TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Powrót do kanałów
Ta'lim.uz | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT CHAT

Ta'lim.uz | Rasmiy kanal

@TALIMUZ

Education

🎓@TalimUz – Yangi loyiha! Yangi brend! O'zbekiston va jahon ta'lim sferasida bo'layotgan eng dolzarb rasmiy yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun bizni kuzatishda davom eting! Hamkorlik (reklama): @Talimuz_murojaatbot

Subskrybenci15.6万Obecni subskrybenci kanału
Śledzone posty912Liczba indeksowanych postów
Niedawny zasięg685,500Suma ostatnich wyświetleń
Ostatnie posty

Ostatnie posty

Strona 64 z 76 · 912 postów

Opublikowano 8 cze

❌Shu yo'nalishlarga qabul to'xtatilgan! 🇺🇿 2023-2024 o'quv yilidan boshlab pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy ta'lim muassasalarida sirtqi ta'lim shakliga qabul amalga oshirilmayotgan yo'nalishlar ro'yxati bilan tanishing. E'tibor qiling, ushbu yo'nalishlarda ham davlat, ham xususiy oliygohlarda qabul to'xtatilgan. Qaysidir xususiy oliygohda bor ekan deb, adashib qolmang. Diplom olish vaqti muammo bo'lishi mumkin! Yaqinlarga yuborib qo'ying! ✅@talimuz

76,000 views

Opublikowano 8 cze

Test sinovlarida tushadigan savollarining qiyinlik darajasi qanday taqsimlanadi? Bu yilgi kirish test sinovlarida qo'llaniladigan savollarning qiyinlik darajasi: 📈Eng oson - 15% dan 25% gacha 📊Qiyin - 15% dan 25% gacha 📉O'rta (asosiy qism) - 50% dan 70% gacha Majburiy fanlar blokidagi hammasi eng oson darajadagi test topshiriqlari bo'ladi! ✅@talimuz

66,400 views

Opublikowano 8 cze

❗️Bugun oxirgi kun: abituriyent xotin-qizlar uchun tavsiyanoma olishga arizalar qabuli bugun tugaydi Arizalar xotin-qizlar.uz platformasi orqali elektron shaklda qabul qilinadi. Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga tavsiyanoma quyidagi mezonlar asosida beriladi: ➖kam ta’minlangan oilalardagi xotin-qizlar. Oilaning har bir a’zosiga jami bir oylik o‘rtacha daromad minimal iste’mol xarajatlari miqdoridan oshmaganda kam ta’minlangan deb e’tirof etil tushuniladi; ➖to‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya’ni otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar; ➖turmush o‘rtog‘i vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar; ➖nogironligi bo‘lgan farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar; ➖ ikki va undan ortiq farzandlarini tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlaridan alohida (ijarada) yashayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning qiz farzandlari; ➖ ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham birinchi yoki ikkinchi guruh nogironi bo‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar. ✅ Tavsiyanoma yuqoridagi mezonlarga mos kelgan ehtiyojmand oilalardagi BARCHA talabgor xotin-qizlarga beriladi, soniga cheklov yo’q. 5 yil stajga ega xotin-qizlar uchun 500 ta kvotaga tavsiyanoma 3 yilga, ehtiyojmand xotin-qizlar uchun 2 mingta kvotaga tavsiyanoma esa 1 yilga beriladi. Bir kishi ikkala tavsiyanomani olishi ham mumkin, shartlariga to’g’ri kelsa bo’ldi. ❗️ESLATMA: o’tgan yili ehtiyojmand xotin-qiz sifatida tavsiyanoma olganlar yana qayta arizayuborishlarikerak. Ularning tavsiyanomasi 1 yillik bo’lgani uchun joriy yilda o’tmaydi. ❌Tavsiyonoma berildi degani, o’qishga kirdi, degani emas. Tavsiyanoma olganlar orasida yuqoriroq ball olish ham talab etiladi. Ko’pchilik tushunmasdan “meni tavsiyanomam bor edi, lekin nega o’qishga qabul qilinmadim” deb e’tiroz bildiradi. ✅@talimuz

49,600 views

Opublikowano 7 cze

⚡️Qabulga start berilganidan 2 kun o'tib fanlar majmuasi o'zgartirildi va qayta e'lon qilindi 🇺🇿 2024/2025-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgan holda qayta tasdiqlandi. ❗️Eslatma: 2024/2025-o‘quv yili uchun qabul parametrlari tasdiqlanganda yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari fan majmualari qo‘shimcha tasdiqlanadi. Shuningdek, taʼlim yoʻnalishlarini optimallashtirish natijasiga koʻra yoʻnalishlar nomi oʻzgarganda, shuningdek, yangi yoʻnalishlar tashkil etilganda mos ravishda tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin. ✅@talimuz

65,400 views

Opublikowano 7 cze

⚡️Kimyo va biologiya fanlarini oʻqib qaysi yo’nalishlarga hujjat topshirish mumkin? 1-fani — KIMYO 2-fani — BIOLOGIYA 📊 Eng past va baland yoʻnalishlar roʻyxati Keyingi fanlar ketma-ketligi qaysi bo’lishini istaysiz, izohlarda yozib qoldiring! ✅@talimuz

78,100 views

Opublikowano 6 cze

❓Qaysi fan olimpiada g‘oliblari imtihonsizo'qishgaqabul qilinadi? 🇺🇿 2019-yil 3-maydagi PQ-4306-sonli Prezident qaroriga binoan, quyidagi 5 ta xalqaro olimpiada g‘oliblariga davlat OTMlariga test sinovisiz va qo‘shimcha imtihonsiz qabul qilish imtiyozi beriladi: 1️⃣ Xalqaro matematika olimpiadasi – International Mathematical Olympiad (IMO) 2️⃣ Xalqaro fizika olimpiadasi - International Physics Olympiad (IPhO) 3️⃣ Xalqaro kimyo olimpiadasi - International Chemistry Olympiad (IChO) 4️⃣ Xalqaro biologiya olimpiadasi - International Biology Olympiad (IBO) 5️⃣ Xalqaro informatika olimpiadasi - International Olympiad in Informatics (IOI) Boshqa olimpiadalar-chi? ❌ Yuqorida sanalgan 5 ta xalqaro olimpiadadan boshqa barchasida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilarga test sinovisiz o‘qishga kirish huquqi berilmaydi. ‼️XULOSA: joriy yildan boshlab, davlat granti faqat 1 yilga berilishi, undan keyin o’zlashtirishiga qarab taqsimlanishi, imtiyoz bilan kirganlarga esa 4 yil davomida (ya’ni to’liq o’qish davrida) grant saqlanib qolishi e’lon qilingandi. Bunday holda faqat 5 ta xalqaro fan olimpiadasi sovrindorlariga to’liq grant beriladi. Respublika va boshqa xalqaro fan olimpiadalari sovrindorlariga esa, agar yetarli ball to’plab grantga kira olsa, unda 1 yillik grant beriladi. Qolgan yillarda o’zlashtirishiga qaraladi. ✅@talimuz

44,800 views

Opublikowano 6 cze

⚡️Rasmiy izoh:1-martgacha olingan milliy sertifikatlar 86 balldan baland bo'lsa maksimal ball beriladi! 🇺🇿 Vazirlar Mahkamasining “Umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qaroriga asosan abituriyentlarga berilgan sertifikatga muvofiq mutaxassislik fanidan maksimal yoki tabaqalashtirilgan (proporsional), majburiy fanlardan esa maksimal ball berilishi belgilangan. Bunda: ❗️2024-yil 1-martgacha berilgan sertifikatlarga (sertifikatning amal qilish muddati doirasida): Sertifikat bali 86 va undan yuqori ball bo‘lganda abituriyentlarga oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi; ❇️ Sertifikat bali 60 balldan 86 ballgachabo‘lganda abituriyentlarga mos ravishda sertifikatdagi umumiy ballga nisbatan foiz asosida oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi. Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga tegishli majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi. ❗️2024-yil 1-martdan keyin berilgan sertifikatlarga (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga asosan kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga muvofiq): ➖A+, A darajali sertifikat olgan abituriyentlarga oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi; ➖B+, B, C+, C darajali sertifikat olgan abituriyentlarga mos ravishda sertifikatdagi umumiy ballga nisbatan foiz asosida oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi. Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga tegishli majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi. ✅@talimuz

41,900 views

Opublikowano 5 cze

📈Oʻzbekistonning 2 ta oliygohi dunyoning eng nufuzli universitetlari TOP-1000 taligiga kirdi 🇬🇧 Bugun Buyuk Britaniyaning nufuzli “QS Quacquarelli Symonds” xalqaro reyting agentligi dunyodagi eng yaxshi universitetlar reytingi – “QS World University Rankings-2025” natijalarini eʼlon qildi. Reytingdan birinchi marta Oʻzbekistonning ikki oliy taʼlim muassasasi o’rin egalladi: 547-o’rin: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti; 781-790-o’rin: Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti. ✅@talimuz

44,400 views

Opublikowano 5 cze

🔈Ijtimoiy tarmoqlarda roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar joriy yil bitiruvchisi sifatida qayd etilayotgani toʻgʻrisida maʼlumotlar eʼlon qilinmoqda. 🎓 Haqiqatan ham oliy va professional taʼlim muassasalariga abituriyentlarni roʻyxatga olish ochilgandan soʻng dastlab roʻyxatdan oʻtgan 623 nafar abituriyentda shunday holat kuzatilgan. Ushbu holat joriy yil bitiruvchilarining maʼlumotlari taʼlim vazirliklaridan real vaqt rejimida olinishi bilan bogʻliq boʻlib, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining axborot tizimiga soʻrov yuborilganda, barchaga bir xil tarzda 2024-yilda Buxoro davlat universiteti Qorako‘l akademik litseyini tamomlagani toʻgʻrisida maʼlumot qaytarilgan. Mazkur holat Bilimni baholash agentligi mutaxassislari tomonidan qisqa vaqt ichida aniqlanib, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining mutaxassislariga bogʻlangan holda bartaraf etildi. ❕ Maʼlumot uchun, umumtaʼlim maktablarining joriy yil bitiruvchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, kasb-hunar maktablari va akademik litseylarning joriy yil bitiruvchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining axborot tizimlaridan integratsiya orqali real vaqt rejimida olinadi. ✅@talimuz

41,600 views

Opublikowano 5 cze

⚡️Rasman: Abituriyentlarni ro‘yxatga olish boshlandi 🇺🇿 2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi. Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz saytining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda. 📆 Ro‘yxatga olish 2024-yil 5-iyundan 25-iyunga qadar(shu kunlari ham) amalga oshiriladi. 📹 Yuqoridagi videoqo‘llanma orqali ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha to‘liq ma’lumotga ega bo‘lish mumkin. 🇺🇿 O'zbekistondagi istalgan ta'lim yo'nalishlari uchun 2023-2024-o'quv yilidagi o'tish ballarini@DTMSTAT_BOT orqali bilishingiz mumkin! #Qabul2024#Abituriyent2024 ✅@talimuz

76,600 views

Opublikowano 4 cze

⚡️Rasman: Akademik litseylar kvotasi tasdiqlandi! 🇺🇿 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2024/2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarga qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha tasdiqlandi. Unga ko‘ra, 71 ta akademik litseyga jami 15 496 ta kvota, shundan 12 324 ta o‘zbek, 2 730 ta rus va 442 ta qoraqalpoq tillari kesimida ajratildi. #abituriyent#qabul2024#talim ✅@talimuz

51,000 views

Opublikowano 4 cze

​‼️Qabul boshlanishiga 1 kun qoldi 🇺🇿 Prezident farmoniga ko‘ra, joriy yilda ilk marta qabul jarayonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi: 1️⃣ Birinchi bosqich: abituriyentlar 5-iyundan 25-iyunga qadar(25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. Bunda abituriyentlar faqat test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi; Ya’ni birinchi bosqichda oliy ta’lim muassasasi tanlanmaydi. Abituriyentlar faqat qaysi fandan, qaysi tilda, qaysi hududda test topshirishini belgilaydi. “Men Yuridik universitetga topshirdim, men Tibbiyot akademiyasiga topshirdim” degan gaplar birinchi bosqichda bo‘lmaydi. ✅ Imtihonlar iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi. 2️⃣ Ikkinchi bosqich: abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi. Ya’ni o‘zining olgan baliga qarab, testlar o‘tib bo‘lgandan keyin, qaysi oliygohning qaychi yo‘nalishiga topshirishini tanlaydi. O‘ylab olish, tahlil qilish uchun 15 kun vaqt bo‘ladi. ❓O‘qishga kira olmaganlar nima qiladi? Mabodo abituriyentlar oliygohlarga kira olmasa, unda testda to‘plagan bali bilan kollej va (yoki) texnikumni tanlashi mumkin. O‘qishga kira olmaganlar uchun kollej yoki texnikum tanlashga OTMlarga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng yana 10 kun muddat beriladi. #abituriyent#qabul2024#talim ✅@talimuz

49,700 views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••6263646566•••70•••7576