TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Powrót do kanałów
Ta'lim.uz | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT CHAT

Ta'lim.uz | Rasmiy kanal

@TALIMUZ

Education

🎓@TalimUz – Yangi loyiha! Yangi brend! O'zbekiston va jahon ta'lim sferasida bo'layotgan eng dolzarb rasmiy yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun bizni kuzatishda davom eting! Hamkorlik (reklama): @Talimuz_murojaatbot

Subskrybenci15.6万Obecni subskrybenci kanału
Śledzone posty912Liczba indeksowanych postów
Niedawny zasięg930,400Suma ostatnich wyświetleń
Ostatnie posty

Ostatnie posty

Strona 63 z 76 · 912 postów

Opublikowano 19 cze

❓Harbiy yo'nalishga topshiruvchi abituriyentlar nimani bilishi kerak? 🇺🇿 Ma’lumki, oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘tkaziladigan test sinovlari bilan bir vaqtdao‘tkaziladi. Shu sababli OHTMga hujjat topshirgan abituriyentlar davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga ro‘yxatdan o‘tishda fanlar majmuasiga e’tibor qaratishlari lozim. Bunda abituriyent hujjat topshirgan OHTMning tegishli ta’lim yo‘nalishidagi fanlar majmuasi bilan hozir ro‘yxatdan o‘tayotganda tanlayotgan fanlar majmuasi bir xil bo‘lishi kerak. Agar abituriyent OHTMning tegishli yo‘nalishiga mos bo‘lmagan fanlar majmuasini tanlasa, OHTMga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok eta olmaydi. my.uzbmb.uz saytida OHTMga hujjat topshirgan abituriyentlarga shunga mos fanlar majmuasi chiqariladi. ✅@talimuz

70,800 views

Opublikowano 17 cze

⚡️O'qishni ko'chirish qachon boshlanadi? ➖ Amaldagi qonunchilikka ko'ra, 15-iyulshanba kunidan rasman o'qishni ko'chirish uchun qabul jarayonlari boshlanadi va 5-avgust kuniga qadar davom etadi. ✅Ariza topshirish uchun quyidagi saytlar orqali onlayn ro'yxatdan o'tiladi: 👨‍💻transfer.edu.uz — davlat oliygohining biridan boshqasiga; 👨‍💻my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta'lim muassasalaridan davlat oliygohlariga. ✅@talimuz

89,900 views

Opublikowano 15 cze

⚡️Endilikda kollej-texnikumni bitirib Oliygohga to'g'ridan-to'g'ri hattoki 3-kursdan ham kirish mumkin bo‘ladi! ✅ Yangi o‘quv yilidan boshlab texnikumlarda o‘qitish “Akademik” va “Ishchi kasb” ta’lim komponentlarining uzviyligini ta’minlaydigan yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yiladi. Bunda: ➖ kollej-texnikumning 1-2 kursidagi ta’lim dasturlari, darsliklari, bilimni baholash mezonlari va muallimlarga talablar oliygohlar bilan bir xil bo‘ladi; ➖ texnikumlarda ham “kredit tizimi” joriy qilinib, fanni o‘zlashtirish bo‘yicha to‘plangan “kreditlar” oliygohlarda tan olinadigan tizim bo‘ladi. Ya’ni, kollej-texnikumda ikki yil davomida yetarli “kredit” to‘plagan o‘quvchilar “2+2” yoki “2+3” dasturlari asosida oliygohlarning ikkinchi yoki uchinchi kurslarida ta’limni davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Kollej-texnikumda o‘qib, faoliyatini ishlab chiqarishda davom ettirmoqchi bo‘lganlarni sohadagi mavqeini oshirish bo‘yicha ham yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi. Endi, kollej-texnikumda “ishchi kasb” yo‘nalishida o‘qiganlar ikki yoki uch yil ishlab, tajriba orttirganidan keyin, imtihon topshirib, “bakalavr”ga teng malaka darajasini olishi mumkin. ✅@talimuz

126,000 views

Opublikowano 14 cze

Nega bizda ko’p talabalar faqat diplom uchun o’qiydi, bilim uchun emas? Ularni bunda ayblash to’g’rimi? Chunki yillar davomida iqtisodimizda davlat ulushi katta bo’lgan, shu sabab bilimga emas, diplomga qaralgan. Xususiy biznes rivojlangani sari diplom kerak bo’lmay qolaveradi, xodimning bilimiga talab oshib ketadi. ✅@talimuz

70,400 views

Opublikowano 13 cze

⚡️Ingliz tili hamda Ona tili va adabiyoti fanlarini oʻqib qaysi yo’nalishlarga hujjat topshirish mumkin? 1-fani — Ingliz tili 2-fani — Ona tili va adabiyoti 📊Ushbu jadvalda 2023-yilgi kirish imtihonlarida o'tish ballari asosidagi eng past va baland yoʻnalishlar roʻyxati keltirilgan. ✅@talimuz

96,800 views

Opublikowano 12 cze

⚡️Rasman: 14-iyuldan imtihonlar boshlanadi Kirish test sinovlari 1 oydan keyin, ya'ni 14-28-iyul kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 🇺🇿 Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov Qonunchilik palatasidagi “Hukumat soati”da aytib o‘tdi. #Qabul2024#Abituriyent2024#abituriyent ✅@talimuz

98,700 views

Opublikowano 11 cze

⚡️Rasman: Kollej va texnikumlarning fanlar majmuasi tasdiqlandi. Maksimal ball - 189 🇺🇿 2024/2025 oʻquv yili uchun kollej va texnikumlarning kasb va mutaxassisliklariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi. Barcha uchun majburiy 3 ta fan: ✔️Ona tili – 10 ta savol. Har biri uchun 1.1 balldan. Maksimal ball – 11 ball. ✔️Matematika – 10 ta savol. Har biri uchun 1.1 balldan Maksimal ball – 11 ball. ✔️O‘zbekiston tarixi – 10 ta savol. Har biri uchun 1.1 balldan. Maksimal ball – 11 ball. 👉Jami to‘planadigan ball – 33 ball. Mutaxassislik 2 ta fan bo‘yicha: ✔️1-fan – 30 ta savol. Har biri uchun 3.1 balldan. Maksimal ball – 93 ball. ✔️2-fan – 30 ta savol. Har biri uchun 2.1 balldan. Maksimal ball – 63 ball. 👉Jami to‘planadigan ball – 156 ball. 5 ta fan bo‘yicha maksimal ball 189. ➡️Faylni yuklab olish Eslatib o‘tamiz, kollej va texnikumlarga ham ro‘yxatga olish 25-iyunga qadarmy.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshiriladi. ✅@talimuz

83,300 views

Opublikowano 11 cze

​Qaysi sohalarga ko'proq grant beriladi? 🇺🇿 2024-2025-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat qabul parametrlarini shakllantirishda quyidagi yo‘nalishlarga ustuvorlik beriladi: ➖ muhandislik; ➖ ishlov berish va qurilish sohalari; ➖ sog‘liqni saqlash; ➖ ijtimoiy ta’minot; ➖ tabiiy fanlar; ➖ matematika; ➖ statistika; ➖ axborot kommunikatsiya.  👉Fanlar majmuasi-2024 ✅@talimuz

58,800 views

Opublikowano 11 cze

⚡️Rasman: Kasb-hunar maktablari uchun qabul kvotalar tasdiqlandi. ✅ Ta'lim to'liq grant asosida bo'ladi! 🇺🇿 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i bilan 2024/2025-o‘quv yili uchun kasb-hunar maktablariga kunduzgi va dual ta’lim shakllari bo‘yicha jami 123 570 ta qabul parametritasdiqlandi. Shundan: ➖ Kunduzgi ta’lim shakli – 109 246 ta; ➖ Dual ta’lim shakli – 14 324 ta. 💾KUNDUZGI ta’lim shakli kvotasi 💾DUAL ta’lim shakli kvotasi Hujjatlar 1-iyuldan 20-iyulga qadar (shu kuni ham) vazirlikning my.edu.uzelektronplatformasi orqali qabul qilinadi. ✅@talimuz

49,600 views

Opublikowano 11 cze

​⚡️Qurbon hayiti 16-iyun — yakshanba kuni nishonlanadi – Prezident qarori 🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyev “Muborak Qurbon hayitini nishonlash toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi. Qarorga koʻra, 2024-yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 16-iyun – yakshanbaga toʻgʻri kelishi munosabati bilan yurtimizda 16-iyun Qurbon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi. Qurbon hayitining birinchi kuni dam olish kuniga toʻgʻri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 17-iyun – dushanba kuniga koʻchiriladi, 18-iyun – seshanba kuni barcha xodimlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni boʻladi.  ✅@talimuz

59,600 views

Opublikowano 10 cze

​⚡️Akademik litseylarga qabul boshlandi 10-iyundan 2024/2025-oʻquv yili uchun akademik litseylarga my.edu.uz portali orqali hujjatlarni qabul qilish boshlandi. Qabul 10-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi. Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseylari uchun hujjatlar https://litsey.uzbmb.uz sayti orqali qabul qilinadi. 📌 Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtish jarayonida tizimga ID karta yoki tug‘ilganlik haqida guvohnoma ma’lumotlarini kiritishlari va quyidagi hujjatlarni elektron shaklda (PDF, JPEG) yuklashlari lozim: ● 3,5x4,5 cm oʻlchamdagi 1 ta rangli fotosurat; ● O‘qishga imtiyozli kirish huquqini beruvchi hujjatlar — fan olimpiadasi gʻolibi ekanligini tasdiqlovchi diplom, chet tili va umumtaʼlim fanlarni bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy yoki xalqaro sertifikat (mavjud boʻlsa). Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtishda: ➖ oʻzlari tanlagan uchtagacha akademik litseyning bittadan mos yoʻnalishini tanlashi (bunda taʼlim tili bir xil boʻlishi kerak); ➖ qaysi chet tilidan kirish test sinovini topshirishini belgilaydi. Abituriyent oʻzi tanlagan hududda tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi. ✅@talimuz

58,600 views

Opublikowano 9 cze

❓Qabul 5-iyundan boshlangan bo‘lsa, kasb-hunar maktabi bitiruvchilari attestatini olishga ulguradimi? ✅Javob: Qabul 25-iyungacha davom etadi va bunda hujjatlarning asl nusxasi abituriyentning qo'lida bo'lishi shart emas. Ularning ma'lumotlari qabul saytida avtomatik, onlayn shakllantiriladi. Bu - xavotirga o'rin yo'q deganidir! ✅@talimuz

67,900 views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••606162636465•••70•••7576