos. Ya’ni abituriyent qaysi fandan test topshirishini belgilaydi. Lekin universitet yoki yo‘nalishni tanlamaydi. Test natijalari to‘liq chiqib bo‘lgach, abituriyent o‘zi to‘plagan ballga qarab, keyinchalik qaysi oliygoh va qaysi yo‘nalishni tanlashni o‘zi hal qiladi. ✅@talimuz
Opublikowano 4 cze
⚡️Xotin-qizlarga tavsiyanoma berish uchun arizalar 8-iyungachaqabul qilinadi 30-maydan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarni OTMga qoʻshimcha davlat granti asosida oʻqishga qabul qilish uchun tavsiyanomalar berish jarayoni boshlandi. ❓Ariza qanday topshiriladi? Talabgorlar Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining axborot tizimi — https://tavsiyanoma.ijro.uz orqali 30-maydan 8-iyunga qadar onlayn ariza qoldirishlari lozim. ❓Tavsiyanoma kimlarga beriladi? ➖ Kam ta’minlangan oila farzandi bo'lgan qizlarga; ➖ Ota-onasidan biri yoki ikkalasi ham vafot etgan oila qizlariga; ➖ Nogiron farzandi bo‘lgan, ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga; ➖ 14 yoshgacha bo‘lgan 2 va undan ortiq bola o‘stirayotgan yolg‘iz ayollarning qiz farzandlariga; ➖ Ota-onasining nogironligi bo‘lgan qizlarga; ➖ Farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan onalarga. ✅@talimuz
Opublikowano 4 cze
🇺🇸AQSH bilan qo‘shma ta’lim dasturlari Osiyo Xalqaro Universitetida! 🤗Osiyo Xalqaro Universitetida RASMAN QABUL OCHIQ! Yo‘nalishlar: ✅ BSIT – Bachelor of Science in Information Technology ✅ BSBA – Bachelor of Science in Business Administration ✅ MBA – Master of Business Administration 👉O‘qish formatibilan tanishib chiqing! 🎓 AQSH diplomi, global bilim, cheksiz imkoniyatlar — barchasi OXUda! 🌐Ro'yxatdan o'tish: qabul.oxu.uz 📞Biz bilan bog'lanish: +998553050009
Opublikowano 3 cze
⚡️2 kundan keyin OTMlarga qabul boshlanadi. Niimalar muhim? Amaldagi tartibga ko'ra, 2 kundan so'ng, 5-iyundan qabul boshlanishi kerak. ➡️ Ma'lumki, o'tgan yilidan boshlab davlat OTMlariga hujjat topshirish 2 bosqichda amalga oshirilyapti. 1️⃣-bosqich: O'tgan yili 5-iyundan 25-iyunga qadar(shu kuni ham) amalga oshirilgan. Amaldagi tartib bo'yicha bu yil ham shu sanada qabul boshlanishi kerak. Bu degani: abituriyentlar atigi 2 oydan keyin hujjat topshirishadi. Avval hamma OTMga kirish uchun imtihon topshiradigan fanlarini tanlaydi. Kirish imtihonlari tugagach, 2-bosqich uchun hujjat topshirishadi. 2️⃣-bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydilar. 🖥Kollejda o'qimoqchilar ham OTM bilan birga hujjat topshiradi. Kollej va texnikumlarda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar kollej va (yoki) texnikumni, kasb va mutaxassislikni hamda ta’lim shaklini OTMlariga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng 10 kun muddatda tanlaydi. Ya'ni ular ham birinchi bosqichda hujjat topshirib, naitajalariga qarab keyin tanlov qilishadi. ✅@talimuz
Opublikowano 28 maj
⚡️ Huquqni muhofaza qilish akademiyasining “Tergov faoliyati” yo‘nalishiga qabul uchun ruxsatnomalar e'lon qilindi 📆 2025-yil 1-iyun(yakshanba) kuni Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatining “Tergov faoliyati” yo‘nalishiga o‘qishga kirish uchun maxsus psixologik tanlov hamda yozma imtihon(diktant) o‘tkaziladi. 📍 Imtihonlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 1 smenada tashkil etiladi. 👨🏻💻 Talabgorlar qachon, qayerda imtihonda ishtirok etishini https://my.uzbmb.uz/service/63 havolasi orqali bilishi va abituriyent ruxsatnomasini yuklab olishi mumkin. ❗️ Talabgorlarni kiritish 8:30 dan 9:30 ga qadar shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma orqali amalga oshiriladi. 9:30 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi. ✅@talimuz
Opublikowano 28 maj
3️⃣3️⃣3️⃣ SIUTda 2025/2026 o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli davom etmoqda! 😍 Yorqin kelajakni hozirdan boshla! Samarqand xalqaro texnologiya universiteti 2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriatning quyidagi 15 yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro ta’lim dasturlari asosida abituriyentlar qabulini e’lon qiladi: ⚙School of Engineering – Geologiya muhandisligi (Geological Engineering) – Konchilik ishi (Mining) – Neft va gaz muhandisligi (Petroleum Engineering) – Kimyo muhandisligi (Chemical Engineering) 🇫🇷French Higher School of Engineering and Commerce – Geologiya muhandisligi (Geological Engineering) – Konchilik ishi (Mining) – Tadbirkorlik va menejment (Entrepreneurship and Management) 🇨🇳 Chinese Institute of Electric Power (CIEP) – Issiqlik energetikasi (Energy and Power Engineering) ➕ Ushbu dastur doirasida Xitoyda tahsilni davom ettirish va “double diploma”ga ega bo‘lish imkoniyati mavjud. 🇰🇷Korean Institute of Technology and Culture (KITC) – Qayta tiklanadigan energiya (Renewable Energy) – Dizayn (Design) – Raqamli iqtisodiyot (Digital Economy) ➕ Dastur Koreya Respublikasida o‘qishni davom ettirish va “double diploma” olish imkonini beradi. 🤖School of Computing – Sun’iy intellekt (Artificial Intelligence) – Kiberxavfsizlik (Cyber Security) 📈Business School – Tadbirkorlik va menejment (Entrepreneurship and Management) – Xalqaro logistika (International Logistics) 📅Hujjatlar topshirish muddati — 2025-yilning 15-iyuligacha! ➕Ro‘yxatdan o‘tish offlayn va onlayn shaklda amalga oshiriladi. 💼Kerakli hujjatlar: – Pasport nusxasi (yashash joyi qayd etilgan sahifasi bilan) yoki ID karta nusxasi (PDF) – Attestat / diplom yoki maktabdan ma’lumotnoma (PDF) – 3,5x4,5 formatdagi fotosurat (JPG) – SAT va/yoki IELTS/TOEFL sertifikatlari (agar mavjud bo‘lsa) ⌨Hali bitiruv sinfda oʻqiyotgan oʻquvchilar tahsil olayotgan oʻqish joylaridan berilgan tegishli ma’lumotnomani attestat oʻrniga taqdim etishlari mumkin. Ular maktabni tugatganlaridan keyin attestatlarini qabul komissiyasiga taqdim etishlari talab etiladi. 🎓Batafsil 📞Murojaat uchun: +998557055005 📍Manzil:O‘zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Spitamen shoh ko‘chasi, 270
Opublikowano 27 maj
⚡️5 yil staji bor xotin-qizlarga tavsiyanoma olish uchun ariza berish 31-maygacha (shu kuni ham) davom etadi Mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar davlat oliy ta’lim muassasalariga alohida qabul parametrlari (jami 500 ta kvota) doirasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilangan. Ushbu imtiyozdan foydalanmoqchi bo‘lgan xotin-qizlar Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining tavsiyanomasiga ega bo'lishlari lozim. 📝 Talabgorlar joriy yilning 31-mayiga qadar (shu kuni ham) ariza bilan doimiy yashash yoki vaqtincha ro‘yxatda turgan joyidagi tuman (shahar) xotin-qizlar bo‘limlariga murojaat qilishlari kerak. ❗️ESLATMA: 2023 hamda 2024-yillarda tavsiyanoma olgan, lekin o‘qishga kira olmagan xotin-qizlar yana hujjat topshirishi shart emas. Oxirgi 2 yilda olingan tavsiyanoma haliyam kuchga ega, o‘sha bilan topshirishlari mumkin. ❗️2022-yilda berilgan tavsiyanomalar muddati tugadi, ular yangi tavsiyanoma olishi kerak. ‼️ESLATMA-2: O‘tgan yillarda tavsiyanoma olib, o‘qishga kirganlarning tavsiyanomasi esa o‘z kuchini yo‘qotgan, yaʼni kuygan bo‘ladi. ℹ️Tavsiyanoma olish uchun talabgorlar quyidagi mezonlarning barchasiga muvofiq kelishi kerak: ➖ o‘rta maxsus yoki professional ta’lim bo‘yicha mutaxassislikka ega bo‘lishi; ➖ tavsiyanoma olgunga qadar oliy ta’lim olmaganligi yoki olmayotganligi; ➖o‘rta maxsus yoki professional ta’lim mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yillik mehnat stajiga ega bo‘lishi. Talabgorlar tomonidan taqdim etilgan ariza va hujjatlar tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda 1-7-iyun kunlari ko‘rib chiqiladi va tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish to‘g‘risida xulosa qabul qilinadi. ❗️Tavsiyanoma ball qo‘shib bermaydi. ✅@talimuz
Opublikowano 26 maj
⚡️Rasman: Imtihon savollari e'lon qilindi! ✅ + Javoblari bilan! (BEPUL) 🇺🇿Imtihon-2025 savollari va javoblari barchasi bir joyda yuklab olish uchun shunchaki kerakli fan ustiga bosing:👇 ⚡️9-sinf Matematika ⚡️9-sinf Ona tili va adabiyoti ⚡️9-sinf O'zbekiston tarixi ⚡️9-sinf Jismoniy tarbiya ⚡️11-sinf Fizika ⚡️11-sinf Biologiya ⚡️11-sinf Davlat va huquq asoslari ⚡️11-sinf Geografiya ⚡️11-sinf Ingliz tili ⚡️11-sinf Kimyo ⚡️11-sinf Matematika ⚡️11-sinf Ona tili va adabiyoti ⚡️11-sinf O'zbekiston tarixi ⚡️11-sinf Fransuz tili ⚡️11-sinf Nemis tili Yaqinlarga yuborib qo'ying! 9-11 sinf bitiruvchilariga ayniqsa! ✅@talimuz
Opublikowano 23 maj
⚡️Mamlakatimiz maktablarini bitiruvchi o'g'il-qizlarimizga O'zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti tabrigi Qadrli farzandlarim! Avvalo, siz, azizlarni hayotingizdagi bugungi unutilmas quvonchli voqеa – maktab ta'limini muvaffaqiyatli tugatib, еtuklik shahodatnomasini qabul qilib olayotganingiz va mustaqil hayotga qadam qo'yayotganingiz bilan samimiy muborakbod etaman. Ushbu shukuhli ayyomda mamlakatimizdagi 10 mingdan ziyod maktabda mеhribon ustozlar, hurmatli ota-onalar ishtirokida “so'nggi qo'ng'iroq”lar jaranglab, 450 ming nafardan ortiq bitiruvchi yoshlarimiz sha'niga ezgu tilaklar bildirilmoqda. Barchamiz bu fikrlarga chin dildan qo'shilgan holda, katta orzu-umidlar bilan kеlajak rеjalarini tuzayotgan o'g'il-qizlarimizga ularni amalga oshirishda ulkan kuch-g'ayrat, omad va zafarlar tilaymiz. Ayniqsa, maktabni oltin mеdali bilan bitirayotgan 11 ming 500 nafardan ziyod farzandlarimizga, 2 mingdan ortiq kumush mеdali sohiblariga o'qish va izlanishda, jamoat ishlarida o'z tеngdoshlariga doimo o'rnak va namuna bo'lib kеlayotganlari uchun alohida tabrik va tilaklarimizni izhor etamiz. Aziz bitiruvchi yoshlar! Bugungi kunda biz o'z oldimizga qo'yayotgan buyuk maqsadlarni amalga oshirishda butun xalqimiz qatori, bilimli, hunarli, tadbirkor va vatanparvar, har tomonlama еtuk yoshlarimizga tayanamiz. Kеlajagimiz egalari bo'lgan navqiron avlodimiz Yangi O'zbеkistonni barpo etishda katta bunyodkor kuch sifatida ishtirok etishi uchun zarur sharoitlarni yaratib bеrmoqdamiz. Jumladan, sizlarning zamonaviy ilm va kasb-hunarlar, ona tili bilan birga xorijiy tillar, IT va innovasion tеxnologiyalarni, ijod va tadbirkorlik sohalarini puxta egallashingiz uchun hozirgi kunda 201 ta oliy o'quv yurti, 598 ta tеxnikum, ko'plab monomarkaz va tеxnoparklar, kutubxonalar, madaniyat, san'at va sport muassasalari samarali faoliyat ko'rsatmoqda. Ta'limning barcha bo'g'inlarida o'quv-tarbiya ishlarining sifati va natijadorligini oshirish, bitiruvchi yoshlarimizga tanlov imkoniyatlarini kеngaytirish uchun yangi-yangi tizim va dasturlar, elеktron platformalar ishga tushirilmoqda. Sizlar ana shunday bеqiyos imkoniyatlardan oqilona foydalanib, yoshlik faslining oltinga tеng har bir daqiqasini qadrlab, kеlgusida Vatanimiz mustaqilligini, el-yurtimiz manfaatlarini barcha sohalarda dadil himoya qiladigan еtuk kadrlar, ongli va olijanob insonlar bo'lib, xalqimizga sidqidildan xizmat qilasiz, dеb ishonaman. Shuni aslo unutmang, odamzot hayotda munosib o'rin topishi, el-yurtning hurmati va e'tiboriga sazovor bo'lishi uchun milliy va umuminsoniy qadriyatlarni egallab, doimo oldinga intilib yashashi, izlanish va o'rganishdan aslo to'xtamasligi kеrak. Halol va mashaqqatli mеhnat, ilmga, kasbga, ota-ona va oilaga sadoqat, hеch shubhasiz, insonni yuksaltiradi, uning hayotini fayzli va charog'on etadi. Ayniqsa, sizlar kabi navqiron, azmu shijoatli yoshlarimizga shiddatli zamondan ibrat olib, har kuni bir natijaga erishib, irodangizni sinovlarda toblab, faqat va faqat oldinga qarab borish yarashadi. Aminman, sizlarning yangi g'oya va tashabbuslaringiz, turli sohalardagi yutuqlaringiz Yangi O'zbеkistonni yanada qudratli etadigan moddiy va ma'naviy asoslarni barpo etishga bеqiyos hissa bo'lib qo'shiladi. Sizlardеk o'z kuchiga ishongan, qat'iyatli yoshlardan qadrdon maktabingiz, aziz ustozlaringiz va ota-onalaringiz, butun xalqimiz faqat ezgu ishlar va yorqin natijalar kutadi. Ana shunday yuksak ishonchga doimo munosib bo'ling! Intilish, izlanish va yangilik yaratishdan aslo charchamang! Mustaqil hayot sari ilk qadamlaringiz qutlug' bo'lsin, aziz o'g'il-qizlarim! Shavkat Mirziyoyеv, O'zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti ✅@maktabuz