TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
Redi ad canales
Teacher Azam avatar

TGINSIGHT CHAT

Teacher Azam

@TeacherAzam

Educatio

TEACHER AZAM (Qahramoniy) 👨🏼‍💻 Oʻzimizning chat guruhimiz bor, baʼzi-baʼzida men ham yozib turaman 👉t.me/Teacherazamchat 🚩Instagram: 👉instagram.com/teacherazam ☎️ Englify online maktabim: +998781136969 ☎️ Reklama va taklif uchun: 👉+998 97 831 11 11

Subscriptores4.0万Numerus subscriptorum hodiernus
Scripta custodita1,011Scripta numerata
Attingentia recens138,120Visiones scriptorum recentium
Scripta recentia

Scripta recentia

Pag. 14 de 85 · 1,011 scripta

Editum Jan 30

11,700 views

Editum Jan 30

13,000 views

Editum Jan 30

‘Oson Speaking’ dasturiga ro’yxatdan o’tishni bilmayotganlar uchun maxsus video.

12,000 views

Editum Jan 30

🗣Ingliz tilini bilasiz, lekin SPEAKING kelganda gapira olmaysizmi? Biz Englifyda aynan siz kabi insonlar uchun yangi “Oson Speaking” darslarini boshladik! 🚀 ⏱ Dars davomiyligi: 50 daqiqa 👥 Guruh: 6 nafar o‘quvchi + ustoz bilan individual mashqlar Bu darsda siz: ✅ Ingliz tilida gapirish mahoratingizni oshirasiz ✅ O‘zingizga bo‘lgan ishonchni kuchaytirasiz ✅ Gapirishdagi qo‘rquvni yengasiz ✅ Suhbatlar orqali amaliy tajriba olasiz 📅Sana: 30-yanvar ⏰Vaqt: 19:30 va 21:00 💰Narxi: 29 000 so‘m Ro’xatdan o’tish uchun link: r.englify.uz 🔥 Joylar cheklangan! Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!

9,150 views

Editum Jan 29

💰 Bu infografika keyingi 12 oy ichida dunyo bozoriga eng ko‘p zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan omillarni ko‘rsatadi. Ma’lumotlar UBS’ning 2025-yildagi milliarderlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomadan olingan: turli hududlardagi juda boy odamlar “yaqin kelajakda bozorlarga eng katta xavf nima?” degan savolga javob bergan. 🤑 Eng katta xavotir tariflar, ya’ni import tovarlarga qo‘yiladigan bojlar bo‘lib chiqadi. Milliarderlarning 66 foizi tariflarni birinchi o‘ringa qo‘ygan. Sababi tariflar oshsa, davlatlar orasidagi savdo qimmatlashadi, mahsulot narxlari ko‘tarilishi mumkin, kompaniyalar esa “qimmatroq xarajat” bilan ishlashga majbur bo‘ladi. ⚔️ Tariflardan keyingi eng katta xavf geopolitik mojarolar: urushlar, mintaqaviy beqarorlik va yirik davlatlar o‘rtasidagi keskin raqobat. 63 foiz milliarder aynan shuni katta xavf deb ko‘rsatgan. ⚠️ Uchinchisi siyosiy noaniqlik: qoidalar tez-tez o‘zgarib turishi, kutilmagan qarorlar, soliq va savdo siyosatidagi “bugun boshqacha, ertaga boshqacha” holatlar. Buni 59 foiz respondent xavf deb hisoblagan. Yana 44 foiz milliarder inflyatsiya, ya’ni narxlar yana ko‘tarilib ketishi mumkinligidan xavotir bildirgan. So‘nggi yillarda ko‘p mamlakatlarda narxlar ko‘tarilgani uchun “hammasi tinchib qoldi” degan ishonch hali kuchli emas. 🌏 Hududlar bo‘yicha qarasak, hamma joyda bir xil emas. Osiyo-Tinch okeani mintaqasida milliarderlarning 75 foizi tariflarni eng katta xavf deb bilgan. Bu mintaqa ko‘p mahsulotni eksport qiladi va global yetkazib berish zanjirlariga juda bog‘langan, shuning uchun tariflar oshishi ularning iqtisodiyotiga tez ta’sir qiladi. 🇺🇸 Amerikalar hududida esa respondentlarning 70 foizi asosan inflyatsiya va yirik geopolitik mojarolardan qo‘rqishini aytgan, ya’ni u yerda narxlar va siyosiy keskinliklar masalasi kuchliroq seziladi. 🍀 Pastroq o‘rinda turgan, lekin baribir muhim xavflar ham bor: qarz inqirozi (34 foiz), soliqlar oshishi (28 foiz) va global retsessiya, ya’ni butun dunyo bo‘yicha iqtisodiy pasayish ehtimoli (27 foiz). Qiziq tomoni shundaki, texnologik o‘zgarishlar va iqlim o‘zgarishi ro‘yxatda ancha past chiqadi: mos ravishda 15 va 14 foiz. Bu ularni muhim emas degani emas, ko‘proq shuni anglatadi: milliarderlar bu ikki masalani uzoqroq muddatli yoki boshqarish osonroq deb ko‘rishi mumkin, tariflar, urushlar, siyosiy noaniqlik va inflyatsiya esa “hozirning o‘zida uradigan” zarba sifatida ko‘rinadi. Manba @teacherazam

10,100 views

Editum Jan 29

Onlayn ro‘yxatdan o‘ting — sovrinlar yuting! 2026-yil 15–31-yanvar kunlari aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish doirasida onlayn ro‘yxatdan o‘tganlar orasidan tasodifiy g‘oliblar aniqlanadi va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. Har kuni har bir hududdan: 💻 noutbuklar 📱 planshetlar egasi aniqlanadi. 🏘 Hududlar bo‘yicha qo‘shimcha rag‘batlar: — Qashqadaryo: eng faol mahallaga yo‘l, elektr, piyodalar yo‘lagi yoki mini stadion. — Toshkent viloyati (Piskent): birinchi bo‘lib ro‘yxatdan o‘tgan mahallaga sport, stritbol va vorkaut maydonchasi. — Farg‘ona: ro‘yxatdan o‘tganlar orasida 36 ta televizor. — Toshkent shahri: faol OTM talabalari uchun kontraktning 50% qoplanadi (20 nafar). 🎉Maxsus sovrinlar: • Ko‘p a’zoli oilalar — “Toshkent Akva bog‘i”ga 4 kishilik bepul vaucher (50 ta). • Eng keksa ro‘yxatdan o‘tgan erkak va ayollar — AKFA Medline’da bepul tibbiy ko‘rik (20 ta). • Eng yoshlar ota-onalari — Uzum Market’da chegirma promokodlari (100 ta). • Faol talabalar va volontyorlar — Korzinka’da 2 mln so‘mlik vaucher (20 ta). • Faol yoshlar — Cambridge o‘quv markazida 3 oylik bepul ta’lim (20 ta). Batafsil. 👉 Xullas, onlayn ro‘yxatdan o‘ting, sovrinlar yutish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! @teacherazam

9,670 views

Editum Jan 28

🔼 Oxirgi bir necha yil dunyo iqtisodiyotida “tebranishlar” (narxlar, foizlar, urushlar, energiya muammolari) ko‘p bo‘ldi. Shu sababli 2026-yilda ham o‘sish hamma joyda bir xil bo‘lmaydi. Umuman olganda, dunyo bo‘yicha o‘sish bir xildek ko‘rinadi, lekin har bir davlatda vaziyat boshqacha bo‘ladi. Bunga quyidagi narsalar ta’sir qiladi: • davlatda neft-gaz, energiya bor-yo‘qligi • boshqa davlatlar bilan savdo (import-eksport) qanchalik kuchli • davlatning byudjeti (qarz, soliq, xarajatlar) • aholi (yoshlar ko‘pmi yoki qarib boryaptimi) Shu sabab ba’zi davlatlar tez o‘sadi, ba’zilari esa sekinroq. ❗️ Grafik 2026-yil uchun global YAIM (GDP) o‘sish prognozlarini ko‘rsatadi. Bu prognozlar Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi (IMF) ma’lumotlariga asoslangan. GDP (YAIM) o‘sishi degani: davlatning iqtisodiyoti bir yilda qanchaga “kattalashdi” degani. Gayana degan davlatda juda katta neft topilgani uchun, 2026-yilda uning iqtisodiyoti 23% ga o‘sadi deb taxmin qilinyapti. Bu juda katta raqam. Grafikda bir nechta Afrika davlatlari 6% yoki undan yuqori o‘sishi mumkinligi aytiladi. Bunga sabab sifatida barqarorlik oshayotgani (tinchroq siyosat, tartib, iqtisodiy ishonch) ko‘rsatilgan. 🇮🇳 Hindiston 2026-yilda 6.2% ga o‘sadi deyilyapti. Bu dunyoda 14-o‘rindagi eng tez o‘sish degani. Xitoyda o‘sish 2025-yilda 4.8%, 2026-yilda 4.2% bo‘ladi deb kutilyapti. Xitoyda ichki bozor (odamlarning ko‘p xarid qilishi) kuchsizroq, uy-joy bozori ham sekin. Lekin eksport kuchli bo‘lishi, davlatning moliyaviy yordami shu muammolarni biroz “yopib turishi” mumkin. 🇪🇺 Yevropa davlatlarida 2026-yilda o‘sish juda past bo‘lishi mumkin. Ayniqsa Italiya: 0.8%, Avstriya: 0.8% (bu dunyodagi eng past ko‘rsatkichlar qatorida), Germaniya va Fransiya esa 0.9% atrofida o‘sadi deb kutilyapti. 🇺🇿 Bu ro‘yxatda O‘zbekiston 17-o‘rin olgan. Unda 6% o‘sish kutilyapti. Bizda ham iqtisodiyot tez o‘smoqda. Manba @teacherazam

11,700 views

Editum Jan 27

11,400 views

Editum Jan 27

🔥 Teacher Azam bilan master-klass 📅 28-29-yanvar kunlar "Sun’iy intellekt orqali ingliz tilini 0 dan, 30 kunda o'rganish" mavzusida onlayn master-klass. 🎯Bu master-klassda: • Sun'iy intellekt orqali ingliz tili o'rganishni tezlashtirish yo'llarini, • 30 kunda ingliz tilida gapirishni boshlashni, • Kuniga 50 ta so'z yodlab, amalda ishlatishni o'rganasiz. ⚠️ Qatnashish bepul lekin maxsus kanalga qo'shilishga ulgurish kerak. Chunki kanal yopib qo'yiladi. Joy band qilish 👉https://t.me/+WUzWJ2E09gUzY2Ey Joy band qilish 👉https://t.me/+WUzWJ2E09gUzY2Ey Joy band qilish 👉https://t.me/+WUzWJ2E09gUzY2Ey

12,200 views

Editum Jan 26

🇺🇸 YouGov degan so‘rov kompaniyasi AQShdagi yoshi kattalardan: “Hozir bilganlaringizni hisobga olsak, AQSh armiyasining falon joyga aralashishi to‘g‘ri qarormi?”, - deb so‘ragan. So‘rovnoma 2026-yil 5–6-yanvar kunlari 1,097 ta katta yoshli odam orasida o‘tkazilgan. Odamlar o‘zini qaysi partiyaga yaqin deb bilsa (Respublikachi, Demokrat yoki Mustaqil), shunga qarab natijalar ajratilgan. 💲 Respublikachilar va Demokratlar AQShdagi ikki katta siyosiy partiya. Mustaqillar (Independents) esa “men hech qaysi partiyaga kirmayman” deydiganlar. 🇻🇪 Venesuelada Maduro’ni olib tashlash operatsiyasini (2026) • Respublikachilar: 70.4% to‘g‘ri degan • Demokratlar: 7.4% to‘g‘ri degan 🇮🇷 Eronning yadroviy obyektlarini bombardimon qilish • Respublikachilar: 74.2% to‘g‘ri degan • Demokratlar: 17.4% to‘g‘ri degan Bundan tashqari boshqa urushlarda ham bu ikkala partiya a’zolarining AQShni qo‘llab quvvatlashi bir-boridan tubdan farq qiladi: • Iroq urushi: Respublikachilar 40.3%, Demokratlar 16.2% qo‘llab quvvatlagan • Afg‘oniston va Fors ko‘rfazi urushi (Gulf War)da ham Respublikachilar ko‘proq qo‘llab-quvvatlaydi • Vetnam urushida ham ko‘proq Respublikachilar AQSh to‘g‘ri qaror qilgan degan 🇺🇸 Mustaqillar (Independents) umuman olganda AQShning boshqa davlatlarga harbiy aralashuviga shubha bilan qaraydi. Ular ko‘p urushlarda “to‘g‘ri” degan fikrni kam qo‘llab-quvvatlaydi. Ularning ko‘pchiligi faqat Birinchi va Ikkinchi jahon urushlari kabi hamma biladigan, aniq tarixiy urushlarni ko‘proq oqlaydi. Qolgan ma’lumotlarni grafikda ko‘rishingiz mumkin Manba @teacherazam

12,300 views

Editum Jan 25

Jahon Chempionatiga boykot e’lon qilishmoqchi 🇪🇺 Yevropa Ittifoqi Trampning “Grenlandiya bo‘yicha bosim”iga javob izlayapti: bir tomondan gaplashib muammoni yumshatmoqchi, ikkinchi tomondan esa AQSh tarif qo‘ysa, javoban o‘zi ham zarba berishga tayyorlanyapti. Tramp: “1-fevraldan Daniya, Shvetsiya, Fransiya, Germaniya, Niderlandiya, Finlyandiya (EU a’zolari) va Britaniya, Norvegiyadan keladigan mahsulotlarga qo‘shimcha import tarif (boj) qo‘yaman, keyin kelishuv bo‘lmasa yanada oshiraman”, - degan. ⚫️ Sabab qilib esa: “AQSh Grenlandiyani sotib olishi kerak” degan talabni bog‘lagan. Yevropadagi yirik davlatlar buni “bosim/blackmail” deb qoralagan. Yevropaning qo‘lida ham javob xatlari bor. Bular 93 milliard yevrolik AQSh importiga tarif qo‘yish. Bu paket avval 6 oyga to‘xtatilgan edi, lekin yana ishga tushishi mumkin. 🇺🇸 AQSh kompaniyalarining davlat buyurtmalarida qatnashishini cheklashi, investitsiya yoki bank faoliyatiga to‘siqlar qo‘yishi, hatto xizmatlar savdosi (masalan, digital xizmatlar) bo‘yicha ham chora ko‘rishi mumkin. Agar vaziayt faqat yomonlashadigan bo‘lsa, bir nemis siyosatchisi “oxirgi chora” sifatida Jahon chempionatini boykot qilish fikrini aytgan, lekin bu hali rasmiy EU qarori emas, lekin siyosiy taklif darajasida tilga olingan. Manba @teacherazam

12,600 views

Editum Jan 24

Trampning “Board of Peace”i nima? 🇺🇸 AQSh prezidenti Donald Tramp dunyodagi urush va mojarolarni “tinch yo‘l bilan hal qilish” uchun yangi xalqaro guruh tuzish g‘oyasini taklif qildi. Bu guruh “Board of Peace” (so‘zma-so‘z: “Tinchlik kengashi”) deb ataladi. Dastlab bu g‘oya G‘azodagi urush bo‘yicha tinchlik rejasiga bog‘langan edi, keyin esa Tramp uni “faqat G‘azo emas, boshqa mojarolar ham” degan ma’noda kengroq loyiha sifatida ko‘rsatgan. Reuters ma’lumotlariga ko‘ra Tramp bu kengashning birinchi rahbari (chairman) bo‘ladi va kengash “butun dunyoda tinchlikni targ‘ib qilish, mojarolarni hal qilish” bilan shug‘ullanadi. 🪙 Maqolada aytilishicha, a’zo davlatlar odatda 3 yilga kiradi. Lekin agar davlat 1 milliard dollar to‘lasa, u “doimiy a’zo” bo‘lishi mumkin Kengashning “asosiy boshqaruv guruhi” sifatida Oq uydagi odamlar tilga olingan: • AQSh davlat kotibi Marko Rubio; • Trampning maxsus elchisi Stiv Uitkoff; • Britaniyaning sobiq bosh vaziri Toni Bler; • Trampning kuyovi Jared Kushner. 🫢 Bu yog‘i “tanish bilishchilikka” o‘xshayapti Qo‘shilganlar orasida Yaqin Sharqdagi hamkorlar: Isroil, Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn, Iordaniya, Qatar, Misr. Shuningdek NATO a’zolari Turkiya va Vengriya ham rozi bo‘lgan. Boshqa ro‘yxatda Marokash, Pokiston, Indoneziya, Kosovo, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Paragvay, Vetnam ham bor, deb yozadi Reuters. Reutersga ko‘ra: 🌍 Norvegiya va Shvetsiya taklifni rad etgan, Italiya o‘ylab ko‘ramiz degan, Fransiya ham qo‘shilmaslik niyatida ekani aytganda, Tramp Fransiya qo‘shilmasa, fransuz vino va shampaniga 200% boj qo‘yishi mumkinligini aytgan. 🌏 Rossiyaga ham taklif jo‘natilgan, ular to‘liq tafsilotlar bilan tanishishni istagan. Ukraina taklifni o‘rganayotganini aytgan, lekin Zelenskiy “Rossiya bilan bir stol atrofida bo‘lishni tasavvur qilish qiyin” degan. Manba @teacherazam

12,300 views
12•••5•••10•••1213141516•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8485