TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
Redi ad canales
Teacher Azam avatar

TGINSIGHT CHAT

Teacher Azam

@TeacherAzam

Educatio

TEACHER AZAM (Qahramoniy) 👨🏼‍💻 Oʻzimizning chat guruhimiz bor, baʼzi-baʼzida men ham yozib turaman 👉t.me/Teacherazamchat 🚩Instagram: 👉instagram.com/teacherazam ☎️ Englify online maktabim: +998781136969 ☎️ Reklama va taklif uchun: 👉+998 97 831 11 11

Subscriptores4.0万Numerus subscriptorum hodiernus
Scripta custodita1,011Scripta numerata
Attingentia recens171,100Visiones scriptorum recentium
Scripta recentia

Scripta recentia

Pag. 16 de 85 · 1,011 scripta

Editum Jan 17

Uy narxlari oshyapti, lekin hajmi kichrayib bormoqda 🏘 Oxirgi 10 yilda AQShda uy narxlari 42 foizga oshgan, hajmi esa 12 foizga kichraygan Bunga bir qancha omillar sabab bo‘lmoqda. Qurilish xarajatlarining oshishi quruvchilarni xaridorlarga qulay narxdagi kichikroq uylar qurishga majbur qilmoqda. 💳 Shu bilan birga, yuqori foiz stavkalari va cheklangan byudjetlar talabni kichikroq, samaraliroq uylarga yo‘naltiryapti. Hayot tarzi tendensiyalari ham bunga o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. 2024-yilda yangi qurilgan yakka oilali uylarning o‘rtacha maydoni 220 kvadrat metrga to‘g‘ri keladi. Bu 10 yil ichidagi eng past ko‘rsatkich bo‘lib, o‘n yil avval qurilgan uylar 250 kvadrat metr bo‘lgan. 🏡 Shu bilan birga, yangi qurilgan uylarning o‘rtacha sotilish narxi 161 ming dollardan ko‘proqqa oshgan, bu o‘n yil ichida 46 foizlik o‘sishni anglatadi. Yangi uylar qimmatlashgan holda hajmi kichraymoqda. Nima deb o‘ylaysiz, bizda holat qanday? Manba @teacherazam

12,300 views

Editum Jan 16

🫂 Dushanba kuni "Sile Me" ilovasi (xitoy tilidan taxminan "Tirikmisiz?" deb tarjima qilinadi) Xitoyda App Store’ning eng ko‘p sotilgan ilovasi bo‘ldi. Ilova faqat bitta vazifani bajaradi: foydalanuvchilar tirik ekanliklarini tasdiqlash uchun har kuni tugmani bosishlari kerak. Agar ular buni ketma-ket ikki kun davomida bajarmasalar, ilova favqulodda kontaktlarga xabar yuboradi. 🔼 Ilovaning to‘satdan ommalashishiga sabab esa Sharq mamlakatida yolg‘iz yashovchilarning tobora ko‘payib borayotgani va bu ularning e’tiborini tortgani bo‘ldi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, 2030-yilga kelib Xitoyda yolg‘iz yashovchilar soni 200 millionga yetishi mumkin. Aholining tez qarishi bu o‘sishning bir qismini tushuntirsa-da, endilikda yoshlar ham yolg‘iz yashashni afzal ko‘rmoqda. 🇺🇸 Amerikada ham ahvol shu. AQSh Aholini ro‘yxatga olish byurosining 2025-yilgi ma’lumotlariga ko‘ra, AQShda yolg‘iz yashovchilar soni 40 millionga yaqinlashmoqda. Buning natijasida Amerika uy xo‘jaliklarining bir kishidan iborat bo‘lgan ulushi tarixdagi eng yuqori ko‘rsatkich - 29 foizga yetgan. To‘liq maqola mana bu yerda @teacherazam

13,600 views

Editum Jan 15

Donald Trampning e’lon qilgan “savdo urushi” 2025-yilda AQSH dollari zaiflashuvining asosiy sababchisi bo‘lib, savdo siyosatidagi noaniqlikni tarixiy darajaga olib chiqdi. 💸 Shu bilan birga, xorijiy markaziy banklar zaxiralaridagi AQSH dollari miqdori 20 yillik eng past ko‘rsatkichga tushdi. Bunday sharoitda, global talabning pasayishi fonida Shvetsiya kronasidan tortib Braziliya realigacha bo‘lgan bir qator asosiy valyutalar AQSH dollariga nisbatan karrasiga o‘sishni qayd etdi. Ushbu grafik The Bulwark va Bloomberg ma’lumotlariga asoslangan, 2025-yilda boshqa asosiy valyutalarning AQSH dollariga nisbatan qimmatlashishini ko‘rishingiz mumkin. 🇸🇪 20,2 foizlik o‘sish bilan Shvetsiya kronasi dollarga nisbatan so‘nggi o‘n yilliklardagi eng kuchli natijani ko‘rsatgan. AQSH dollari kuchsiz iqtisodiy ma’lumotlar va siyosiy kutilmalar tufayli qadrsizlandi, investorlar esa Shvetsiyaning nisbatan kuchliroq o‘sish istiqbollari va iqtisodiy poydevorini hisobga olgan holda krona kabi valyutalarga e’tibor qaratishdi. 🇲🇽 Ikkinchi o‘rinda Meksika pesosi turibdi, u 2025-yilda 15,6 foizga kuchaygan. Bu 1994-yildan beri eng yaxshi ko‘rsatkich bo‘lib, AQSH bilan savdo munosabatlaridagi keskinlikka qaramay, kutilganidan ham yaxshiroq natija ko‘rsatdi. Pesoning o‘sishiga asos bo‘lgan omillar orasida barqaror o‘sish va makroiqtisodiy barqarorlik bor. Shuningdek, Janubiy Afrika randi 13,8 foizga, Braziliya reali esa 12,8 foizga qimmatlashdi. Osiyo mamlakatlarida Singapur dollari 6,1 foizga ko‘tarildi. O‘zbekistonda ham so‘m dollarga nisbatan yaxshilanganini ko‘rgandik. Adashmasam 11,800 so‘mgacha tushib ketgan edi. Manba @teacherazam

13,600 views

Editum Jan 14

14-yanvar Vatan himoyachilari kuni muborak bo‘lsin. Bu yil CS:GO yoki PUBG’da xizmat qilgan barchani tabriklayman deb yozmoqchi emasman. 👨 Meni ancha yillardan beri kuzatadiganlar allaqachon katta bo‘lib qolishgan. Tabiiyki ularning fikrlashi, dunyoqarashi ancha kengaygan. Shuning uchun balki endi ozgina jiddiy ohangda tabriklashim kerak deb o‘yladim. 🇺🇿 Vatanni himoya qilish bu nafaqat jismoniy kuch bilan, balki boshqacha usullarda ham bo‘lishi mumkin. Misol uchun bu yaxshi o‘qishingiz, O‘zbekiston sha’nini ilmingiz orqali jahonda ham himoya qila oladigan darajaga chiqishingiz. Yoki kasbingizni puxta egallab, halol mehnat bilan oilangizni boqishingiz, atrofdagilarga manfaat keltirishingiz. Chunki kuchli iqtisod, kuchli bilim, kuchli madaniyat — bular ham Vatan xavfsizligining ustuni. Ba’zida Vatan himoyasi juda oddiy ko‘rinadi: qonunga hurmat, tartibga amal qilish, poraga yo‘l qo‘ymaslik, ishni vijdonan qilish, navbatda turishni bilish, ko‘chada axlat tashlamaslik. Bular mayda narsa emas. Millatning tarbiyasi aynan shunday “mayda” odatlardan quriladi. 🥳 Eng muhimi, Vatan himoyasi faqat bayramda emas, har kuni o‘z rolingizni to‘g‘ri bajarishdan boshlanadi. Kimdir chegarada turadi, kimdir sinfda dars beradi, kimdir shifoxonada navbatchilik qiladi, kimdir zavodda ishlab, kimdir uyida farzand tarbiyalaydi. Bularning barchasi vatan himoyasiga kiradi, shunday ekan bayramingiz muborak bo‘lsin vatan himoyachilari! Ha, shunaqa, teacher’ingiz ham ancha katta bo‘lib qolibdi @teacherazam

24,900 views

Editum Jan 13

Bu grafikda 2024-yildagi jamiyki sanoatda foydalangan turli yoqilg‘ilarning ulushi va 2050-yilga kelib bu ko‘rsatkich qanday bo‘lishi mumkinligi ko‘rsatilgan. Birinchi keling, har bitta yoqilg‘i turi o‘zi sanoatda nimalarga xizmat qilishini tushuntirib beraman. Neft - undan benzin, dizel, kerosin, mazut kabi yoqilg‘ilar tayyorlanadi. Asosan transport (avto, avia, dengiz), shuningdek petrokimyo (plastmassa, kimyoviy mahsulotlar) ishlab chiqarishda foydalaniladi. Ko‘mir - qattiq qazilma yoqilg‘i. Asosan elektr stansiyalarida yoqiladi va metallurgiyada ishlatiladi. Tabiiy gaz - asosan metan. Isitish, elektr ishlab chiqarish, hamda kimyo sanoati (ammiak/azotli o‘g‘itlar) uchun ishlatiladi. Gaz elektr tizimida “tez yoqilib-o‘chadigan” quvvat sifatida ham qulay. Yadro energiyasi - Uran (ba’zan plutoniy) yadrosining bo‘linishi orqali issiqlik olinadi, u esa elektrga aylantiriladi. CO₂ ajralib chiqish darajasi past, lekin xavfsizlik, chiqindi, qurilish narxi kabi masalalari bor. Qayta tiklanuvchi energiya - biomassa, suv, quyosh va shamol energiyalari. Bularning hammasidan elektr olishda foydalaniladi. 🛢 Neftning ulushi 2024-yilda 30,6% ni tashkil qilgan bo‘lsa, 2050-yilga borib 29,8% ga tushishi kutilmoqda. Sabablaridan biri elekr mashinalarning ko‘payishi. Bunda benzinga bo‘lgan talab tushadi. ⚫️ Ko‘mir 26,5% dan 13,6% ga tushishi kutilmoqda. Bu havoga eng ko‘p CO₂ ajratadigan yoqilg‘i turi. Ekologiyaga e’tibor har bir davlatda oshib borayotgani va ekologiya masalasi siyosat darajasiga chiqqani uchun ko‘p davlatlar ko‘mirdan foydalanishni kamaytirishni reja qilgan. ⛽️ Gaz 22.7% dan 23.7% ga o‘sishi kutilmoqda. Bunda ko‘mirga bo‘lgan talab kamaygandan keyin gazga bo‘lgan talab oshishi mumkin. Ham uni ishga tushirish ancha osonroq. 💣 Yadroviy energiya 4,8% dan 6,6% ga oshadi. Sabab u 24/7 ishlay oladi va 2050-yilga borib muntazam ravishda ishlaydigan elektr ta’minot manbalari kerak bo‘ladi. Bunda eng yaxshi yechim. 🌬 Qayta tiklanuvchi energiya 15.4% dan 26.3% ga o‘sadi. Sabab quyosh/shamol loyihalari odatda tezroq ishga tushadi, atrof-muhitga zarari kam, tugamas energiya manbai. Manba @teacherazam

13,800 views

Editum Jan 12

2026-yildan boshlab jamiyatda o‘rnimizni saqlab qolish uchun nima qilish kerak Men Naval Ravikantning Substack’dagi Naval’s Archive akkauntida chiqqan bitta maqolani o‘qib qoldim. Juda o‘ylantirib qo‘yadigan, fikrlashga majbur qiladigan maqola. Buni o‘zbek tiliga tarjima qilishga harakat qildik. 👉Mana shu havolaga bosib, to‘liq maqolani o‘qishingiz mumkin. O‘qish uchun 2 daqiqa ketadi, lekin oladigan bilmingiz hayotingizni saqlab qoladi. Bu postni esa maksimal darajada tarqating @teacherazam

16,500 views

Editum Jan 11

📱 Kelasi payshanba 15-yanvar sanasida Vikipediya tashkil etilganiga 25 yil to‘ladi. O‘tgan chorak asr davomida, bu hamkorlikdagi ma’lumot markazi 300 dan ortiq tilda 65 milliondan ziyod maqolalarni o‘z ichiga olgan holda kengaydi. Bu maqolalar 250 000 ga yaqin ko‘ngillilar tomonidan yozilgan, tahrirlangan va tekshirilgan. Vikipediya va boshqa Wiki loyihalarini boshqaradigan Wikimedia jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili odamlar ingliz tilidagi Vikipediya maqolalarini o‘qishga 2,4 milliard soatga yaqin vaqt sarflashgan. Eng ko‘p o‘qilgan sahifalar siyosatdan tortib ommaviy madaniyatgacha bo‘lgan turli mavzularni qamrab olgan. 👨 Vikimedia jamg‘armasi saytning eng ko‘p tashrif buyurilgan sahifalarini har yili sarhisob qilar ekan, eng ko‘p ko‘rilgan sahifa o‘tgan yili Yuta shtatidagi universitet mitingida o‘ldirilgan AQShning o‘ta o‘ng siyosiy faoli Charli Kirk ekanligini aniqladi. Sahifaga qariyb 45 million marta tashrif buyurilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, ko‘zga ko‘ringan o‘limlar ko‘pincha odamlarning internetga kirishi va ba’zi ma’lumotlarni o‘qishi uchun turtki bo‘ladi, eng ko‘p ko‘rilgan ikkinchi sahifa esa "2025-yildagi o‘limlar" deb nomlanadi. Uchinchi o‘rinda AQShlik mashhur qotil Ed Geyn turadi. U 1984-yilda vafot etgan bo‘lsa-da, Netflix seriali Monster: The Ed Gein Story chiqqanidan keyin qotilga qiziqish ortdi. Eng ko‘p tashrif buyirilgan 10 ta maqola esa mana bu yerda. 1. Charlie Kirk 2. 2025-yildagi o‘limlar 3. Ed Gain 4. Donald Trump 5. Leo XIV papa 6. Elon Musk 7. Zohran Mamdani 8. Sinners filmi (2025) 9. Ozzy Osbourne 10. Superman filmi (2025) @teacherazam

12,300 views

Editum Jan 10

🥙 Sog‘lom ovqatlanish ko‘pincha jamoat salomatligining eng muhim muammosi sifatida muhokama qilinadi, ammo arzonlik uning eng katta to‘siqlaridan biri bo‘lib qolmoqda. So‘nggi o‘n yil ichida inflyatsiya, ta’minot zanjiridagi uzilishlar va iqlim bilan bog‘liq shoklar tufayli oziq-ovqat narxlari oshdi. Shu bilan birga, ko‘plab hududlarda aholi daromadlari va oziq-ovqat bilan ta’minlanish darajasi yaxshilandi. 🔼 Grafikka e’tibor bersangiz, sog‘lom ovqatlanishning global narxi yildan-yilga oshib borgan, lekin bunga imkoniyati yetmaydigan odamlarning ko‘rsatkichi tushgan. Bu butun dunyoda aholining daromadi yaxshilangani va sog‘lom ovqatlanish muhim ekanligini tushunish bilan bog‘liq. Ushbu vizualizatsiya uchun ma’lumotlar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotidan olingan. U butun dunyo bo‘ylab sog‘lom ovqatlanishning o‘rtacha kunlik narxini kuzatib boradi. 🥦 Sog‘lom ovqatlanish kuniga 2330 kilokaloriya berishi va oltita oziq-ovqat guruhi bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlangan ozuqaviy qiymatga ega bo‘lishi bilan tavsiflanadi. Bu guruhlarga kraxmalli asosiy mahsulotlar, sabzavotlar, mevalar, hayvon mahsulotlari, dukkaklilar, yong‘oq va urug‘lar, hamda yog‘ va moylar kiradi. 💰 2017-yilda sog‘lom ovqatlanishning o‘rtacha jahon narxi bir kishi uchun kuniga 3,14 dollarni tashkil etgan. 2024-yilga kelib, bu ko‘rsatkich 4,46 dollargacha ko‘tarildi. Eng keskin o‘sish 2020-yildan keyin kuzatildi, bu pandemiya bilan bog‘liq uzilishlar va jahon oziq-ovqat narxlarining oshishi bilan bir vaqtga to‘g‘ri keldi. Siz-chi, sog‘lom ovqatlanishga amal qilasizmi? 〰️ Bu postni sog‘lom ovqatlanishni boshlagan hamma tanishlaringizga tashlang va ulardan so‘rang “nima uchun ular sog‘lom ovqatlanishni tanladi?” @teacherazam

13,700 views

Editum Jan 9

👨‍🦳 1965-yilda dunyo bo‘yicha o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 54 yosh bo‘lgan, 2025-yilga kelib esa bu ko‘rsatkich taxminan 20 yilga oshdi. Shu davr mobaynida deyarli barcha mamlakatlarda o‘sish kuzatildi, biroq kichik bir guruh dunyo o‘rtachasidan ancha…

12,000 views

Editum Jan 9

👨‍🦳 1965-yilda dunyo bo‘yicha o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 54 yosh bo‘lgan, 2025-yilga kelib esa bu ko‘rsatkich taxminan 20 yilga oshdi. Shu davr mobaynida deyarli barcha mamlakatlarda o‘sish kuzatildi, biroq kichik bir guruh dunyo o‘rtachasidan ancha o‘zib ketib, umr ko‘rish davomiyligini o‘ttiz yildan ortiqqa oshirdi. Taqqoslash uchun aytganda, Amerika Qo‘shma Shtatlarida oltmish yil ichida umr ko‘rish davomiyligi taxminan to‘qqiz yilga oshgan, xolos. 🔽 Quyida o‘sha yildagi o‘lim ko‘rsatkichlariga ko‘ra, yangi tug‘ilgan chaqaloqning o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi eng ko‘p oshgan mamlakatlar keltirilgan. Bu ko‘rsatkich davriy umr ko‘rish davomiyligi deb ataladi. 🇲🇻 Bu ro‘yxatda Maldiv orollari yetakchilik qilmoqda: 1965-yildan beri o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 41 yilga oshgan, 2025-yilga kelib 82 yoshga yetgan Maldiv orollari kabi, Osiyoning bir qator mamlakatlarida ham umr ko‘rish davomiyligi sezilarli darajada uzaygan. 1965-yilda Afg‘onistonda o‘rtacha umr ko‘rish 35 yoshni tashkil etgan bo‘lsa, hozirda 67 yoshga yetdi. Hindistonda esa iqtisodiy rivojlanish va sog‘liqni saqlash sohasidagi yutuqlar tufayli o‘rtacha umr ko‘rish 27 yilga oshdi. 🇩🇿 Afrikaga nazar solsak, Jazoir umr ko‘rish davomiyligining eng katta o‘sishiga erishgan. 2025-yilda o‘rtacha yosh 77 ni tashkil etadi - bu 1965-yildagi 43 yoshdan anchagina ko‘p bo‘lib, Afrikadagi eng yuqori ko‘rsatkichlar qatorida turadi. Bundan tashqari, Afrikaning to‘qqizta davlati o‘z fuqarolarining umr ko‘rish davomiyligiga kamida 27 yil qo‘shishga muvaffaq bo‘ldi. 🇨🇳 Ko‘rib turganimizdek, Xitoy ham 1965-yildan beri 26 yillik o‘sish bilan umr ko‘rish davomiyligining o‘zgarishi bo‘yicha yetakchi davlatlar qatoriga kiradi. O‘rtacha hisobda, bu tez sur’atli iqtisodiy o‘zgarishlar davrida umr ko‘rish davomiyligining har yili 22 haftaga oshganini anglatadi. @teacherazam

11,000 views

Editum Jan 8

Ushbu grafik XVJning so‘nggi Jahon iqtisodiy istiqbollari hisobotidagi ma’lumotlar asosida 2025-yilda mamlakatlar bo‘yicha inflyatsiya darajasini ko‘rsatadi. 🇺🇸 AQShda inflyatsiya 2025-yilda o‘rtacha 4,2 foizgacha pasaydi. 2026-yil uchun tariflar ta’siri davom etayotgan bo‘lsa-da, inflyatsiya yanada pasayib, 3,7 foizni tashkil etishi kutilmoqda. Bunga Xitoyda narxlarning sekin o‘sishi va Yevropaning ko‘plab mamlakatlarida inflyatsiyaning maqsadli ko‘rsatkichdan past bo‘lishi sabab bo‘lmoqda. 😱 Venesuela 2025-yilda 269,9 foiz bilan eng yuqori ko‘rsatkichga va bu raqamlar 2026-yilda 682 foizgacha ko‘tarilishi kutilmoqda. 2025-yil davomida Venesuela bolivari dollarga nisbatan 82,7 foizga qadrsizlandi, chunki AQSH sanksiyalari va giyohvand moddalar savdogarlariga qarshi harbiy kemalarni joylashtirilishi inflyatsiya bosimini kuchaytirdi. Endi Maduro hokimiyatdan chetlatilgach, mamlakat iqtisodiyotining kelajagi noaniq bo‘lib qolmoqda. 🇨🇳 Xitoyda esa inflyatsiya darajasi 0,0 foizni tashkil etib, dunyodagi eng past ko‘rsatkichlardan biriga aylandi. 2026-yilda ichki iste’molni rag‘batlantirishga qaratilgan iqtisodiy choralar ta’sirida inflyatsiya 0,8 foizgacha ko‘tarilishi kutilmoqda. 🇪🇺 Shu orada, 2025-yilda bir qator Yevropa mamlakatlari iqtisodiyotida energiya va import narxlarining pastligi tufayli mo‘tadil inflyatsiya kuzatildi. Fransiyada inflyatsiya darajasi 1,1 foizni tashkil etdi, Italiya va Germaniyada esa bu ko‘rsatkich mos ravishda 1,7 va 2,1 foizga yetdi. O‘zbekistonda esa 9,1 foizni tashkil qilgan. @teacherazam

11,100 views

Editum Jan 7

Bu yerda ortiqcha vaznga ega yoshi katta insonlar ulushi davlatlar kesimida tasvirlangan. 🔽 Ko‘rishingiz mumkinki, eng past ko‘rsatkichlar Niger, Efiopiya, Madagaskar, Vietnam kabi mamlakatlarda. U yerda aholining 10-20% qismidagina ortiqcha vazn bor. 🔼 Eng yuqori ko‘rsatkich esa Tuvalu, Tonga va Nauru mamlakatlarida. U yerda aholining 80 foizdan ortig‘ida ortiqcha vazn mavjud. Tongoda esa 90 foizni tashkil qiladi. 🇺🇿 Endi O‘zbekistonga keladigan bo‘lsak, 2022-yilgi ma’lumotlarga qaraganda aholining 62 foizida ortiqcha vazn bor. Bu juda yuqori ko‘rsatkich. Mustaqillikdan beri aholimizda ortiqcha vaznga ega bo‘lish 30 foizga oshgan. 🤕 Ortiqcha vazndan esa infarkt, ateroskleroz, arterial gipertoniya, qandli diabet, insulin rezistentligi, metabolik sindrom, nafas qisishi, yog‘li gepatoz, o‘t pufagida tosh yig‘ilish, artroz, erkaklarda testosteron pasayishi, yo‘g‘on ichak saratoni kabi kasalliklarga sabab bo‘ladi. 62% foiz ortiqcha vaznga ega aholimiz bilan qanday qilib testosteron bo‘yicha birinchi o‘rinni olganimizga hayronman. O‘zi shu ma’lumot ishonchlimikan? Manba @teacherazam

16,300 views
12•••5•••10•••1415161718•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8485